Ko‘rish o‘tkirligi. Ko‘rish o‘tkirligi ko‘z ilg‘ay oladigan ikki nuqta orasidagi eng kichik masofa bilan belgilanadi. Sariq dog‘ning ko‘rish o‘tkirligi maksimal darajada bo‘ladi. Sariq dog‘dan periferiyaga tomon ko‘rish o‘tkirligi kamayib boradi. Ko‘rish o‘tkirligi maxsus jadvallar yordamida aniqlanadi. Bu jadvallar bir necha qator harflardan yoki katta kichik chala xalqalardan tashkil topadi.
Jadvalga qarab aniqlanadigan ko‘rish o‘tkirligi odatda nisbiy miqdorlarda ifodalanadi, shu bilan ko‘zning normal o‘tkirligi 1 deb olinadi. Tekshirilayotgan kishi ro‘parasiga 8 raqami yozilgan qatorni 8 m dan emas, faqat 4 m dan ko‘rsa, uning ko‘rish o‘tkirligi normal o‘tkirlikning yarmiga teng bo‘ladi va hokazo.
Ko‘rish maydoni. Ko‘z biron nuqtaga tikilsa, shu nuqtaning tasviri sariq dog‘ga tushadi, bu holda biz nuqtani markaziy ko‘ruv bilan ko‘ramiz. To‘r pardaning qolgan joylariga tasviri tushadigan nuqtalarni periferik ko‘ruv bilan ko‘ramiz.
Ko‘zni bir nuqtaga tikkan vaqtda ko‘rinadigan nuqtalar yig‘indisi ko‘ruv maydoni deb ataladi.
Periferik ko‘ruv maydonining chegaralari perimetr degan asbob bilan o‘lchanadi.
Rangsiz narsalarni ko‘rish maydonining chegaralari 70° pastroqda, 60° yuqorida va 90° tashqarida bo‘ladi. Odamning ikkala ko‘z bilan ko‘rish maydonlari bir-biriga qisman mos keladi, bu esa fazoni idrok qilish uchun katta ahamiyatga egadir.
Har xil ranglarni ko‘rish maydoni bir xil emas, rangsiz narsalarni ko‘rish maydoni hammadan kattaroq. Ko‘k va sariq ranglarni ko‘rish maydoni kichikroq, qizil rangni ko‘rish maydoni yanada kichik, yashil rangni ko‘rish maydoni esa faqat 20—30—40° atrofida.
Ranglarni farqlash. Odam 7 millionga yaqin rangni farqlash qobiliyatiga ega. Odamzod o‘z taraqqivotida ana shu imkonnyatidan to‘liq foydalanishga intilgan. Natijada xilma-xil bo‘yoqlarni, buyumlarni bo‘yash, rangli fotografiya, kino va televizorni kashf etgan. Rang farqlashning murakkab mexanizmlariga o‘tishdan oldin yorug‘lik va rang nimaligini eslash kerak Yorug‘lik, foton deb atalgan zarrachalardan iborat. Har bir foton-elektromagnit to‘lqinlari bog‘larni. Bu to‘lqinlar malum uzunlikka ega. Turli narsalardan sochiladigan yoki qaytadigan, to‘lqin uzunligi 400 nm dan 800 nm orasidagi yorug‘lik nurlarini odam ko‘radi. To‘lqin uzunligi 800 nm ortiq infraqizil va 400 nm dan kichik ultra binafsha nurlar ko‘zga ko‘rinmaydi. Oq rang bir talay ranglarning aralashish natijasidir. Bizning ko‘zimizga tushadigan oq rang turli to‘lqin uzunligiga ega bo‘lgan nurlar yig‘indisidir. Agar quyosh nuri prizmadan o‘tkazilsa, ayrim to‘lqinli nurlar biri-biridan ajralib, spektr hosil qiladi. Spektning bir uchida to‘lqin uzunligi katta bo‘lgan qizil nurlarni. Ikkinchi uchida kalta to‘lqinli binafsha nurlarni, o‘rtada yashil nurlarni ko‘ramiz. Demak, rangsiz yorug‘ malum rang‘li nurlarning aralashmasidir. Rangsiz yomg'ni spektning hamraa tarkibiy qismlarini emas, balki ikkita rangni aralashtirganimizda ham olish mumkin. Sariq va havo rang aralashsa rangsiz yorug‘ hosil bo‘ladi. Spektni tashkil qiluvchi ranglardan qizil, sariq va havo rang asosiy ranglar hisoblanadi. Ularning birini ikkinchisiga aralashtirib, boshqa ranglar hosil qilsa bo‘ladi, Masalan, havo rang sariqqa qo‘shilsa yashil rang hosil bo‘ladi.
Yorug‘lik jismlarga tushganda u yutilishi, qaytarilishi va o‘tkazilishi mumkin. Ko‘pincha bu jarayonlar u yoki bu darajada bir vaqtda ro‘y berishi. Jismni ko‘rish uchun u aks ettirgan nurlar ko‘zga tushishi kerak. Jism yuzasining nur yutish va qaytarish qobiliyatlari turlicha bo‘lishi mumknn. Masalan, o‘simlik barglari qizil (uzun to‘lqinli) va binafsha (kalta to‘lqin) ranglarni yaxshi yutadi va to‘lqin uzunligi o‘rtacha bo‘lgan yashil nurlarni qaytaradi. Shu sababli, bargni yashil rangda ko‘ramiz. O‘ziga tushgan nurlarning bir qismini yutib, boshqa qismini aks ettiradigan moddalar pigmentlar deyiladi. Pigment spektming qaysi qismini yaxshi qaytarsa, u o‘sha qaytarilgan nurlar rangiga ega bo‘ladi. Rangni his qilishda nurlarning fizikaviy ko‘rsatkichlaridan tashqari, ko‘ruv tizimining fiziologik xususiyatlari ham ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |