mujassam: jo‘shqin ijodiy faoliyat, ulkan bunyodkorlik ishlarining amalga
oshirilgani, aqlni hayratga soladigan bemisl asarlarning yaratilgani shundan
dalolat beradi. SHarq uyg‘onish davri ham ulug‘ allomalar, qomusiy bilim
sohiblari, mashhur mutafakkirlarni etishtirdi.
Aniq fanlar sohasida Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy,
Abu Bakr Roziy, Abu Rayhon Beruniy,
Ibn Sino, Umar Hayyom jahonshumul
kashfiyotlar qildilar.
Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Ibn Rushd, Abul Homid G‘azzoliy,
Aziziddin Nasafiylarning falsafiy asarlari tafakkur xazinasini boyitdi, olam,
odam va jamiyat yaxlitlikda tadqiq etilib, yangi qonuniyatlar ochildi, aqliy bilim
ufqlari kengaydi, fozil jamiyat va komil inson nazariyasi chuqur ishlab chiqildi.
SHe’riyatda Abu Abdullo Rudakiy, Abulqosim Firdavsiy, Sanoiy
G‘aznaviy, Faruddin Attor, Sa’diy SHeroziy, Jaloliddin Rumiy,
Nizomiy
Ganjaviy kabi daho ijodkorlar etishib, o‘lmas asarlar yaratdilar, ishq-
muhabbat, qahramonlik, ozodlik va ezgulikni kuyladilar.
Musiqada ham Uyg‘onish davri jarayoniga xos yuksaklik dastlab
SHarqda yuz berdi. Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi an’analari arab, hind
va fors musiqiy meros asarlari, cholg‘ulari bilan o‘zaro ta’sir jarayonlari
natijasida boyib, qaytadan jonlandi. Zero Abu Nasr Forobiy va uning izdoshi
Ibn
Sino musiqaning nazariy, falsafiy va estetik masalalarini atroflicha tadqiq
etib, umumsharqiy ta’limotni yaratishgan. Xususan, YAqin va O‘rta SHarq
xalqlari musiqa amaliyotiga tayangan holda, kuy va usullar, qo‘llaniladigan
sozlar, muayyan shakl va janrlar doirasida mushtaraklik mavjudligini
isbotlagan.
Abu Nasr Forobiyning “Kitob ul musiqa al-kabir” (
Musiqaga doir katta
kitob
) va Ibn Sinoning “Javome’ ilm ul-musiqa” (
Musiqaga oid ilmlar to‘plami
)
kabi asarlarida yunon olimlari Pifagor, Aristoksen va boshqalarning qarashlari
boyitilib, tovushlar baland-pastligi munosabatlari
matematik
uslubda
ifodalangan.
SHuningdek, sof tovushqator tizimi, undan o‘rin olgan
bo‘‘dlarning muloyimat va munofirat tasnifoti, iyqo nazariyasi ilk bor asoslab
berilgan. XII-XIII asrlarda ijodiy va aqliy kuchlar rivojini namoyish etgan o‘n
ikki maqom tizimi yuzaga keldi.
Uyg‘onish davrining yana bir belgisi xalq ruhini ifodalaydigan “Ming bir
kecha”, “Kalila va Dimna”, “Etti vazir”, “To‘tinoma”, “Sindbodnoma” kabi
hikmatli fikrlarga, qiziqarli sarguzashtlarga to‘la, shavqu zavq qo‘zg‘atadigan
asarlarning ko‘paygani, ikkinchi tomondan “Xamsa”larda bo‘lganiday,
umuminsoniy ideallarni mujassam etgan hikmat va falsafaga
boy
umumbashariy g‘oyalarning tasvirlanishidir.
Eron va Markaziy Osiyo xalqlari bir necha ming yillik sivilizatsiya
tarixiga ega. Zotan, qadimiyati, qadimgi davlatchiligi bo‘lmagan
xalqda
Uyg‘onish davri ham bo‘lmaydi. Markaziy Osiyoda IX-XII asrlarda o‘z
xalqining qadamiy madaniy merosiga qiziqish, “Avesto” falsafasini Qur’on
ma’rifati bilan uyg‘unlashtirib, qayta tiklashga intilish, tasavvuf ta’limoti
“Ishroq” falsafasida namoyon bo‘lgan. SHu asosda turli nazariyalar, ta’limotlar
yuzaga kelib, fikriy xilma-xillik rivojlandi. Tasavvufiy-orifona, futuvvat-
javonmardlik ta’limotlari va tariqatlarining qaror topishi, aslida, hurfikrlik va
inson kamolotiga bo‘lgan ishonchning nishonasi edi. Uyg‘onish davri vakillari
dinga qarshi emas, balki dinni sxolastika va jaholat manbaiga aylantirganlarga
qarshi kurashganlar.
Tafakkurdagi aqliy (
ratsionalizm
) va vajdiy (
irratsionalizm
) yo‘nalish
namoyandalari zohiran o‘zaro kelishmay kelgan bo‘lsalarda, amalda Evropa
Uyg‘onish davrida bo‘lganidek, inson ongini bedor etib,
uni aqidaparastlik
(
taqlidchilik
) g‘uboridan tozalashda hamkorlik qildilar. SHu bois hurfikrli
mutafakkirlar orasida ratsionalist olimlar bilan birga, orif so‘fiylar ham bor edi.
SHarq Uyg‘onish davri vakillari o‘z xalqlarining qadimgi madaniyati
bilan birga, yunon va hind xalqlari merosidan ham foydalanishgan. YUnon
olimlarining asarlari VIII-IX asrlarda arab tiliga tarjima qilindi, sharhlandi.
Aflotun, Arastuni SHarq faylasuflari ham ustoz deb hisoblashgan. Biroq
yunonlar ham ko‘p fikrlarni qadimgi osiyoliklardan olganlar. Bu tarix
qonuniyati: yuksalishga shaylangan xalq madaniyati o‘zigacha
yaratilgan
bashariy yutuqlarni o‘zlashtirib, yana yuksaklikka ko‘tariladi.
SHarq Uyg‘onish davri keng ko‘lamli: ta’lim va tahlil, madrasa va maorif
rivojlangan, ulkan kutubxonalarda yuz minglab jild kitoblar yig‘ilgan,
Do'stlaringiz bilan baham: