O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI PROKURATURA ORGANLARI
Prokuratura organlari.
Surishtiruv organlari.
Dastlabki tergov organlari.
1.Prokuratura organlari:
Prakuratura organlari huquqni muhofaza qilish organlari tizimida etakchi o’rin egallaydi. Prakuraturaning vazifasi jamiyatchilikka qarshi kurashishdan iborat.
Prakuror: qotil, bezori, o’g’rilarni va shu kabi jinoyatchilarning sudda qonun bilan ayblaydi hamda ularni jazolashni talab qiladi.
Ammo qonunning buzilishlari turli bo’lishi mumkin. Prakuraturaning asosiy vazifasi-respublikaning barcha qonunlari aniq va so’zsiz bajarilishini nazorat qilishdan iborat.
O’zbekiston respublikasining konstitutsiyasining 118m: O’zbekiston respublikasi hududida qonunlarni aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni O’zbekiston respublikasining bosh prokurori va unga bo’ysunuvchi prokurorlar amalda oshiradi. Barcha vazirliklar, davlat qo’mitalari va davlat nazorati idoralari, hokimiyatlar shuningdek kimga qarashliligidan va mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, hamma korxonalar, tashkilotlar harbiy qismlar mansabdor shaxslar fuqarolar qonunlarni aniq va bir xilda bajarilishlari ustidan nazorat prakuratura organlari zimmasiga yuklatilgan.
Konstitutsiyada mustahkamlangan qoidalar-qonunlar ustivorligini har taraflama qaror toptirish, huquq –tartibotni mustahkamlash, insonning hamda hamma fuqarolarning ijtimoiy, iqtisodiy siyosiy, shaxsiy huquq va erkinliklariga nisbatan xarakatlardan ularni himoya qilishni taminlash- prakuraturaning bosh vazifasidir. Prakuratura o’zining butun faoliyati bilan mansabdor shaxslar va fuqarolarning o’z burchini halol bajarish, qonunlarga rioya qilish ruhida tarbiyalashga yordam bermog’i lozim.
Prokuror nazorati davlat tomonidan, davlatning oliy organ O’zbekiston respublikasining oliy majlisi nomidan amalga oshiriladi. Prokuror nazorati bir qator yo’nalishlar bo’yicha olib boriladi.
Qonunlarni bajarilishi ustidan umumiy nazorat.
Jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi organlarning qonunlarni bajarilish ustidan nazorat.
Qo’lga olingan kishilar, daslabki tarzda qamoqqa olinganlar tutiladigan joylarda qonunlarni bajarilishi ustidan nazorat, sud tomonidan tayinlangan jazo choralarini va majburiy tusdagi boshqa choralarini ijro etish paytida qonunlarni bajarilishi ustidan nazorat.
Ana shu yo’nalishlar qonunchilikni mustahkamlash vazifalari hamda prokuror vakolatlarini umumiyligi bilan bog’langan. Umumiy nazorat prokuror nazoratining yetakchi yo’nalishidir.
Umumiy nazoratning boshqa bir jihati harbiy qismlar, jamoat birlashmalari mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan qonunlarni aniq va bir xilda bajarilishni ta’minlashdan iboratdir.
Umumiy nazoratni amalga oshirishda prakuratura organlarining asosiy diqqat-e’tibori quyidagi holatlarda qonunchilikni ta’minlashga qaratilgan:
Davlat boshqaruv organlari, maxalliy boshqaruv idoralari, jamoat birlashmalari, mansabdor shaxslar tomonidan huquqiy hujjatlarni nashr qilinganligida.
Mansabdor shaxslar huquqiy hujjatlarni va shaxsning daxilsizligini, insonning ijtimoiy iqtisodiy ,siyosiy, shaxsiy huquq va erkinliklarini daxilsizligini ta’minlashga, uning shon-sharafi, qadr-qimmatini himoya qilishga, atrof-mihitni muhofaza qilishga qaratilgan huquqiy hujjatlarni bajarayotganda.
fuqarolarni konstitutsiyaviy burchlarini ado etayotganlarida.
Ana shu hollarda prokuror qonunchilikni ta’minlanishini to’la ta’minlash shart.
Prokuror umumiy nazoratni amalga oshirar ekan quyidagi huquqlarga egadir.
Qarorlar, farmoishlar, buyruqlar hamda boshqa hujjatlar va materiallarni tekshirish uchun ularni talab qilib olish qonuniylikni holati, ta’minlash tadbirlari haqidagi axborotni olish.
O’z nazorati ostidagi korxonalar, tashkilotlarda tekshiruv o’tkazishni, tekshiruv o’tkazish uchun mutaxasislar ajratishga ekspertizalar o’tkazishni, mansabdor shaxs va harbiy qism rahbarlaridan talab qilish.
Mansabdor shaxs va fuqarolarni chaqirtirish, qonun buzilganligi to’g’risida ulardan og’zaki va yozma ravishda tushuntirish xatlarini talab qilish.
Qonun buzilganda, qonun buzilganligi aniqlanganda, prokuror va uning o’rinbosarlari quyidagi ishlarni bajarishga haqli.
vazirliklar davlat qo’mitalari va idoralar; korxona, tashkilotlar , hokimiyatlar, harbiy qismlar hujjatlari, mansabdor shaxslar qarorlari va xatti- xarakatlari yuzasidan norozilik bildirish.
Belgilangan tartibda, harakatdagi qonunlar asosida jinoiy ish qo’zg’ash , intizomiy ishlar ma’muriy tartibdagi qonun buzilishlari bo’yicha ish qo’zg’ash materiallarini jamoatchilik ko’rib chiqishi uchun topshirish.
Qonun buzilganda, qonun buzilganligi aniq ko’rinib turgan hollarda uni bartaraf qilish uchun ko’rsatmalar berish.
Qonunni buzish mumkin emasligi to’g’risida mansabdor shaxs va fuqarolarni yozma ogohlantirish.
Qonun buzilganligini bartaraf etish, unga yordam bergan shart- sharoitlarni tugatish haqida davlat organlariga va jamoat birlashmalariga, mansabdor shaxslarga tavsiyanoma berish.
Fuqarolarning jamiyat va davlatning huquqlarini qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlarini himoya qilish to’g’risida sudlarga yoki xo’jalik sudlariga murojaat etish.
Davlat organlari va jamoat birlashmalarining normativ xujjatlari konstitutsiyaga mos bo’lmagan hollarda kostitutsiyaviy sudga murojaat qilish.
Qonun buzilganligi aniqlanganda prokuror norozilik xati, (protest) ko’rsatma tavsiyanoma, ogohlantirish xati qaror tayorlaydi.
Agar qonun buzilishi aniq bo’lsa tezlik bilan bartaraf etilmasa, u fuqarolarning huquqlariga, davlat korxona, tashkilotlar manfaatlariga jiddiy zarar yetkazishga prokuror yozma buyruq chiqaradi.
Qaror- bu jinoiy ish qo’zg’atish to’g’risidagi intizomiy yoki ma’muriy qoida buzilishi bo’yicha ish qo’zg’atish to’g’risidagi hujjatdir.
Tavsiyanoma – qonun bir necha bor buzilishi bo’yicha uning kelib chiqishiga yordam beradigan shart- sharoitlar, ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar berish bo’yicha prokuror nazoratini amalga oshiradigan hujjatdir.
Ogohlantirish xati:
Do'stlaringiz bilan baham: |