8-Mavzu: Sharq uyg`onish davri madaniyati Reja



Download 260,87 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/27
Sana29.03.2022
Hajmi260,87 Kb.
#516517
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27
Bog'liq
8 mavzu matni (pdf)

“Ziji Xorazmiy”
dir. Bu asar o‘rta asrlar fanidagi 
astronomiyaga oid dastlabki asar bo‘lib, 37 bobdan iborat va 116 ta jadvalni 
o‘z ichiga oladi. Unda turli taqvimlar, xronologiya, Quyosh, Oy, 
sayyoralarning harakati, burjlar va boshqalar haqida ma’lumotlar keltirilgan. 
Xususan, Quyosh va Oy harakati tenglamalari va tutilish muddatlarini 
aniqlash qoidalari, sinuslar jadvallari, geografik nuqtalarni topish qoidalari 
beriladi. “Zij”ga birinchi marta tangens funksiyasi kiritilgan.
Muhammad 
al-Xorazmiyning 
“Kitob 
amal 
bil-asturlobot” 
(“Astrolyabiyalar bilan amallar haqida kitob”) 
asarida qadimgi va o‘rta asr 
astronomiyasining asosiy kuzatuv asbobi bo‘lgan astrolyabiya yasash va 
undan foydalanish, osmon yoritqichlarining balandligi, burjlarga kirish vaqti, 
bir kunlik harakati va ekliptik koordinatalari, yangi oy chiqish muddatlarini 
aniqlash va boshqa aniq va lo‘nda qoidalar tarzida bayon qilingan. 
Muhammad al-Xorazmiy yunon olimi Ptolemeydan keyin yashagan 
buyuk geograflardan hisoblanadi. Uning 
“Surat al-Arz”
(
“Erning tasviri”

asari fan tarixidagi muhim manbalardan biridir. Kitob Ptolemeyning 
“Geografiya” si asosida yozilgan bo‘lsa-da, shunchaki sharh emas, balki 
mustaqil asar hisoblanadi. Unda birinchi marta Er sirtini etti iqlimga bo‘lish 
ilmiy yondashuv bilan, iqlimlarning geografik kengliklari asosida berilgan 
hamda 2402 geografik ob’ekt haqida ma’lumotlar, xususan, ularning kengligi 
va uzunligi keltirilgan (
bu ma’lumotlarning ko‘pchiligi Ptolemey 
“Geografiya”sida berilmagan
). Xususan, al-Xorazmiy geografiya tarixida 


birinchi marta Tinch okeanini tilga oladi. U o‘zi yashagan joylardan juda 
uzoqdagi boshqa ob’ektlar: Atlantika va Hind okeanlaridagi orollar, 
jumladan, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Sarandib (
SHri Lanka
) joylashuvini 
to‘g‘ri tasvirlaydi. Bu kitob XII asrdayoq lotin tiliga tarjima qilingan va 
geografiya fani rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan. 
Muhammad al-Xorazmiyning “Kitob at-tarix” asarida mil. av. 312- 
yildan to milodning 828-yilgacha halifalikda yuz bergan voqealar hikoya 
qilinadi. Muhammad al-Xorazmiy “Kitob at-tarix” 
(“Tarix kitobi”)
asarida 
Muhammad (
s.a.v
.) hayoti bilan bog‘liq sanalar, islom tarixidagi 
muhorabalar, Quyosh tutilishlari, 713 yil 10 martda Antioxiya shahrida yuz 
bergan dahshatli zilzila, halifalikdagi siyosiy hodisalar bayon etilgan. 
Muhammad al-Xorazmiyning asarida halifalik tarixining unchalik 
ma’lum bo‘lmagan taraflarini yoritadigan harakatlar, xalq qo‘zg‘olonlari 
haqida muhim xabarlar, fan va madaniyat tarixiga oid qimmatbaho dalillar 
keltirilgan. “Kitob at-tarix”butun o‘rta asrlar mobaynida Sharq 
tarixnavisligiga bevosita ta’sir ko‘rsatib kelgan. SHunga ko‘ra, al-Xorazmiy 
o‘rta asr tarixnavisligida muayyan an’anaga asos solgani va uning ilk 
vakillaridan biri bo‘lgani shubhasizdir. 
Prezidentimiz Islom Karimov qayd etganidek: “O‘rta asrlarning ilk 
davrida sharqda amalga oshirilgan buyuk ilmiy kashfiyotlar haqida gapirar 
ekanmiz, zamonaviy matematika, trigonometriya va geografiya fanlari 
taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy 
nomini birinchilar qatorida tilga olamiz. U o‘nlik pozitsion hisoblash 
tizimini, nol belgisi va qutblar koordinatalarini birinchilardan bo‘lib asoslab 
berdi v amaliyotga tatbiq etdi. Bu esa matematika va astronomiya fanlari 
rivojija keskin burilish yasadi. Muhammad al-Xorazmiy algebra faniga asos 
soldi, ilmiy ma’lumot va traktatlarni bayon etishning aniq qoidalarini ishlab 
chiqdi, u astronomiya, geografiya va iqlim nazariyasi bo‘yicha ko‘plab ilmiy 
asarlar muallifidir. Allomaning dunyo ilm-fani rivojidagi xizmatlari 
umume’tirof etilgan bo‘lib, SHarq olimlari orasida uning nomi va asarlari 
“algoritm” va “algebra” kabi zamonaviy ilmiy atamalarda abadiylashtirildi”
6


Download 260,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish