8-Mavzu: Sharq uyg`onish davri madaniyati Reja


Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug‘ Tarxon Forobiy



Download 260,87 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/27
Sana29.03.2022
Hajmi260,87 Kb.
#516517
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27
Bog'liq
8 mavzu matni (pdf)

Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug‘ Tarxon Forobiy 
(873- 950) ― O‘rta Osiyoning ulug‘ mutafakkiri va qomusiy olimi. YUnon 
falsafasini chuqur bilgani, unga sharxlar bitganligi va jahonga targ‘ib qilgani 
hamda zamonasining ilmlarini puxta o‘zlashtirib, fanlar rivojiga ulkan hissa 
qo‘shgani uchun 
“al-Muallim as-Soniy” 
(“Ikkinchi muallim”)

“SHarq 
Arastusi” 
nomlariga sazovor bo‘ldi. Mavjud ma’lumotlarga qaraganda Abu 
Nasr Forobiy 70 dan ortiq tilni bilgan, 160 dan ortiq asar yozgan. Lekin 
ularning aksariyati bizgacha etib kelmagan. SHunga qaramay, mavjud 
risolalarning o‘ziyoq uning buyuk olim ekanligidan dalolat beradi. 
Abu Nasr Forobiyning asosiy asarlari: “Falsafani o‘rganishdan oldin 
nimani bilish kerakligi to‘g‘risida”, “Falsafiy savollar va ularga javoblar”, 
“Inson a’zolari haqida risola”, “Bo‘shliq haqida risola”, “Donolik asoslari”, 
“Falsafaning ma’nosi va kelib chiqishi”, “Mantiq to‘g‘risidagi risolaga 
muqaddima”, “Mantiq ilmiga kirish”, “Ilmlarning kelib chiqishi haqida”, 
“Musiqa haqida katta kitob”, “Baxt-saodatga erishuv haqida”, “Hikmat 
ma’nolari”, “Aql to‘g‘risida”, “Ilmlar va san’atlar fazilati”, “Fozil shahar 
aholisining fikrlari”, “Aristotel “Metafizika” kitobining maqsadi to‘g‘risida”, 
“Ritorika haqida kitob” va boshqalar. 
Olimning ilm-fan oldidagi xizmatlaridan yana biri uning yunon 
mutafakkirlari asarlariga sharhlar yozganligi va ularni yangi g‘oyalar bilan 
boyitganligidir. Alloma, eng avvalo, Aristotel asarlariga sharhlar bitib, uning 
natur falsafiy g‘oyalarining targ‘ibotchisi va davomchisi sifatida tanilgan. 
Abu Nasr Forobiy, shuningdek, Aflotun, Evklid, Ptolemey, Porfiriy 
asarlariga ham sharhlar yozgan. 
Abu Nasr Forobiyning gnoseologik qarashlari, ya’ni bilish haqidagi 
ta’limoti ijtimoiy-falsafiy fikr rivoji tarixida alohida o‘rin egallaydi. 
Olimning bu boradagi fikrlari uning “Mantiq to‘g‘risida risolaga 
muqaddima”, “Mantiqqa kirish”, “Aql so‘zining ma’nolari to‘g‘risida”, 
“Falsafaning ma’nosi va kelib chiqishi” va boshqa asarlarida tahlil qilib 
berilgan. Mutafakkir inson - er yuzidagi oliy mavjudot ekanligini ta’kidlab, 
uning qobiliyati, tevarak-atrofdagi narsa va hodisalarni idrok etish kuchiga 
katta baho beradi. 
Abu Nasr Forobiy o‘z asarlarida bilish shakllari, insonning ruhiy 
holati, jon va tananing o‘zaro munosabati, mantiqiy fikrlash to‘g‘risidagi 
7
Karimov I.A. “O‘rta asrlar SHarq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya 
rivojidagi roli va ahamiyati” mavzusidagi xalqaro konferensiyaning ochilish marosimidagi nutq. Asarlar to‘plami, 
22 jild. –T.: “O‘zbekiston”, 2014, 282-bet. 


mulohazalarini bildiradi. Uning aytishicha, insonning bilish, ruhiy 
qobiliyatlarini miya boshqaradi, yurak esa barcha a’zolarni hayot uchun zarur 
bo‘lgan qon bilan ta’minlovchi markaz vazifasini bajaradi. Inson voqelikning 
idrok, sezgi, xotira, tasavvur, mantiqiy tafakkur, aql, nutq va boshqa vosita 
hamda usullar orqali bila oladi. Olim hissiy va aqliy bilish mavjudligini, 
ularning bir-biri bilan bog‘liqligi va farqlarini ham aytib o‘tadi. Hissiy 
bilishda sezgi a’zolari yordamida ashyolar, narsa va hodisalarning muayyan 
sifatlari bilib olinadi. SHu bilan birga, sezgi orqali narsa va buyumlarning 
muhim bo‘lmagan tomonlari ham idrok qilinadi. Aql orqali esa buyum 
sifatlarini mavhumlashtirish orqali uning mohiyati va umumiy tomonlari 
bilinadi. 
Abu Nasr Forobiy mantiq ilmining mohiyati va vazifasi haqida 
“Mantiq ilmiga muqaddima” asarida shunday deydi: “Bu shunday bir 
san’atki, u har doim odam notiqlikda adashib qoladigan bo‘lsa, to‘g‘ri 
fikrlashga olib keluvchi va aql yordamida biror bir xulosa qilinadigan bo‘lsa, 
xatolarning oldini oluvchi narsalarni o‘z ichiga oladi. Uning aqlga nisbatan 
munosabati grammatika san’atining tilga nisbatan munosabati kabidir. 
Grammatika odamlar nutqini to‘g‘rilagani kabi, u shuning uchun ham 
vujudga kelgan mantiq ilmi ham xato kelib chiqishi mumkin bo‘lgan joyda 
tafakkurli to‘g‘ri yo‘ldan olib borish uchun aqlni to‘g‘rilab turadi”. 
Abu Nasr Forobiy dunyoqarashida ijtimoiy-siyosiy va axloqiy fikrlar 
ham muhim o‘rin tutadi. Allomaning “Taxsilus-saodat” (“Baxt-saodatga 
erishuv haqida”), “Fozillar shahri aholisining fikrlari”, “Buyuk kishilarning 
naqllari”, “Musiqa haqida katta kitob”, “Siyosati madaniya” (“Fuqarolik 
siyosati”) va boshqa asarlari jamiyat va uni boshqarish, axloq- odob va 
ta’lim-tarbiya masalalariga bag‘ishlangan. 
Abu Nasr Forobiy YAqin va O‘rta SHarq mamlakatlari faylasuflari 
orasida birinchi bo‘lib, jamiyatning kelib chiqishi, uning maqsad va vazifalari 
haqidagi ta’limotni ishlab chiqdi. O‘rta asr sharoitida jamiyat tabiiy sharoitda 
kelib chiqqanligi, inson faqat boshqalar yordamida hayot qiyinchiliklariga 
qarshi kurasha olishi mumkinligini asoslab berdi. “Har bir inson,- deydi Abu 
Nasr Forobiy,- o‘z tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va oliy 
darajadagi etuklikka erishmoq uchun ko‘p narsalarga muhtoj bo‘ladi, u bir 
o‘zi bunday narsalarni qo‘lga kirita olmaydi, ularga ega bo‘lish uchun 
insonlar jamoasiga ehtiyoj tug‘iladi. Bunday jamoa a’zolarining faoliyati bir 
butun holda ularning har biriga yashash va etuklikka erishuv uchun zarur 
bo‘lgan narsalarni etkazib beradi. SHuning uchun insonlar ko‘paydilar va 
erning aholi yashaydigan qismiga o‘rnashdilar, natijada inson jamoasi 
vujudga keldi”. SHaharlar, uning fikricha, insonlarning jamoa bo‘lib 
uyushishining oliy shakli bo‘lib, unda insoniy barkamol bo‘lib etishishi 
uchun zaruriy sharoitlar bo‘ladi. Abu Nasr Forobiy insonlar tabiiy ehtiyoj 
natijasida o‘zaro birlashib, jamoani tashkil qilganligini alohida ta’kidlaydi. 
Abu Nasr Forobiy shahar-davlatlarni fozil va johilga ajaratadi. Fozil 
shahar xalqini baxt-saodatga eltishi, uning boshlig‘i esa adolatli, yuksak 
axloqli va ma’rifatli, o‘zida butun ijobiy xislatlarni to‘plagan bo‘lishi lozim. 


Lekin, shunday shahar yoki mamlakatlar bo‘ladiki, ularning aholisi nafsga 
berilgan, butun fikri-zikri boylik to‘plash bo‘ladi. Abu Nasr Forobiy bunday 
shaharlarni johil shaharlar deb ataydi. Johil shaharlarning boshliqlari ham 
faqat boylik to‘plashga ruju qo‘ygan bo‘ladi. “Ulardan chiqqan rahbar ham,- 
deb ta’kidlaydi alloma -rahbarlikni mol-dunyo ko‘paytirishda deb biladi. 
Haqiqiy baxtga erishish uchun harakat qiluvchi, o‘zaro yordam qiluvchi, 
xalqini birlashtirgan shahar-fozil shahar hisoblanadi. Abu Nasr Forobiy 
fikriga ko‘ra, davlatni idora etuvchi shaxs o‘zining fazilat va xulq-odobi bilan 
ajralib turishi, xususan u 12 ta xislatni egallagan bo‘lishi, boshqalarga 
g‘amxo‘rlik qilishi, qonunlarga to‘la rioya etishi va qonunlarni yarata olishi, 
kelgusini oldindan ko‘ra bilishi kerak. 
Abu Nasr Forobiy musiqani inson tarbiyasiga ta’sir qiluvchi 
omillardan biri deb bildi, u musiqani insonga nafosat, estetik zavq 
bag‘ishlovchi, his-tuyg‘ularni va axloqni tarbiyalovchi muhim vosita, deb 
hisoblaydi. Mutafakkir “Musiqa haqida katta kitob” nomli ko‘p jildli asarida 
musiqa nazariyasi va tarixi, turli musiqa asboblari, kuylar va ularning ichki 
tuzilishi, tovushlar, ritmlar, ohanglar haqida ma’lumot beradi. U ilmi iyqo, 
ilmi ta’lif fanlariga asos soldi. YUqoridagi asarida o‘tmishdagi musiqashunos 
va tadqiqotchilar musiqa taraqqiyotiga katta hissa qo‘shganligini alohida 
qayd qiladi. SHuningdek, kuylar uyg‘unligi, kuy ijro etish usullari haqida 
so‘z yuritadi. Abu Nasr Forobiyning aytishicha, musiqiy tasavvurlar inson 
ruhining eng nozik joyidan qaynab chiqib, ohang holida sezgi quvvatlariga 
ta’sir qiladi. 
Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek: “X asrning qomusiy 
allomasi Abu Nasr Forobiyni zamondoshlari, universal bilimlarga ega 
bo‘lgani bois, “SHarq Aristoteli” deb ataganlar. U ko‘plab fanlarni ilmiy 
kashfiyotlar bilan boyitdi, turli mamlakatlar olimlarining falsafiy qarashlarini 
rivojlantirdi va 160 dan ortiq asar yozdi. Ulardan eng mashhurlari “Mohiyat 
xususida so‘z”, “Fanlarning paydo bo‘lishi haqida kitob”, “Tafakkur 
mohiyati” va boshqa asarlar hisoblanadi. Forobiy asarlariningqismi ko‘plab 
Evropa va SHarq tillariga tarjima qilingan va hozirgi kunga qadar chuqur 
tadqiqotlar mavzusi bo‘lib kelmoqda”
8


Download 260,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish