Psixosomatik kasalliklar. Mashg‘ulot maqsadi va vazifalari



Download 21,41 Kb.
Sana20.06.2022
Hajmi21,41 Kb.
#683364
Bog'liq
PSIXOSOMATIK KASALLIKLAR


PSIXOSOMATIK KASALLIKLAR.
Mashg‘ulot maqsadi va vazifalari
Talabalarni psixosomatik kasalliklar tushunchasi bilan tanishtirish, ularning xarakteristikasi, belgilari, davolash. Psixoprofilaktika va ularning turlari.

Mashg‘ulot yakunida har bir talaba bilishi kerak:


1 Psixosomatik kasallik nima
2. Psixosomatik kasalliklarning asosiy farqlari.
3. Psixoprofilaktika tushunchasi
4. Psixoprofilaktika turlari
O’tkir va doimiy salbiy ta’sirotlar (psixogen omillar) natijasida asab tizimi va ichki a’zolarning faoliyati buziladi. Bosh va tananing turli joylarida og‘riqlar va funksional xususiyatga ega bo‘lgan boshqa patologik simptomlar paydo bo‘ladi. Asab tizimi funksional faoliyatining buzilishi bilan kechuvchi va organiq xususiyatga ega bo‘lmagan nevrologik buzilishlarga psevdonevrologik sindromlar deb aytiladi. Ular nevrozlarning klinik ko‘rinishi sifatida ham o‘rganiladi. Ma’lumki, nevrozlarda nafaqat asab tizimi faoliyati, balki boshqa a’zolarning ham faoliyati buziladi. Bu buzilishlar o‘tgan asrda (ba’zi mamlakatlarda hozir ham) «yurak nevrozi», «oshqozon nevrozi», «bo‘g‘im nevrozi» va shunga
o‘xshash nomlar bilan atalgan. Keyinchalik ichki a’zolar funksiyasining buzilishi bilan kechadigan funksional kasalliklar «psixosomatik sindromlar» deb atala boshlandi.
Psixosomatik kasallik haqida so‘z ketganda esa o‘tkir yoki doimiy stress sababli rivojlangan organiq kasalliklar tushuniladi, ya’ni xafaqon, bronxial astma, qandli diabet, yara kasalligi va hokazo.
Bu atamaning sinonimlari juda ko‘p va xilma-xildir:
«psixovegetativ sindrom», «somatogen depressiya», «niqoblangan depressiya», «vegetonevroz» va hokazo. Biroq klinik amaliyotda «psixosomatik sindrom» atamasi keng qo‘llaniladi. Agar funksional buzilishlar somatik kasallik oqibatida rivojlansa, bunga somatopsixik sindrom deb ataladi. Bu atama klinik tibbiyotda juda kam ishlatiladi.
Psevdonevrologik va psixosomatik sindromlar deyarli barcha organiq kasalliklarda uchraydigan klinik belgilarga o‘xshash bo‘lganligi sababli ularning har biriga ta’rif berib chiqishni lozim deb topdik. Chunki bemorni klinik tekshiruvdan o‘tkazayotgan har bir shifokor psevdonevrologik va psixosomatik belgilarga duch keladi va aksariyat hollarda ularni farqlash mushkullashadi. Buning natijasida klinik tashxis noaniq bo‘lib qoladi va davolash muolajalari qiyinlashadi.
Psixosomatika kasalliklaridagi “Mo`jizaviy yettilik”
1. Essensial gipertoniya
2. Oshqozon-ichak yara kassalligi
3. Bronxial astma
4. Qandli diabet
5. Yarali kolit
6. Revmoid artrit
7. Neyrodermatit

Psixosomatik sindromlar


O’tkir va doimiy stress natijasida ichki a’zolarda rivojlanadigan funksional tuzilishlarga psixosomatik sindromlar deb aytiladi.
Psixosomatik sindromlarning tibbiy amaliyotda ko‘p uchraydigan turlari bilan tanishib chiqamiz:
1) psixogen kardialgiyalar;
2) yurak ritmining psixogen buzilishlari;
3) psevdorevmatizm;
4) psixogen astma;
5) oshqozon-ichak sistemasining buzilishlari;
6) psevdourologik sindromlar;
7) psixogen jinsiy buzilishlar;
8) psevdodermatologik sindromlar.
Psixogen nevralgiyalar
Har qanday psixogen giperesteziyalar tananing turli joylarida nevralgiya yoki mialgiyaga o‘xshash og‘riqlar beradi. Ayniqsa, yuz sohasida kuzatiladigan og‘riqlar bemorlarni juda qiynab qo‘yadi.
Bu og‘riqlar kuchi turli darajada, oddiy achishishdan tortib kuchli sanchuvchi og‘riqlargacha rivojlangan bo‘ladi. Og‘riq ikkala chakka, peshona, iyak sohalarida kuzatilishi mumkin. Agar og‘riqlar tish va milklar sohasida kuzatilsa, gap psixogen stomatalgiyalar, tilda kuzatilsa glossalgiyalar haqida boradi. Ruhiy zo‘riqishlar kuchaygan yoki tezlashgan sayin og‘riqlar ham kuchayib boradi.
Yuz sohasidagi psixogen og‘riqlar uchun ularning ovqat eyayotgan paytda kamayishi yoki yo‘qolishi xosdir. Uch shoxli nerv nevralgiyasiga o‘xshab kechuvchi psixogen og‘riqlarda sezgi buzilishlari nervlanadigan sohalarga mos kelmaydi va har kuni bemor turli sohadagi yoki turli darajadagi og‘riqdan shikoyat qiladi. Nevrogen og‘riqlardan farqli o‘laroq, psixogen og‘riqlarda analgetiklar yordam bermaydi. To‘g‘ri olib borilgan psixofarmakoterapevtik muolajalar bemor ahvolini engillashtiradi. Ba’zan tuzalib ketgan bemorlar og‘riqning kuchayganidan shikoyat qilib, yana shifokorga murojaat qilishadi. Buning sababi ko‘pincha uydagi va ishdagi
mojarolardir. Glossalgiya bilan xastalangan bir ayol davolash kursini olib ketganidan so‘ng biroz vaqt o‘tgach, yana og‘riqning kuchayganidan murojaat qilib kelardi. Gap shundaki, bemorning turmush o‘rtog‘i ichkilikka mukkasidan ketgan va shu sababli uyida tez-tez janjal bo‘lib turardi. Bu bemorda kuchli darajadagi affektiv buzilishlar aniqlandi. Chunki qo‘rquv, ipoxondriya va depressiya psixogen nevralgiyalarning doimiy hamrohidir.
Psixogen nevralgiyalar ichida qovurg‘alararo og‘riqlar alohida e’tiborni talab qiladi. Ayniqsa, yurak sohasida joylashgan og‘riqlar bemorlarni o‘ta bezovta qiladi. Yosh ukasi avtomobil halokati sababli hayotdan ko‘z yumgan bemorning yurak sohasida sanchuvchi og‘riq paydo bo‘ladi. Bemor kardiologga murojaat qiladi. U bemorni yaxshilab tekshirib, kardiogramma qilib, yuragi sog‘lom ekani, qattiq siqilganidan shu og‘riq paydo bo‘lgani, tinchlantiruvchi dorilar ichish lozimligini va nevropatologga murojaat qilishni tavsiya qiladi. Nevropatolog ham bemorni obdan tekshirib, tinchlantiruvchi dorilar yozib beradi va psixoterapevtik muolajalar o‘tkazadi. Shunga qaramay, bemor ikki oy ichida yurak sohasidagi og‘riqlardan 16 marta EKG qildirgan va 10 marta «Tez yordam» mashinasini chaqirgan.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘krak qafasining o‘ng tomonida psixogen og‘riqlar juda kam uchraydi. Buning asl sababi yurakning chap tomonda joylashganligidir. Bu yana bir marta «qovurg‘alararo nevralgiya» va «stenokardiya» tashxislariga ehtiyotkorlik bilan yondashish kerakligini talab qiladi.
Psixogen kardialgiyalar
Ko‘krak qafasining chap tomonidagi har qanday sezgilar (uvishish, og‘riq) bemorlar tomonidan katta xavotir bilan qabul qilinadi. Negaki, bu erda yurak joylashgan. Mabodo, boshimiz og‘rib qolsa, bemalol analgin yoki tsitramon ichib ishga ketaveramiz (ba’zan ichmasdan ham), lekin yurak sohasida og‘riq sezsak, darrov doktor chaqiramiz, kardiogramma qildiramiz, «Hammasi joyida, yuragingiz biroz siqilibdi, xolos», degan xulosani eshitgachgina tinchlanamiz. Chunki ko‘pchilik uchun «yurak» tushunchasi, «hayot» tushunchasining sinonimidir.
Yurak sohasidagi og‘riqlarning sababi hammavaqt ham yurak kasalligi hisoblanadimi? Yana qanday kasalliklar yurak sohasida og‘riq keltirib chiqaradi?
Yurak sohasidagi og‘riqlarni, ya’ni kardialgiyalarni keltirib chiqaruvchi kasalliklarni uchta asosiy guruhga ajratish mumkin. Bular:
1) yurak kasalliklari;
2) niqoblangan depressiya;
3) vertebrogen va miofatsial sindromlar.
Demak, kardialgiyalarning sababini aniqlash uchun kardiologik tekshiruvlarning o‘zi etarli emas. Vertebrogen kasalliklar bemorda chuqur nevrologik, depressiv sindromlarning ko‘payganligi esa psixologik tekshiruvlar o‘tkazish lozimligini taqozo qiladi.
Psixogen kardialgiyalar boshqa affektiv buzilishlar bilan birgalikda kuzatiladi. Bular – o‘lim qo‘rquvi, «yurakka havo etishmasligi», uning tez-tez yoki «to‘xtab-to‘xtab» urishi hamda «qizib ketishi yoki muzlab qolishi», «tomoqqa tiqilishi» va shu kabi simptomlardir. Psixogen kardialgiyalarda bemorlar yurak sohasidagi bitta nuqtani barmog‘i bilan ko‘rsatishadi. Bu nuqta, asosan, yurak uchiga to‘g‘ri keladi, bunda og‘riq bitta joyda doimo yoki ko‘chib-ko‘chib turadi. Og‘riq joylashgan sohada kuchli psixogen giperesteziya ham aniqlanadi. Buni kardiosenestopatik sindrom deb ham atashadi. Haqiqiy stenokardiyada esa odatda, psixogen giperesteziya kuzatilmaydi.

Psixogen astma


Psixogen astma o‘tkir va surunkali siqilishlardan so‘ng kuzatiladigan xurujsimon kechuvchi nafas bo‘g‘ilishidir. O’tkir stress va hissiy zo‘riqishlardan so‘ng nevrozga chalingan bemorlarda nafas etishmovchiligi, bo‘g‘ilish kabi holatlar ko‘p uchraydi. Psixogen bo‘g‘ilish uchun o‘ta xos bo‘lgan simptomlardan biri nafas chiqarishdan ko‘ra nafas olishning qiyinligidir. Ular «to‘yib nafas ololmasliklari va havo o‘pkasining oxirigacha etib bormasligidan» shikoyat qilishadi. Bu holat keyinchalik surunkali tus olishi mumkin va bemorda xuddi astma kasalligiga o‘xshash xurujlar kuzatila boshlaydi.
Psixogen astma va bronxial astmaning qiyosiy belgilari

Psixogen astma


Bronxial astma


-Xuruj stressdan keyin va ko‘pincha


odamlar bor paytda boshlanadi.
– Nafas yo‘llari toraymaydi.
– Xuruj kam-kamdan qisqa vaqt –
kuzatiladi.
– Nafas olish qiyin.
– Yuz terisi o‘zgarmagan.
– Bo‘yin tomirlari bo‘rtib turmaydi.
– Balg‘amsiz yo‘tal.
– Auskultatsiyada vezikulyar nafas
– Emfizema kuzatilmaydi.
– Barmoqlar shakli o‘zgarmagan.
– Platseboterapiya yordami katta.

– Xuruj har qanday vaziyatda


rivojlanishi mumkin (stress,
allergiya, o‘tkir infeksiyalar).
– Nafas yo‘llari torayadi.
-Xuruj bir necha daqiqadan bir necha soatgacha davom etadi.
– Nafas chiqarish qiyin.
– Yuz va lablarda tsianoz .
– Bo‘yin tomirlari bo‘rtib turadi.
– Balg‘amli yo‘tal.
– Auskultatsiyada xushtaksimon
nafas.
– Emfizema xos.

– Barmoqlar baraban.


tayoqchalari shaklida.
– Platseboterapiya yordami kam

Oshqozon-ichak sistemasining psixogen buzilishlari
Ruhiy siqilishlarda oshqozon-ichak faoliyatining buzilishi (ko‘ngil aynish, qayt qilish, ich ketish, qorinda og‘riqlar) Gippokrat davridan buyon ma’lum. Tanada kechadigan har qanday jarayon miya ishtirokisiz bo‘lmasligi Gippokrat, Galen va Dekart asarlarida qayd qilingan. Galen va Ibn Sino «qora o‘tning» o‘t pufagida ko‘pay-ib ketishi ipoxondriyaga olib kelishini aytib o‘tishgan. Ibn Sino «Tib qonunlari» asarida oshqozon-ichak sohasida asab buzilishlari sababli uchraydigan turli belgilar va ularni davolash usullarihaqida yozib qoldirgan
Psixogigiyena
Psixogigiyena – bu ruhiy salomatlikni saqlash va mustaxkamlashga qaratilgan fan bo‘lib, umumiy gigiyena va klinik tibbiyotning ajralmas qismiga aylangan.
Psixogigiyena fani boshqa tibbiy-biologik fanlar bilan birgalikda psixosomatik buzilishlarning oldini olish yo‘llarini izlaydi va gigiyena talablariga javob beruvchi sharoit yaratish usullarini ishlab chiqadi.
Psixogigiyena tashqi salbiy omillarning asab tizimiga ta’sirini kamaytirish, asab markazlarining «immunitetini» mustahkamlash bilan ham faol shug‘ullanadi. Psixogigiyena muammolari psixoprofilaktika muammolariga o‘xshab ketadi. Chunki har qanday psixogigiyenik muolajalar ruhiy, asab va boshqa kasalliklar kelib chiqishining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Masalan, psixogigiyena talablariga amal qilish nevrozlar, psixozlar, miokard infarkti, insult kabi oo‘ir kasalliklarning oldini olishga yordam beradi. Ayniqsa, xafaqon kasalligining rivojlanishida ruhiy omillarning ta’siri ko‘pgina ilmiy tadqiqotlar bilan isbotlab berilgan.
Sivilizatsiyaning jadal rivojlanishi davrida asabiy-ruhiy kasalliklar va yurak-qon tomir kasalliklari soni kundan-kunga ko‘payib bormoqda. Bu o‘z navbatida psixogigiyena faniga katta vazifalarni yuklaydi.
Kuchli hayajonlanish, oo‘ir musibat, aqliy zo‘riqish organizmning umumiy holatiga nojo‘ya ta’sir ko‘rsatadi. Buning natijasida gomeostazning normal faoliyati buzilib, ichki a’zolar kasalliklari rivojlanishiga sharoit yaratiladi. Demak, ruhiy salomatlikni saqlash butun bir organizmni turli kasalliklardan asrash demakdir.
Psixogigiyena asab-ruhiy kasalliklar, shaxs o‘zgarishlari, ichkilikka ruju qo‘yish, giyohvandlik kabi illatlarning oldini olish bilan ham faol shuo‘ullanadi. Psixogigiyena muammolari inson shaxsini e’tiborga olgan holda echiladi. Vaholanki, shaxsning shakllanishi organizmning ruhiy-asabiy holatiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Har bir shifokorning bu fanni chuqur egallashi va uning qonunlarini bilishi kasalliklarni davolashi va uning oldini olishda, shuningdek, psixoprofilaktikadan yangi dasturlar tayyor lashida katta yordam beradi. Ruhiy zo‘riqishlar ichki a’zolar kasalliklariga sababchi bo‘lsa, o‘z vaqtida ichki a’zolar patologiyasi inson ruhining buzilishiga olib kelishi mumkin.
Doimiy hasad, vahimaga tushaverish, har narsaga arazlayverish kabi holatlar inson ruhini ishdan chiqaradi. Bunday odamlar ruhiy salomatligidan ayrilib, ichkilikka ruju qo‘yadigan, hech kimga ishonmaydigan, o‘zining soo‘ayib ketishiga ham katta shubha bilan qaraydigan bo‘lib qolishadi. Ruhiy buzilish «yuqumli» kasallikdir. Albatta, oilada asabi buzilgan yoki bir so‘z bilan aytganda, nevroz yoki psixozga chalingan odam bo‘lsa, buning yomon ta’siri oila a’zolariga ham tezda o‘tishi, ularning ruhiy salomatligiga katta ziyon etkazishi mumkin. Demak, psixogigiyenaning yana bir katta muammolaridan biri, bu oila psixogigiyenasidir. Bir odamning ruhiy salomatligini tiklab berish, uning atrofidagi qarindosh-uruo‘lari, yor-birodarlarining ruhiy salomatligini ham tiklash yoki buzilishdan saqlab qolish demakdir.
Psixogigiyena muammosi va muvaffaqiyatlarini keng ma’noda tushunmoq kerak. Chunki psixogigiyena bevosita jamiyat muammolarini ham hal qilishga ulkan hissa qo‘shadi, ruhiy soo‘lom bo‘lgan shaxsgina biror-bir kasbni egallab, uning uddasidan chiqishi mumkin. Ruhan soo‘lom kishigina yaxshi shifokor, quruvchi, haydovchi, o‘qituvchi yoki uchuvchi bo‘lishi mumkin.
Psixogigiyena quyidagi maqsadlarni o‘z oldiga qo‘yadi:
1) sog‘lom shaxsni tarbiyalash va shakllantirish;
2) tibbiy maskanlarda gigiyena talablariga javob beradigan sharoit yaratish;
3) insonning salomatligiga ziyon keltiruvchi omillarni kamaytirish va tugatish;
4) bemorlarni jismoniy tarbiya va sportga qiziqtirish, uni keng ommaga yoyish;
5) har bir insonni o‘z salomatligiga e’tibor bilan qarash hamda uni saqlashga o‘rgatish.

Psixogigiyena shartli ravishda quyidagi turlarga bo‘linadi:


1) yoshga oid;
2) aqliy va jismoniy mehnat;
3) o‘rganish va o‘rgatish;
4) oila va jinsiy hayot;
5) turmush;
6) bemor psixogigiyenasi.
Yoshga oid psixogigiyena bolalik davridan, ya’ni chaqaloq tuo‘ilgan davrdan boshlanishi kerak. Chunki insonning shaxs sifatida shakllanishi juda erta boshlanadi. Bolaning yashash faoliyati o‘yinlarga asoslangan bo‘ladi. Uning idroki yoshiga mos bo‘ladi. Bola o‘zi qiziqqan narsa bilan shuo‘ullanadi. Bolaning yonida ehtiyot bo‘lib gapirish, uni to‘o‘ri yo‘lga boshlash, kamchiliklarini o‘z vaqtida tuzatib borish o‘ta muhimdir. Bolani qattiqqo‘llik bilan emas, faqat uqtirish yo‘li va tayinlash bilan tarbiyalash mumkin.
Download 21,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish