76 prn Rashidova Rano


Kuzatishlar natijasi shu pedagogik vositalarni quyida- gicha aniqlashga yordam berdi



Download 61,55 Kb.
bet13/13
Sana05.07.2022
Hajmi61,55 Kb.
#742821
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
76 prn Rashidova Rano 27.09.2021.yangi doc

Kuzatishlar natijasi shu pedagogik vositalarni quyida- gicha aniqlashga yordam berdi:

  • ta’lim-tarbiya mazmuni, shakl, usul va vositalarining milliyligi;

  • ijtimoiy omillar: ta’lim-tarbiya jarayonini;

  • hududiy omillar: bola yashayotgan o‘lka, milliy qadriyatlari, urf-odatlari va an’analari, boyligi, tarixiy о‘mi va ahamiyati.

Har bir davrda yuz beradigan voqea-hodisalar to‘g‘risida tarbiyachining bolalarga mohirona hikoya qilib berishi vatanparvarlikni tarbiyalashada muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Ushbu omillaming pedagogik jihati ularning o‘zlariga xos xususiyatlar hisobga olingan taqdirda, milliy g‘umr tuyg‘ularini his etishda va uning tizimini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarda milliy tuyg‘uni shakllantirish tizimini o‘rganishda, ishlab chiqishda har bir mashg‘ulot, tarbiyaviy tadbirlar, to‘garaklar ular ongida milliylikning chizgilari (manzarasi) haqidagi tasavvurini o‘zgartirish, shaxsiy hayot, jamiyatda o‘z о‘mini topishga erishish, milliylikning tarbiya­viy mohiyatini anglab yetish malakalarini shakllantirish turli faoliyatning natijalarini oldindan ko‘ra bilishga o‘rgatish, tabiat va jamiyat haqida ilmiy bilim bilan qurollantirish kerak.
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘uni shakllantirish maqsadi va vazifalarini ijobiy
42




barqaror bo‘lishiga xizmat qilishi tabiiydir. Shu sababli ham milliy g‘urur ramzi bo‘lgan millat, xalqning o‘zligini anglashi, o‘zining milliy qadriyatlari, urf-odatlarini unutmasdan, ulami tiklab, avaylab, boyitib о‘sib kelayotgan yosh avlodga yetkazish lozim. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiya­lanuvchilarida milliy g‘umr tuyg‘usini shakllantirishga xizmat qiladigan boy ma’naviy merosga egamizki, bu meros yoshlarda milliy g‘umr tuyg‘usini shakllantirish uchun muhim didaktik vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida buyuk siymolar, ertaklar, dostonlar, afsonalar, hadislar, maxsus risolalar, bukletlar tarzida taqdim etish maqsadga muvofiqdir. Tarixga nazar solar ekanmiz, xalq baxt-saodati, tinchligi, ozodligi yo‘lida o‘z hayotini baxshida etgan vatan- doshlarimiz ko‘rsatgan qahramonlik, insonparvarlikni ko‘ra- miz, u bilan faxrlanamiz. Masalan, Jaloliddin Manguberdi ona Vatan, xalq daxlsizligi uchun qayg‘urdi. Uning ana shunday ma’naviy barkamol, yorqin jasoratli qiyofasi asrlar osha avlodlar qalbida saqlanib qoldi. Jaloliddin Manguberdi - vatanparvarlikning jonli timsoli bo‘ldi. U o‘z yuragidagi Vatanga bo‘lgan otashin muhabbatdan kuch olib, dushmanga dahshat soladi. U o‘n yildan ortiq olov ichida ot suradi, Sind daryosining ajal ufurib turgan domidan tirik chiqib ketadi. Dushman 1231-yilda Jaloliddinni g‘aflatda qoldirib, yelkasiga nayza sanchadi. Dushman ko‘zi Jaloliddin belidagi sanochga tushadi. U Jaloliddinnning belidan tiqmachoq xaltani oladi, bag‘riga bosib, bir dunyo boylikka ega bo‘ldim, deb sevinadi. Ammo bu boylik - Jaloliddinning asrab yurgani Xorazmning bir siqim tuprog‘i edi.
Shunday yetuk sarkardalardan biri Sohibqiron Amir
39




Temur (1336-1405) bir umr haqiqat uchun kurashdi, uning shiori ham “Rush - rosti” - “Kuch adolatda” degan ma’noda edi. Shuning uchun ham uning adolat qilichi bir umr sinmay, doim zafar keltirdi. U ona Vatanni mo‘g‘ul bosqinchilaridan xalos etdi.
Amir Temurning o‘z ona xalqi oldidagi birinchi eng buyuk, eng muqaddas va olamshumul xizmati mo‘g‘ul istilo- chilari zulmidan vatanni ozod etishi bo‘ldi. Ikkinchi ulug‘ xizmati - ulkan davlatni tuzishdir.
“Millatning dardlariga darmon bo‘lmoq vazifangiz- dir!”, Amir Temurning xalqqa bo‘lgan muhabbatini ana shu otashin va ezgu so‘zlaridan ham bilish mumkin.
Sohibqiron har qachon qayerda va qanday vaziyatda bodmasin xalqning dardlariga darmon bodishni eng oliy maqsad deb biladi.
U o‘z xalqini sevgan va ona Vataniga sadoqatli odam- lami izzat-hurmatda tutgan, hatto bu mavzudagi voqea- hodisalarni faxr bilan so‘zlab, ko‘plarga ibratomuz tarzida uqtirgan, o‘zi esa bunga qat’iy amal qilgan.
Sohibqiron davlatni boshqarishda o‘z atrofiga halol, diyonatli, ishning ko‘zini biladigan odamlarni tanlab, haq yodini tayin etib qo‘yadiki, hatto o‘zi ham davlat ishlarida biror xato-kamchilikka yo‘l qo‘ysa, ogohlantirishlarini aytadi.
Amir Temur bobomiz buyuk imoratlar barpo etadi va ulami ulkan bog‘-u rogMar bilan o‘raydi, shahar va qishloqlami tiklaydi, suv inshootlari barpo etadi. Musulmon me’morchiligidagi eng yaxshi an’analar Amir Temur davrida gullab-yashnaydi va mangu umr topadi. Amir Temur mamlakat obodonchiligiga shu qadar alohida e’tibor beradiki, u Shahrisabzni ham obod qiladi. Oqsaroy, Dor ut-saodat, Dor ut-tilovat, Gumbazi Sayidon
40




kabi mahobatli qasrlar va maqbaralar quriladi. Masjid, madrasa, karvonsaroy va hammom kabi jamoat binolari barpo etiladi. Amir Temur nafaqat Movaroun-nahr va Turkiston, balki boshqa mamlakatlarda ham qa’alar (Afg‘oniston), qasrlar, shaharlar va nahrlar (Eron, Ozarbayjon, Afg‘oniston) qurdiradi. Amir Temur ixlos-e’tiqod bilan Turkistonda Ahmad Yassaviyga maqbara qurdiradi. Toshkent viloyatidagi Zangiota maqbara- xilxonasini ta’mirlab, go‘zal va fasohatlik, holg‘a keltiradi. Amir Temur dildagi go‘zallik va yuksaklikka bo‘lgan muhabbat uning ona Vatani va xalqiga bo‘lgan buyuk sevgisi, sadoqati va adolatidan tug‘iladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ulari ularning ba’zi harakatlarida aks etib turadi.
Lekin ularda Vatan, milliy g‘urur haqidagi fikrlar cheklangan. Ular Vatan va Vatanni ulug‘lovchi she’r, hikoya va ertaklarni bilishadi-yu, milliylikning mohiyatini yaxshi anglashmaydi. Bu tuyg‘ulami tarbiyalash yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi tadqiqotlar jarayonida aniqlangan.
Demak, maktabgacha tal’im muassasalari tarbiyalanuv­chilarida milliy g‘urur va vatanparvarlik sifatlarini shakllan- tirish zarur. Buning uchun:

  • milliy g‘urur, urf-odat va an’analarimizni maktab­gacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilar hayotiga kengroq joriy etish;

  • maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchi­larida milliy tuyg‘ularni shakllantirish maqsadida xalq pedagogikasidan samarali foydalanish;

  • umuminsoniy qadriyatlarimizni va milliy merosimizga oid ma’naviy va ma’rifiy tadbirlami ko‘paytirish zarur.

41


Download 61,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish