149
vaziyatlarda ham tezlashadi, nihoyatda xavotirli, tolerantligining pastligi
(qiyinchilikka bardosh bera olmasligi), o‘zini to‘xtatish jarayonlarining
sustligi bilan ajralib turadilar.
Ular o‘zlarining kamchiliklarini o‘ta tajovuzkorlik bilan qoplashga
urinadilar. Doimo fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga tajovuz qilishga,
mulkni ishdan chiqarish va buzishga moyildirlar. Ushbu jinoyatchilarning
retsidivlari odatda bir xil yoki o‘xshash jinoyatlardan tashkil topadi.
Retsidivistning emotsional tipi barqaror, ustunlik qiluvchi salbiy
hissiy holat (haddan tashqari kuchli alam, qasos, rashk hissi)lar bilan
ajralib turadi. Barqaror g‘azab, qasoskorlik, shafqatsizlik, baxllik uni
uzoq vaqt jinoiy qasd rejasini olib yurishiga, jinoiy maqsadga erishish
vositalari va usullarini puxta o‘ylashga undaydi. Jinoiy g‘arazni odatda
o‘ta shafqatsizlik va ustalik bilan bajaradi.
Uning yaxshi ko‘rgan ishi – ashaddiy bezorilik, qiynash, nomusga
tegish, qotillik. Bunday jinoyatchilar hissizligi, achina olmasligi,
shafqatsizligi bilan ajralib turadilar. Bu tipdagi
retsidivistlar odatda
psixopatiyalar, degradatsiya va alkogollashuvning yengil darajalariga
duchor bo‘ladilar. Ular o‘zlarining ekspressivligi sababli jinoiy guruh
a’zolariga katta ta’sir ko‘rsatadilar va ko‘pincha ularning boshliqlariga
aylanadilar.
Ushbu toifadagi jinoyatchilarning shaxsiga xos jihatlar orasida
dominantlik – atrofdagilardan ustunlik, tavakkalga borish, soxta qahra-
monligi bilan o‘ziga bino qo‘yish, maqtanchoqlik, savlatga zo‘r berish
ajralib turadi. Jinoyatchilar orasida
ular shafqatsizlik, nihoyatda qo‘pollik,
kuch ishlatish, shantaj va tahdidlarni namoyon etadilar.
Retsidivist jinoyatchilarning ijtimoiy xavfliligi axloqiy jihatdan
beqaror shaxslarga, ayniqsa o‘smirlar va yoshlarga g‘ayriijtimoiy
ta’sirining kuchi tufayli oshib boradi. Retsidivist jinoyatchilar tergovga
qarshilik ko‘rsatish tajribasiga egaligi tufayli o‘z jinoyatchilarini puxta
yashiradilar.
Maxsus retsidiv (o‘xshash jinoyatni takrorlash) jinoiy «ixtisos-
lashuv»ning kuchayib borishi jinoiy qilmish usullarining takomillashuvi
bilan bog‘liq. O‘ta xavfli retsidivistning belgilaridan biri – jinoyatni og‘ir
usulda sodir etishdir. Uzoq davom etuvchi jinoiy faoliyat muayyan
barqaror sharoitlarning yaratilishi – «ishonchli» sheriklarning tanlanishi,
jinoiy yo‘l bilan
topilgan buyumlar, qimmatbaho narsalarni o‘tkazishning
tashkil qilinishi va ko‘p hollarda jinoiy guruhning tashkil etilishi bilan
bog‘liq.
150
Bir turdagi retsidivning ko‘payib borishi jinoyatchilarning mahorati
oshib borayotganidan, ularning g‘ayriijtimoiy yo‘nalganligi chuqurla-
shayotganidan, jinoiy faoliyatining ta’siri ortib borayotganidan dalolat
beradi. Retsidivist jinoyatchilar – jinoyat olamning o‘zagi,
jinoiy
submadaniyatning qo‘riqchilari, jinoyat sodir etish va ularni yashirishning
nozik usullarini ishlab chiquvchilardir.
Do'stlaringiz bilan baham: