Homiladorlikda uchraydigan kasalliklar



Download 37 Kb.
Sana13.03.2022
Hajmi37 Kb.
#492476
Bog'liq
HOMILADORLIKDA UCHRAYDIGAN KASALLIKLAR


HOMILADORLIKDA UCHRAYDIGAN KASALLIKLAR

Qator hollarda ekstragenital patologiyalar: qon tomir sistemasi kasalligi homiladorlik paytida yuzaga chiqadi va kuzatiladi. Yurak-qon tomir sistemasi patologiyalari orasida yurak nuqsoni ko'proq uchrab, ular tug'ma va keyin paydo bo'lgan bo'lishi mumkin.


Sog'lom homiladorlarda ham fiziologik taxikardiya, yurak faoliyati o'zgarishlari bo'ladi. Agar ayolning yurak-qon tomir sistemasida nuqsoni bo'lsa, oshiqcha zo'riqish beradi.
Homilador ayolda revmatizm bo'lsa, yuqorida aytilgan zo'riqish namoyon bo'ladi. Bunday hollarda homiladorlikda abort xavfi, gestoz yoki qon ketishi kabi kasallik uchrashi mumkin, bu bachadon - - yo'ldosh qon aylanishi buzilishini va homila gipoksiyasi xavfmi yuzaga chiqaradi. Ilkchilladavridaqon ketishi kuzatilishi mumkin. Ammo bu ko'proq o'pka shishishi va tromboemboliyalarga bog'liq. Ba'zan o'tkir yurak yetishmovchiligi pastki kovak vena siqilishi sindromi bilan namoyon bo'ladi.
O'pka shishishi o'tkir yurak yetishmovchiligi natijasida kelib chiqadi. Homiladorlikda to'satdan qo'zg'alish, nafas qisishi, o'lim talvasasi hissi paydo bo'ladi. Nafas va puls tezlashib, sianoz kuchayadi, og'izdan qon aralash ko'pikli suyuqlik keladi. Xirillash eshitilib turadi. Hushi o'zida bo'lib, qon bosimi o'zgarmaydi.


O'pka shishida shoshilinch yordam ko'rsatish.
Hamshira shifokor kelguniga qadar yordam ko'rsata olishni bilishi zarur.
Jihozlar: steril salfetka, qon bosimini o'lchash uchun asbob, kislorod — markazlashtirilgan sistema orqali yoki kislorod yostiqchasi, 5 % li glukoza eritmasi.
Muolajani bajarish tartibi:
- bemor karavotda yarimo'tirgan holatga keltiriladi (boshni baland ko'tarish);

  • Q/B o'lchanadi;

  • tomir urishi sanaladi;

  • spirtdan o'tkazilgan kislorod beriladi;

  • steril salfetka bilan og'izdagi shilimshiq va ko'pik olib tashlanadi;

  • 5 % li glukoza eritmasini sistema orqali quyish uchun tayyorlab, shifokor chaqiriladi;

- shifokor ko'rsatmasiga ko'ra dori preparatlari tayyorlanadi.
Homiladorda trombembolik asoratlar ichida o'pka arteriyasi trombemboliyasi ko'proq uchraydi. Bu kasallik bilan og'rigan bemorda to'satdan ko'krak qafasida og'riq, nafas qisishi, tananing yuqori qismlarida sianoz, taxikardiya, qon bosimi tushib ketishi, qon tupurish paydo bo'ladi.


Trombemboliyada shoshilinch yordam ko'rsatish.
Hamshira shifokor kelguniga qadar yordam ko'rsata olishni bilishi lozim.
Jihozlar: kislorod moslamasi va dori moddalari.
Muolajani bajarish tartibi:
- qat'iy yotoq rejimini joriy etish;
- namlangan kislorod berish;
- shoshilinch ravishda shifokor chaqirish;

  • 5 %li glukoza eritmasini sistema orqali quyish uchun tayyorlash;

  • shifokor ko'rsatmasiga ko'ra kerakli dori moddalarini tayyorlash.

Homiladorlikda o'tkir tomir yetishmovchiligi kollaps, ayniqsa, gipotoniyaturidagi yurak nuqsonlarida, homilador, tug'ayotgan va tug'gan ayollarda uchraydi. Bemordagi og'riq, qon yo'qotish, intoksikatsiya, ruhiy ta'sirlar, allergik holatlar, o'tkir tomir yetishmovchiligi holatini yuzaga chiqaradi. Kollapsda bemorning teri qoplamlari oqarib, jiqqa terga botadi. Qon bosimi tushib ketadi.Nafas olishi tezlashib, puls ipsimon holatda bo'ladi.


O'tkir tomir yetishmovchiligida shoshilinch yordam.
Hamshira shifokor kelguniga qadar shoshilinch yordam ko'rsatishni bilishi lozim.
Jihozlar: kislorod, qon bosimini o'lchash uchun asbob, sistema, 5 %li glukoza.
Muolajani bajarish tartibi:
- homilador tepaga qaratib yotqiziladi;

  • toza havo kelishini ta'minlash uchun deraza ochiladi;

  • namlangan kislorod beriladi;

  • qon bosimi o'lchanadi, tomir urishi aniqlanadi;

  • zudlik bilan shifokor chaqiriladi;

  • vena ichiga dori yuborish uchun sistema tayyorlanadi;

  • sistemani 5 %li glukoza eritmasi bilan to'ldiriladi;

  • shifokor ko'rsatmasiga ko'ra dori tayyorlanadi va yuboriladi.
    O'tkir tomir yetishmovchiligini aniqlash uchun pastki kovak

vena sindromining belgilarini bilish kerak. Bu sindrom homila-dorlikning II davrida kuzatilib, homilador ayol orqasi bilan yotganda, ayniqsa, qattiq o'rinda, kattalashgan bachadon pastki kovak vena tomirlarini bosib qo'yishdan kelib chiqadi. Homilador hushini yo'qotishi, tomir urishi tezlashishi, qon bosimining tushib ketishi kuzatiladi. Bemor chap yonga yotqizilsa yoki qoringa aylantirilsa, ayol ahvoli tezda yaxshilanadi.
Download 37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish