A k a d e m I ya r. X. Dushanov y. A. Farfiyev


 Yuridik psixologiyada «jinoyatchi shaxsi» tushunchasi



Download 1,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/194
Sana12.01.2021
Hajmi1,53 Mb.
#55401
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   194
Bog'liq
KASBIY PSIXOLOGIYA

7.2. Yuridik psixologiyada «jinoyatchi shaxsi» tushunchasi 
 
Biz jinoyatchi shaxsning psixologiyasini o‘rganishda  bu  muhit bilan 
aloqada va kriminogen vaziyatda  shaxsning jinoiy xatti-harakat sodir 
etishini taqozo qilgan undagi g‘ayriijtimoiy xususiyat, o‘ziga xoslikning 
manbalari, shakllanish yo‘li va mexanizmlarini hisobga olishimiz zarur
1
.  
Jinoyatchi shaxsi haqida turli qarashlar mavjud bo‘lib, bu borada rus 
olimi G. M. Minkovskiy qo‘yidagi  fikrni bayon etadi. «Jinoyatchi shaxsi 
haqida shaxs jinoyat sodir qilgan vaqtdan boshlab, to u tuzalish yo‘liga 
kirguniga qadar, ya’ni ijtimoiy xavflilik yo‘qolgan vaqtgacha gapirish 
mumkin»
2
. 
G. A. Avanesov inson xatti-harakatida salbiy rol o‘ynovchi quyidagi 
biologik shart-sharoitlarni ajratadi: 
– ko‘pincha jinsiy buzilish va jinoyatlarning sababiga aylanadigan 
biologik ehtiyojlar patologiyasi; 
– asab tizimining qo‘zg‘aluvchanligini kuchaytiradigan, noadekvat 
reaksiyani keltirib chiqaradigan va harakatlarni ijtimoiy nazorat qilishni 
qiyinlashtiradigan asab-ruhiy kasalliklar (psixopatiyalar, nevrosteniyalar, 
kasallik va sog‘liq chegarasidagi holatlar); 
– aqli zaif bolalarning 40 % chalingan irsiy kasalliklar, ayniqsa, 
spirtli ichimliklar sababli og‘irlashgan turlari; 
– turli xil psixosomatik, allergik, toksik kasalliklarga olib keladigan 
va qo‘shimcha jinoiy omil bo‘lib xizmat qiladigan psixofiziologik 
zo‘riqishlar, aniq vaziyatlar, atrof muhit kimyoviy tarkibining o‘zgarishi, 
energiyaning yangi turlaridan foydalanilishi
3
 hisoblanadi. 
Jinoyatchi shaxsi bilan jinoiy jazoning umumiy asoslari hamda 
javobgarlikni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlarning ak-
                                         
1
 Qarang:  Антонян Ю.М. Изучение личности преступника. – М., 1992. – С. 10.
 
2
 Qarang: Минковский Г. М. Психология личности преступника. – М., 1989. 
– С. 64.
 
3
 Qarang: Аванесов Г. А. Криминология и социальная профилактика. – М., 
1980. – С. 226–230.
 


 131 
sariyati bir-biri bilan bog‘liqdir. Agar jinoyat bilan bog‘liq sabab va 
oqibatlar zanjirini u rivojlangan ketma-ketlikda emas, balki aksincha, 
oxiridan, ya’ni sodir etilgan jinoyatdan uning tarixi tomon ko‘rib 
chiqadigan bo‘lsak, avvalo jinoyatdan avval kelgan hamda subyektning 
ongida ildiz otgan psixologik hodisalar majmuiga e’tibor qaratishimiz 
lozim. Boshqacha aytganda, gap jinoyatchi shaxsining xususiyatlari, 
jinoyat sodir etilishining eng yaqin va bevosita sababi bo‘lgan subyektiv 
xislatlar haqida bormoqda. 
Jinoyatchi shaxsini tavsiflash individning tipologik kriminogen 
muhim xislatlarini tekshirish va aniqlash demakdir. 
Jinoyatchi shaxsi – individ sodir etgan muayyan turdagi jinoiy 
qilmishni keltirib chiqargan tipologik xislatlari majmui. 
Jinoyat individning jinoiy xulqqa azaldan moyilligidan, hatto individ 
to‘g‘ri yashashni istamaganligi yoki tushunmaganligidan ham emas, balki 
ushbu shaxsda uning ijtimoiy voqelikning muayyan tomoniga noto‘g‘ri 
munosabatini keltirib chiqargan mazmuniy hosilalar tizimi mustahkam-
langanligidan sodir etiladi. 
Jinoyat sodir etgan shaxsni baholaganda unda ustunlik qiluvchi, 
uning xulqi va hayotiy faoliyati uchun umumiy yo‘nalishni hosil etuvchi 
mayllari hamda hayoti va faoliyatining umumlashgan usullarini aniqlash 
zarur. 
Inson haqida uning voqelikka munosabati namoyon bo‘ladigan ishlari 
bo‘yichagina hukm chiqarish mumkin. Inson o‘z xatti-harakatlarining 
butun tizimini hatto anglamasligi ham mumkin, chunki ularning bir qismi 
ong ostida bo‘ladi. Biroq, har qanday ongli harakatga inson o‘zi uchun 
foydali va zarur harakat, shaxsiy qadriyat sifatida «sanksiya» beradi. 
Jinoyatchilar xulqida jinoiy qilmishning o‘zi uchun foydaliligini 
noto‘g‘ri baholashdek umumiy kamchilik bor. Ular o‘z qilmishlarining 
g‘ayriijtimoiy mohiyatini ko‘proq yoki kamroq darajada anglagan holda, 
odatda o‘zini oqlaydigan motivlar, bahonalar tizimini keltiradilar va 
jinoiy maqsadlarga erishishlariga xalal beruvchi qadriyatlarni rad etadilar. 
O‘z harakatlarini oqlash asosida javobgarlikdan bo‘yin tovlash aksariyat 
jinoyatchilarga xos xususiyat. Jinoyatchi shaxsida o‘zini ruhiy jihatdan 
himoyalash tizimi shakllanadi. 
Jinoiy qilmish sodir etgan jinoyatchi o‘zini juda yuqori tutadi. Bu esa 
jinoyatchida o‘zini nazorat qilish borasida chuqur buzilishlar borligidan 
dalolat beradi. 
Oldindan rejalashtirilgan jinoyatni oqlash turli usullar bilan amalga 
oshiriladi: 


 132 
• jinoyat qurbonining aybdorligini bo‘rttirib ko‘rsatish; 
• ijtimoiy va huquqiy normalarni g‘ayriijtimoiy guruhlar (banda, 
o‘g‘rilar to‘dasi)ning qoidalariga qarshi qo‘yib qadrsizlantirish; 
• javobgarlikni boshqalarning gardaniga yuklash, yuzaga kelgan 
vaziyat bilan o‘zini oqlash va hokazo. 
Ijtimoiy qadriyatlardan begonalashgani bois jinoyatchi ruhiy 
dekompensatsiyalar, ichki ruhiy muvozanat hosil qiluvchi soxta his-
tuyg‘ulardan foydalanadilar. Jinoyatchi o‘zining jinoiy xulqi sabablarini 
salbiy xislatlarida emas, balki tashqi holatlar, boshqa odamlarning xatti-
harakatlarida ko‘radi. 
Jinoyat motivlari jinoyatchining shaxsiy salbiy xislatlari – g‘araz, kek 
saqlash, rashk, shuhratparastlik, yolg‘on qarashlar tizimi (burch, o‘rtoqlik 
kabi xislatlarni noto‘g‘ri tushunish) orqali shakllanadi. 
Retsidivist jinoyatchilarga motivatsion-ehtiyojlar sohasidagi yanada 
chuqur o‘zgarishlar xos. Bunday jinoyatchi nihoyatda qo‘pol bo‘ladi, 
harakatlari esa boshqaruvning past impulsiv darajasida sodir etiladi. 
Bunday harakatlarning motivlari tig‘iz bo‘ladi, bu esa «motivsiz» jinoyat 
ko‘rinishini hosil qiladi. 
Aksariyat jinoyatchilar ko‘p narsaga da’vogar bo‘lsalarda, buni 
amalga oshirish imkoniyatlari juda kam bo‘ladi. Ushbu holat ularning 
ichki shaxsiy nizolari asosida shakllanadi. 
Bir qator holatlarda jinoyatchining shaxsi zavol topgan bo‘ladi, bu 
uning qadriyatlar va normalar tizimi buzilgani, dezintegratsiyasi, 
voqelikni noto‘g‘ri aks ettirishida ko‘rinadi. Zavol topgan shaxsning 
ehtiyojlari iyerarxik jihatdan uyushmagan, uning xulqini bir daqiqalik, 
muayyan vaziyat bilan bog‘liq mayllar, eng quyi darajadagi ehtiyojlar 
yo‘naltirib turadi. 
Jinoyat sodir etgan shaxslarning ehtiyojlari asosan quyidagi 
xususiyatlarga ega: 
• ehtiyojlarning torligi, cheklanganligi, moddiy-utilitar xarakteri; 
• ijtimoiy zarur ehtiyojlarning (mehnat, axloqiy xulqqa bo‘lgan 
ehtiyojlar) rivojlanmaganligi
• shakli buzilgan, o‘rtacha me’yordan va qondirishning qonuniy 
imkoniyatlaridan ortiq bo‘lgan ehtiyojlar; 
• buzilgan ehtiyojlar. 

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish