3. N.Shaxobidinov internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanib, aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan maʼlumotlar va materiallarni tarqatish jinoyatini quyidagi holatda qasddan sodir qilgan. Jumladan, u o‘zining “Realmi S-7” rusumli uyali telefoni orqali internet jahon axborotining “Telegram” ijtimoiy tarmog‘i orqali o‘zi uchun “Alhamdulillah” nomli profil yaratib, jahon internet tarmog‘idan foydalangan holda ijtimoiy tarmoqlardagi do‘sti Ismoilov Javoxir Baxromjon o‘g‘lining “Jovoh aka” nomli profiliga 2021 yil 23 fevral kuni “ahi-anta-h-urrun-nashid-ahi” nomli, aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan audiofaylni tarqatgan.
Sudga oid dinshunoslik ekspertizasining 2021 yil 14 dekabrdagi №IA-151-sonli xulosasiga ko‘ra, N.Shaxobidinov tomonidan tarqatilgan audiofayllar aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilganligi aniqlangan
Mazkur holat yuzasidan N.Shaxobidinovning yashash joyida tintuv o‘tkazish bayonnomasini rasmiylashtiring
Tintuv o‘tkazish haqida
B A Y O N N O M A
2021 yil 1mart Chirchiq shahar
Tintuv soat 10:00 da boshlandi va soat 11:00 da tugallandi
Chirchiq shahar IIO tergovchisi, R.Miralimov, 28.02.2021 yildagi tintuv o‘tkazish haqidagi qarorga asosan xolislar: Chirchiq shahri, Baxt ko‘chasi, 10 uyda yashovchi F.Fozilov va Chirchiq shahri, Istiqbol ko‘chasi, 12 uyda yashovchi A.Aminovlar ishtirokida, Chirchiq shahar IIB ekspert-kriminalisti J.Qobilov, profilaktika inspektori M.Davlatov, ish bo‘yicha ayblanuvchi N.Shaxobidinov, uning turmush o‘rtog‘i A.Shaxobidinovalar qatnashuvida, O‘zbekiston Respublikasi JPKning 158, 159, 161, 163, 164-moddalariga muvofiq, Chirchiq shahar, Do‘stlik ko‘chasi, 76-uyda tintuv o‘tkazdim.
Tintuv boshlanishidan oldin unda ishtirok etadigan va qatnashadigan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi JPKning 160-moddasida ko‘rsatilgan tergovchining barcha harakatlari chog‘ida hozir bo‘lishdan iborat huquqlari hamda ana shu harakatlar ustidan arz bera olishlari va bu bayonga kiritilishi shartligi tushuntirildi, xolislarga esa O‘zbekiston Respublikasi JPKning 74-moddasida bayon qilingan huquq va majburiyatlari o‘qib eshittirildi.
Xolislar:
______(F.I.Sh.) ______ (F.I.Sh.)
(imzo) (imzo)
Ishtirokchilar:
______(F.I.Sh.) ______ (F.I.Sh.)
(imzo) (imzo)
Ekspert-kriminalist J.Qobilovga O‘zbekiston Respublikasi JPKning 68-moddasida qayd etilgan huquq va majburiyatlari tushuntirilib, u o‘z xizmat vazifasini bajarishdan bosh tortgan yoki bo‘yin tovlagan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi JKning 240-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirildi.
Ekspert-kriminalist ________J.Qobilov
(imzo)
Shundan so‘ng, tintuv o‘tkazish haqidagi qaror ishtirokchilarga o‘qib eshittirildi. Ayblanuvchi N.Shaxobidinov va uning turmush o‘rtog‘i A.Shaxobidinovalarga o‘zlarida bo‘lgan, aqidaparastlik va diniy mazmundagi materiyallarni ixtiyoriy ravishda berish taklif qilindi, bu taklifga ayblanuvchi uning uyida bunday narsalar yo‘qligini bildirdi.
O‘tkazilgan tintuv davomida quyidagilar:
1. Hammomdagi kir yuvish mashinasidagi tagida turli xil diniy mazmundagi materiyallar.
2. Yotoqxonadagi servant ichidagi diniy mazmundagi kitoblar aniqlanib, ushbu buyumlar tekshirib ko‘rish uchun ashyoviy dalil sifatida olindi.
Tintuv davomida topilgan ashyoviy dalillarning aniqlangan joyi, o‘ziga xos belgilari xolislarga va tintuv o‘tkazilayotgan uy egalariga ko‘rsatilib, suratga olindi, alohida o‘ralib, tergovchi, uy egalari va xolislar ishtirokida muhrlandi.
Tintuv jarayoni ekspert-kriminalist tomonidan “SONY J4000” rusumli kamera yordamida fotosurat hamda videotasvirga olindi.
Tintuv yuzasidan eʼtirozlar va takliflar bo‘lmadi. Bayonnoma o‘qib eshittirildi, to‘g‘ri yozilgan, qo‘shimchalar bo‘lmadi.
Xolislar: (imzo) F.Fozilov
(imzo) A.Aminov
Ekspert-kriminalist (imzo) J.Qobilov
Uy egasi: (imzo) A.Shaxobidinova
Ayblanuvchi: (imzo) N.Shaxobidinov
Ishtirokchi: (imzo) M.Davlatov
Chirchiq shahar IIO (imzo) R.Miralimov
tergovchisi
Bayonnoma nusxasini 20_ yil “”_____da oldim.
___________(F.I.Sh.
Do'stlaringiz bilan baham: |