7-MAVZU: YUZA VA HAJMNI TOPISHGA DOIR MASALALARNI BAJARISHNI
O`RGATISH.
Reja:
1. Shakllarning yuzini topishga doir misol va masalalar bajarishga doir topshiriqlar.
2. Fazoviy jismlarning hajmini topishga doir misol va masalalar bajarishga doir topshiriqlar.
1) To‘g‘ri burchakli parallelepipedning har bir yog‘i to`g`ri to`rtburchak shaklga ega.
2) U 6 ta yoqqa ega?
3) Uning o‘zaro teng yoqlari, qirralari mavjud.
4) To‘g‘ri burchakli parallelepipedning 8 ta uchi va 12 ta qirrasi bor.
5) To‘g‘ri burchakli parallelepipedning to‘g‘ri burchakli deyilishiga sabab, uning burchaklarining
to`g`riligidir.
6) Hayotda gugurt qutisi, ko`p qavatli uylar, dori qutilari, kiyim javonlari misol bo`la oladi.
Bu metodning maqsadi - o‘quvchilarning darsda o‘tilgan mavzuni egallaganlik va mavzu
bo‘yicha tayanch tushunchalarni o‘zlashtirib olinganlik darajalarini aniqlash, o‘z bilimlarini mustaqil
ravishda erkin bayon eta olish, o‘zlarinig bilim darajalarini baholay olish, yakka va guruhlarda ishlay
olish, sinfdoshlarining fikrlariga hurmat bilan qarash, o‘z bilimlarini bir tizimga solishga o‘rgatadi.
To'g'ri to'rtburchak va kvadratning perimetriga doir masalalar.
1.Boks tushadigan maydoncha (ring) — tomonlari 6 m ga teng kvadrat. Ring uch qator yo'g'on arqon
bilan o'raladi. Buning uchun necha metr arqon kerak?
2.To'g'ri to'rtburchakning har bir tomoni: 1) 2 marta; 2) 3 marta uzaytirildi.
To'g'ri to'rtburchakning perimetri qanchaga ortdi?
3.Tomoni berilgan kvadratning tomonidan: 1) 3 marta; 2) 5 marta uzun bo'lgan kvadrat yasash uchun
dastlabki kvadratdan nechta kerak bo'ladi?
4.12 ta gugurt cho'pidan qanday qilib 5 ta kvadrat hosil qilish mumkin?
5.Perimetri 30 sm ga teng va tomonlari natural sonlarda ifodalangan barcha to'g'ri to'rtburchaklarning
tomonlarini toping.
Tomoni 1 km bo`lgan kvadrat – kvadrat kilometr deb ataladi.
U yuz o`lchovining yangi, ancha katta birligidir. Sonlar bilan
kelganda kvadrat kilometr so`zi qisqartirib yoziladi: 2 kv.km,
7 km
2
.
6.Perimetri 12 sm bo'lgan to'g'ri to'rtburchak chizing. Uning tomonlari qanday bo'lishi mumkin?
Bunday to'g'ri to'rtburchaklar ichida kvadrat bormi?
7. Oltita bir xil kvadratdan turli to'g'ri to'rtburchak yasang. Ularni daftaringizga chizing.
8.Jadvalni to'ldiring:
A
15sm
?dm
2dm
4sm
8dm 5sm
30sm
?dm
B
12sm
4dm
?sm
30mm
?sm
40mm
20sm
P
?sm
48dm
56sm
?mm
300sm
?sm
120dm
Yuzaga doir masalalar
1.Sariqamish ko'lining sathi 3600 km
2
. Toshkent suv omborining sathi Sariqamish ko'lidan 180 marta
kam, ammo Kosonsoy suv omboridan 12 km
2
ko'p. Kosonsoy suv omborining sathi qancha?
2.Jizzah suv omborining sathi taxminan 14 km
2
ga teng. Dengiz- ko'lning sathi Jizzah suv ombori
sathidan 24 marta katta ammo Aydarko'ldan 3 664 km
2
kam. Aydarko'lning sathini toping.
3. 1) Xo'jalik 16 ga yerni hududidagi oilalarga bo'lib berdi. Har bir oila 8 sotixdan yer maydoni oldi.
Nechta oila yer maydoni olgan?
2) Xo'jalik 100 ta oilaning har biriga 6 sotixdan yer ajratdi. Xo'jaliklarga jami qancha yer
ajratilgan? Javoblarni ga; ar; kv.m larda ifodalang.
4.Ma’lumotlar asosida jadvalni to'ldiring (a va h - to'g'ri to'rtburchakning asosi va balandligi):
5.Agar to'g'ri to'rtburchakning bo'yi 3 marta uzaytirilsa, yuzi qanday o'zgaradi? Bo'yi 2 marta
kamaytirilib, eni 2 marta uzaytirilsa-chi? Misollar tuzing va xulosa chiqaring.
6.Kvadrat tomoni: 1) 2 marta; 2) 5 marta; 3) 10 marta orttirilsa, uning yuzi necha marta ortadi?
Misollar tuzing va xulosa chiqaring.
7.Isbotlang.
1) 20 ta gugurt cho'pidan ularni sindirmay eng katta yuzli to'g'ri to'rtburchak yasalgan. Shu to'g'ri
to'rtburchakning yuzini toping. U qanday to'gri to'rtburchak bo'ladi?
2) «Perimetrlari teng bo'lgan to'g'ri to'rtburchaklarning yuzlari ham teng», degan xulosa chiqarish
mumkinmi? Javobingizni misollarda tushuntiring.
3) «Yuzlari teng bo'lgan to'g'ri to'rtburchaklarning perimetrlari ham teng», degan xulosa chiqarish
mumkinmi? Javobingizni misollarda tushuntiring.
8. Tomonlari 56 sm va 14 sm bo'lgan to'g'ri to'rtburchak yuziga teng yuzli kvadratning perimetrini
toping.
9.Fermerning yer maydoni to'g'ri to'rtburchak shaklida bo'lib, uning bo'yi 600 m, eni esa 400 m. U bu
maydonga paxta ekib, gektaridan 45 sentnerdan hosil yig'ib oldi. rmerning shu maydonda qancha
paxta yetishtirganini toping.
10.To'g'ri to'rtburchakning balandligi 16 sm, asosi esa undan 9 sm uzun. Yuzi shu to'g'ri
to'rtburchakning yuziga teng bo'lgan kvadratning perimetrini toping.
11.Tennis stolining bo'yi 2740 mm, eni esa 1525 mm bo'ladi. Tennis stolining yuzini toping.
12.Tomonlari 250 m va 600 m bo'lgan to'g'ri to'rtburchak shaklidagi maydonning yuzi necha gektar?
13.To'g'ri to'rtburchakning yuzi 560 sm
2
ga, asosi esa 28 sm ga teng. Perimetri shu to'g'ri
to'rtburchakning perimetriga teng kvadratning yuzini toping. Perimetrlari teng bo'lsa-da, kvadratning
yuzi katta ekaniga e'tibor bering.
A
8sm
15dm
?m
?sm
5dm 4sm
?sm
H
6sm 5mm
?dm
800sm
6sm
?sm
25sm
P
?sm
400sm
?m
?sm
?sm
14dm
S
?mm
2
?dm
2
16m
2
6dm
2
810sm
2
?sm
2