Tarixiy tajriba, an ’analarning meros bo ‘lib о ‘tishi bulaming barchasi yangidan yangi avlodlami tarbiyalaydigan qadriyatlarga aylanib qolmog 4 lozim,
LA.Karimov
Qadriyatlar jamiyat rivojining negizi, millatning tarixiy taraqqiyotida erishilgan muvaffaqiyatlarini avloddan-avlodga o‘tkazuvchi qudratli omildir. Tarixiy taraqqiyot bosqichlariga nazar tashlar ekanmiz, har bir jamiyat, davlat o‘zining milliy qadriyatlarini rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib taraqqiy etmagan. Shu bois, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunida qayd qilinganidek, “Ta’Umda umuminsoniy va milliy madaniy qadriyatlarning ustuvorligi” ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillaridan biri hisoblanadi. Xo‘sh, qadriyat o‘zi nima? Uni qanday tushunmoq kerak? Qadriyat deganda, inson va insoniyat uchun ahamiyatli bodgan barcha narsalar tushuniladi. Qadriyatlarning mohiyatini pedagogik nuqtayi nazardan izohlaganimizda, insonlarning tarixiy tajriba an’analarini kelgusi avlodlarga to‘la-to‘kis o‘rgatish, ta’lim-tarbiya berish tushiniladi. Shuning uchun milliy ma’naviy qadriyatlami e’zozlab, ardoqlab, sevib bajarish va ulami o‘z holiga keltirmoq dolzarb masaladir. Qadriyatlar mazmunan xilma-xil turlarga bo dinib, hayotning barcha jabhalarini qamrab olgan. Jumladan, inson va uning
9
hayoti eng oliy qadriyat hisob-lanadi. Inson yo‘q joyda biron narsaning qadr-qimmati haqida so‘zlash be’manilikdir. Shuning uchun ham inson qadr-qimmatini e’zozlash, uning turmushini yaxshilash, bilimi va madaniy saviyasini rivojlan- tirish, sogdigini saqlash, hayotini himoya qilish davlatimiz siyosatining asosiy yo‘nalishini tashkil etadi.
Tarbiyalanuvchilar ongida axloqiy qadriyatlar shakllan- tirish uchun:
Vatanga, ota-onaga hurmat, muhabbat tushuncha- larini va tasavvurlarini kengaytirish;
Burch, vijdon, insof haqidagi tasavvurlami vujudga keltirish;
O‘rtoqlik, do‘stlik haqidagi tasavvurlami kengaytirish.
Inson hayotida ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar alohida o‘rin
tutadi. Erkinlik, tenglik, birodarlik insoniyat tomonidan hamisha e’zozlab, qadrlanib kelgan. Insonning erkinligi, uning shon- shuhrati va qadr-qimmati jamiyatimizning oliy qadriyatidir. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida bu to‘g‘risida shunday so‘zlar yozilgan:
O‘zbekiston Respublikasi demokratiya, umuminsoniy tamoyillarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi. Qadriyatlar amal qilish doirasiga ko‘ra, milliy, mintaqaviy va umuminsoniy turlarga bodinadi. Insonning qaysi millatga mansub ekanligi haqida tasavvuri faqat g‘oyagina emas, balki tuyg‘u hamdir. Insonda milliy ong va g‘umr bodmasa, u o‘zining qaysi millatga mansubligini his etmasa, uning milliy qadriyat- larini anglashini tasavvur qilish qiyin. Shu bilan birga,
10
Yosh avlodni odob-axloq bobida har tomonlama to‘kis kamol toptirish shu kunning, davrimizning, mafkuramizning bosh mezonidir. Biz tarbiyachilar, muallimlar, ustozlar oldida bu muammoning qo‘yilishi ham bejiz emas. U zamon, davr, istiqlol, kelajak talabidir. Biz an’analarimiz, urf-odatlarimizni keng targ‘ib qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan qutlug‘ zamonda yashayapmiz. Uning asl tarixini, yaratilishini, sababini ilmiy asosda aytib beradigan davr keldi. Bizningcha, milliy davlatchiligimiz poydevori barpo etilayotgan hozirgi sharoitda milliy qadriyatlaming o‘rni har qachongidan ham ortib borayotir.
Xulosa qilib aytganda, umuminsoniy qadriyatlar jamiyat rivojiga va uning negizi, millatning tarixiy taraqqiyotiga erishilgan muvaffaqiyatlarini avloddan avlodga yetkazuvchi qudratli omildir. Bu milliy qadriyatlar tarbiyalanuvchilar ongiga axloqiy tarbiyani shakllanishiga xizmat qiladi.
71
ning o‘z qobiliyatini namoyish qilishiga e’tiborni qaratish kerak;
maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy tuyg‘ulami shakllantirish, ularni baholashni o‘tkazish jarayonida bolalar o‘zini erkin tutishi va noqulay his qilmasligiga imkoniyat yaratish kerak;
maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilariga beriladigan savollar va topshiriqlarning ta’lim-tarbiya maqsadi aniq belgilangan bodishi, ya’ni hajmi, murakkabligi jihatidan belgilangan ta’lim-tarbiya mazmunlariga javob berishi kerak;
maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan tarbiy-aviy-tadbirlar ham bugungi kun talabi asosida yangilik- larga boy va bolani qiziqtira oladigan darajada bodishi kerak;
o‘tkazilgan mashg‘ulotlar bolalarni qiziqishlaridan kelib chiqqan holda ekskursiyalar, sayohatlar, suhbatlar, bahs- munozaralar, tarbiyaviy-tadbirlar uyushtirish orqali olib borilishi lozim;
maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuv- chilarining ota-onalari bilan ham mafkuraviy ta’lim ishlari olib borilishi maqsadga muvofiqdir;
tarbiyachi-pedagoglar millatimiz farzandlari sogdom, barkamol, milliy g‘umrli komil inson bodib yetishishlarida ota-onalar bilan hamkorlikda ishlash uchun o‘quv markaz- larini tashkil etish hamda doimiy seminarlar odkazib boorish- lari maqsadga muvofiqdir.
Yuqoridagi fikrlaming zamirida maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy g‘urumi shakllantirish orqali ularni jamiyatda o‘z o‘rnini to‘g‘ri topib, ijtimoiy hayotga tayyorlash, Vatan- dan faxrlanib, unga xizmat qila oladigan, har tomonlama barkamol inson etib tarbiyalash mas’uliyati ustivordir.
70
hammamiz yana bir haqiqatni anglab yetmoqdamiz. Faqat- gina chinakam ma’rifatli odam inson qadrini, millat qadriyat- larini bir so‘z bilan aytganda, o‘zligini anglashi, erkin va ozod jamiyatda yashashi, mustaqil davlatimizning jahon hamjami- yatida o‘ziga mansub obro‘li o‘rin egallashi uchun fidoyilik bilan kurashishi mumkin. Har qaysi davlat, har qaysi millat nafaqat yer osti va yer usti tabiiy boyliklari bilan harbiy qudrati va ishlab chiqarish salohiyati bilan birinchi navbatda o‘zining yuksak madaniyat va ma’naviyati bilan kuchlidir. Bunday boylikning ahamiyatini anglash Chor Rossiyasining Turkiston o‘lkasidagi general-gubematori M. Skobelev, “Millatni yo‘q qilish uchun uni qirish shart emas, uning madaniyatini, san’atini, tilini yo‘q qilsang bas, tez orada o‘zi tanazzulga uchraydi”, deb aytgan gapini eslashning o‘zi kifoya qiladi. Mintaqaviy qadriyatlar iqtisodiyoti, madaniyati, tarixi, tili, dini urf-odat va an’analari mushtarak bo‘lgan xalq- lar manfaatlariga xizmat qiladigan tabiiy va ijtimoiy hodisalar majmuasini tashkil etadi. Qadimdan bir ma’naviy ruhiy- iqlimdan nafas olib kelgan xalqlarimiz tariximizning, ayniqsa, bugungi ma’suliyatli davrda aql zakovat va shijoat, dunyoviy salohiyat va milliy g‘urur talab etadigan bir pallada yana ham yaqinroq va yana ham mehr-oqibatliroq bo‘ 1 ishlari lozimli- gini hayotning o‘zi taqozo qilmoqda.
Umuminsoniy qadriyatlar milliy va mintaqaviy qadri- yatlardan mazmun jihatdan chuqur va keng bo‘lib, umum- bashariy ahamiyat kasb etadi. Umuminsoniy qadriyatlar jahondagi barcha millatlar, elatlar va xalqlaming maqsad va intilishlariga muvofiq keladi. Umuminsoniy qadriyatlar turku- miga insoniyat sivilizatsiyasining taraqqiyoti bilan bog‘liq bo‘lgan umumbashariy muammolar kiradi. Ulardan eng
11
asosiylari yer yuzida ilm-fanni taraqqiy ettirish, tinchlikni saqlash, xalqaro xavfsizlikni ta’minlash, turli kasalliklaming oldini olish, tabiatni muhofaza qilish, qashshoqlik va savod- sizlikka barham berish, sanoat xom ashyosi, energiya manba- lari va oziq-ovqat bilan ta’minlash, koinotni va jahon okeani resurslarini o‘zlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar kiradi. Darhaqiqat, ota-bobolarimiz tomonidan yaratilgan ba- diiy, ma’naviy asarlar har qanaqa dur-u javohirlardan ham qimmatliroq boylikdir. Ushbu boyliklar insoniyat paydo bo‘lgandan beri unga xizmat qilayapti. Eramizdan oldin Afina demokratiyasi inqirozga uchraganida yunon faylasuflari qadriyat masalasini ko‘targan edi. Ular ijtimoiy-siyosiy, huquqiy tafakkur tarixida birinchi bor “Inson-oliy qadriyat” deb ko‘rsatadi, olamdagi barcha jihatlami “insoniylik mezo- ni” bilan o‘lchashni targ‘ib etdi. Buyuk mutafakkir Suqrot esa “qadriyat nima?” degan savolga “har bir insonning o‘zligini anglashi” deb javob berdi. Bu borada salohiyatli adib Maqsud Shayxzodaning ushbu fikrlari juda o‘rinlidir: “Agar har bir xalq, - deb ta’kidlagan edi u, - o‘z ulug‘ ajdodlarini e’zozlab, ulaming qadriga yeta bilmas ekan, bunday el istiqboldan ham mahmm bodishi mumkin”. Bunday qarashlar bugungi kunda barcha ta’lim-tarbiya dargohlarida asosiy tamoyillaridan biri sanalmoqda. Bizningcha, milliy davlatchiligimiz poydevori barpo etilayotgan hozirgi shoroitda milliy qadriyatlarining o‘rni har qachongidan ham ortib borayotir.
Umuminsoniy milliy qadriyatlar jamiyat rivojiga va uning negizi, millatning tarixiy taraqqiyotiga erishilgan muvaffaqiyatlarini avloddan-avlodga yetkazuvchi qudratli omildir. Bu milliy qadriyatlar tarbiyalanuvchilar ongiga axloqiy tarbiyani shakllanishiga xizmat qiladi.
12
Xulosa va tavsiyalar
Yosh avlodga milliy g‘urur va milliy qadriyatlarni singdirish borasida qilayotgan ishlarimiz o‘z samarasini berdi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda xalqimizning qadriyatlari urf-odatlarini ardoqlashga, ularga amal qilishga, millatimiz fidoyilari kabi jasur, vatanparvar bo‘lish, Vatanimizning gerbi, bayrog‘i, madhiyasi bizning faxrimiz, g‘ururimiz ekan- ligi, Konstitutsiyamizga hurmat, Vatanni ardoqlash to‘g‘risi- dagi tushunchalar hosil bo‘ldi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda buyuk siymolar bilan tanishtirish orqali bobolarimiz ibratini o‘zlariga singdirib oladilar. Bobolarimiz qanchalar xalq, manfaatini ko‘zlab ish tutishganliklari, ularga o‘xshash inson boMishga harakat qilishlari kerakligini anglab yetadilar.
Mashg‘ulotlar bolalami qiziqishlaridan kelib chiqqan holda ekskursiyalar, sayohatlar, suhbatlar, bahs-munozaralar, tarbiyaviy-tadbirlar uyushtirish orqali olib boriladi.
Biz maxsus shakl va metodlardan foydalanib, “Ilk qalam” davlat dasturiga asoslanib, maktabgacha ta’lim muas- sasalari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘uni shakllantirish bevosita tarbiyachi-pedagoglarga va ota-onalarga bog‘liq, ikki tomonlama harakat ekani tajribalarimiz davomida ko‘rindi. Shuning uchun ham tarbiyachi-pedagoglar va ota-onalar uchun quyidagi tavsiyalarni beramiz:
tarbiyachi-pedagoglar muomala odobi, pedagogik bilimlari hamda doimo o‘z mahoratlarini oshirib borishlari muhimdir;
maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy tuyg‘ularni shakllantirish jarayoniga jiddiy yondashib, tarbiyalanuvchilar-
69
0‘yinlar asrlar davomida maktabgacha pedagogikada tarbiya vositasi bo‘lib hisoblanadi. Chunki о‘yin har bir sog‘lom bolaga quvonch bag‘ishlaydi, uning ruhiyatini ko‘taradi, tafakkurini o‘stiradi, tevarak-atrof bilan tanishuvda yaqindan yordam beradi, uni yashashga o‘rgatadi, unga mehr- muruvvatli bo‘lish hislarini uyg‘otadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar rang-barang harakatli, didaktik, syujetli-rolli o‘yinlarni o‘ynaydilar. Chunki syujetli - rolli o‘yinlarda bolalar o‘zlarini xuddi o‘sha muhitda his qiladilar. Masalan, “Ona - qiz”, “Xola - xola” , “Doktor - dok-tor” , “Maktab - maktab” , “Bog‘cha - bog‘cha” va hokazolar.
Tanlangan rolli o‘yin bolani butunlay chulg‘ab oladi, uning aqli hissiyotlariga ta'sir ko‘rsatadi.
Agar bola rollardan qaysi birini tanlasa, u o‘shaning mag‘zini chaqib va obrazga kirishib uni chuqur his qilgan holda, shunga muvofiq o‘zini tutadi. 0‘yin jarayonida bolalar o‘zaro munosabatda bir-birlarini tushunishga, hurmat qilishga, mehr-shafqat ko‘rsatishga harakat qiladilar. Aks holda о‘yin buziladi. Qonun-qoidalar o‘yinni saqlab qolishiga yordam beradi. Uning barcha qatnashchilarini uyushgan holda harakat qilishga majbur etadi. Shu tariqa bola ham o‘zi sezmagan holda tengdoshlari, jamoasi orasida o‘zini qanday tutish lozimligini o‘rganib oladi. Sheriklari bilan birgalikda harakat qilishda uyushqoqlik talab etadigan individual va hamkorlik- dagi o‘yinlar jarayonida bola uyushqoq va intizomli boMishni o‘rganadi.
68
Do'stlaringiz bilan baham: |