Ta’m bilish va hid bilish.
Ta’m bilish retseptorlari. Ta’m bilish retseptorlari tilda, halqumning orqangi devorida, yumshoq tanglayda, bodomchalarda va kekirdak ustida joylashgan. Ularning ko‘pchiligi tilning uchida, qirg‘oqlarida va tilning orqangi qismida joylashadi. Ta’m biluv hujayralari kolbachasimon shaklga ega bo‘lib, odamlarda uning uzunligi va kengligi 70 mkm atrofida. Ta’m biluv hujayralari tilning shilliq qavati yuzasigacha yetib bormaydi, balki og‘iz bo‘shlig‘i bilan maxsus teshiklari orqali bog‘lanadi.
Ta’m biluv hujayralari – organizmdagi eng kam umr ko‘ruvchi epitelial hujayralardir, o‘rtacha har 250 soatda eski hujayra yangisi bilan almashiniladi. Har bir ta’m biluv hujayralarida uzunligi 10-20 mkm bo‘lgan 30-40 ta nozik mikrovorsinkalar bo‘ladi. Bu mikrovorsinkalar retseptorlar qo‘zg‘alishida muhim ahamiyatga egadir. Taxmin qilishlaricha, mikrovorsinkalarda faol markazlar stereospesifik qismlar bo‘lib, har xil moddalarni tanlab adsorbsiyalaydi. Oziq moddalarning kimyoviy energiyasini retseptorlar nerv qo‘zg‘alishiga aylanish mexanizmi hali oxirigacha ochilmagan.
Hid bilish analizatori. Odam turli moddalarning hidini burunni yuqori chig’anoqlarining o‘rta qismi va burun to‘sig’ining shilliq pardasidagi maxsus retseptorlar orqali sezadi. Hid bilish hujayralari joylashgan shilliq pardani yuzasi 5sm 2 keladi. Hid bilish hujayralarining o‘siqlari hidlash nervini hosil qiladi. Moddaning zarrachalari hidlash nervini hosil qiladi. Moddaning zarrachalari hidlash sohasining shilliq pardasiga tushib, hid bilish hujayralariga ta’sir etishi natijasida hid sezgisi vujudga keladi.
Hid bilish tufayli odam va hayvonlar turli gazlarni va ovqatning hidini sezadi. Hid sezgisi nihoyatda o‘tkir va nozik. Modda havoda juda oz tarqalgan bo‘lsa ham odam uning hidini sezadi. 1 litr havoda 1: 1 000 000 g nisbatda efir bo‘lganda ham odam uning hidini biladi. Hidlash a‘zosi ayniqsa, vodorod sulfidagi hidiga nihoyatda sezgir bo‘ladi. Ba’zi bir hayvonlarda hid bilish sezgisi juda ham nozik bo‘ladi. Ba’zi iskovich itlar nihoyatda kuchsiz hidni ham sezadi.
Yangi tug’ilgan bola binafsha, valeriana, aniq va boshqa nohush hidlarga nisbatan yuz mimikasini o‘zgartirish, nafas olish va puls o‘zgarishi bilan javob beradi. Kuchli hid ta’sir ettirilganda u chuqur va tez-tez nafas oladi hamda tomir urishi o‘zgaradi. Bola 4 oylik bo‘lganidan boshlab turli hidlarni to‘liqroq ajratadi. Bog’cha yoshidagi bolalarda hidlash retseptori rivojlanishda davom etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |