6-mavzu. Sensor tizimi fiziologiyasi



Download 161,39 Kb.
bet6/12
Sana27.06.2022
Hajmi161,39 Kb.
#709548
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Akkomodatsiya. Akkomodatsiya (ko‘zning moslanishi) bu ko‘zni turli uzoqlikdagi narsalarni aniq ajratish qobiliyatidan iboratdir. Ko‘z akkomodatsiyasi ko‘z soqqasini harakatga keltiruvchi nervini parasimpatik tolalari bilan ta’minlangan kiggiksimon muskullarni reflektor qisqarishi natijasida gavharni elastikligi o‘zgarishi bilan vujudga keladi. Odam yaqindan narsalarga qaraganda gavhar qavariqroq bo‘ladi, uzoqdan narsalarga qaraganda esa yassiroq bo‘ladi.
Yorug’lik nurlari ko‘zning adekvat ta’sirlovchi hisoblanadi. Bu nurlar fotoreseptorlarga ta’sir qilishdan avval ko‘zning optik sistemasiga tushib undan o‘tadi. Ko‘zning optik sistemasini shox parda, gavhar va shishachasimon tana tashkil qiladi. Bu sistemalar ikki yuzasining har qaysisi nurni sindiradi. Agar bu nur sinishlarining barchasi e’tiborga olinsa, ko‘zning optik sistemasini talqin qilish juda murakkablashib ketadi. Shuni nazarda tutib, masalani soddalashtirish uchun nurlar ko‘zning optik sistemasida o‘tish jarayonida bir marta sinadi, deb faraz qilinadi. Ko‘zning optik sistemasi narsalarning kichraygan va teskari aniq ta’svirini to‘r pardada hosil qiladi. Uzoqdagi narsalarga qaralganda ko‘z optik sistemasining umumiy nur sindirish quvvati 59 dioptriya chamasida, yaqindagi narsalarga qaralganda 70,5 dioptriyagacha ortadi (fokus masofasi 100 sm bo‘lgan linzaning nur sindirish kuchi 1 deoptriya deb qabul qilingan). Buning sababi shundaki, uzoqdagi narsadan nurlar ko‘zga parallel tushadi va ularni to‘r pardaga fokuslash uchun kuchli sindirish zaruriyati bo‘lmaydi. Yaqin masofadagi jismdan ko‘zga tarqoq nurlar tushadi. Ularni to‘r pardaga fokuslash uchun kuchli sindirish kerak. Bunga gavharning qavariqligini oshirish yo‘li bilan erishiladi. Ko‘z gavharini qoplagan kapsulaning chetlari Sini boylamlariga o‘tadi, ular ko‘priksimon tanaga birikkan. Sini boylamlari doim tarang to‘rganidan kapsulani tortib gavharni siqadi va yassiroq shaklda ushlab turadi. Kipriksimon tanada silliq muskul tolalari bor. Ularning qisqarishi Sini boylamlarining tarangligini bo‘shashtiradi, gavharga bo‘lgan bosim kamayadi va u elastikligi tufayli qavariqligini oshiradi. Shunday qilib, ko‘zning to‘r pardadan turli masofada to‘rgan narsalarni ravshan ko‘rishga moslashuvi akkomodasiya deyiladi. Akkomodasiyani ta’minlaydigin kipriksimon muskullarni ko‘zni harakatlantiruvchi nerv tarkibidagi parasimpatik tolalar nervlaydi. Yosh sog’lom odam ko‘zning uzoqdan aniq ko‘rish masofasi cheksiz. Uzoqdagi narsalarni ko‘z akkomodasiya mexanizmini ishga solmasdan ravshan ko‘radi. Tiniq ko‘rishning eng yaqin nuqtasi ko‘zdan 10 sm masofada bo‘ladi. 10 sm dan yaqin bo‘lgan narsani akkomadasiya mexanizmi juda kuchlangandaham aniq ko‘rib bo‘lmaydi. Odamning ulg’ayishi bilan ko‘zning akkomodasiya kuchi kamaya boradi, yaqindan tiniq ko‘rish nuqtasi uzoqlashadi. Bu gavhar elastligini yo‘qotib, Sini boylamlari bo‘shashganda o‘z qavriqligini etarli darajada oshira olmasligiga bog’liq.

Download 161,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish