Buyuk siymolar bilan tanishtirish. Maqsad: bolalarga ota-bobolarini tanisinlar, ulardan qolgan merosdan bahramand bo‘lsinlar, ota-bobolardan faxrlansinlar. Bolalarga vatan tuyg‘usini ota-bobolarimiz ibrati bilan singdirish.
Navoiyxonlik haftasi rejasini tuzish. Maqsad: bola- lar qalbini Navoiy ijodi bilan sug‘orish. Bolalarda ma’naviy qadriyatlami rivojlantirish.
Konstitutsiya bilan tanishtirish saboqlari.
Maqsad: Axloq va huquqiy tushunchalarining uzviy birligini anglashlik, odob-axloq, me’yorlariga qat'iy amal qilish ko‘nikmasini hosil qilishdir.
Milliy muzey tashkil etish. Maqsad: bolalarga amaliy san’at namunalari, milliy kiyimlar, taqinchoqlar, idish- tovoqlar haqida ma'lumot berish.
Ma’naviyat xonasini tashkil etish. Maqsad: tarixiy siymolar, Prezident, madhiya, bayroq, gerb haqida qisqacha ma'lumot berish. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyala- nuvchilari milliy g‘umr tushunchasini anglashining ahamiyati kattadir. Milliy g‘urur tushunchasini anglashning tiklanishi esa, o‘z navbatida, mustaqil jamiyatimizning ijtimoiy iqtiso- diy, siyosiy, madaniy-ma’naviy zaminlarining mustahkam- lanishiga sabab bo‘ladi. Bu hikmatli so‘zlar bir qarashda ota- onalarga qarata aytilgan fikrdek tuyuladi. Biroq uning manti- qiy ma’nosi pedagog-tarbiyachilar faoliyati bilan bog‘liqdir.
Shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilari muassasada tarbiyalanayotgan bolalar bilan o‘z farzandlari kabi yaqin bo‘lmog‘i lozim. Chunki ular ham ota-ona, ham pedagog-tarbiyachi vazifasini o‘taydilar. Demak, maktabgacha ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatuvchi tarbiyachilar o‘z tarbiyalanuvchilariga nisbatan o‘ta shirin-
49
umumbashariy qadriyatlar tarbiyalanadi. Shuning uchun ham biz bugungi kunda milliy g‘oya, milliy o‘zlikni anglash jarayonida millat kelajagi bo‘lgan yoshlami ilk yoshdan boshlab va uni aniq shart-sharoitlarini hisobga olgan holda bajarish har birimiz uchun majburiydir.
Muhtaram Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov ta’kidla- ganlaridek: “Inson dunyoga yaxshi ish qilish, yaxshi iz qoldirish uchun keladi. Yaxshi farzandlarni tarbiyalab, qilgan yaxshi ishlari va qoldirgan yaxshi izlariga munosib vorislar tayyorlaydi”.v Darhaqiqat, ana shu jihatdan qaraganimizda mamlakatimiz va millatimiz taraqqiyotining istiqboli ko‘p jihatdan yoshlarimizning milliy o‘zligini anglashining o‘sish jarayoniga ham bog‘liqdir. Xalqning yosh avlodni ma’naviy- axloqiy tarbiyalash, tarbiyaning shakl va metodlari, insoniy qadriyatlar va vatanparvarlik, halollik, to‘g‘rilik, poklik, yaxshilik, birodarlik, do‘stlik, ahillik, mehnatsevarlik, oily- janoblik, jasurlik, adolat, yuksak odobli bo‘lish, or-nomusli bo‘lish, kattalarga hurmat, andishali bo‘lish va shu kabilar o‘z xalqi va vatanidan faxrlanishdek milliy g‘umr tuyg‘ularini uyg‘otadi.
Milliy tuyg‘uni, xususan, yosh avlod qalbiga va ongiga singdirishda jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab olish, ta’lim-tarbiya, targ‘ibot va tashviqotning samarali shakl va metodlaridan oqilona foydalanish taqozo etiladi.
2.3. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida
milliy tuyg‘ularni shakllantirishning shakl va metodlari:
1. Bolalarni xalq og‘zaki ijodi bilan tanishtirish.
Maqsad: Vatan tuyg‘usini bolalarga ona allasi, bobolar o‘giti, oila tarbiyasi bilan singdirish.
48
mustaqil fikrlashi, atrofdagi odamlar xatti-harakatlarini kuzatishi natijasida to‘g‘ri xulosalar chiqarib olishga yordam berish orqali tarbiyalanadi.
Bolalar qalbida o‘z xalqiga muhabbat va hurmat tuyg‘ularini tarkib toptirish, milliy g‘urumi tarbiyalash, ularga o‘zbek xalqining mehr-oqibatli, mehmondo‘st, mehnatsevar va kamtarin ekanligini singdirish, O‘zbekistonning mustaqil- ligi, madhiyasi, gerbi va bayrog‘i haqidagi bilimlarni shakl- lantirib borish maqsadga muvofiqdir.
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘uni shakllantirish maqsadida o‘tilayotgan mash- g‘ulotlar mavzulari bolaning har tomonlama rivojlanishiga, yuksak odob-axloqli, milliy g‘ururli komil inson bo‘lib tarbiyalashiga yordam bermog‘i lozim.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda milliy g‘umrni shakllantirishda nafaqat maktabgacha ta’lim muassasalari, balki oilaning ham mavjud holatini o‘rganish muhim ahami- yatni kasb etadi. Chunki bolalarning bo‘sh vaqti, asosan, uyda, oila davrasida o‘tadi. Buni hisobga olmaslik, yosh avlod tarbiyasida ota-onaning burchi va vazifalari haqida yanada chuqurroq o‘ylamasak xato bo‘ladi.
Milliy tuyg‘uning bir jihati Vatanga, millatga, el-u yurtga sadoqat bilan xizmat qilishdir. Vatanini sevmagan, millatining tarixi va taqdiriga loqayd qaraydigan insonning komilligi haqida so‘z bo‘lishi mnmkin emas.
Inson kamolotida nafaqat maktabgacha ta’lim muassasalari, balki oilaning roli beqiyos katta ekanligi ma’lum. “0‘zbeklarning aksariyati, - deb yozadi Birinchi Prezidenti- miz I.A. Karimov, - o‘zining shaxsiy farovonligi to‘g‘risida emas, balki oilasining, qarindosh-urugdari va yaqin odamlari-
33
ning, qo‘shnilarining omon-esonligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishni birinchi o‘ringa qo‘yadi.
Bu esa eng oliy darajada ma’naviy qadriyat, inson qalbining gavharidir”.
Oila tarbiyasida doimiy ta’sirchan kuch oiladagi muno sabat, oila muhiti, oila a’zolarining o‘zaro aloqasi, ota-ona, aka-uka va boshqalaming xulq-atvori, madaniy va siyosiy saviyasi, muomala madaniyati, oilaning daromadi, yashash sharoiti va boshqa holatlar bola kamolotiga ta’sir qiladigan asosiy omillardir. Oila qanchalik tartibli, yaxshi xulq-atvorli, uning a’zolarining o‘zaro munosabatlari samimiy bo‘Isa, oila tarbiyasi ham shunchalik samarali bo‘ladi.
Imom ibn Kudoma o‘zining: “Minxojul-kosidin” nomli kitobida bir necha odoblami zikr qiladi: “Bola voyaga yetib, unda fikrlash alomatlari namoyon bo‘Isa, uni yaxshi kuzatish va ahvolini o‘rganish lozim bo‘ladi. Chunki bolaning qalbi sodda va toza bo‘lib, u har qanday naqshni qabul qilishga tayyor. Agar yaxshilikka odatlantirilsa, yaxshilik bilan ulg‘ayadi. Agar yomonlikka odatlansa, yomonlik bilan ulg‘ayadi va javobgarlik uning yaqinlari bo‘yniga tushadi”.
Milliy g‘urur, vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish, har bir ota-onaning, tarbiyachi-murabbiylarning, jamoatchilik- ning Vatan oldidagi burchidir.
Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilarining kelgusida qanday inson bo‘lib yetishishi ko‘p jihatdan, maktab gacha ta’lim muassasasi tarbiyachisiga, eng yaqin kishilari: ota-onalarining o‘zaro muomala madaniyatlariga, aloqalariga bog‘liqdir.
Shuning uchun maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining ota-onalari bilan ham milliy g‘urur,
34
Mustaqil respublikamiz bugungi kunda yoshlarimizni har tomonlama ma’naviy va ma’rifiy jihatdan o‘zini tuta bilgan, o‘z sha’ni, g‘ururini himoya qila oladigan darajada ko‘rinishni istaydi. Ma’lumki, kuchli, qudratli davlat ma’navi- yat zaminida vujudga keladi. Bunday qudratli davlatning kishilari ham o‘z g‘ururi, or-nomusi va qadriyatlarini himoya qilishga qodir insonlar bodishi lozim.
Shu bois milliy g‘umr, vatan-tuyg‘usi, vatanparvarlik o‘z hududi, odkasi, xalqiga mehr va sadoqatli bolani yoshiga mos ravishda shakllantirish maktabgacha ta’lim muassasalari vazifalarining asosini tashkil etadi.
Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining boshlan- g‘ich turi hisoblanadi, hamda O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablari asosida tashkil etiladi.
Bolalarga maktabga oid bilimlar berish ilk yoshdan boshlanadi. Ular tug‘ilgandan boshlab tevarak-atrofni qiziqib kuzata boshlaydilar, ulg‘aya boshlagan sayin o‘zlarini o‘rab turgan narsalami, buyumlami, yuz berayotgan tabiat hodisa- larini bilgilari keladi. Maktabgacha ta’lim jismonan sogdom, har tomonlama yetuk bolalami tarbiyalash uchun zamriy tashkiliy, uslubiy, psixologik, pedagogik shart-sharoitlar yara- tadi. Tarbiyachilarga yordam tariqasida “Ilk qadam” davlat dasturida ko‘zda tutilgan butun materialni bolalar muvaf- faqiyatliroq o‘zlashtirishini ta’minlash maqsadida metodik ko‘rsatmalar, qodlanmalar ishlab chiqarilgan. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar rivojlanadilar va ta’lim-tarbiya oladilar.
Bolalarda kattalarga hurmat, milliy g‘urur, vatanparvarlik tuyg‘ulari, xalqning boy milliy, madaniy-tarixiy merosi va
47
yaxshi kishilari”, “Shahrimizning eng yaxshi kishilari” va shunga o‘xshash mavzular bo‘yicha kitob va rasmlar tanlaydi, turli albomlar, papkalar tayyorlab, bolalar bilan olib boradigan ta’lim-tarbiyaviy mashg‘ulotlarda foydalanish lozim.
Bizning respublikamiz o‘z mohiyati bilan baynalmilal- dir. Shuning uchun maktabgacha tarbiya bolalarda milliy g‘urur, vatanparvarlik, baynalmilalchilik, hislarini tarbiyalab borish muhim ahamiyatga ega.
Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarni milliy ruhda, milliy g‘urur mhida tarbiyalash asosida boshqa millat va xalqlarga ijobiy munosabat va do‘stona his-tuyg‘ular uyg‘o- tish, turli xalqlar hayotiga qiziqish hissini paydo qilish maqsadi yotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |