A k a d e m I ya r. X. Dushanov y. A. Farfiyev



Download 1,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/194
Sana12.01.2021
Hajmi1,53 Mb.
#55401
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   194
Bog'liq
KASBIY PSIXOLOGIYA

Qotillik jinoyatlarini sodir etuvchi shaxslar toifasi. Ushbu toifa 
barqaror g‘ayriijtimoiy maqsadi, chuqur g‘ayriijtimoiy buzilganligi bilan 
ajralib turadi. Uning nihoyatda ibtidoiy hayotiy mo‘ljallari, axloqqa zid 
ishlari, ehtiyojlarining ustunligi zo‘ravonlik harakatlarining nihoyatda 
qo‘pol ko‘rinishlarini keltirib chiqaradi. 
Bular, odatda, ilgari sudlangan, ozodlikdan mahrum qilish joylarida 
qayta ijtimoiylashmagan (tarbiyalanmagan) va sezilarli ijtimoiy mavqega 
ega bo‘lmagan shaxslardir. Ularning kundalik harakati jinoyatga yaqin 
turadi, g‘ayriijtimoiy, jinoiy submadaniyat sharoitida amalga oshadi. 
Ular tashqaridan bo‘ladigan har qanday ta’sirni o‘ziga nisbatan 
hujum deb hisoblaydilar, «to‘g‘ri», hamma ishi joyida odamlarga nafrat 
bilan munosabatda bo‘ladilar. Ular surunkali ravishda hissiy-ruhiy 
zo‘riqish, xavotir his qilib, arzimagan sabablarga ko‘ra impulsiv (to‘sat-
dan ichki shartsiz reaksiyalar asosida) harakat qilishga  tayyor turadilar. 
Masalan, muqaddam sudlangan T. tramvayda og‘aynilari bilan keta 
turib, yo‘lovchilarga pista po‘choq tuflay boshladi. Uzoq chidagan 
yo‘lovchilarning jur’atsizgina e’tiroziga qo‘pol so‘kinish yog‘dirdi va 


 142 
affekt holatida uch nafar yo‘lovchiga pichoq bilan hayoti uchun xavfli 
bo‘lgan jarohat yetkazdi. Ya’ni qo‘pollik, zo‘ravonlik bilan o‘zini 
ko‘rsatishga bo‘lgan «men»ligi ishlab ketdi. 
Shaxsning butun tuzilishidagi chuqur g‘ayriijtimoiy buzilish ashaddiy 
qotilning asosiy xususiyatidir. 
Tasodifiy qotilning psixologik xususiyati. Uning o‘zini ruhiy 
boshqarishidagi nuqsonlari quyidagicha: jabrlanuvchini o‘ldirish uning 
uchun fojiali tasodifdir, lekin aslida bu «tasodif» tasodifiy emas. Unda 
shaxsning murakkab, nizoli vaziyatdan ijtimoiy moslashgan holda chiqa 
olmasligi namoyon bo‘ldi. Odatda bunday qotilliklar uzoq vaqt to‘planib 
boradigan salbiy his-tuyg‘ular, boshdan o‘tkazgan azoblar zamirida yuz 
beradi. 
Individ himoyalanishning axloqiy-ijobiy va qonuniy usullarini 
ko‘rmagan holda chidab bo‘lmas tushkunlik, chorasizligi, hayotiy 
ziddiyatlardan qonuniy yo‘l bilan chiqish mumkinligiga ishonmaslik 
natijasida oxirgi choradan foydalanadi. Bunda odatda jabrlanuvchi 
insoniy munosabatlarning oddiy asoslarini uzoq vaqt va qo‘pol ravishda 
buzadi, jinoyat sodir etilishiga zamin tayyorlaydi. 
Ayrim tasodifiy qotilliklar qo‘qqisdan, favqulodda vaziyatlarda, 
ayniqsa affekt (qo‘rquv, dahshat) holatida sodir etiladi. Xalq tomonidan 
la’natlanadigan ashaddiy qotillar hamda ehtiyotsizlik orqasida odam 
o‘ldirish o‘rtasida katta axloqiy-psixologik farq borligini inobatga olish 
lozim. Ushbu jinoyatlardagi ayni bir xil jinoiy natija jinoyatchilarning 
turli darajadagi ijtimoiy xavfliligi bilan ham, axloqiy-psixologik tipi bilan 
ham farqlanadi. 
Aksariyat qotilliklar maishiy asosda, impulsiv tarzda, ba’zan nihoyat-
da arzimas sabablarga ko‘ra sodir etiladi. Bu toifadagi qotillar ko‘pincha 
hissiy beqarorlik holatidan aziyat chekadilar, ularning tajovuzkor qilmish-
lari giperkompensatsiya bilan bog‘liq bo‘ladi, olinmagan o‘ch alamlar-
ning uzoq vaqt to‘planishi natijasi hisoblanadi. 
Ko‘p holatlarda qotillarning hayot yo‘li tajovuzkor xulqning uzoq 
vaqt to‘planishi bilan kechgan. Qotillar orasida ruhiy nuqsonlilari 
aholining qonunga itoatkor qismi orasidagi ruhiy nuqsoni borlarga 
qaraganda ko‘proq. Zo‘ravon jinoyatchilar jinoyat qurbonining xatti-
harakatiga juda ta’sirchan bo‘ladilar. 
Zo‘ravonlikka asoslangan jinoyat qurbonlarining g‘alamis xulqi 
viktim  xulq deb ataladi (lotincha viktima – qurbon). Viktim xulq – 
yengiltak, haddan tashqari ishonuvchan yoki axloqsiz, janjalkash, jinoyat 
sodir etilishi uchun bahona bo‘luvchi xatti-harakatdir. 


 143 
Viktimlik jinoyati qurbonining jinsi, yoshi, shaxsiy va ijtimoiy 
mavqei bilan bog‘liq umumiy hamda shaxsning individual ruhiy 
xususiyatlari – ishonuvchanligi, bilimsizligi, irodasining sustligi, huquq-
buzarga ruhan tobeligi, ekssentrikligi, tavakkalga moyilligi, shaxsiy 
janjalkashligi bilan bog‘liq bo‘lgan bir qancha turlarga bo‘linishi mum-
kin. Jinoyat qurbonining chorasiz holati ham viktim holat hisoblanadi. 
Ba’zan jinoyat qurbonining ruhiy xususiyatlari jinoyatchini izlab topishni 
osonlashtiradi – jinoyat qurbonining xulqiga xos xususiyatlari 
jinoyatchining ruhiy xususiyati uchun valentli chiqadi, uning psixologik 
portretini yaratish imkoniyati yuzaga keladi (ayniqsa, seriyali jinoyatlar 
sodir etilganida).  

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish