8-Mavzu: Sharq uyg`onish davri madaniyati Reja


Abu Ali Husayn ibn Abdulloh ibn Sino



Download 260,87 Kb.
Pdf ko'rish
bet22/27
Sana29.03.2022
Hajmi260,87 Kb.
#516517
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
8 mavzu matni (pdf)

Abu Ali Husayn ibn Abdulloh ibn Sino 
(980-1037) ― jahon fani 
taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk qomusiy olim. Abu Ali ibn Sino 
yoshligidan tib ilmiga qiziqib, Buxoro xalqi orasida mohir tabib sifatida 
tanildi. O‘sha kezlarda hukmdor Nuh ibn Mansur betob bo‘lib, saroy tabiblari 
uni davolashdan ojiz edilar. Dovrug‘i butun shaharga yoyilgan yosh tabibni 
amirni davolash uchun saroyga taklif qiladilar. Uning muolajasidan bemor 
tezda sog‘ayib, oyoqqa turadi. Evaziga Abu Ali ibn Sino saroy 
kutubxonasidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Samoniylarning 
kutubxonasi o‘sha davrda butun O‘rta va Yaqin Sharqdagi eng katta va boy 
kutubxonalardan biri edi. Abu Ali ibn Sino bir necha yil davomida shu 
kutubxonada bo‘lib, o‘z davrining eng o‘qimishli, bilim doirasi keng 
kishilaridan biriga aylandi. 
U yunon mualliflarining, xususan, Aristotelning “Metafizika” asarini 
berilib mutolaa qiladi. Lekin bu kitobda bayon qilinganlarning aksariyati Abu 
Ali ibn Sinoga tushunarsiz edi. Tasodifan yosh olimning qo‘liga Abu Nasr 
Forobiyning “Metafizikaning maqsadlari haqida”gi kitobi tushib qoladi va 
uni o‘qib chiqibgina metafizikani o‘zlashtirishga muvaffaq bo‘ladi. 
Allomaning ilmiy ijodi 18 yoshidan boshlanadi. U Nuh ibn Mansurga 
atab nafsoniy quvvatlar haqida risola, “Urjuza” tibbiy she’riy asari, o‘z 
qo‘shnisi va do‘sti Abu-l-Husayn al-Aruziyning iltimosiga binoan, ko‘p 
fanlarni o‘z ichiga olgan “Al-Hikmat al-Aruziy” (
“Aruziy hikmati”) 
asarini 
ta’lif etdi. Undan tashqari, boshqa bir do‘sti faqih Abu Bakr al-Barqiyning 
iltimosiga ko‘ra, 20 jildli “Al-Hosil va-l -mahsul” 
(“Yakun va natija”) 
qomusiy asari hamda 2 jildli “Kitob al-bar va-l-ism” 
“Sahovat va jinoyat 
kitobi”)
ni yozdi. 
Qoraxoniylar 999 yil Buxoroni zabt etib, somoniylar davlatini 
ag‘darganidan keyin Abu Ali ibn Sino hayotida tashvishli, notinch va og‘ir 
damlar boshlanadi. Bunday vaziyatda Buxoroda ortiq qolish mumkin emas 
edi. SHu bois Abu Ali ibn Sino o‘z yurtini tark etib Xorazmga bosh olib 
ketadi. 
Xorazmda Abu Ali ibn Sino asosan, matematika va astronomiya bilan 
shug‘ullandi. 
Bu 
sohalardagi 
bilimlarining 
chuqurlashib, 
ilmiy 
11
Karimov I.A. “O‘rta asrlar SHarq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya 
rivojidagi roli va ahamiyati” mavzusidagi xalqaro konferensiyaning ochilish marosimidagi nutq. Asarlar to‘plami, 
22 jild. –T.: “O‘zbekiston”, 2014, 283-bet. 


dunyoqarashining shakllanashida Ibn Iroq va Abu Rayhon Beruniy bilan 
bo‘lgan ilmiy muloqotlar katta ahamiyat kasb etadi. Abu Ali ibn Sinoning 
Aristotel ta’limoti xususida Abu Rayhon Beruniy va o‘zining shogirdi 
Baxmanyor bilan yozishmalari tarixda mashhurdir. Abu Ali ibn Sino Abu 
Sahl Masihiyning tibbiy tajribasi va bilimlaridan ham katta saboq oladi. 
Xorazmshoh vaziri Abul-Husayn as-Sahliy ilmlarni sevuvchi kishi edi. 
Abu Ali ibn Sino u bilan do‘stlashadi va unga atab alkimyoga oid “Risola al- 
iksir” 
(“Iksir haqida risola”) 
nomli asar yozadi. Biroq Xorazmdagi osoyishta 
hayot uzoqqa cho‘zilmaydi. Abu Ali ibn Sino 1011 yilda Xorazmni tark etib, 
Abu Sahl Masihiy bilan Jurjonga ketishadi. Abu Ali ibn Sino 1012-1014 
yillarda Jurjonda yashaydi, lekin shu qisqa vaqt ichida uning hayotidagi 
muhim voqealardan biri ― Abu Ubayd Abdo‘lvohid Juzjoniy bilan 
uchrashadi. U Abu Ali ibn Sinoga ham shogird, ham sodiq do‘st edi. Juzjoniy 
Abu Ali ibn Sino bilan olimning so‘nggi damigacha, 25 yil davomida birga 
bo‘ladi. Abu Ali ibn Sino tarjimai holining yozilib qoldirishi, ko‘pgina 
asarlarining ta’rifi va tartibga tushishi hamda ularning keyingi avlodlarga 
kelishida Juzjoniyning xizmati katta. 
Bu yerda u shogirdining iltimosiga ko‘ra, mantiq, falsafa va boshqa 
fanlarga oid bir nechta risola yozdi va eng muhimi 

Download 260,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish