8-Mavzu: Sharq uyg`onish davri madaniyati Reja


Xorazm Ma’mun akademiyasi



Download 260,87 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/27
Sana29.03.2022
Hajmi260,87 Kb.
#516517
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27
Bog'liq
8 mavzu matni (pdf)

Xorazm Ma’mun akademiyasi 
Xorazmshoh Ma’muniylar davlati 
(995- 1017) tarixi bilan bevosita bog‘liq. Siyosiy, iqtisodiy, harbiy qudratga 
erishgan Xorazmshohlar davlati mamlakatni birlashtirish, unda tartib 
o‘rnatish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirgan. Kun tartibida, birinchi 
navbatda davlat ichki va tashqi siyosatini olib borishda mafkuraviy 
masalalarni hal qilish turgan. 
Xorazmshoh 
Ali ibn Ma’mun 
(997-1009) dono va zukko 
maslahatchilarga muhtoj bo‘lgan. Uning baxtiga tog‘asi, 
Abu Nasr ibn Iroq 
o‘z davrining o‘ta bilimdon olimi bo‘lgan. 1004 yilda Ibn Iroqning taklifi 
8
Karimov I.A. “O‘rta asrlar SHarq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy 
sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati” mavzusidagi xalqaro konferensiyaning ochilish marosimidagi 
nutq. Asarlar to‘plami, 22 jild. –T.: “O‘zbekiston”, 2014, 285-bet. 


bilan Abu Rayhon Beruniy Jurjondan Urganchga qaytib kelgan. Ma’mun 
saroyida ilm ahli uchun yaxshi sharoit yaratib berilgan. Bu ikki shaxs YAqin 
va O‘rta SHarqdagi ko‘plab olimlar bilan shaxsiy yozishmalar olib borgan. 
Ularning taklifi bilan Nishopur, Balx, Buxoro va hatto arab Iroqidan ko‘plab 
olimlar Urganchga kelishgan. 
SHu tariqa 1004 yildan boshlab Urganchda 
“Dor-ul hikmat” 
(ba
’zi 
bir manbalarda “Majlisi ulamo”) 
nomini olgan ilmiy muassasa to‘la 
shakllangan. Bu ilmiy muassasada xuddi Afinadagi Platon, Bag‘doddagi 
“Bayt ul-hikmat” akademiyasi faoliyatiga o‘xshab ilmning barcha sohalarida 
tadqiqot va izlanishlar olib borilgan, juda ko‘p manbalar to‘plangan, 
tarjimonlik ishlari bajarilgan; hind, yunon, arab olimlarining ishlari 
o‘rganilgan, Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniylarning boqiy 
asarlari, ilmiy ishlaridan foydalanilgan. 
Xorazm Ma’mun akademiyasi asosini quyidagi olimlar tashkil etgan: 
Abu Nasr Mansur ibn Ali ibn Iroq al-Ja’diy, Abulxayr ibn Xammor, Abu 
Sahl Iso ibn YAh’yo al-Masixiy al- Jurjoniy, Abu Rayhon Muhammad ibn 
Ahmad al-Beruniy, Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh ibn Sino, Abu Ahmad 
ibn Muhammad ibn YA’qub ibn Miskavayh, Abu Mansur Abdulmalik ibn 
Muhammad ibn Ismoil as-Saolibiy an-Naysaburiy, Ahmad ibn Muhammad 
as- Sahriy, Abu Ali al-Hasan ibn Horis al-Hububiy al-Xorazmiy, Abu 
Abdulloh Muhammad ibn Homid al-Xorazmiy va boshqalar
9

Xorazm Ma’mun akademiyasi olimlari YUnoniston, YAqin va O‘rta 
SHarq, Hindiston ilm-fan yutuqlarini ijodiy, tanqidiy o‘rganib, uni yanada 
yuksak bosqichga ko‘targanlar, ularning ilmiy faoliyati, asarlari tufayli 
qadimgi Xorazm badiiy san’ati, adabiyoti, astronomiyasi, sug‘orish 
madaniyati yutuqlari jahon tamadduni xazinasiga kirgan va butun insoniyat 
manfaatlariga xizmat qila boshlagan. 
Aruziy Samarqandiy “CHahor maqola”da yozishicha, Abu Nasr ibn 
Iroq astronomiyaga oid ilmiy asarlari tufayli “Batlimusi soniy ” 
(“Ikkinchi 
Ptolemey”) 
degan faxriy nom oldi. Ablxayr ibn Xammor mantiq, falsafadan 
tashqari tabobatda ham juda mashhur bo‘lgani uchun “Buqroti soniy” 
(“Ikkinchi Gippokrat”) 
taxallusiga sazovor bo‘lgan.

Download 260,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish