A k a d e m I ya r. X. Dushanov y. A. Farfiyev



Download 1,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/194
Sana12.01.2021
Hajmi1,53 Mb.
#55401
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   194
Bog'liq
KASBIY PSIXOLOGIYA

Bezori zo‘ravon jinoyatchi shaxslar toifasida barqaror salbiy xulqqa 
ega bo‘lgan, jamoat tartibini muntazam buzadigan yoshlar ustunlik qiladi. 
Odatda bu shaxslar axloq va madaniyatga zid tarzda vaqt o‘tkazadilar, 
g‘ayriijtimoiy ishlarga taqlid qilish asosida jinoyat sodir etadilar. 
Ularga xos umumiy ruhiy xususiyatlar quyidagilardan iborat: primi-
tivizm, beodoblik, nihoyatda tajovuzkorlik, jizzakilik, mas’uliyatsizlik, 
zo‘ravonlik harakatlari jazosiz qolishiga ishonish, yuqori darajadagi 
da’vogarlik, o‘z harakatlarini oqlash. Barcha zo‘ravonlik-bezorilik ji-
noyatlariga umumiy psixologik va axloqiy asos – boshqa odamlar hayoti, 
sog‘lig‘i va qadr-qimmatining qadrsizlanishi xosdir. 
Ayollarning jinoiy zo‘ravonlik xatti-harakatlari o‘zining psixologik 
xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ayollarning zo‘ravonlikka asoslangan 
jinoyatchiligi erkaklarnikidan ancha kam. Ayollar voqelikning ayrim 
hodisalarini keskinroq qabul qilishi, ularga ko‘proq hissiyot bilan javob 
berishi, shaxslararo munosabatlarning ayrim faktlariga kattaroq ahamiyat 
berishi bilan ajralib turadi. 
Ayollar keskin nizoli vaziyatlarda ruhiy shikastlanishga ko‘proq 
moyil bo‘ladilar, ular oiladagi kelishmovchilik va nizolarni keskinroq his 
qiladilar. Ular xavotirga ko‘proq tushib tahdid solayotgan xavfni yuqori 
baholashga moyil bo‘ladilar. Yuqori darajadagi sensitivlik (hissiylik), 
oilaviy ishlarning ko‘pligi ularda ruhiy zo‘riqishning barqaror ko‘rinishini 
hosil qiladi. 
Ayollar orasida ruhiy anomaliyalar darajasi yuqoriroq. Aksariyat 
jinoyatchi ayollar tez ta’sirlanishlari, ijtimoiy munosabatdagi nuqsonlari, 
chiqisha olmaslik, asabiylik jihatlari bilan ajralib turadilar. Ular 
tajovuzkor harakatlarida ko‘pincha tasodifan qo‘liga tushib qolgan 
narsalardan foydalanadilar. 


 144 
Biroq ayollar qasddan sodir etadigan og‘ir jinoyatlarini odatda puxta 
niqoblagan holda o‘ylab chiqadilar. Shaxsga qarshi og‘ir jinoyatlarni 
odatda xatti-harakati erkaklarnikiga o‘xshagan ayollar sodir etadilar. 
Zo‘ravonlik jinoyatlariga jinsiy jinoyatlar ham kiradi. Bunday 
jinoyatlarda ustunlik qiluvchi ruhiy xislat jinsiy tajovuzkorlik – jinoyat 
qurboniga jismoniy zarar yetkazish, ko‘p hollarda hayotdan mahrum 
qilishdir. Bu shaxsning psixopatik og‘ishidan dalolat beradi. 
Psixik anomaliyalari bo‘lgan shaxslarda jinsiy perversiyalar (buzi-
lishlar) turli omillar – genetik, endokrin, nevrogen va psixofiziologik 
omillar ta’sirida shakllanadi. Bir qator mualliflar ularni shaxsiy 
disgarmoniya bilan bog‘laydilar. 
Jinsiy xulqini nazorat qilish jinsiy obyektni farqlamaslik sindromidan 
aziyat chekuvchi shaxslarda keskin buzilgan bo‘ladi. Bunday shaxslar 
turli jinsiy harakatlar – pedofiliya, insest, zoofiliya, nekrofiliya kabilarni 
sodir etadilar. Bu shaxsning umumiy degradatsiyasi (buzilishi) bilan 
bog‘liqdir. 
Mazkur normadan og‘ishlar jinsiy jinoyatchilikning shart-sharoiti 
hisoblanadi, ammo uning sababi emas. Bunday shaxslarning aksariyati 
qonundan chetga chiqmaslikka harakat qiladilar. Jinsiy jinoyatlarga faqat 
qonunda taqiqlangan deviatsiyalar kiradi. 
Jinsiy jinoyat – nomusga tegish, ayolni jinsiy aloqaga majburlash, 
jinsiy yetuklik yoshiga yetmaganlar bilan munosabatga kirishishdir 
(JKning 118,121,128-moddalari). 
Eng xavfli jinsiy jinoyat – nomusga tegish – jismoniy kuch, tahdid 
yoki jabrlanuvchining chorasiz ahvolidan foydalanib sodir etishdir. 
Bunday jinoyat uchun yuridik javobgarlik 14 yoshdan boshlanadi. Ushbu 
jinoyatning ijtimoiy xavfliligi ayolning jinsiy erkinligini qo‘pol ravishda 
mensimaslik, jinoyatchi harakatlarining zo‘ravonlik xususiyatiga egaligi, 
jabrlanuvchiga ma’naviy va jismoniy zarar yetkazish bo‘lib, ko‘p hollarda 
shaxsning ruhiy va jismoniy sog‘lig‘ining buzilishida namoyon bo‘ladi. 
Shunday qilib, zo‘ravon jinoyatchi shaxslarning psixoboshqaruv 
tizimlarida bir qator tipik buzilishlar sodir bo‘ladi. Voqelikni ular ijtimoiy 
taqiqlarga ta’sirchanlik keskin pasaygan sharoitda aks ettiradilar. 
Har bir zo‘ravonlik jinoyatining asosida bir qator sabab va shart-
sharoitlar, individual-biologik, ruhiy va ijtimoiy-psixologik omillarning 
bog‘liqligi yotadi. 
G‘arazli jinoyatlarni sodir etuvchi shaxslar toifasi. G‘arazli 
jinoyatchilar tipi har xil bo‘ladi. «Bu yerda yo‘q odamning o‘zi yo‘q! 
Ochlikdan o‘lish chegarasida jinoyat sodir etish oldida turgan jur’atsiz 


 145 
boshlovchilar ham, baliq suvsiz yashay olmaganidek, o‘g‘rilik qilmasa 
yashay olmaydigan uchiga chiqqan professional o‘g‘rilar ham; ko‘chada 
qolgan bola, gulday ochilgan yoshdagilar va qariyalar; fohishalar, 
banditlarning ayollari, ish qidirayotganlar hamda tubanlashgan, faqat 
kokain, morfi, alkogolni izlovchi giyohvandlar; hech narsaga ega 
bo‘lmagan o‘g‘rilar va ega bo‘lgan, ammo yana ko‘prog‘ini istaydigan 
o‘g‘rilar...»
1

O‘g‘rilik  (JKning 169-moddasi) sodir etuvchi shaxslar bir qator 
umumiy jihatlarga ega bo‘lib, huquqbuzarlarning ijtimoiy jihatdan eng 
tuban toifasiga kiradilar. Ularning jinoiy xatti-harakati boshqa toifadagi 
jinoyatchilarnikidan ancha ilgari yuzaga keladi. 
O‘g‘rilar katta jinoiy tajribaga, g‘ayriijtimoiy xulqqa oid shakllangan 
qarashlar va stereotiplarga ega bo‘ladilar. Ularning bu xulqi barqaror 
jinoiy yo‘nalishga egaligi bilan ajralib turadi. O‘g‘rilar odatda bezori va 
mayxo‘r bo‘ladilar. Ularning ehtiyoj va manfaatlari nihoyatda cheklan-
gan, sodda, ijtimoiy qadriyatlardan begona bo‘ladi. 
O‘g‘rilarning ijtimoiy moslasha olmasligi odatda oilasi, mutaxas-
sisligi, doimiy ishi va turar joyi yo‘qligi, turli xil ruhiy anomaliyalari 
bilan chuqurlashadi. Jinoyatchilar muhitida ular eng ko‘p ta’sirga 
egadirlar. Ularning jinoiy xulqi g‘ayriijtimoiy turmush tarzi bilan 
chambarchas bog‘liqdir. 
Jinoyatchi o‘g‘rining shaxsi odatda uning jinoyatchilar muhitiga 
barqaror kirishi bilan, ilk yoshidayoq oiladagi tarbiyaning kamchiliklari, 
asosiy ehtiyojlarining surunkali ravishda qondirilmasligi, doimo vaziyatga 
tobeligi bilan buzilgan bo‘ladi. 
Xonadon o‘g‘rilari o‘zlarining psixologik xususiyatlariga ko‘ra zo‘ra-
von jinoyatchilarga yaqin turadilar. Ular moddiy muhitdagi to‘siqlarni 
yengish tajribasiga ega bo‘lib, talonchilik va bosqinchilik sodir etishga 
oson o‘tadilar. 
O‘g‘ri – odatda qonundan vaqtincha chekingan inson emas, balki 
insofsiz odam, odatda oilada va mikromuhitda axloqiy normalarni rad 
etish, muhtojlik, ijtimoiy nazoratning past darajasi sharoitida shakllangan 
barqaror salbiy xislatlar tizimiga ega shaxs. 
Xo‘jalik va xizmat sohalariga oid g‘arazli jinoyatchilar toifasini 
alohida guruhga kiritish lozim. Ularga qo‘shib yozish, aldash, nohaq 
ravishda olingan mukofotlar va shu kabilar orqali xudbinlarcha amalga 
oshiriladigan tor guruhiy manfaatlar xosdir. Bunda ruhiy himoyaning 
                                         
1
 Еникеев М.И. Юридическая психология. – М., 2005. – С. 80.
 


 146 
muayyan ko‘rinishi – g‘ayriqonuniy firiblarni «ish manfaati», «xizmat 
burchi» bilan niqoblash. 
Mansabdor shaxslar sodir etadigan talon-tarojliklar ko‘p hollarda 
boshqa jinoyatlar – poraxo‘rlik, xaridorlarni aldash, sifatsiz mahsulot 
ishlab chiqarish, qalbaki hujjatlar yasash va firibgarlik bilan bog‘liq 
bo‘ladi. Ularga g‘arazli jinoyat usullarining yangidan yangi imkoniyat-
larini faol izlash xos. Davomli talon-tarojliklar nazorat-taftish xizmatla-
rini aldashning «professional» usullari borligidan dalolat beradi. 
Aksariyat mansab talon-tarojliklari qonunlar asosida shakllanadigan 
jinoiy guruh tarkibida sodir etiladi. Bunda guruhlararo aloqalar shaklla-
nadi, ruhiy ko‘nikmalar ishlab chiqiladi, mehnat funksiyalari («foydali» 
va «foydasiz» ish) va boshqa odamlarga («kerakli» yoki «keraksiz» 
odam) tanlab qiziqish hosil bo‘ladi. 
O‘z jinoyatlarini yashirishdek doimiy zarurat «ikki tomonlama hayot 
kechirishga», buzilgan moddiy ehtiyojlarni qondirish usullarini namoyish-
korona «oddiy» hayot ko‘rinishlari bilan niqoblashga olib keladi. 
Barcha g‘arazli jinoyatchilarda umumiy asos – g‘arazli mayllarining 
barqarorligi mavjud. Mazkur turdagi jinoyatlarda takrorlanish va maxsus 
retsidiv darajasining yuqoriligi ana shu bilan izohlanadi. G‘araz – eng 
barqaror, yo‘q qilish qiyin bo‘lgan insoniy qusurlardan biri, shaxsning 
barqaror salbiy yo‘nalishi tizimini hosil qiluvchi omil. 
 

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish