A k a d e m I ya r. X. Dushanov y. A. Farfiyev



Download 1,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/194
Sana12.01.2021
Hajmi1,53 Mb.
#55401
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   194
Bog'liq
KASBIY PSIXOLOGIYA

beshinchidan, mavjud qonunlarni bilmaslik, undan yetarli darajada 
xabardor bo‘lmaslik natijasida, yoshlik, uquvsizlik, shunchaki qiziqish 
tufayli jinoiy guruh tuzish yoki unga aralashib qolish ehtimolining 
mavjudligi; 
oltinchidan, aniq bir maqsadni ko‘zlab, ma’lum reja, motiv asosida 
jinoyat sodir etish uchun birlashish natijasida paydo bo‘lishi mumkin.  
 Bundan tashqari, jinoiy guruhlarning shakllanishiga olib keluvchi 
maxsus psixologik omillar ham mavjud, ularga:  
– «birlashmay turib»  jinoyat sodir etib bo‘lmasligi; 
– jinoiy manfaatlarning umumiyligi; 
– shaxsiy mayllar; 
– umumiy axloq normalari, umumiy e’tiqodlar, huquqiy ongdagi 
o‘xshash nuqsonlar va shu kabilar kiradi. 
Jinoiy guruhlarga quyidagi belgilar xosdir (ular ushbu guruhlarning 
uyushqoqlik darajasiga ko‘ra ko‘p yoki kam darajada namoyon bo‘ladi): 
– uyushganlik – qat’iy iyerarxik tuzilishning mavjudligi, qattiq 
intizom, quyi bo‘g‘inlarning yuqori bo‘g‘inlarga bo‘ysunishi; 


 153 
– barqarorlik – uzoq muddatli va barqaror jinoiy aloqalar hamda fosh 
bo‘lganidan va jinoiy ta’sir chorasi qo‘llanilganidan keyin tiklanish 
(butunlay yoki qisman); 
– jipslik – guruh a’zolarining aloqa, birlashish darajasi. Jipslikning 
determinantlari quyidagilardan iborat: 
a) 
a’zolarning bir-biriga tortadigan motivatsion asos, jumladan 
ularning g‘arazli shaxsiy manfaat va ehtiyojlari majmui; 
b) jinoiy guruh a’zolarining guruh maqsadlari, dasturi, nizomida o‘z 
ifodasini topadigan motivlari; 
– himoyalanganlik – tuzilmada himoya, ta’minot bloklarining, ruhiy 
ta’sir va jismoniy zo‘rlik apparatining mavjudligi. 
Ishtirokchilikning uyushgan shakllariga uyushgan guruh va jinoiy 
uyushmalar kiradi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 29-modda-
sining 4-qismida «uyushgan guruh» tushunchasi ko‘rsatilgan bo‘lib, unda 
«ikki yoki undan ortiq shaxsning birgalikda jinoiy faoliyat olib borish 
uchun oldindan bir guruhga birlashishi uyushgan guruh deb topiladi»
1

deyilgan. Bu bilan qonun «jinoiy faoliyat» uyushgan guruhning zaruriy 
belgisi ekanligini ko‘rsatmoqda. Biroq, Jinoyat kodeksida «jinoiy 
faoliyat»ga ta’rif berilmagan. Xo‘sh, unda «faoliyat» so‘zining o‘zi 
nimani anglatadi?  
Faoliyat – insonning turmush kechirish usuli. Bu tushuncha inson 
ongli ravishda ishtirok etadigan, maqsadga yo‘naltirilgan jarayonni 
bildiradi. Faoliyat odam ehtiyojini qondirish vositasi sifatida vujudga 
keladi. Lekin bu faqat vosita va sharoitdangina iborat bo‘lmaydi, balki 
turmushning shakli va usuli hisoblanadi. Faoliyatda insonning o‘zi 
shakllanadi, uning qobiliyati rivojlanadi. Inson faoliyatining boshlang‘ich 
shakli – mehnat, moddiy amaliyot hisoblanadi. Mehnat faoliyati jismoniy 
mehnat va tafakkurdan iborat bo‘lib, bir-birini o‘zaro taqozo etadi. 
Maqsad, predmet, vosita va natija faoliyatning zaruriy jihatlaridir.  
«Faoliyat» tushunchasining mazmunidan ko‘rinib turibdiki, u 
insonning turmush tarzini anglatadi. «Faoliyat» tushunchasini jinoiy fao-
liyat bilan taqqoslab shuni aytish mumkinki, jinoiy faoliyat bir necha 
ijtimoiy xavfli qilmishlarni doimiy sodir etishda yoki jinoyat sodir etishni 
«kasb» qilib olishda namoyon bo‘ladi.  
Uyushgan guruhning jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanishi muammo-
siga ko‘pgina olimlar tushuncha berishga harakat qilgan, ammo ularning 
mulohazalari turlicha bo‘lib, hanuzgacha yagona fikr mavjud emas. 
                                         
1
 Qarang: Ўзбекистон Республикасининг Жиноят кодекси. –Т., 2008. –13-б.
 


 154 
Jumladan, A. I. Gurov «jinoiy faoliyat jinoyatchilarning asosiy yoki 
qo‘shimcha foyda olish manbai»
1
, deb yozadi  
Bu fikr chuqurroq tahlil qilinsa, ayrim uyushgan guruhlarga mos 
kelmasligi ko‘rinadi. Masalan, shaxslarning milliy, irqiy yoki diniy 
mansubligiga qarab, ularning qonuniy manfaatlariga zarar yetkazish 
maqsadida tuzilgan uyushgan guruh; genotsid jinoyatini sodir etish uchun 
birlashgan guruh; doimiy ravishda nomusga tegish jinoyatini sodir etish 
uchun birlashgan guruh va boshqalar.  
Huquqshunos olimlar A. S. Yakubov va R. Kabulov quyidagi belgi-
larni ajratishgan va ularning yig‘indisi guruhni uyushgan deb hisoblash 
uchun jinoiy-huquqiy asos bo‘lishini ta’kidlashgan:  
1) oldindan til biriktirish;  
2) jinoiy faoliyat bilan hamkorlikda shug‘ullanish uchun birlashish;  
3) uyushganlik.  
Yuqorida keltirilganlar olimlar bergan ta’rif bu borada masalaning 
mohiyatini aniqroq ifodalaydi. Ya’ni, «jinoiy faoliyat – ayrim jinoyat 
tarkiblari yig‘indisidan iborat yagona tizimni vujudga keltiruvchi, 
tashkillashgan bir necha qilmishlardan iborat»
2
, deyilgan. Bu ta’rif qisqa 
bo‘lishiga qaramay, bir necha jinoyatlarni sodir etish faqat yagona tizim 
shaklida jinoiy faoliyatni tashkil etishini anglatadi. Ammo bu ta’rifda bir 
necha jinoyat tarkiblari haqida so‘z yuritilgan. Shuni ta’kidlab o‘tish 
joizki, uyushgan guruh nafaqat tarkibida bir necha jinoyat bo‘lgan 
qilmishni, balki tarkibida birgina jinoyat bo‘lgan qilmishni sodir etish 
bilan ham ko‘zga tashlanishi mumkin.  
Uyushgan guruhning jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanishining 
obyektiv va subyektiv belgilari mavjud. Guruhning jinoiy faoliyat bilan 
shug‘ullanganligini ko‘rsatuvchi birinchi mezon sifatida guruh a’zolari-
ning bir necha jinoyatlar sodir etganligini va yana sodir etishga 
tayyorgarlik ko‘rayotganini aytib o‘tish mumkin. Shu bilan birga, o‘ta 
puxta tashkillashtirilgan, tayyorgarlik ko‘rish uchun ko‘p vaqt talab 
qilinadigan yagona jinoyatni sodir etgan guruhni ham jinoiy faoliyat bilan 
shug‘ullangan deb hisoblash mumkin (bunda jinoyatning va unda ishtirok 
etgan shaxslarning ijtimoiy xavflilik darajasi hamda boshqa bir qancha 
omillar inobatga olinadi).  
                                         
1
 Qarang: Гуров  А.И.  О  некоторые  вопросы  криминального  профессио-
нализма // Советское государство и право. – 1987. – №5. – С. 82–86.
 
2
 Qarang: Якубов А. С., Кабулов Р. Новое в уголовном законодательстве. – 
Т., 1995.  – С  14.
 


 155 
Umuman olganda, jinoiy guruhlar jinoyat sodir etish uchun tashkil 
etilgan, deb aytish mumkin.  
Jinoiy guruhlarning shakllanganlik darajasiga qarab quyidagi turlarga 
ajratish maqsadga muvofiqdir. 
1) jinoiy jamoa; 
2) jinoiy korporatsiya; 
3) guruh assotsiatsiyasi;  
4) amorf (diffuz) guruhlar. 
Amorf  guruhdagilarda aniq tizim yo‘q, vazifa bo‘linmagan, aslida 
jinoyatni sodir qilish niyati yo‘q. Masalan, kinoga, samolyotga, poyezdga 
chipta olishda paydo bo‘lib qoladi. 
Assotsiatsiya guruhi uyushgan, boshida ular jinoyat sodir qilish 
uchun emas, balki ba’zi bir ehtiyojlarini qondirish uchun yig‘iladi, lekin 
yaxshi jinoiy guruh bo‘lib shakllanishi mumkin. Lekin bu guruhlarning 
yadrosini tashkil etadigan, jinoyatga qarshi zid harakat qiladigan shaxslar 
mavjud, ular baribir jinoyat sodir qilishi mumkin. Shuning uchun ular 
huquqbuzarlar kompaniyasi deb nomlanadi. 
Tez-tez yig‘ilib turadigan jinoiy guruhlar mavjud, ular jinoyat sodir 
qilishdan avval yig‘ilishadi, masalan, o‘g‘irlik, firibgarlik, bularni guruh 
ichidagi yadro boshqaradi. Ular bilan ishlash ancha og‘ir, ularning o‘z 
an’analari mavjud, bu an’analardan chiqishning o‘zi bo‘lmaydi. Bu yerda 
vazifalar taqsimlanadi, o‘zaro hamkorlikda pog‘ona paydo bo‘ladi, 
subyektiv bog‘lanish juda to‘g‘ri va ishonchli bo‘ladi. Bunday guruhlar 
jinoyatni oldindan rejalashtiradi, tashkillashtiradi. Bu jinoiy korporatsiya 
deyiladi. Shaxs bu guruhda qolar ekan guruh axloqini o‘zlashtiradi va 
o‘zida shuni sinab ko‘radi.  
 

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish