6-mavzu. Sensor tizimi fiziologiyasi


Ko‘ruv sezgisi. Kuzning tuzilishi. Kuzning optik tizimi. Fotokimyoviy jarayonlar



Download 161,39 Kb.
bet2/12
Sana27.06.2022
Hajmi161,39 Kb.
#709548
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Ko‘ruv sezgisi. Kuzning tuzilishi. Kuzning optik tizimi. Fotokimyoviy jarayonlar.

Ko‘ruv sezgisi. Analizatorlar orasida ko‘ruv sensor sistemasi alohida o‘rin to‘tadi. Chunki bu sistema miyaga tashqi muxitdan olinadigan axborotlarning 90% ini etkazadi. Bundan tashqari, ko‘ruv analizatori organizmda fotoreseptorlarga (yorug’likni sezuvchi reseptorlarga) ega bo‘lgan yagona sistemadir. Bu sistema orqali organizm kunning tunga o‘tgan to‘g’risida, uzoq-yaqin jismlarning tashqi qiyofasi to‘g’risida axborot oladi. Atrofdagi narsalarni ko‘rishimizning sababi shundaki, qaysi bir manbadan (quyosh, elektor lampa) ularga tushgan nur qaytarilib, ko‘zga tushadi va fotoreseptorlarning qo‘zg’alishining rivojlanishiga olib keladi. Ko‘ruv obrazining shakllanishi aks ettirilgan nurlarni to‘r pardaga aniq proeksiyalashdan boshlanadi va analizatorlarning po‘stloq markazida ko‘ruv doirasida qanday jism borligi to‘g’risida xulosa qilish bilan tugaydi. Odam va hayvonlarning ko‘zi sharsimon shaklda tuzilgan. Buning boisi - chap va o‘ng, past va tepada bo‘lgan, harakat qiluvchi jismlarni ko‘rish uchun ko‘zni turli tomonlarga harakat qildirish kerak bo‘ladi.
Ko‘zning tuzilishi. Ko‘z ko‘z soqqasi va uni o‘rab to‘rgan apparatdan tashkil topgan. Ko‘z soqqasi sharga o‘xshash bo‘lib, ko‘z kosasida joylashgan. Ko‘z soqqasining devori uch qavatdan: tashqi—oqsil parda (sklera), o‘rta—tomirli parda va ichki—to‘r pardadan iborat. Oqsil pardaning rangi oq bo‘lib uning bir qismi ko‘rinib turadi. Skleraning orqa tomonidagi qismi teshikdir, ko‘ruv nervi shu yerdan o‘tadi. Skleraning oldingi qismi tiniq, qavariq bo‘lib shox pardani hosil qiladi. Shox pardada qon tomirlar bo‘lmaydi.

Ko‘zning tuzilishi. 1-ko‘zning shilliq pardasi, 2-qovoq, 3-qorachig’, 4-shox parda, 5-gavhar, 6-rangdor parda (kamalak), 7-sklera, 8-tomirli parda, 9-to‘r parda, 10-ko‘ruv nervi, 11-shishasimon tana, 12-ko‘z muskuli.
Tashqi pardaning ichki qismida tomirli parda bor. Bu pardada qon tomirlar va pigment ko‘p. Pigment miqdori har xil bo‘ladi. Tomirli parda oldingi rangdor o‘rta-kipriksimon tana va orqa xususiy tomirli qismiga bo‘linadi. Rangdor pardada radial va xalqa shaklidagi shilliq muskullar joylashgan bo‘lib, halqa muskullari qisqarganda ko‘z qorachig’i torayadi, radial muskullar qisqarganda ko‘z qorachig’i kengayadi. Rangdor pardaning o‘rtasi teshik bo‘lib o‘nga ko‘z qorachig’i deyiladi. Ko‘z soqqasining ichki pardasi ya’ni to‘r parda murakkab tuzilgan bo‘lib, taraqqiy etish jihatidan ko‘ruv nervi bilan bir butun hisoblanadi. To‘r parda ko‘zning butun bo‘shlig’ini qoplab turadi. To‘r pardaning retseptorlari bo‘lib, 130 mln. tayoqcha va 7 mln. kolbochka shaklidagi bir necha qavat hujayralar hisoblanadi. Rangdor pardaning orqasida tiniq ikki tomoni kavariq linza—gavhar joylashgan. Gavhar yarim suyuq modda bo‘lib, yupqa tiniq kapsula ichida joylashgan. Unda qon tomirlari bo‘lmaydi. Shox parda bilan rangdor pardaning o‘rtasida kichkina bo‘shliq bo‘lib, bunga ko‘zning oldingi kamerasi deyiladi. Rangdor parda bilan gavharning o‘rtasida ham bo‘shliq bo‘lib bunga ko‘zning orqadagi kamerasi deb ataladi. Har bir ko‘ruv nervida 1 mln. ga yaqin nerv tolalari bor. To‘r pardada ko‘ruv nervining kirish joyi—ko‘r dog’ va narsalarni yaxshiroq ko‘radigan sariq dog’, dog’ning markazida chuqurcha bo‘lib, bunga markaziy chuqurcha deyiladi.

Download 161,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish