8-Mavzu: Sharq uyg`onish davri madaniyati Reja



Download 260,87 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/27
Sana29.03.2022
Hajmi260,87 Kb.
#516517
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27
Bog'liq
8 mavzu matni (pdf)

Sunniylik 
― islom dinidagi 2 asosiy yo‘nalishdan biri va eng keng 
tarqalgani. Jahondagi barcha musulmonlarning 93 foizi sunniylikka, qolgan 7 
foizi shialikka mansub (2004). Islom dini dastlabki davrda hech qanday 
yo‘nalish, mazhab va oqimlarga bo‘linmagan. VII-asrning o‘rtalarida turli 
siyosiy sabablarga ko‘ra, musulmonlar safida bo‘linish bo‘ldi. Avval shialar, 
keyin xorijiylar musulmonlar ommasidan ajaralib chiqdilar. Ular o‘zlarining 
haqligini isbot qilish uchun o‘z fikrini, yo‘nalishini himoya qila boshladi, shu 
tariqa har guruhning o‘ziga xos aqidasi shakllana bordi. 
Sunniylik bo‘yicha Imom A’zam Abu Xanifaning “al-Fiqh al-akbar” 
asari eng nodir ilmiy meros sanaladi. Bu ishda Abul Hasan Ash’ariy bilan Abu 
Mansur Moturidiylarning xizmatlari beqiyosdir. Sunniylik yo‘nalishida shu ikki 
alloma asos solgan aqidaviy maktablar barcha sunniy ulamolar tomonidan 
e’tirof etilgan. Sunniylik tamoyillari asosan quyidagilardan iborat. 
1.
Mavjudotlarning haqiqat va mohiyati bor narsa bo‘lib, ularni bilish 
mumkin. Bilish vositalari ― beshta sezgi a’zolari, ilohiy manbalar va aql. 
2.
Olam qadim emas, balki qachondir Alloh tarafidan yaratilgan. 
3.
Butun borliqni yaratgan Allohning zoti bitta, u o‘ziga xos azaliy va 
abadiy ko‘pgina sifatlarga ega. 
4.
Zotiy sifatlari sanalmish ilm, qudrat, hayot, iroda, eshitish, ko‘rish, 
gapirish Allohning azaliy va abadiy sifatlaridir. Uning zoti ham, sifatlari ham 
o‘zi yaratgan mahluqot va mavjudotlarning sifatlariga aslo o‘xshamaydi. 
Uning sifatlari nuqsonsiz, barkamoldir. 
5.
Allohning ismlari ko‘p. Hadisda 99 ta go‘zal ismlari zikr etilgan. 
6.
Allohning adolatli ekani, Hidoyat va zalolat yo‘llarini ko‘rsatib 
qo‘ygach, adashgan va kufr yo‘lini tanlaganlarni jazolashi adolat hisoblanadi. 
Bordi-yu zalolat yo‘lidan asrab qolsa ― bu Uning fazli, marhamati.
Asramasa, adolatli jazosi hisoblanadi. 
7.
Payg‘ambarlarning hammasini barhaq deb tasdiq etish. Ularning 
adadi garchi ba’zi hadis va rivoyatlarda ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, muayyan bir 


adad qat’iy deb hisoblanmagani ma’qul. Payg‘ambarlarning birinchisi ― 
Odam (
as
), oxirgisi ― Muhammad (
s.a.v.
). 
8.
Payg‘ambarlarning mo‘‘jizalarini haq deb e’tiqod qilish. 
SHuningdek, avliyolarning karomatlari ham haq va rostdir. Hech bir avliyo 
payg‘ambar darajasiga eta olmaydi. 
9.
Islomning besh rukni ― iymon kalimasi, namoz, ro‘za, zakot, haj 
har bir musulmon zimmasiga farzi ayn ekani. Farzlardan 1-3 lari majburiy, 4 
va 5 chilari imkoniga yarasha bo‘lib, bulardan birortasini beuzr tark etsa yoki 
shar’an taqiqlangan ishlarga qo‘l ursa, qattiq gunohkor bo‘lishi, lekin kofir 
bo‘lmasligini tasdiq etish. 
10.
Iymon - Muhammad (
s.a.v.
) Alloh taolo tomonidan keltirgan 
barcha xabar va ma’lumotlarni haq va rost ekaniga til bilan iqror etib, dil 
bilan tasdiqlash deb bilish. Solih amallarni ko‘p qilganda iymon nuri 
ko‘payib, gunoh ishlarni ko‘p qilganda iymon nuri ozayib turishini tasdiqlash 
va hokazo. 
Sunniylikda 4 ta diniy-huquqiy mazhab (hanafiylik, molikiylik, 
shofi’ylik, hanbaliylik) mavjud. Sunniylik bilan shialik o‘rtasida hokimiyat 
masalasida, ayrim diniy marosim va an’analarda birmuncha tafovutlar bor. 
SHia 
so‘zining to‘liq shakli “shiat Ali” (
Ali partiyasi
) bo‘lib, bu nom 
Ali ibn Abu Tolib va uning avlodlariga ergashganlarga nisbatan berilgan. 
SHiada musulmonlar jamoasi yoki davlatida faqat Muhammad (
s.a.v.

avlodlari (
Ali va Fotimadan tarqalgan
) hukmron bo‘lish huquqiga ega deb 
hisoblanadi. Ularning ta’limotiga ko‘ra, rahbar jamoa tomonidan saylanmay 
meros sifatida o‘tadi. Imomlik payg‘ambarlik kabi ilohiy mansab 
hisoblanadi. 
SHialikka ko‘ra, payg‘ambar vafotidan keyin halifalikka haqli kishi 
Ali ibn Abu Tolib bo‘lgan. Abu Bakr Siddiq, Umar ibn Xattob va Usmon ibn 
Affon esa bu huquqni undan zo‘rlik bilan tortib olishgan. SHialik tarafdorlari 
sunniylar kabi Qur’onni ilohiy deb e’tirof etadi, lekin ularning ayrim o‘ta 
reaksion ruhdagi vakillari halifalar davrida Qur’onning ayrim qismlari 
tushirib qoldirilgan deb hisoblaydilar. 
SHialik ilohiyotchilari Qur’onning mazmunini majoziy sharxlash 
orqali o‘z ta’limotlarini asoslaydi. Ular faqat Ali ibn Abu Tolib va uning 
avlodlari tomonidan rivoyat qilingan hadislarni tan oladi. Bunday hadislardan 
iborat to‘plam tuzilib, u axbor deb atalgan. SHialikda 8 ta aqidaga e’tiqod 
qilinadi. Bular -tavhid (
Allohning yagonaligini e’tirof etish
), adl (
adolat, 
Allohning odilligi, ya’ni taqdir aqidasi
), nubuvvat 
(payg‘ambarlik
), imomat 
(
imomlik – imomlar hokimiyatini e’tirof etish
), Amri ma’ruf (
yaxshilikka 
buyurish
), Nahyi munkar (
yomonlikdan qaytarish
), tavallo (
Alloh do‘stlarini 
do‘st tutish
), tabarro (Al
loh dushmanlaridan uzoqlanish
). 
SHialikda Ali ibn Abu Tolib va uning avlodlaridan iborat o‘n ikki 
imom hokimiyati tan olinadi. Imom al-Maxdiyni shialar “yashiringan” 
hisoblaydi, zamona oxir bo‘lganda uning qaytib kelishini va adolat 
o‘rnatishini kutadilar. SHialikda 12 imomlik (
isnoashariya
) Ali ibn Abu 
Tolibdan boshlanib, uning Fotimadan tug‘ilgan o‘g‘illari Hasan va Husaynga 


o‘tadi va Muhammad al- Mahdiyga borib tugaydi. SHuning uchun 
shialikdagi isnoashariylar firqasi “o‘n ikki imomni e’tirof qiluvchilar”, deb 
nomlangan. 
Isnoashariylarning ba’zilari Ali ibn Abu Tolibni Payg‘ambardan afzal 
deb e’tiqod qiladilar hamda Ali ibn Abu Tolib va uning o‘n bir avlodi 
insonlarga rizq berib turadi, deb hisoblaydilar. Ularning fikricha, Ali ibn Abu 
Tolib va uning avlodlari Payg‘ambardan keyingi Allohning hujjatlaridir. 
Ularning buyruqlari, ta’qiqlari Payg‘ambarning buyrug‘i, ta’qiqidir, ularga 
itoat qilish Payg‘ambarga itoat qilishdir. Ularga bo‘ysunmaslik 
Payg‘ambarga isyon qilishdir. 
Hadis 
(
xabar, gap, yangilik
) ― Muhammad (
s.a.v
.) aytgan so‘zlari, 
qilgan ishlari, iqrorlari to‘g‘risidagi rivoyat. Hadis ta’lif etish sohasida
“musnad”, “sahih”, “sunan” deb atalmish turli yo‘nalishlar vujudga keldi. 
“Musnad” yo‘nalishida tasnif etilgan to‘plamlarda turli mavzudagi hadislar 
bir joyda keltirilib, ular hadis rivoyat qiluvchi sahobalarning islom dinini 
qabul qilgan vaqtiga ko‘ra yoki alifbo tartibida joylashtirilgan. 
Abu Hanifa, Ahmad ibn Xanbalning Hadis kitoblari shu yo‘nalishga 
mansub “Sahih” yo‘nalishiga to‘g‘ri, ishonarli hadislar kiritilgan. Bu 
yo‘nalishga Imom Buxoriy asos solgan. “Sunan” yo‘nalishidagi to‘plamga 
esa, to‘g‘ri ishonarli hadislar bilan bir qatorda “zaif” hadislar ham kiritilgan. 
Abu Dovud, Abu Iso at-Termiziy, Nasoiy, Ibn Moja, Abu Muslim
to‘plamlari shu yo‘nalishga mansubdir. 
Milliy-siyosiy ixtiloflar natijasida payg‘ambar nomidan yolg‘on 
hadislar to‘qish, fiqx va kalom ilmi sohasidagi ziddiyatlar, amir va 
hokimlarga xushomadgo‘ylik oqibatida ko‘plab ishonarsiz, to‘qima hadislar 
yuzaga kelgan. 
Davr o‘tishi bilan hadislar to‘planib, muhim deb hisoblanganlari bir 
tizimga solina boshlandi. IX-X asr boshlarida dindorlar orasida eng ishonchli 
deb topilgan hadislarning 6 ta to‘plami vujudga kelgan. Bular: “Sahihi 
Buxoriy”, “Sahihi Muslim”, “Sahihi Termiziy”, “Sunani Abi Dovud”, 
“Sunani ibn Moja”, “Sunani Nasoiy”. Bu 6 ta Hadis to‘plamini tuzgan 
muhaddislardan 2 tasi movarounnahrlik, 4 tasi esa xurosonlik bo‘lgan. 
Islom dinini qabul qilgan xalqlar madaniy va g‘oyaviy merosining 
ko‘p unsurlari islomga Hadis shaklida o‘tgan. Hadis yig‘ish o‘rta asr 
musulmon madaniyatining muhim xususiyati bo‘lib, bilim izlashning asosiy 
mazmuni hisoblangan. Hadis har qanday ilmiy asarlarni asoslashning muhim 
qismi bo‘lgan: undan hikmatli so‘z va matal sifatida ham foydalanilgan. 
Imom Buxoriyning 

Download 260,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish