Seysmik hodisalar (zilzilalar). Zilzila deb tabiiy kuchlar ta‘sirida yer po’stining silkinish hodisasiga aytiladi. Zilzilalar Yer
qa‘rining ma‘lum bir nuqtalarida yig’ilgan katta kuchlanishning bir
zumda sarflanishi natijasida sodir bo’lib, seysmik stantsiyalarda
o’rnatilgan maxsus qurilmalar (seysmograf, seysmometrlar) bilan qayd
qilinadi. Yer sharida yiliga bir necha million silkinishlar qayd etiladi.
Ularning yuzdan ortiqrog’i yer yuzida vayronagarchilik keltiradi.
Yer po’stida yoki mantiyaning yuqori qismida jins massivlarining
siljishi natijasida egiluvchan to’lqin paydo bo’ladigan joyi zilzila
gipotsentri (uchog’i) deyiladi. Gipotsentrning chuqurligi 700
kilometrgacha yetishi mumkin.Hosil bo’lishi chuqurligi bo’yicha; yuzada (gipotsentrning
chuqurligi 50 kilometrgacha), o’rta chuqurliklarda (gipotsentrning
chuqurligi 50-300 kilometrgacha), katta chuqurliklarda (gipotsentrning
chuqurligi 300 kilometrdan ortiq) sodir bo’ladigan zilzilalarga bo’linadi.
Agar gipotsentr orqali yer radiusi o’tkazilsa, shu radiusning yer
yuzasi bilan kesishgan nuqtasi epitsentr deyiladi.
Zilzila jarayonida litosferada ikki xil silkinma va tebranma
harakat vujudga keladi.
Epitsentrda tektonik to’rtki ta‘siridan hosil bo’lgan egiluvchan
harakat pastdan yuqoriga tik yo’nalgan bo’ladi shuning uchun
epitsentrda yer silkinadi. Yer yuzasining boshqa nuqtalariga
gipotsentrdan tarqalgan egiluvchan to’lqinlar burchak ostida qiyalanib
uriladi va epitsentrdan uzoqlashgan sari silkinma harakat silkinma-
tebranma so’ngra esa tebranma harakatga aylanadi.
Gipotsentrda hosil
bo’lgan egiluvchan to’lqinlar ikki xil bo’ylama
va ko’ndalang to’lqinlar ko’rinishida tarqaladi. Bo’ylama to’lqinlar
ta‘siridan jismlar siqiladi, cho’ziladi va hajmi o’zgaradi.
harakatiga to’sqinlik qiladigan litosfera qatlamlarini qisman chetga
suradi, o’zlashtiradi yoki eritadi va harakati uchun o’ziga yo’l ochadi.
Bu jarayonda yer po’stiga magmaning katta massasi singib kiradi va
katta chuqurliklarda qotadi. Singib qotgan bu massalar odatda tekis
qiyalangan deyarli tik devorlar va gumbazsimon shiplar bilan
chegaralangan. Bu intruziyalarning ostki qismi butun tarqalish maydoni
bo’ylab tub magma uchog’i bilan bog’liq bo’ladi.
Intruziyalarning bunday shakllari batolitlar va shtoklar deyiladi
Ikkinchi magma litosferadagi yoriq va darzlar bo’ylab ko’tariladi.
Ichki bosim tashqi bosimga nisbatan katta yerlarda, magma litosfera
qatlamlarini chekka tomonlarga suradi va turli kattalikdagi massivlarni
hosil
qiladi. Bu jins massivlari shakliga ko’ra lakkolitlar va fakolitlar
deyiladi.
Effuziv magmatizm. Yer yuzasining uzluksiz yoki uqtin-uqtin,
yuqori haroratli, qattiq, suyuq va gazsimon mahsulotlar otilib chiqib
turadigan qismini vulqon deyila
di. Lavalar, qattiq jism bo’laklari gazlar
va bug’lar yer yuziga darz va yoriqlar orqali otilib chiqadi.
Vulqonning sodir bo’lish jarayoni turli tumandir. Aksariyat
vulqon otilishidan avval yer osti gumburlaydi va turli kuchdagi zilzilalar
kuzatiladi, ayri
m vaqtlarda esa jarayon tinch sokin o’tadi.
Gazsimon mahsulotlar. Gazlar vulqonlardan bir me‘yorda, sokin
yoki katta kuchli portlash jarayonida ajralib chiqadi. Gazlar turli
solishtirma og’irliklarga эга бœлганликлари uchun bulutlar
ko’rinishida pastlik tomon harakatlanadi yoki atmosferaga ko’tarilib
asta-
sekin qarag’ayga o’xshash shaklni hosil qiladi.
Gaz mahsulotlarining 60-
90% ini suv bug’lari tashkil qiladi.
Vulqonlardan ajralib chiqqan suv bug’larining hajmi bir-necha ming va
million kubometrlarga yetishi mumkin.
Suv bug’laridan tashqari vulqonlardan xlor, azot, xlorli va ftorli
vodorod, oltingugurt gazi, ammiak, xlorli va uglerodli ammoniy,
kislorod, CO
2
gazi, metan, brom, ftor, va qator xloridli metallar ajralib
chiqadi.
Qattiq mahsulotlar. Vulqon otilishi jarayonida yer yuziga turli
kattalikdagi jins parchalari otiladi. Jins bo’laklari bilan bir qatorda
atmosferaga lavaning mayda kukunlari otiladi, ular atmosferada sovib
qotadi va yer yuziga to’kiladi. Otilgan jinslarning kattaligi ayrim
hollarda 20-30 santimetrga yetadi, asosan ularning kattaligi 5-10
santimetr bo’ladi. Agar otilgan jins bo’laklarining kattaligi 5-10
santimetrdan katta bo’lsa, vulqon bombalari, 1-5 santimetr bo’lsa vulqon
lapillilari, yana ham kichiklari esa vulqon qumlari va vulqon kuli
deyiladi.
Qattiq otqindi mahsulotlarning kattaligi qanchalik kichik bo’lsa
shunchalik ular balandlikka otiladi va uzoq masofaga havo oqimi bilan
olib ketiladi va yetkiziladi.
Suyuq mahsulotlar. Vulqondan otilib chiqadigan qizdirilgan
erigan suyuq mahsulotlar lava deyiladi. Lavaning tarkibida deyarli suv
bug’lari va gazlar bo’lmaydi. Kimyoviy tarkibida esa O, Si, Al, Mg, Fe,
Na, Ca, K, H va b
oshqa elementlar ko’p uchraydi. Lavaning harorati
800-13000
0
S orasida o’zgarib turadi.
Yer yuziga oqib chiqqan suyuq lava gumbaz, oqim va qoplama
shakllarini hosil qilib joylashadi.
Vulqonlarning otilishi tanaffuslar bilan bir necha yillardan yoki
bir necha o’n yillardan so’ng qayta takrorlanishi mumkin. Ayrim
vu
lqonlar faol harakatlardan so’ng umuman qayta otilmasliklari yoki
uzoq muddat tutun chiqarib turishlari mumkin. Vulqonlar turli geografik
sharoitlarda quruqlikda, dengiz qirg’oqlarida va dengiz ostida uchraydi.
Ularning yer yuzida tarqalishi ma‘lum bir qonuniyatga bo’ysunadi va
uch yirik mintaqaga joylashgan. Birinchi mintaqa shimoliy va janubiy
Amerikaning g’arbiy qirg’oqlariga, ikkinchi mintaqa Osiyo qit‘asining
sharqiy qirg’oqlariga joylashgan va uchinchi mintaqa esa O’rta Yer
dengizi qirg’oqlari, Zakavkaziya, Kichik Osiyo va Malay arxipelagi
orollarini o’z ichiga oladi. Yer yuzidagi bunday qonuniy
taksimlanishning sababi shundaki mintaqalar tektonik harakatlanishiga
ko’ra eng yosh Al‘p burmalanish bosqichini o’z boshidan kechirayapti.
Burmali tog’ tizimlarining shakllanishi yer qobig’ida yoriqlarning hosil
bo’lishi va vulqonlarning paydo bo’lishi bilan bir vaqtda sodir bo’ladi.
Zilzila, yer qimirlash — yer poʻstida yoki mantiyaning yuqori qismida toʻsatdan siljish, sinish yoki oʻpirilish roʻy berishi oqibatida vujudga keladigan va toʻlqinsimon tebranishlar tarzida uzoklarga tarqaladigan yer osti silkinishlari va tebranishlari. Sabablariga koʻra, tektonik, vulqoniy va oʻpirilish Zilzilalariga boʻlinadi. Yer poʻstining хar xil chuqurligida tabiiy kuchlar taʼsirida sodir boʻladigan silkinishlar tektonik Z.lar deyiladi. Ular yer qaʼridagi harakat va jarayonlarning mahsuli boʻlib, bu jarayonlarning kinetik quvvat tarzida birdan (1 min.da) sarflanishi oqibatidir. Vulqoniy va oʻpirilish Z.lari tabiatda juda kam sodir boʻladi; ular kuchi jixatidan tektonik Z.larning eng kuchsizi bilan tenglashadi. Yer sharida sodir boʻladigan Z.lar soni yil davomida bir necha yuz mingga yetishi mumkin. Shulardan aksariyat koʻpchilik kismi seysmograflargina sezadigan kuchsiz Z.lar boʻlib, odamlar sezadiganlari bir necha mingga yetadi. Xalq xoʻjaligiga zarar yetkazadigan Z.lar esa bir necha oʻndan bir necha yuztagacha boʻlishi mumkin. Bir yil davomida sodir boʻlgan hamma Z.lar natijasida taxminan 0,510" J kinetik quvvat ajralib chiqadi. Bu quvvat miqdori juda katta boʻlishiga qaramay, Yer qaʼrida sodir boʻladigan jarayonlardan ajralib chiqadigan umumiy quvvatning 0,5 % inigina tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |