6-mavzu. Sensor tizimi fiziologiyasi



Download 161,39 Kb.
bet1/12
Sana27.06.2022
Hajmi161,39 Kb.
#709548
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

6-mavzu. Sensor tizimi fiziologiyasi

    1. Analizatorlar xaqida tushuncha.

    2. Ko‘ruv sezgisi. Ko‘zning tuzilishi. Ko‘zning optik tizimi. Fotokimyoviy jarayonlar.

    3. Adaptatsiya. Akkomodatsiya. Ko‘rish o‘tkirligi. Ranglarni farqlash. Binokulyar ko‘rish. Ko‘z harakati.

    4. Eshitish va muvozanat sezgisi.

    5. Ta’m bilish va xid bilish.

    6. Muskul-bo‘g’im sezgisi.




    1. Analizatorlar xakida tushuncha.

Organizmda mavjud reseptor hujayralar boshqa hujayralardan ikki jixatdan farq qiladi. Birinchidan, ta’sirot energiyasi reseptorlar uchun oldindan hujayrada jamg’arilgan energiya hisobiga yuzaga chiqadigan jarayonlarni ishga solib boruvchi rag’bat (stimuli) xizmat qiladi. Ikkinchidan, reseptor hujayralar o‘z potensialini hosil qilib tashqi ta’sirot energiyasini qabul qila olmaydigan boshqa hujayralarga o‘tkazib beradi. Eshitish, fazodagi holat va muvozanatni sezishga daxldor reseptor apparatlarning asosiy funksional tuzulmasi bo‘lib, kiprikli hujayralar xizmat qiladi. Bu hujayralarning o‘simtalari (tiliyalari) bo‘lib, ularning qimirlashi sensor reaksiya paydo bo‘lishiga olib keladi. O‘simtalarning bir guruxi nisbatan kalta (steriosiliylar), ularga yondosh kinosiliy uzunroq va yagona. Ba’zi kinosiliylarning doimiy harakati ularning o‘zi uchun adekvat bo‘lgan rag’bat bilan uchrashish ehtimolini oshiradi. Bu uchrashuv reseptor potensiali rivojlanishiga olib keladi. Ba’zi reseptorlarning rag’bat bilan ta’sirlanishida hujayraning barcha qismlari ishtirok etadi (masalan, qonda kislorod tarangliga sezuvchi xemoreseptorlar). Reseptorlarning ixtisoslashgan ta’sirotlarni qabul qiladigan bo‘sag’asi juda past. Masalan, ko‘z fotoreseptorlarini qo‘zg’atish uchun bir qavat nur energiyasi kifoya, hid sezuvchi reseptorlar esa bir necha hidli modda molekulalarini aniqlaydi. Bu ta’sirotlar adekvat ta’sirotlardir. Ammo reseptor o‘zi qabul qilishgan ixtisoslashmagan ta’sirotlarga ham qo‘zg’alish bilan javob berish mumkin. Masalan, fotoreseptor mexanik ta’sirotga javoban qo‘zg’aladi. Ammo, bu ta’sirotning kuchli bo‘sag’a nur kuchidan bir necha million marta ko‘p bo‘lishi kerak. Mexanik rag’bat fotoreseptorlarga nisbatan noadekvat ta’sirot hisoblanadi.
Qabul qilish mumkin bo‘lgan adekvat ta’sirlovchilarga qarab, reseptorlani quyidagicha tasnif etiladi:
1. Mexanoreseptorlar-ta’sirlovchining mexanik energiyasini qabul qilishga moslashgan. Bunday reseptorlar teri, yurak tomir sistemasi, ichak organlari, tayanch harakat apparati, eshituv va muvozanatni saqlash sistemalariga mos.
2. Termoreseptorlar–harorat o‘zgarishlariga sezgi. Sovuqni sezuvchi va issiqni sezuvchi termoreseptorlarning ko‘p qismi terida joylashgan. Ichki organlar va markaziy nerv sistemasida ham shunday reseptorlar bor.
3. Xemoreseptorlar-imyoviy omillar ta’siriga sezgir. Ular ta’m va hid sezuvchi sensor sistemalarning chet qismini tashkil qiladi. Bu tiplagi reseptorlar tomirlar sistemasining turli qismlarida va ba’zi to‘qimalarda ham uchraydi.
4. Fotoreseptorlar-nur energiyasini qabul qiladi. Bu reseptorla yorug’lik kuchini ajratish va rang ko‘rish imkoniyatini beradi.
5. Og’riq (posiseptiv) reseptorlari og’riqni paydo qiluvchi ta’sirotlarni qabul qiladi. Bu sezgi organizmdagi reseptorlarning deyarli hammasiga o‘ta kuchli ta’sir qilganda paydo bo‘ladi.
Reseptorlarning ba’zi birlarida ta’sirlovchi energiyasining nerv impulsiga aylanishi shu reseptor hujayra o‘simtasi sodir bo‘ladi. Bu birlamchi reseptor sensor neyronning pereferiyadagi bir qismi – o‘zgargan dendritdir. Aksoni esa markaziy nerv sistemasiga o‘tadi. Hid sezish, taktil va proprioreseptorlar birlamchi reseptorlarni tashqi qiladi. Ikkilamchi reseptor va sensor neyron o‘simlari o‘rtasida sinapslar joylashgan. Reseptor hujayrada hosil bo‘ladigan qo‘zg’alish bu sinaps orqali neyronga o‘tkaziladi. Demak, sensor neyronni tashqi ta’sirot bevosita emas, maxsus reseptor hujayra orqali qo‘zg’atadi. Ta’m sezuv, ko‘ruv, eshituv vestibulyar apparat reseptorlari ikkilamchi reseptorlaga kiradi. Ta’sirlovchi reseptor hujayra membranasining ba’zi ionlar uchun o‘tkazuvchanligini o‘zgartiradi. Membrana orqali natriy va kalsiy ionlarning paydo bo‘lgan va ichkariga qaratilgan oqimi reseptor potensial rivojlanishiga olib keladi. Birlamchi reseptorlarda reseptor potensial afferent nerv tolasining harakat potensialiga aylanadi va nerv markaziga tegishli axborotni etkazadi. Shunday qilib, reseptorlar barcha analizatorlarning pereferik qismlari hisoblanadi.
Analizatorlarning umumiy tuzilishiga quyidagicha ta’rif berish mumkin:
1. Ko‘p qavatlik – analizator tarkibida bir necha qavat neyron bor, ulardan birinchisi reseptorga bog’liq, oxirgisi esa miya po‘stog’ining asosi aktiv sohasidagi neyronlagan kelib to‘xtaydi. Ko‘p qavatlik organizmning oddiy signallarga tezlik bilan javob berishiga imkon tug’diradi, chunki bu signallarning taxlilini oraliq neyronlar bajaradi. Bundan tashqari, turli qavatlar ta’lim ma’lumotlarni qayta ishlashga ixtisoslashgan.
2. Ko‘p kanallik-neyronlar qavati har biri juda ko‘p (10 mingdan milliongacha) nerv unsurlari borligini, bu unsurlar keyingi qavatdagi behisob neyronlarga bog’liqligini ko‘rsatadi. O‘tkazuvchi yo‘llarning ko‘pligi analizatorlar faoliyatining puxta aniqligini ta’minlaydi.
3. Yonma-yon qavatlardagi unsurlar sonining teng emasligi. Masalan, ko‘ruv sistemasida reseptorlar soni 130 million, aksonlari ko‘zdan chiqadigan nervni tashkil qiluvchi neyronlarning soni esa faqat 1 mln. 250 minggi yaqin yoki 100 marotaba kam.
4. Analizator unsurlarning vertikal va gorizontal bo‘yicha farqlanishi.
Analizator tarkibidagi unsurlarning vertikal bo‘yicha farqlanishi deganda bir necha qavatdagi unsurlardan bo‘limlar hosil bo‘lishi tushuniladi. Bo‘lim qavatidan kattaroq morfofunksional qurilma. Analizatorlarning har qaysi bo‘limi muayyan vazifani bajaradi. Odatda analizator tarkibida uning periferik (reseptor) bo‘limi, bitta yoki bir nechta oraliq bo‘limlari va analizatorlarning po‘stloq bo‘limi ajratiladi.
Bir bo‘limda joylashgan analizator elementlarining funksional xossalari har xil bo‘lishi mumkin. Masalan ko‘ruv analizatorining reseptor bo‘limi rang sezuvchi kolbachkalardan tashkil topgan. Bu farqlanish gorizontal bo‘yicha farqlanish deb tushuniladi. Signallarni qayta ishlash jarayonida analizatorlar ko‘p operasiyalarni bajaradi. Bu operasiyalardan asosiylari:
1) signallarni topish (aniqlash);
2) signallarni birini-biridan ajratish;
3) signallarni o‘tkazish va o‘zgartirish;
4) ma’lumotlarni kodga solish;
5) signallarni u yoki bu xossalarini detektorlash;
6) obrazni tanish.
Bulardan tashqari analizatorlarning adaptasiya xususiyati bor. Masalan qo‘lga toqilgan soatni biz qisqa vaqt davomida sezamiz. Keyin soat borligi sezilmay qoladi. Bu taktil sensor sistemada adantasiya (moslashish) rivojlangandan dalolat beradi. Adaptasiya proprioreseptiv va vestibulyar sistemalardan tashqari, boshqa analizatorlarning ham deyarli hammasining faoliyatida kuzatildi. Adaptasiyalash analizatorlar hamma qismlarining, ayniqsa reseptorlarning xossasidir. Davom ta’sirotlarga tez adeptasiyalanadigan va sekin adeptasiyalanadigan reseptorlar tafovut qilinadi. Pachini tatachasi tez adaptasiyalanadigan reseptorlarga misol bo‘lishi mumkin. U teriga bosim ta’siri boshlanganda bir necha impuls hosil qiladi (on - javob) va ta’sir tugaganda yana bir necha harakat potensialini yuzaga chiqaradi (off-javob). Adaptasiyalangan reseptorlarning sezgirligi yo‘qolmaydi. Ta’sirot kuchining oshishi va kamayishi ularda impuls hosil qiladi. Sekin adaptasiyalanadigan reseptorlar uzluksiz ravishda uzoq ta’sirlanganda impuls hosil qilishdan to‘xtamaydi. Endi analizatorlarning xususiy fiziologiyasi bilan tanishmiz.


    1. Download 161,39 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish