8-Mavzu: Sharq uyg`onish davri madaniyati Reja


Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy



Download 260,87 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/27
Sana29.03.2022
Hajmi260,87 Kb.
#516517
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27
Bog'liq
8 mavzu matni (pdf)

Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy 
(973-1048) ― 
ulug‘ o‘zbek mutafakkir olimi, uyg‘onish davrining buyuk daholaridan. O‘z 
zamonasining hamma fanlarini, birinchi navbatda falakiyot, fizika, riyoziyot, 
ilohiyot, ma’danshunoslik fanlarini puxta egallagan. Bu fanlar taraqqiyotiga 
qo‘shgan hissasi bilan uning nomi dunyo fanining buyuk siymolari qatoridan 
joy oldi. Abu Rayhon Beruniy shoir, adabiyotshunos ham edi. Ona tilidan 
tashqari arab, sug‘diy, fors, suryoniy, yunon, qadimgi yahudiy va sankskrit 
tillarini egalladi. 
Abu Rayhon Beruniy 995 yili Kat shahrida globus yasagan va unga 
geografik ob’ektlarni joylab, ularning koordinatlarini aniqlagan. Bu globus 
SHarqda tayyorlangan birinchi va shu bilan relefli globus bo‘lgan. Abu 
9
Mahmudov M. Xorazmshoh Ma’mun akademiyasi. ― Toshkent, “Fan”, 2005, 5-bet. 


Rayhon Beruniyning Gurgonda yozgan yirik asarlaridan biri “Al-osor boqiya 
an al-qurun al-holiya” (“
Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar
”) bo‘lib, 
unda greklar, rimliklar, forslar, so‘g‘dlar, xorazmlilar va boshqalarning urf- 
odatlari, diniy e’tiqodlari, fanlar sohasidagi bilimlari haqida qimmatli 
ma’lumotlar beradi. 
1004 yilda Abu Rayhon Beruniy Xorazmga qaytgach Ali Abbos 
Ma’mun II saroyiga yaqinlashada. O‘sha davrda Urganchda Xorazmshoh 
saroyida ko‘p mashhur olimlar to‘planib, fanning turli sohalarida ilmiy 
izlanishlar olib boradilar. “Ma’mun akademiyasi” deb nomlangan bu 
anjumanning faoliyatida Abu Rayhon Beruniy etakchilardan edi. SHu bilan 
birga u shoh Ma’mun II ning vaziri, yaqin maslahatchisi sifatida mamlakat 
siyosiy ishlarida ham faol qatnashadi. 
Abu Rayhon Beruniyning Ibn Sino bilan yozishmalari ham uning 
Xorazmda turgan davrida bo‘lgan. Ularning savol-javoblaridan va Abu 
Rayhon Beruniyning Ibn Sinoga yozgan e’tirozlaridan bizgacha faqat 18 tasi 
etib kelgan. Bu yozishmalar uning tabiat falsafasi va fizika masalalari bilan 
ham qiziqqanini ko‘rsatadi. Bu savol-javoblarda ikki mashhur olim fazo, 
issiqlikning tarqalishi, jismlarning issiqdan kengayishi, nurning aks etishi va 
sinishi kabi masalalarda ilmiy munoazara olib borgan. Bilish nazariyasi 
xususida ham o‘ziga xos fikrlari bor. Uning fikricha, bilishning asosi, bizning 
dunyo xaqidagi bilimlarimiz manbai bo‘lmish sezgi a’zolari orqali olingan 
bilimlardir. Umuman, ilmiy bilimlar haqida gapirar ekan, bu ― aql-idrok 
tufayli erishilgan yutuqlar, deydi. Abu Rayhon Beruniy birinchilardan bo‘lib, 
Aristotelning fan sohasidagi xizmatlariga yuksak baho berish bilan birga 
tanqidiy fikrlar ham bildirgan. U Aristotelning “tabiiy joy”, “dunyoning 
yagonaligi”, “og‘irlik va engillik” kabi tushunchalarini tanqid qiladi. 
Aristotelning “og‘ir” va “engil” degan tushunchasidan farqli ravishda Abu 
Rayhon Beruniy Ibn Sinoga yozgan “E’tiroz”larida hamma narsalarning Er 
markazi tomon tortilishi haqidagi fikrni olg‘a suradi. Bu tortilish kuchi 
haqidagi nazariyaning ishlab chiqish yo‘lida qo‘yilgan muhim qadam edi. 
Abu Rayhon Beruniyning bu nazariy xulosalari XVII asr boshida ingliz olimi 
Isaak Nyutonning “Olamning tortilish qonuni” kashf etilishga olib keldi. 
1017 yilda Xorazm Mahmud G‘aznaviy davlatiga qo‘shib olinganidan 
keyin Abu Rayhon Beruniy boshqa saroy olimlari bilan birgalikda G‘azna 
shahriga olib ketiladi. Allomaning G‘aznadagi davri uning ilmiy faoliyati 
uchun eng mahsuldor davr bo‘lgan. G‘urbatda hayot kechirgan olim o‘zining 
barcha vaqtini ilmiy tadqiqot ishlariga sarf qildi. Abu Rayhon Beruniyning 
“Xorazmning mashhur kishilari”, asari ham shu davrda yaratilgan. 
Uning Geodeziyaga oid muhim asari ― “Tahdid nihoyot il-amokin li 
tashih masofot il-masokin” 

Download 260,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish