Zilzila, yer qimirlash — yer poʻstida yoki mantiyaning yuqori qismida toʻsatdan siljish, sinish yoki oʻpirilish roʻy berishi oqibatida vujudga keladigan va toʻlqinsimon tebranishlar tarzida uzoqlarga tarqaladigan yer osti silkinishlari va tebranishlar. Sabablariga koʻra, tektonik, vulqoniy va oʻpirilish Z.lariga boʻlinadi. Yer poʻstining qar xil chuqurligida tabiiy kuchlar taʼsirida sodir boʻladigan silkinishlar tektonik Z.lar deyiladi. Ular yer qaʼridagi harakat va jarayonlarning mahsuli boʻlib, bu jarayonlarning kinetik quvvat tarzida birdan (1 min.da) sarflanishi oqibatidir. Vulqoniy va oʻpirilish Z.lari tabiatda juda kam sodir boʻladi; ular kuchi jixatidan tektonik Z.larning eng kuchsizi bilan tenglashadi. Yer sharida sodir boʻladigan Z.lar soni yil davomida bir necha yuz mingga yetishi mumkin. Shulardan aksariyat koʻpchilik kismi seysmograflargina sezadigan kuchsiz Z.lar boʻlib, odamlar sezadiganlari bir necha mingga yetadi. Xalq xoʻjaligiga zarar yetkazadigan Z.lar esa bir necha oʻndan bir necha yuztagacha boʻlishi mumkin. Bir yil davomida sodir boʻlgan hamma Z.lar natijasida taxminan 0,510" J kinetik quvvat ajralib chiqadi. Bu quvvat miqdori juda katta boʻlishiga qaramay, Yer qaʼrida sodir boʻladigan jarayonlardan ajralib chiqadigan umumiy quvvatning 0,5 % inigina tashkil etadi.Zilzila tufayli yer yuzidagi silkinishlar ballarda oʻlchanadi. Silkinishlar epitsentrda eng kuchli boʻlib, undan uzoqlashgan sari kuchi pasaya boradi. Epitsentr atrofidagi eng kuchli silkinishlarni belgilab, ular tutashgan chiziq ichidagi maydon (sath) pleystoseys hudud deyiladi. Yer sharining kuchli zilzilalar sodir boʻladigan mintaqalarini seysmik jihatdan faolligiga qarab ikkita asosiy hududga boʻlish mumkin; birinchisi, geografik kenglik yoʻnalishida Alp, Karpat, Kavkaz, Kopetdogʻ, Tyanshan, Pomir, Himolay, ikkinchisi, meridional yoʻnalishda — Tinch okeanining ikki qirgʻogʻi boʻyicha va qisman quruqlik mintaqasida joylashgan. Bunday seysmik faollashgan joylarga Jan. Amerikadan Antarktidagacha, Yevropa va Osiyo qitʼasining shimoliy qismi, Markaziy va Gʻarbiy Afrika, Avstraliya va b. hududlar kiradi. Demak, Markaziy Osiyo uning seysmik jihatdan faol boʻlgan Kopetdogʻ, Tyanshan, Pomir togʻlari tufayli seysmik faol mintaqaga kiradi. - Tarixda bo’lib o’tgan 5 ta eng kuchli zilzilalar
- 953 31-01-2019, 22:02 Bilasizmi 80
- 1
- 2
- 3
- 2010-yilning 27-fevralida Chilida 8,8 balli zilzila sodir bo’ladi. Natijada 525 kishi xaloq bo’lgan 25 ta odam dom daraksiz yo’qolgan. Bu ofat Chili davlatiga 15-30 milliard AQSh dollari miqdorida zarar yetkazgan.
- To’rtinchi o’rinni 1994-yilning 17-yanvarida AQShning Los-Andjeles shahrida bo’lib o’tgan 6,7 ball kuchlanishga ega bo’lgan zilzila egallaydi. Bu ofat 57 kishini umriga zomin bo’ldi. 8700 ta odam turli xil jarohatlar olishgan va 20 mlrd AQSh dollari miqdorida zarar keltirgan.
- Uchinchi o’rinni 2008-yilning 12-may kuni Xitoyda Chendu shahri yaqinidagi Sichuan provinsiyasida bo’lib o’tgan 8 ball kuchlanishdagi zilzila egalladi. 69195 ta odam halok bo’lgan. Jaroxat olganlar soni 374643 nafarni tashkil etadi, 18000 odam dom daraksiz yo’qolgan. 5 mln.dan 12 mlngacha insonlar bosh panasiz qoladi.
- Ikkinchi o’rinda 1995-yil 17-yanvar kuni Yaponiyaning Kobe shahrida bo’lib o’tgan 6,9 balli zilzila egalladi. 6434 ta odam halok bo’lgan ushbu zilzila oqibatida 150 mingdan ziyot inshootlar yer bilan bitta bo’lgan va mamlakatga 100 mln AQSh dollari miqdorida zarar keltirgan.
- Tarixdagi eng kuchli zilzila 2011-yilning 11-mayida Yaponiya sohillarida bo’lib o’tadi. 9 ball kuchlaniga ega bo’lgan tabiiy ofat 6 daqiqa davom etib, buning natijasida 40 metrlik sunami hosil bo’ladi. 15883 ta odamning umriga zomin bo’ladi. Yana 2676 ta odamning taqdiri hozirgi kungacha jumboqligicha qolmoqda. Fukusima atom elektrostansiyasiga qattiq zarar yetadi. Bu voqea Yaponiya davlatiga 186-235 milliard AQSh dollari miqdorida zarar yetkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |