r i v o j l a n i s h i , ya’ni guruhiy tartibbuzarliklarning o‘zidir. Tartibbuzar-
likni boshlovchilar ig‘vosiga uchgan eng tajovuzkor shaxslar boshlab
beradilar. So‘ngra, taqlid asosida, olomon yomon namunaga ergashadi,
beboshlikni rivojlantiradi. Olomonning g‘ayriijtimoiy harakatlarining
oldini olish va ularga chek qo‘yish uchun turli shakl va usullardan
foydalaniladi. Ular uchun umumiy bo‘lgan jihat – olomon xulqining
psixologik qonuniyatlarini chuqur bilish va aniq hisobga olish. Masalan,
anonimlik hissi olomon ishtirokchilarini ongsiz harakatlarga undashidan
quyidagicha foydalanishi mumkin. Olomon ancha katta bo‘lganida ovoz
kuchaytirgich vositasi orqali uning aniq ishtirokchilariga murojaat etish
to‘g‘ri bo‘ladi. Bu hol eng sog‘lom fikrlovchilarni o‘z harakatlarini
anglashga undaydi, ularga o‘zini nazorat qilishdek yo‘qotgan hissiyotini
1
Qarang: Социальная психология: Краткий очерк / Под общ. ред.
Г. П. Предвечного и Ю. А. Шерковина. – М., 1995. – С. 291.
124
qaytarishda va o‘z xatti-harakati uchun mas’uliyatni his qilishida yordam
beradi.
Shu nuqtai nazardan olomon, psixologik jihatdan kelib chiqishiga
ko‘ra, maxsus, hech qanday insonlar tomonidan tashkil etilmagan
odamlarning xatti-harakatlari yig‘indisidir.
Fransuz psixolog olimi Le Bon Gyustavning fikricha, «olomon
yig‘ilganda millati, kasbi, tilidan qat’i nazar, ularda maqsad bitta bo‘ladi
va ularning ongida to‘la fikrlash yo‘qoladi, hatto o‘lim ham ularga
qo‘rqinchli emasdek ko‘rinadi»
1
.
Olomon psixologiyasini bilish ichki ishlar idoralari xodimlari uchun
muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ommaviy tartibsizliklar, namoyishlar,
mitinglar kabi salbiy holatlarning oldini olish va jamoat tartibini
saqlashda qo‘l keladi.
Ommaviy tartibsizliklar, mitinglar va turli namoyishlar uyushmagan
bir guruhning salbiy xatti-harakatlari asosida amalga oshiriladi.
Olomonga qo‘shilgan shaxslar ongida taqlid qilishga kuchli moyillik,
tashqi ta’sirlarga beriluvchanlik va ijtimoiy javobgarlik hissining
yo‘qligini kuzatish mumkin. Shu sabali olomon ayrim g‘arazli, ig‘vogar
shaxslar uchun obyektni yo‘q qiluvchi qurolga aylanadi.
Ommaviy tartibsizliklarning tashkilotchilari yig‘ilgan olomonning
salbiy xulq-atvor mexanizmlaridan ustalik bilan foydalanib, ulardagi
tajovuzkorlik instiktlarini qo‘zg‘atadilar. Ommaviy tartibsizliklar davlat-
ga, uning yuritayotgan siyosatiga qarshi mish-mishlar uyushtirish, xalq
o‘rtasida tajovuzkorlik holatlarini keltirib chiqarish uchun qo‘llaniladi.
Bunday vaziyatlarda ommaning xatti-harakatini tartibga solib bo‘lmaydi.
Olomon o‘zi xarakteriga ko‘ra agressiv (ashaddiy) bo‘lishi mumkin,
ashaddiy mish-mishlar ommaviy tartibbuzarliklarni yuzaga keltiradi.
Olomon psixologiyasida meniki va ularniki degan fikr albatta mav-
jud. Ya’ni olomon vaziyatni murakkablashtiruvchi va o‘ziga xos
tezlashtiruvchi generatordir. Misol sifatida 2006 yili Ispaniyada, 2007 yil
Pokistonda bo‘lgan xalqaro mitinglardagi olomonni keltirish mumkin.
Olomon psixologiyasida ma’lum o‘zgarishlar ro‘y beradi, bu o‘zgarishlar
nimalarda sodir bo‘lishini ko‘rish mumkin.
Olomon xatti-harakatining yuzaga kelish psixologiyasi quyidagi
ko‘rinishga ega:
1) olomonda ko‘rish va eshitish orqali kuchli emotsional holat yuzaga
keladi;
1
Qarang: Ле Бон Гюстав. Психология народов и масс. – М., 2000. – С. 62.
125
2) o‘zining xatti-harakatlariga javob berish ular uchun oxirgi o‘ringa
o‘tadi;
3) o‘zida qo‘shimcha kuch va ongida o‘zgarish sezadi.
Olomon, sodir bo‘lgan voqea va hodisaga qarab, quyidagi turlarga
bo‘linadi.
1) to‘satdan yuzaga kelgan olomon;
2) ekspressiv (to‘satdan yuzaga kelgan) olomon;
3) konvensial olomon.
To‘satdan yuzaga kelgan olomon birdan to‘planadi, voqea-hodisa-
ning mohiyatini tushunishni xohlaydi. Ushbu turga to‘y-hasham, xudoyi,
janozalardagi olomon – xalq kiradi.
Konvensial olomonga ommaviy sport tadbirlari, masalan, futbol
uchrashuvlariga yig‘ilgan odamlar kiradi. Ushbu toifadagi olomonning
o‘ziga xosligi shundaki, ko‘p hollarda ularning axloqi ma’lum qolipdan
chiqib ketadi. Bu ularning baqiriqlari, qayg‘urishlari, quvonganlarida
ko‘rinadi.
Harakatdagi olomonga Donbasdagi shaxtyorlar harakatini, Bryansk
va Brestdagi o‘qituvcqilar harakatini misol qilishimiz mumkin. Harakat-
dagi olomonni, ko‘pincha, qo‘zg‘olonchi olomon deb atashadi, bunday
olomon qo‘zg‘olon orqali o‘z niyatini amalga oshiradi.
Ashaddiy olomon hamma yoqni buzadi, sindiradi, o‘t yoqadi, bu
bilan olomonning o‘zi ham vahimaga tushadi.
Olomon ham o‘z tarkibiga ega, masalan:
1) adashib qo‘shilib qolgan shaxslar;
2) ashaddiy harakatdagi shaxslar;
3) olomon harakatini qo‘llab-quvvatlaydigan shaxslar;
4) boshlovchilar (ya’ni, o‘t yoquvchilar.)
O‘t yoquvchilar olomonning xatti-harakatini, axloqini izdan chiqaradi
va bir yo‘nalishga qaratadi. Bunday shaxslar o‘zlari hech qanday yo‘lga
yurmaydi, ishni boshlab keyin olomon orasidan qochadilar.
Olomonning xatti-harakatini qo‘llab-quvvatlab yuradigan shaxslar-
ning bevosita ishtiroki kam bo‘ladi.
Olomon tarkibidagi eng qo‘rqinchli shaxslar tajovuzkor shaxslardir,
ular o‘z axloqini ko‘z-ko‘z qiladilar.
Ba’zi hollarda ayrim shaxslar o‘zlari bilmagan holda shu oqimga
qo‘shilib ketadilar va olomonni to‘ldiradi. Ularning shunday ahvolga
tushishiga sabab yolg‘on xabarga uchishidir.
Olomonning shakllanish bosqichlari:
1) sharoitning yuzaga kelishi (sirkulatsiya);
126
2) miyadagi qaynash;
3) dushman obrazining shakllanishi;
4) olomonning faollashuvi;
5) jamiyatga qarshi harakatning avj olishi.
Sirkular, ya’ni aylanma reaksiya olomonning shakllanishiga olib
keladi, bunda har xil imkoniyatlar, masalan, faktlar (dalillar), turli
xabarlar yaratiladi.
Miyadagi qaynashda odamlar bir-biri bilan faqat xabar almashadi va
eng asosiysi ma’lum bir fikrda turishadi. Shuning uchun ham boshqa
xabarni (yangi) eshitganda o‘zlarini ma’lum ma’noda adashmagan deb
hisoblaydilar.
Dushman obrazining shakllanishi shunday holatki, unda olomon
faqat salbiy holatlarni tasavvur qilib, o‘zi noroziligini bildiradi. Bularning
hammasi olomonning harakatini faollashtiradi.
Bunday tasavvurdagi obyektlar ommani birlashtiradi va bir butun
qiladi. Oxirgi bosqich jamiyatga qarshi xatti-harakatni yuzaga keltirish va
olomon faoliyatini faollashtirishdir.
Vahima, qo‘rquv va sarosimaga solish olomonning asosiy vazifala-
ridan bo‘lib, bunday holatlarda shaxslarning xatti-harakatida o‘zini o‘zi
boshqarish oxirgi o‘ringa turishini, javobgarlik hissining yo‘qolishini
kuzatish mumkin. Vahima, qo‘rquv va sarosima asosida mavjud yoki
ehtimollik xavfi oldida ojizlik, uni yengib o‘tish o‘rniga undan qochish
fikri paydo bo‘ladi. Vahima qo‘rquvning psixofiziologik mexanizmi
bo‘lib, bosh miya po‘stlog‘ining katta maydonida induksion tormozlanish,
anglash faolligining susayishiga olib keladi va tez emotsionallik holatini
yuzaga keltiradi. Natijada shaxsda noadekvat (nomos) fikrlash, illyuzion
(noto‘g‘ri) idrok qilish, kuchli emotsional qo‘zg‘alish oqibatida xavfni
bo‘rttirish, kuchli ta’sirchanlik, beriluvchanlik holatlarini kuzatish
mumkin.
Vahima va qo‘rquv guruhiy va individual tarzda yuz beradi.
Individual tarzda yuz beradigan vahima yoki qo‘rquv harakatlarning
noadekvatligida, biror-bir xulosa, qarorga kelish, mavjud xavfdan
qochish, undan kutilish uchun xavfsizlik choralarini ko‘ra olmaslik
holatlarida namoyon bo‘ladi. Ommaviy tartibsizlik holatlaridagi vaziyat
yetakchining individual vahima va sarosimaga bo‘lgan aks ta’siri bilan
bevosita bog‘liqdir.
Vahima, sarosima, qo‘rquv asosan ikki turga bo‘linadi:
– qaltis vaziyatlarda qo‘rqish natijasida o‘lim xavfini his etish;
– muddatli xavotirlanishdan so‘ng kuchli zo‘riqish, asab tizimining
buzilishi, diqqatning xavotir predmetiga yo‘nalganligi.
127
Ichki ishlar idoralari xodimlari vujudga kelishi mumkin bo‘lgan
bunday salbiy hodisalarning oldini olish maqsadida oldindan profilaktik
chora-tadbirlarni qo‘llashlari lozim. Ommaviy tartibsizliklar paytida
ommani tarqatish uchun uni kichik guruhlarga ajratish, olomondagi
ashaddiy ishtirokchilarni topish va ularni jazolash muhim ahamiyat kasb
etadi.
Olomondagi jamiyatga qarshi harakatlarning oldini olishda ichki
ishlar idoralari xodimlari ijtimoiy psixologiya va uning qonuniyatlarini
yaxshi bilishlari, ya’ni ijtimoiy jarayonlar, jamoa va guruhlarining
psixologik xususiyatlarini, ularni harakatga keltiruvchi psixologik
mexanizmlarni hisobga olishlari muhim ahamiyatga egadir. Bundan
tashqari, jamiyatdagi ma’naviy-ruhiy muhitni o‘rganishlari, ijtimoiy
psixologik munosabatlar tizimida jamoa va guruhlarning o‘rnini bilishlari
zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |