YAqin SHarq, Markaziy Osiyolik olimlar islom dini ilmi rivojiga
buyuk hissalarini qo‘shar ekanlar Allohning yakka-yu yagonaligi, Allohning
bir ekanligi to‘g‘risidagi tavhid bilan ham mashhur bo‘ldilar. Fanning bu
jabhasida zamon ulamolari va fuzalolari orasida buyuk qobiliyat egasi
Abu
Mansur al-Moturidiy
(870-944)
-
nomi alohida ajralib turadi.
Imom Moturidiyning asosiy asarlari “Kitob at-Tavhid”
(“YAkkaxudolik
haqidagi kitob”),
“Ta’vilet ahl as-sunna”
(“Sunniylik an’analari sharhi”)
dir.
“Kitob at-Tavhid” Xudonning yakka-yagonaligi bilish nazariyasi bayon
qilingan musulmon ilohiyotshunosligining birinchi asari hisoblanadi.
Kitobning kalom ilmi sha’rifi berilgan muqaddimasida bilimning 3 manbai:
hissiy (
sezgi
) a’zolari vositasida, naql-rivoyatlar vositasida va aql- idrok
vositasida axborotlar olish mumkinligi haqida gapiriladi.
Imom Moturidiy sof din doirasidan chiqmagan holda aql-idrokni
ulug‘laydi va mantiqan asoslagan bilimning ahamiyatini ta’kidlaydi. Kitobda
o‘sha davrdagi adashgan firqalar qarashlarining haqiqatdan yiroq ekanligi
tahlil etilgan. Imom Moturidiy “din yo‘lidagi barcha adashuvchilarning
sababi ― riyokor kimsalarga ko‘r-ko‘rona ergashishdadir”, deb ta’kidlagan
edi.
Imom Moturidiy ilohiyotchi olim sifatida muhim aqidaviy masalalar-
juz’iy ixtiyor, e’tiqod, oxirat hayoti kabilarni qamrab oluvchi risolalar bitdi.
“Ma’xaz ash-shari’a” (“
SHariat manbalari
”), “Kitob al-usul” (“
Diniy
ta’limot asoslari kitobi
”), “Kitob al-jadal” (“
Dialektika haqidagi kitob
”) kabi
asarlar shular jumlasidandir. Imom Moturidiy Abu Hanifa qarashlarini
tushuntirib berib, uni rivojlantirdi. Abul Hasan al-Ash’ariy ishlab chiqqan
islom aqidasi asoslarini takomillashtirib, uni sunniylik e’tiqodiga kirib qolgan
noto‘g‘ri, g‘ayri sahih aqidalaridan tozaladi. Imom Moturidiy qarashlari o‘z
davrida mintaqaning madaniy va ilmiy ravnaqiga sabab bo‘lgan. CHunki, din
asoslarini mantiqan tushuntirgan, tanlov huquqi, dinlararo bag‘rikenglik,
ijtimoiy hamjihatlikni qaror toptirish g‘oyalarini rivojlantirgan.
Preziedntimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek: “Imom Moturidiy
bobomizning o‘rta asrlardagi g‘oyat xatarli va tahlikali bir vaziyatda o‘z
hayotini xavf ostiga qo‘yib, avlodlarga ibrat bo‘ladigan, islom olamida
“Musulmonlarning e’tiqodini tuzatuvchi” degan yuksak sharafga sazovor
bo‘lgani bu nodir shaxsning ulkan aql-zakovati va matonatidan dalolat
beradi”
4
.
O‘zining ilmiy faoliyati tufayli o‘z davrida
Do'stlaringiz bilan baham: