Mashg ‘ulotning yakuni.
Tarbiyachi mashg‘ulot so‘ngida bolalarning ishlarini kuzatib, yaxshi chiqqan rasmlarni bolalarga ko‘rsatadi, bola- lami rag‘batlantiradi.
Mashg ‘ulotning tahlili.
Kuzatish shuni ko‘rsatadiki, bolalarda mashg‘ulot orqali ona yurtga muhabbat hissi kuchaydi. Bolalarda mehr-muhab- bat, mehr-muruvvat hissi shakllandi. Mustaqillik sharofati bilan qayta tiklangan, haq-huquqlarimiz, ozodlik, erkinlik, o‘z davlat tiliga ega bo‘lish tabiat boyliklaridan xalq baxt-saodati, manfaati yo‘lida foydalanish haqida bilimga ega boMdilar. “Vatan”, “0‘zbek xalqi” she’ri orqali bolalarda Vatan bilan faxrlanish, fidoyilik, mehr-shafqat tuyg‘ularini o‘stirishga imkon yaratildi.
66
gacha ta’lim muassasalarida jajji o‘g‘il-qizlarning ota-onaga g‘amxo‘rligi, tarbiyachi opalarga mehribonligida o‘z ifoda- sini topadi.
Xalqimizning qadimiy va shonli tarixini uzviy davom ettirishga, shu tarixning o‘chmas sahifalarini, ajdodlarimiz- ning buyuk merosini, qadriyat va urf-odatlarini yoshlarimizga yetkazish, hayotimizni tobora poklash va fayz-u barakali qilishda, bir so‘z bilan aytganda, uni ma’naviy yuksaltirishda, har bir kunimiz ma’noli va sermazmun o‘tishida ota-bobolari- mizning ma’naviy ta’siri beqiyos ekanini izohlashga hojat bodmasa kerak.
Oila bilan hamisha hamkorlikda faoliyat ko‘rsatuvchi maktabgacha ta’lim muassasalarida ham tarbiya poydevori ana shu muqaddas qadriyatlarga asoslangan holda tobora mustahkamlanib borishi maqsadga muvofiqdir.
Maktabgacha yoshdagi bolalar o‘rtasida targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borishda bolalaming mustaqil fikrlash- lari uchun sharoit yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Bolalaming ongi tayyor shablonlarga shu qadar o‘rganadiki, ular oxir-oqibat har qanday yot g‘oyalarga ergashib ketaveradigan bo‘lib qoladi. Bu kabi holatlarda jamiyat a’zolari bilan uchrashganda deyarli interfaol muloqotni yuzaga keltirish bolalarda aqlan yetuklikka intilish hamda mustaqil fikrlashi uchun zamin yaratadi.
Demak, ota-ona jamiyatning asosi bodgan oilaning yetakchi a’zolari, voyaga yetmagan farzandlari uchun davlat va jamiyat oldida ilk mas’ul bodgan shaxsdirlar. Ma’lumki, milliy qadriyatlarimizga ko‘ra bobo, buvi, ota-ona, o‘g‘il-qiz farzandlar ahil, tinch yashayotgan oila mustahkam oila hisoblanadi.
15
Bugungi kunda jahon psixologik ilmida bola xulq-atvori va ruhiyatining shakllanishida oilaning mahalla, maktabgacha ta’lim muassasalari bilan hamkorligi yetakchi muhim o‘rin egallaydi. Asosiy masalalardan biri ana shu hamkorlikni yanada takomillashtirish, fan va ilmiy tadqiqotlarda qo‘lga kiritilgan natijalami amaliyotga joriy etishdir. Bola shaxsi rivojlanishida “Men” tushunchasining paydo bodishi, uning o‘zi va o‘z fazilatlari to‘g‘risidagi tasavvurlari dastlab oila tarbiyasidan boshlanadi, maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyachilar yordamida esa ushbu tasavvurlar yanada kenga- yib, komil shaxs fazilatlari rivojlanib boradi. Maktabgacha yoshdagi bola shaxsi ijtimoiylashuvi jarayonida uning o‘zi to‘g‘risidagi tasavvurlari tizimining shakllanishida oilaning roli shundaki, bunda asosiy shakllantiruvchi mexanizm oila- dagi ma’naviy-ruhiy muhit, ota-ona va yaqinlarining o‘zaro munosabatlaridan tashqari ota-onaning farzandga bodgan munosabatlari va bolani komil inson etib tarbiyalash to‘g‘ri- sidagi bilimlari muhim o‘rin tutadi. Demak, bolaning o‘zini, o‘z shaxsini, qaysi bir jins vakili ekanligini anglashi va hayo- tiy tasavvurlarining shakllanishida ota-onalik munosabat- larining uyg‘unlashgan bodishi katta ahamiyatga ega. Normal rivojlanayotgan bolalar maktabgacha ta’lim muassasalarida katta hayotiy tasavvurlarga ega bo‘lib boradilar, maktabgacha ta’lim muassasalaridagi ta’lim va tarbiyaning samaradorligi oila bilan hamkorlikka tayanishi barchaga ma’lum.
Ko‘plab xalqlarda qaysi yosh davrida bolalarga qanday muomala qilish haqida ma’lum tasavvurlar shakllangan. Ana shu tasavvurlaming hammasi bir narsani ta’kidlaydiki, bola shaxsi taraqqiyoti undagi turli sifatlarning shakllanishi uchun eng mas’uliyatli davr - bu bolaning 5-6 yoshgacha bodgan
16
shafqat hissini kuchaytirishga harakat qiladi. 0‘lkamiz tabiati, go‘zal manzaralar tasvirlangan san’at asarlaridan bahra olib, nafosat tuyg‘usini rivojlantirish.
Mashg‘ulotga tayyorgarlik: “O‘zbekiston” manzarasi aks etgan asarlar, “Vatan”, “Ona yurt” mavzusida rassomlar- ning ishlari va har bir bola uchun 30 & 40 formatli oq qog‘oz, rangli qalam, mo‘yqalam, akvarel.
Mashg‘ulotning borishi: Aziz bolajonlar, bugun sizlar bilan Vatan haqida suhbatlashamiz. Qani bolalar, Vatan deganda kim nimani anglaydi?
Rashid: (1) - “Vatan - bu biz tug‘ilgan joy”.
Malika: (2) - Vatan - bu O‘zbekiston.
Tarbiyachi: Barakalla qo‘zichoqlarim, menga javob- laringiz ma’qul. Vatan - bu biz tug‘ilgan, kindik qonimiz to‘kilgan joy, ota-bobolarimiz, ajdodlarimizdan meros qolgan zamin, bizlami oq yuvib oq tarab voyaga yetkazgan yurtdir. Vatan avvalo oilamiz, mahallamiz, ko‘chamiz, shahrimiz, qarindosh-uragdarimiz, ulaming har biri Vatanimizning uzviy parchasidir. Qani aytinglarchi, biz yashab turgan joyning nomi nima?
Diyor: (3) - O‘zbekiston.
Tarbiyachi: Balli, bizning vatanimiz O‘zbekiston. Bu go‘zal yurtimizning tabiati, ajoyib manzaralari dilimizga huzur bag‘ishlaydi. Bizning yurtimiz vodiylarga, vohalarga, go‘zal bog‘u-rog‘larga, purviqor tog‘larga, serhosil va unum- dor zamin kengliklariga boydir. O‘zbekistonimizning go‘zal tabiatini juda ko‘p rassomlarimiz go‘zal qilib tasvirlashgan. Hassos shoirimiz Hamid Olimjon, “O‘zbekiston” she’rida Vatan g‘oyasini ko‘tarinki mhda madh etadi.
65
larda mustaqil O‘zbekiston davlati haqidagi tushunchalarni kengaytirish, O‘zbekistonning gerb, bayrog‘i, madhiyasi bilan kengaytirish, shular orqali bolalarda mehr-shafqat tuyg‘usini tarbiyalash.
mavzu: Ona mamlakatimiz shifobaxsh o‘simliklari haqidagi bilimlarni kengaytirish ularni asrab-avaylash, ehtiyotlash, bolalarni tevarak-atrof, ularga mehrli, ehtiyot- korlik tasavvurlarini kengaytirish, bilimlarni mustah- kamlash, chaqqonlik, topqirlik, sezgirlikni shakllantirish.
mavzu: Ma’naviyat davrasi
Maqsad: Davra suhbati orqali O‘zbekiston haqida, unda yashab o‘tgan allomalar haqida bilgan bilimlarni aniqlash va ulaming qilgan ishlari yozgan asarlari, she’rlari, odob-axloq haqidagi so‘zlari orqali o‘z Vataniga, ota-onasiga, do‘stlariga mehr-muhabbatni, mehr-shafqatni va o‘zbeklarga xos bo‘lgan qoidalami bolalarda shakllantirish.
6 yoshdagi bolalarda milliy tuyg‘u hislarini tarbiyalash bo‘yicha bayram rejasi namunasi.
5-mavzu: Vatanni mardlar qo‘riqlaydi
Maqsad: Bolalarda fidoyilik, vatanparvarlik, mehr- shafqat, jasurlik hislarini tarbiyalash va shakllantirish.
Har bir mashg‘ulot, suhbatlar va bayram kechalari bola- larga chuqur ta’sir ko‘rsatdi va ularda mehr-shafqat hislarini chuqurroq shakllantirishga yordam berdi.
Quyida va ilovada tajriba sinov ishi davomida olib borilgan mashg‘ulotlar suhbatlar va bayram rejalaridan namu- nalar keltiramiz.
Mashg‘ulotlar no mV. Kindik qonim to‘kilgan yer.
Maqsad: Bolalarga “Vatan”, “0‘zbek xalqi” she’rlarini o‘qib berib, bolalar qalbida ona yurtiga muhabbat, mehr-
64
davri, ya’ni ilmiy psixologik til bilan aytganda maktabgacha yosh davri hisoblanadi. “Qush uyasida ko‘rganini qiladi” deganlaridek bola oilada nimani o‘zlashtirsa, hayotda ham shu tajribani qo‘llaydi, ya’ni shafqatsizlik qilsak shafqatsizlikni, qo‘pollik qilsak qo‘pollikni, befarqlik qilsak befarqlikni, loqaydlik qilsak loqaydlikni.
Shu bilan birga, maktabgacha ta’lim muassasalarida ota- onalar kengashlarini tashkil etishda muammolar mavjud bo‘lib, ular asosan maktabgacha ta’lim muassasalari ma’mu- riyati, tarbiyachi-pedagoglar har doim ham barcha tarbiya- lanuvchilaming oilasi, undagi sharoitlar, ota-onaning bola barkamol bo‘lib voyaga yetishiga qanchalik qiziqishi va manfaatdorligini yaxshi bilmasligidan iborat bo‘lib, natijada ba’zan maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanayotgan bola psixologiyasida ayrim muammolar, kemtiklar keltirib chiqaradi. Maktabgacha ta’lim muassasalari ma’muriyati, tarbiyachi-pedagoglar mana shu muammo va kemtiklami bartaraf etishga befarq bo‘lmasalar, ota-onalar bilan ishlashda hamkorlikni ta’minlasalar bolalar tarbiyasida barkamollikka erishish samaradorligi yanada oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |