Mavzu: Buxgalteriya hisobining boshqa kontsepsiyalari.
Reja:
1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobining o’rni va roli.
3. Buxgalteriya hisobi konsepsiyalari va tamoyillari. Marketing kontsepsiyasi.
3. Sotish va ma'lumot kontseptsiyasi.
Kirish
O’zbekiston Respublikasi xalq xo’jaligining bozor iqtisodiyoti munosabatlari sharoitiga o’tishi ishlab chiqarishni jadallashtirish, iqtisodiy rivojlanishning o’sishi ta’minlashda iqtisodiy tejamkorlikni qo’llab korxona ishlab chiqarish faoliyatini moliyaviy xolatini yaxshilashni talab etadi. Bu ulkan masalani ychishda mexnat, moddiy va moliyaviy resurslardan foydalanish, ishlab chiqarilgan maxsulot, bajarilgan ish, ko’rsatilgan xizmat tannarxi shakllanishini, sarflar va daromadlar to’g’risidagi axborotlardan foydalanib, xo’jalikni to’g’ri yo’lga solishda buxgalteriya hisobi asosiy qurol bo’lib hisoblanadi. Korxona ishlab chiqarish faoliyatini boshqarishda har bir raxbar, mutaxasis buxgalteriya hisobi to’g’risidagi bilimga ega bo’lib, uning axborotidan to’g’ri foydalana olish qobiliyatiga ega bo’lmog’i lozim. Bu esa o’z navbatida buxgalteriya hisobini chuqur o’rganishni talab etadi. Shuni nazarda tutib tuzilgan bu dastur buxgalteriya hisobi nazariyasi asoslarini, jumladan uning metodlari elementlarini chuqur o’rganishga imkon beradi.
Buxgalteriya hisobini o’rganishdan maqsad:
- Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi umumiy tushunchani, mohiyatini ochib beruvchi asosiy mazmuni va hisob prinsplari, ularning iqtisodiy nazariya va boshqa fanlar tushunchasi bilan bog’liqligini o’zlashtirishi;
- Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi fan sifatida uning nazariy asoslarini axborotlarini to’plash, ishlash va foydalanish metodlarini rivoji nazariyasi tasavvurlarini shakllantirish;
- Buxgalteriya hisobi schyotlari tizimidagi axborotlardan xo’jalik faoliyatini yaxshilash maqsadida nazorat qilish yoki taxlil qilish uchun ulardan aloxida yoki umumlashtirilgan xolda bir biriga bog’lay olish qobiliyatini payvandlash.
1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobining o’rni va roli.
1996 - yil 12 - sentyabrdan amalga kiritilgan Buxgalteriya hisobi Qonuni Respublikamiz hisob tizimining asosiy qonuni hisoblanadi. Respublikaning bozor iqtisodiyotiga bosqichma - bosqich o’tish tajribasi shuni ko’rsatadiki endilikda xalqaro hisob qoidalariga asoslangan hisob va moliyavii hisobotvi tuzish tamoyillariga e'tiborni yaratish zarur. Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1994 - yil 26 - martdagi 164-sonli "O’zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi va hisoboti tshgrisidagi Nizomni tasdiqlash to’g’risida"gi qarori bilan qabul qilingan va amalga kiritilgan Nizom buxgalteriya qonunchiligiga 1995 - 1998 yillar davomida kiritilgan o’zgarishlar qilinishi munosabati bilan hamda Respublikamiz hisob siyosatini xalqaro hisob andozalari darajasiga yetkazish maqsadlarida qayta ko’rib chiqish zaruriyatini keltirib chiqardi. Shu maqsadlarda, hamda hisob sistemasini mustaxkamlash maqsadlarida Respublikamiz yetakchi mutaxassislari ishtirokida buxgalteriya hisobi milliy andozalari tayyorlanib, Adliya Vazirligi tomonidan tasdiqlandi.
1999 - yil 5 - fevralda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 54- sonli "Maxsulot (ishlar, dizmatlar) ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida"gi Nizomni tasdiqlash to’gisidagi qarori bilan 1999 - yilning 1 - yanvaridan boshlab, 1994 - yil 26 - martdagi 164-sonli qaror bilan tasdiqlangan Nizom uz kuchini yo’qotdi. Respublikadagi 194 - barcha yuridik korxonalar 1999 - yil 1 - yanvaridan boshlab buxgalteriya hisobining tasdiqlangan va amalga kiritilgan (amalga kiritilmoqda) milliy andozalari asosida olib borishlari lozim.
Ushbu andozalarni qo’llash amaliyotini ko’rib chiqishda dastlab moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishning konseptual asoslaridan boshlash lozim. Ushbu konseptual asos O’zbekiston Respublikasining Buxgalteriya hisobi to’gisidagi Qonuni asosida ishlab chiqilgan va foydalanuvchilarda moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish tartibini belgilab beradi. Konseptual asosni o’rganishda dastlab quyidagi itisodiy terminlar mazmunini yoritish kerak. Jumladan: Moliyaviy hisobot deganda-qanday xo’jalik yurituvchi sub'ektning ma'lum bir davrdagi faoliyatini ko’rsatuvchi moliyaviy axborotni taqdim etish usuli tushuniladi. Moliyaviy hisobotni maqsadi- xo’jalik yurituvchi sub'ektning moliyaviy axvoli uning faoliyat ko’rsatkichlari to’gisida hamda pulmablag’’lari xarakati haqida iqtisodiy qarorlar qabul qilish uchun foydalanuvchilar keng doirasiga zarur bo’lgan axborotni taqdim etish hisoblanadi. Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar deganda, doimiy va bo’lg’usi investorlar kreditorlar maxsulot yetkazib beruvchilar, xaridorlar, xodimlar, shuningdek xukumat muassasalari vazirliklar, idoralar, jamoatchilik va boshqa manfaatdor foydalanuvchilar tushuniladi. Ushbu konseptual asosda quyidagi moliyaviy hisobotning tamoyillari ham keltirilgan. Moliyaviy hisobot deganda-qanday xo’jalik yurituvchi sub'ektning ma'lum bir davrdagi faoliyatini ko’rsatuvchi moliyaviy axborotni taqdim etish usuli tushuniladi. Moliyaviy hisobotni maqsadi- xo’jalik yurituvchi sub'ektning moliyaviy axvoli uning faoliyat ko’rsatkichlari tugrisida hamda pul mablag’lari harakati haqida iqtisodiy qarorlar qabul qilish uchun foydalanuvchilar keng doirasiga zarur bo’lgan axborotni taqdim etish hisoblanadi.
Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar deganda, doimiy va bo’lgusi investorlar kreditorlar maxsulot yetkazib beruvchilar, xaridorlar, xodimlar, shuningdek xuqumat muassasalari vazirliklar, idoralar, jamoatchilik va boshqa manfaatdor foydalanuvchilar tushuniladi. Ushbu konseptual asosda quyidagi moliyaviy hisobotning tamoyillari ham keltirilgan.
-hisoblash tamoyili, daromadlar va xarajatlar buxgalteriya hisobida etirof etiladi va kelgan davrda tushushi yoki paydo bo’lishiga qarab (pul mablag’larini olish yoki tulash asosida emas) moliyaviy hisobotlarda aks ettiriladi.
-ikki yoklama yozuv tamoyili, ikki yoqlama yozuv usulida hisob-kitobni yuritish deganda shu narsa tushuniladiki, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar ikki yoqlama yozuv tizimi asosida buxgalteriya operasiyalarini qayd etishi kerak, ikki yoqlama yozuv shundan iboratki, bitta operasiya bo’yicha bitta summaning o’zi buxgalteriya hisobining ikkita hisob varaqlarida, yani bittasining debetida va boshqasining kreditida aks ettiriladi.
- uzluksizlik tamoyili, xo’jalik yurituvchi sub’ekt uzluksiz ishlaydigan, yani belgilangan kelajakda ishlashni davom ettiradigan sub’ekt deb hisoblanadi. Uning o’z faoliyatini tugatish yoki faoliyat qo’lamini ancha qisqartirish niyat ham, zarurati ham yo’q deb taxmin qilinadi.
- xo’jalik operasiyalar aktivlar va passivlarni pul bilan baxolash, barcha operasiyalar va voqealar moliyaviy hisobotlarda axborotlarni umumlashtirish maqsadida pul bilan badolanadi.
- ishonchlilik, axborot, unda jiddiy xatolar va taxminlar bo’lmasa va unga foydalanuvchilar asoslanishsa, ishonchli bo’ladi, extietkorlik, qarorlar qabul qilishda extiyotkorlik qoidasiga rioya qilish aktivlar va daromad qaytadan baxolanmasligi, majburiyatlar yoki xarajatlar esa yetarlicha baxolanmasligiga yo’l quymaslik maqsadida noaniqlik sharoitida baxo chiqarish uchun zarurdir.
- mazmunning shakldan ustunligi, agar hisob kitob hujjatlarida va moliyaviy hisobotda axborot operasiyalar va voqealarning mazmunini ishonchli darajada aks ettirsa, bunday axborot uning xuquqiy shakli bilangina emas, balki moxiyati va iqtisodiy realligi bilan muvofiq holda hisobga olinishi va taqdim etilishi zarur.
- ko’rsatkichlarni qiyosiyligi, moliyaiy axborot foydali va mazmunli bo’lishi uchun, bir hisobot davridagi axborot boshqa hisobot davridagisi bilan qiyoslanadigan bo’lishi kerak. Foydalanuvchilar xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy hisobotni tayyorlashda foydalanadigan hisob-kitob siyosatidan, ana shu siyosatdagi barcha o’zgarishlardan va shunday o’zgarishlarning natijalaridan habardor bo’lishlari lozim.
Moliyaviy hisobotdagi betaraflik, moliyaviy hisobotda beriladigan axborot ishonchli bo’lishi uchun taxminlardan mustaqil bo’lishi lozim:
- hisobot davrida daromadlar bilan xarajatlarning muvofiqligi, hisobot davrida bo’lgan daromadlar bilan xarajatlarning muvofiqligi shuni anglatadiki, mazkur davrda ushbu hisobot davridagi daromadlarni olinga asos bo’lgan xarajatlargina aks ettiriladi. Agar daromadlar bilan xarajatlarning o’rtasidagi bevosita bog’liqlikni o’rnatish qiyin bo’lsa, xarajatlar biron-bir taksimlash tizimiga muvofiq bir necha hisobot davrlari o’rtasida taqsimlanadi. Bu masalan, bir necha yilga taqsimlanadigan amortizasiya xarajatlariga ta’luqlidir.
- aktivlar va majburiyatlarni haqiqiy baxosi, aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy baxolash qoidasi shundan iboratki, ularning tannarxi yoki sotib olish qiymati asosiy baxodir. Standartlarda ko’zda tutilgan ayrim xollarda haqiqiy baxo sotib olish qiymatidan farq qilishi mumkin.
- tushunarlilik, moliyaviy hisobotlarda berilayotgan axborot foydalanuvchilarga tushunarli bo’lishi kerak, ahamiyatlilik, moliyaviy axborot foydalanuvchilar qarorlar qabul qilish jarayonida ularning extiyojlarini qondirish va ularga operasion, moliyaviy va xo’jalik faoliyatiga baxo berishda ko’maklashish uchun ahamiyatli bo’lishi kerak.
- jiddiylik, agar axborotni kiritmaslik yoki noto’g’ri taqdim etish axborotdan foydalanuvchilarning moliyaviy hisobot asosida qabul qilingan iqtisodiy qarorlariga ta'sir etsa, u jiddiy hisoblanadi. Axborotlarning ahamiyatiga uning moxiyati dam, shuningdek uning qimmati (jiddiyligi) ham ta’sir o’tkazishi mumkin.
- haqqoniy va holis taqdim, moliyaviy hisobotlar foydalanuvchida xo’jalik yurituvchi subektning moliyaviy axvoli, operasiyalar natijalari, pul 196 mablag’lari xarakati to’g’risida xaqqoniy va xolis tasavvur yaratishi kerak, tugallanganlik, moliyaviy hisobotlarning ishonchliligini ta’minlash maqsadida axborot yetarlicha to’la hajmda taqdim etilishi kerak, izchillik, hisob siyosati bir davrdan ikkinchi davrga izchil o’tkazilib boradi, deb hisoblanadi. Foydalanuvchilar xo’jalik yurituvchi subektning moliyaviy axvolidagi o’zgartirish tamoyilini belgilash uchun har hil hisobot davrida ularning moliyaviy hisobotlarini takdoslash imkoniyatiga ega bo’lishlari kerak.
- o’z vaqtida taqdim, hisobot axborotlarining asosiz darajada kechiqtirilishi bilan u uzining iqtisodiy ahamiyatini yo’qotadi. Axborotni o’z vao’tida taqdim etish uchun bitimning yoki boshqa voqeaning barcha jixatlari malum bulgunga qadar hisobotga zarurat paydo bo’lishi mumkin, bu esa uning ishonchliligini buzadi. Boshqa tomondan, agar hisobot barcha jixatlar malum bulgunicha kechiqtirilsa,xatto eng ishonchli axborot ham foydalanuvchilarga katta foyda keltirmaydi, chunki ular ilgariroq qror qabul qilishga majbur bo’ladilar. Ahamiyatlilik bilan ishonchlilik urtasida mutanosiblikka erishish maqsadida iqtisodiy qarorlarni qabul qilishda foydalanuvchilarning extiyojlarini qanday qilib eng yaxshi tarzda qondirish masalasini hal etish kerak.
Aktivlar - xo’jalik yurituvchi sub'ektlar qiymati baxosiga ega bo’lgan moddiy, shu jumladan pul mablag’lari, debitorlik qarzlari va nomoddiy mulkdir. Majburiyatlar - xo’jalik yurituvchi sub'ektning boshqa yuridik va jismoniy shaxslar oldida joriy mas’uliyatli ekanligini ifodalaydi.
Xususiy sarmoya - ustav, qushilgan, rezerv sarmoyadan va taqsimlanmagan foydadan iborat.
Rezervlar - xo’jalik yurituvchi sub'ektning va kreditorlarni zaralari oqibatlarida qushimcha tarzda himoya qilishni ta'minlash uchun rezervlarni vujudga keltirish.
Daromadlar - xo’jalik yurituvchi sub'ektning asosiy va asosiy bo’lmagan faoliyatdan olingan daromadlarni uz ichiga oladi.
Xarajatlar - mulkni ishlab chiqarishni boshqarish bilan, hamda maxsulot sotish, ishlarni bajarish xizmatlar ko’rsatish va zararlar bilan bog’liq xarajatlarni o’z ichiga oladi.
2. Buxgalteriya hisobining konsepsiyalari va tamoyillari. Marketing kontsepsiyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |