4-
kitobda
-
kishi a’zolaridan birortasiga xos bo‘lmagan «umumiy»
kasalliklarga bag‘ishlangan. Bunday kasalliklarga turli istmalar, shishlar,
toshmalar, yara-chaqalar, kuyish, suyak sinishi va chiqishi, asablarning
jarohatlanishi, bosh suyagi, ko‘krak qafasi, umurtqa va qo‘l-oyoqlarning
shikastlanishi kiritilgan. SHuningdek, mazkur asarda uzoq cho‘ziladigan va
o‘ta yuqumli kasalliklar: chechak, qizamiq, moxov, vabo va quturish haqida
so‘z boradi.
5-
kitob
-farmakopeya bo‘lib, unda murakkab tarkibli dori-darmonlarni
tayyorlash va ulardan foydalanish usullari yoritilgan.
Abu Ali ibn Sino 1023 yili Isfaxonga borib, umrining 14 yilini shu
erda o‘tkazadi. Bu erda ham u tinimsiz ilmiy ish bilan mashg‘ul bo‘lib, bir
qancha asarlar yaratadi. Ular orasida tib, falsafa, aniq fanlar, tilshunoslik kabi
fanlarga oid kitoblar bor. “Kitob ash-SHifo”ning qismlari, fors tilidagi
“Donishnoma” va 20 jildli “Insof-adolat kitobi” shular jumlasidan.
Zamondoshlari Abu Ali ibn Sinoni “SHayx ar-rais” (
“Donishmandlar
sardori, allomalar boshlig‘i
”); “SHaraf al-mulk” (“O‘
lka, mamlakatning
obro‘si, sharafi
”), “Hujjat al-haqq” (“
Rostlikka dalil
”), “Hakim al-vazir”
(“
Donishmand vazir
”) deb ataganlar. Jahon fani tarixida Abu Ali ibn Sino
qomusiy olim sifatida tan olingan, chunki, u o‘z davridagi mavjud fanlarning
qariyb barchasi bilan shug‘ullangan va ularga oid asarlar yozgan. Olim
asarlarini o‘sha davrda YAqin va O‘rta SHarqning ilmiy tili bo‘lgan arab
tilida, ba’zilari (
she’riy va ayrim falsafiy asarlari
)ni fors tilida yozgan. Turli
manbalarda uning 450 dan ortiq asar yozganligi qayd etilgan, lekin bizgacha
ularning 274 tasi etib kelgan. SHulardan 80 tasi falsafaga, 43 tasi tabobatga
oid bo‘lib, qolganlari mantiq, psixologiya, tabiiyot, astronomiya, matematika,
musiqa, kimyo, axloq, adabiyot va tilshunoslikka bag‘ishlangan.
Abu Ali ibn Sinoning ilmiy merosini shartli ravishda 4 qismga, ya’ni,
falsafiy, tabiiy, adabiy va tibbiy sohalarga bo‘lish mumkin. Lekin Abu Ali
ibn Sino asarlarining miqdoriy nisbatiga nazar solsak, olimning qiziqish va
e’tibori ko‘proq falsafa va tibga qaratilganini ko‘ramiz. Garchi, uni
“Avitsenna” sifatida G‘arbda mashhur qilgan uning tibbiy merosi, xususan,
“Tib qonunlari” bo‘lsa-da, “SHayx-ar-rais” nomi, eng avval, uning buyuk
faylasufligiga ishoradir. Olimning falsafaga oid eng yirik va muhim asari
“Kitob ash- SHifo”dir. U 4 qismdan iborat: 1) mantiq ― 9 qismga bo‘lingan:
“Al-madhal” ― mantiqqa kirish; “Al-maqulot”-kategoriyalar; “Al-Iborat”-
interpretatsiya; “Al-Qiyos”-Sillogizm; “Al-burhon” Isbot-dalil; “Al-Jadal”-
tortishuv, dialektika; “As-safsata” sofistika; “Al-xitoba”-ritorika; “Ash-
she’r”- poetika (she’r san’ati);
2) tibbiyot -(bu erda minerallar, o‘simliklar, hayvonot olami va
insonlar haqida alohida-alohida bo‘limlarda gapiriladi); 3) riyoziyot - 4
fanga bo‘linadi; hisob (
arifmetika
), handasa (
geometriya
), astronomiya va
musiqa; 4) metafizika yoki ilohiyot.
Abu Ali ibn Sinoning yana bir falsafiy asari “Kitob an-Najot” “Kitob
ash SHifo”ning qisqartirilgan shakli. Olimning falsafiy qarashlari yana “Al-
ishorat va-t-tanbihot”
(“Ishoralar va tanbehlar”),
“Hikmat al- mashriqiyn”
(“SHarqchilar falsafasi”),
“Kitob al-ishorat fi-l-mantiq va l- hikmat”
(“Mantiq va falsafaning ishoralari”)
fors tilida yozilgan. “Donishnoma”
(“Bilim kitobi”)
va boshqa turli hajmdagi falsafiy risolalarida hamda “Tayr
qissasi”, “Salomon va Ibsol”, “Hayy ibn YAqzon”, “Yusuf haqida qissa” kabi
falsafiy mazmunli badiiy qissalarda o‘z aksini topgan.
Abu Ali ibn Sinoning dunyoqarashi Aristotel ta’limoti va Abu Nasr
Forobiy asarlari ta’sirida shakllandi. Uning fikricha, falsafaning vazifasi
mavjudotni ya’ni barcha mavjud narsalarni, ularning kelib chiqishi, tartibi,
o‘zaro munosabati, bir-biriga o‘tishini zaruriyat, imkoniyat, voqelik,
sababiyat olamlari asosida, har tomonlama o‘rganishdan iborat.
Abu Ali ibn Sino mineralogiya (
Do'stlaringiz bilan baham: |