Binokulyar ko‘rish. Odam biron narsani ikki ko‘z bilan ko‘rganda ikkala ko‘z to‘r pardasiga ikkita tasvir tushishiga qaramay, ikki narsa degan taassurot hosil bo‘lmaydi. Ikki ko‘z bilan ko‘rganda barcha narsalarning tasvirlari to‘r pardaning tegishlicha mos yoki identik qismlariga tushadi va odamning tasavvurida bu ikki tasvir qo‘shilib, bitta bo‘lib qoladi. Bir ko‘zni yon tomondan salgina bosib, nega shunday bo‘lishiga bemalol ishonish mumkin; bir ko‘z yon tomondan ozgina bosilganda to‘r pardalardagi moslik buzilganligi uchun narsa ko‘zga “ikkita” bo‘lib ko‘rina boshlaydi. Yaqindagi narsaga ko‘zni konvergensiya qilib qaralsa, uzoqroqdagi (V) nuqtaning tasvirlari tegishli nuqtalarga hech bir tusholmaydi. Ular mos bo‘lmagan, ya’ni boshqacha aytganda disparat nuqtalarga (lotincha disparatus — bo‘lingan, yakkalangan so‘zidan) tushadi, shu sababli tasvir ikkita bo‘lib tuyuladi. Ikkita qalam turli masofada ko‘z oldida ushlanib, yaqin ushlanganiga qaralsa, uzoqroq ushlangani ikkita bo‘lib tuyuladi. Aynch vaqtda chap tasvirni chap ko‘z, o‘ng tasvirni o‘ng ko‘z idrok etadi. Bu hodisa bir nomli disparatsiya deb ataladi. Uzoqdagi narsaga qaralsa, yaqindagi narsa (A) “ikkita” bo‘lib tuyuladi. Bu holda o‘ng tasvir chap ko‘z bilan idrok etiladi va aksincha. Bu hodisa har xil nomli disparatsiya deb ataladi.
-rasm. Ikala ko‘z to‘r pardasidagi identik va disparat nuqtalarning joylashuvi.
Ko‘zdan shuningdek qimirlatmay qo‘yilgan 2 nuqtadan bir xil masofadagi 1 va 3 nuqtalarning tasvirlari tur pardaning identik joylashuviga tushadi.(1,2 va3) . Bir-biridan turli masofadagi A va B nuqtalarning a va v tasvirilari to‘r pardaning disparat qismiga tushadi, shu sababli biz A va B narsalarni qo‘shaloq ko‘ramiz.
Eshitish va muvozanat sezgisi.
Quloqning umumiy tuzilishi. Eshituv imkoniyati bo‘lgan tovush tebranishlari chastotasi, eshituv resepsiyasi dengani tovushga bog’liq fiziologik funksiya tushuniladi. Tovush gazlar suyuqliklar va qattiq jismlarlarda kuzatiladigan zarrachalarning tebranishidir. Bu tebranishlar ko‘rsatilgan muxitlarga to‘lqin sifatida tarqaladi va organizmlarning maxsus organlariga ta’sir qilib, uni shkastlanishi mumkin bo‘lgan texnik hodisalardan xabardor qiladi, bir turga va boshqa turlarga mansub hayvonlar uchun o‘zaro muloqot vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Eshituv organining fiziologik xossalarini hisobga olib tovush tebranishlarini 3 xilga: chastotasi 20 gs dan kam bo‘lgan yani odamning qulog’i eshitmaydigan infrva tovushlarga chastotasi 20- 20000 gs bo‘lgan odamning qulog’i eshita oladigan tebranishlarga va eshitib bo‘lmaydigin chastotasi 20000 gs yuqori bo‘lgan ultratovushlarga bo‘lish mumkin. Tovush to‘lqinlari havoda 335 m.G’sek. Tezlikda tovush bosimi hosil qiladi. Bu bosim desebellalarda o‘lchaladi. Vaqt birligida maydon birligiga to‘g’ri keladigan tovush energiyasi tovushning kuchini ifodalaydi. Yakka chastotali tovushlar ton deyiladi. Odatda tovush bir nechta chastotali tebranishlar natijasida kelib chiqadi. Bu chastotalar asosiy chastotalarning butun karralari bo‘lsa, (asosiy chastotadan, ikki, uch, va xokazi marta farq qilsa) Musiqaviy tovush paydo bo‘ladi. Bir-biriga bog’liq bo‘lmagan chastotalar shovqin hosil qiladi. Nutqqa ega bo‘lgan odam uchun eshituv resepsiyasining ahamiyati benihoyat katta. Eshituv organi quloq 3 qismdan: tashqi, o‘rta va ichki quloqdan tashkil topgan. Tashqi quloq. Tovush eshituv tizimiga tashqi quloq orqali kiradi. Tashqi quloq, quloq suprasi va tashqi eshituv yo‘lidan iborat. Tashqi quloqning o‘ziga xos shakli ma’lum yo‘nalishdagi tovushlarni yaxshi qabul qilish va tovush yo‘nalishini aniqlash imkonini tug’diradi. Nog’ara parda tashqi va o‘rta quloq chastotasidir. O‘rta quloqda bir-biriga bog’langan 3 ta eshituv suyuqchalari bolg’acha, sandon va o‘zangi bor. Bolg’acha dastasi nog’ora pardaga mahkam bog’langan, o‘zangining asosi chakka suyak piramidasidagi chig’anoqning oval darchasiga kelib tiqilgan. Bu joy o‘rta va ichki quloq chegarasidir. Tovush to‘lqinlari nog’ora pardadan o‘rta quloq suyaklari harakati tufayli ichki quloqqa o‘tadi. O‘rta quloq, evstaxiy va og’iz bo‘shlig’i orqali tashqi atmosfera bilan bog’langan. Bu bog’lanish turli sharoitda nog’ora pardaning ikki tarafida havo bosimining teng bo‘lishini ta’minlaydi. Tovush to‘lqinlari o‘rta quloqdan o‘tayotganda tovushning holatlari o‘zgaradi. Nog’ora parda yuzasi 70 mm2 oval teshikka taqalgan o‘zangi asosining yuzasi 3,2 kv mm yoki nog’ora parda yuzasidan 22 marta kam. Pishanglar hosil qilib bog’langan eshituv suyaklari tovushni katta yuzadan nog’ora pardadan kichik yuzaga oval teshikka o‘tkazadi natijada bu to‘lqinlar amilitudasi kamayadi, ammo kuch deyarli 22 marta oshadi. Ichki quloq chakka suyakning piramidasiga joylashgan o‘ziga xos shaklga ega bo‘lganidan chig’anoq deb ataladi. Odamning 7 chig’anog’i 2,5 marta aylangan spiralga o‘xshash suyak kanalidan iborat. Chig’anoq ichini Reysper va asosiy membranalar 3 ga bo‘linadi, bular: nog’ora o‘rta va narvonlar (kanallar) deyiladi. Nog’ora va vestibulyar narvonlar chig’anoq uchidagi gelikotrema orqali o‘zaro ulangan. Tarkibi hujayralar aro suyuqlikka o‘xshagan, natriyga boy, perilimfaga to‘lgan o‘rta narvonchani endilimfa to‘ldirib turadi. Bu suyuqlik kaliyga boy bo‘lib, hujayra suyuqligiga o‘xshaydi. O‘rta quloqqa ochilgan ya’ni bir teshik yumoloq darcha bor. Bu teshikni qoplagan yupqa parda endolimfaning oqib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. O‘rta narvonning asosiy membranasida eshituv reseptorlariga ega bo‘lgan kortiy organi joylashgan. Reseptorlar bir qator ichki va uch to‘rt qator tashqi tukli hujayralardan iborat. Ichki va tashqi reseptor hujayralarni korti organ tunneli ajratib turadi. Odamning kortiy organi 3500 ga yaqin ichki va 12 mingtagancha tashqi tukli hujayralar bor. Reseptor hujayralar tayanch hujayralar orasida joylashgan. Tukli hujayralarni chig’anoq markazidani burama tugundan chiqqan afferant nerv tolalari nervlaydi, 30-40 ming chamasidagi bu tolalarning 90 % ichki reseptor hujayralarda, qolgan 10%i bir necha marta ko‘p bo‘lgan tashqi tukli hujayralarda tugaydi. Kortiy orgaining efferent tolalarihambor, ular efferent tolalardan impuls o‘tishini tormizlashi mumkin. Kortiy organini shiliqsimon massa qoplovchi yoki tektorial membrana bosib turadi. Bu membranining bir necha chig’anoq devorining ichki yuzasiga ikkinchisi kortiy organiga yopishgan. Tashqi reseptor hujayralarning kiptiklari tektorial membrannaning pastki yuzasiga tegib turadi. O‘rta narvonning tashqi devorida tomirli tasmacha ajralib turadi. Bu tuzilma chig’anoqni energiya bilan ta’minlashda va endolimfaning tarkibiy barqarorligini saqlashda katta ahamiyatga ega. Bazal membrananing eni hamma qismida teng emas: oval darcha yaqinida 0,04 mm, chig’anoq cho‘qqisi tomon kengaya borab 0,5 mm yetadi. Demak, chig’anoq toraygan sari bazal membrana kengayadi. Kortiy organining asos qismiga joylashgan reseptor hujayralarni yuqori chastotali tovush tebranishlari, uch (apekal) qismidagilarni esa quyi chastotali tebranishlar qo‘zg’atadi. Tovush to‘lqinlari energiyasi uzangi orqali vestibulyar narvondagi perelimfaga uzatiladi. Oval darchasi sohasida hosil bo‘lgan bosim to‘lqinini chig’anoqning boshidan oxirigacha bo‘lgan 3,5 sm masofani 20 m.G’sek. da bosib o‘tadi. Asosiy membrana unga ta’sir qilgan bosimga shu lahzada javob bermaydi. U oval teshikga yaqin joyda ko‘tariladi va to‘lqin paydo bo‘lgan joydan membrana bo‘ylab harakat qila boshlaydi. To‘lqin bosib o‘tadigan masofa va tezligi tovush chastotasiga bog’liq. Asosiy membrana bo‘ylab yurib o‘tuvchi to‘lqin paydo bo‘lishi va harakat qilishi va membrananing qayishqoqligiga bog’liq, membranining bu xususiyati oval teshikdan glikotremaga tomon orta boradi. Yuguruvchi to‘lqin amilitudasi uning chastotaga qarab membrananing ma’lum bir nuqtasida juda yuqori bo‘ladi. Yuqori chastotali tebranishlarning amplituda maksimumi asosiy membrananing uzangiga yaqin qismiga, quyi chastotali tebranishlarning amplituda maksimumi esa glikotremaga yaqin qismiga to‘g’ri keladi. Tukli reseptor hujayralarni bir tomondan, bazal membrana ikkinchi tomondan tektorial membrana siqib turadi. Bazal membrananing harakatlari hujayra tuklarining tektorial membranaga tegib, egilishiga olib keladi. Natijada, bu hujayralar bilan bog’langan eshituv nervi tolalarida impulslar hosil bo‘ladi. Bu impulslar soni yuruvchi to‘lqin amilitudasi juda baland bo‘lgan joydagi reseptor hujayralardan boshlangan tolalarda eng yuqori bo‘ladi. Shunday qilib tovush tebranishlari nerv impulsiga aylanib markaziy nerv sistemasiga uzatiladi.
Odam tanasining holatini sezishida vestibulyar analizatoring ahamiyati katta. Bu Sensor tizim tana harakati tezlashishi va sekinlashishi hamda boshning fazodagi holati o‘zgarishi to‘g‘risidagi axborotlar asosida skelet muskullari tonusining qayta taqsimlanishmi ta‘minlab, muvozanat saqlash imkoniyatini beradi.
Vestibulyar sensor tizimning chet tuzilmalari chakka suyak piramidasidagi labirintda joylashgan. Labirint suyakdan iborat bo‘lib, uchta yarim doira kanallardan, utrikulyus, sakkulyus va chig‘anoqdan tashkil topgan. Suyak labirinti ichida uning shaklini takrorlaydigan parda labirint joylashgan. Suyak va parda labirintlar oralig’idagi bo‘shliq perilimfaga, parda labirint bo‘shligi endolimfaga to‘lgan.
Yarim doira kanallarning har biri utrikulyusdan boshlangan, doiraning 2/3 qismini hosil qilib, utrikulyusda tugagan. Kanalning utrikulyusga qo‘shiladigan qismi kengayib ampula hosil qilgan. Ampula ichida qirra — ampula kristasi joylashgan. Kristani ikki turdagi tukli retseptor hujayralar va tayanch hujayralar qoplagan. Tukli hujayralar ikkilarnchi retseptorlardir. Ular afferent tola bilan sinaps orqali bog‘langan.
Birinchi turdagi tukli hujayralar asosini yakka afferent tolaning oxiri qadoq shaklida qamrab olgan va sinaps hosil qilgan. Bu turdagi retseptorni nervlagan efferent tola hujayraning o‘zi bilan bevosita bog’lanmagan. U retseptor asosini qamrab olgan afferent tola oxirida sinaps hosil qilgan.
Ikkinchi turdagi tukli hujayralar ham afferent, ham efferent tolalar bilan sinapslar orqali bevosita bog‘langan. Ikkala turdagi retseptor hujayralarning uchi tuklarga (kiprikchalarga) ega. Elektron mikroskop yordamida har qaysi hujayraning 60-80 stereotsiliyasi va bir dona kinosiliyasi borligini ko‘rish mumkin.
Retseptor va tayanch hujayralardan tashkil topgan epitelial qavatni mukopolisaharidlardan iborat shilimshiq massa — kapula qoplab turadi. Kapula ampulani to‘ldirgan. Tezlashish tufayli yuzaga chiqqan endolimfa harakati bu massaning siljishiga, unga botgan tuklarning egilishiga olib keladi. Tuklar egilib, retseptor hujayralarni qo‘zg’atdi yoki tormozlaydi. Sakkulyus va utrikulyusning dog‘larda (makulalarida) ham ikki turdagi tukli retseptor hujayralar bo‘ladi. Bu retseptorlarni kalsiy tuzlaridan hosil bo‘lgan kristallarni — otolitlarni — o‘z ichiga qamrab olgan jelatinasimon otolit membrana bosib turadi, Yerning Gravitatsiya maydonida tana holatining o‘zgarishi otolit membrananing siljishiga, retseptor hujayralar tuk larining egilishiga va ulardan markazga intiluvchi impulslar soni ortishiga yoki kamayishiga olib keladi. Demak, utrikulyus malekulasi gravitatsiya maydoniga nisbatan tana holati o‘zgarishlarini sezadi Sakkulyus makulasi utrikulyusga bu ishda yordam beradi, bundan tashqari, tebranishlarni (vibratsiyani) sezadi. O‘zaro pefendikulyar tekislikdagi uchta yarim, doira kanallar ampulalaridagi retseptorlar burchak tezlanishlar ta‘siriga javob beradi.
Tukli hujayralarning adekvat ta‘sirotlarga javobi qanday bo‘lishi tuklarning egilish tomoniga bog‘liq. Agar tuklarning egilishi kinotsilva tomoniga qaratilgan bo‘lsa, retseptor hujayralarning impuls faolligi ortadi. Tuklar tutami, aksincha, stereotsiliyalar tomoniga egilsa, retseptoming impulslar hosil qilishdagi faolligi susayadi. A Otolit apparatdagi retseptorlarning fazoni egallagan holatida farq bor. Ba‘zi tukli hujayralarning kinosiliyasi stereotsiliyalardan chapda bo‘lsa, ba‘zilarida o‘ngda bo‘ladi. Shuning uchun ham otolit membrananing siljishi bir retseptorlarni qo‘zg‘atsa, boshqalarini ayni vaqtda tormozlaydi.
Otolit apparat retseptorlari 2—20 sm/s ga teng tezlanishni sezishga imkon beradi. Ampula kristasidagi retseptorlar esa boshning chap va o‘ng tomonlarga 1° engashtirilganini, orqa va oldinga 1,5—2,0° engashtirilganini sezishni ta‘minlaydi. Tukli hujayralardan impulslarni MNT ga o‘tkazuvchi aksonlar vestabulyar nervni (bosh chanoq VIII —juft nervning qismi) hosil qiladi. Bu nerv uzunchoq miyadagi vestibulyar yadrolarda tugaydi, uzunchoq miyaning chap va o‘ng yarmida yuqori, medial, lateral va pastki yadrolar tafovut qilinadi. Bu yadrolardan chiqqan nerv tolalari ularni markaziy nerv tizimining boshqa qismlari bilan bog’laydi. Vestibulospinal yo‘l tolalari asosan yozuv muskullarining gamma-motoneyronlarda, qisman alfa-moto neyronlarda tugaydi. Bu yo‘lning bo‘yin muskullari faoliyatini boshqaruvchi motoneyronlarga ta‘siri statik va stato-kinetik reflekslarni yuzaga chiqishida muhim ahamiyatga ega.
Vestibulyar yadrolar ko‘zni harakatlantiruvchi nerv yadrosi miyacha, to‘rsimon formatsiya, gipotalamus, talamus orqali miya po‘stlog‘i bilan ham bog’langan. Vestibulyar tizimning shikastlanishini harakatlar boshqaruvming buzilishi va bir qator vegetativ o‘zgarishlarga (bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, terlash va h. k.) sabab bo‘ladi.