Mundarija
Kirish 2
I. BOB. Sarf va miqdor to’g’risida umumiy ma‘lumotlar 4
1.1.Sarf va miqdor to’g’risida umumiy ma‘lumotlar 4
1.2. Bosim farqlari o’zgaruvchan sarf o’lchagichlar 6
1.3. Bosim farqlari o’zgarmas sarf o’lchagichlar 10
2.2. Optisonic 7300 qurilmasi. 17
2.3.Elektromagnitlik sarf o’lchagich. 20
.Qalqovichli sath o‘lchagichlar haqida tushuncha. 24
Xulosa 28
ADABIYOTLAR 30
Kirish
Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlishtirish mustaqil O’zbekiston Respublikasida mehnat unumdorligini oshirish,ishlab chiqarishni jadallashtirish, moddiy texnika bazasini yaratish hamda texnikani taraqqiy etrishida asosiy yo„nalish hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisidagi ma’ruzasida keltirilgan quyidagi “Jahon miqyosida globallashuv va raqobat tobora kuchayib borayotgan bugungi zamonda biz dunyoda yuz berayotgan tub o„zgarishlar jarayonida egallab turgan o’rnimizni holisona va tandiqidiy baholashimiz, tobora oshib borayotgan hayot talablariga javob berishimiz, kechayotgan davr bilan hamqadam bo’lishimiz shart’’ so’zlari misol bo’lishi mumkin.
Avtomatlashtirish vositalarni ishlab chiqarishda qo„llash mehnat numdorligini oshirib chiqariladigan maxsulot sifatini, mehnat sharoitini yaxshilaydi. SHu bilan biratorda ishlab chiqarishini yuqori samaradorligini ta‟minlaydi. Zamonaviy texnika hamda o„lchash, rostlash va boshqarish elementlari bilan jixozlangan texnologik tizimlarini ishlatish yuqori saviyali muhandislar zimmasiga yuklanadi.
Har qanday texnologik jarayonda ma‟lum bir yoki bir necha tenologik parametr ishtirok etib jarayonning borishida hamda maxsulot sifatini o„zgarishida asosiy o„rin egallaydi. Bu parametrlarni esa nazorat o„lchov asboblari, yordamida nazorat qilinadi, rostlagichlar yordamida rostlanadi va ijrovchi mexanizmlar yordamida boshqariladi.
Sarf bu — vaqt birligi ichida oqim yoʻnalishi boʻyicha oʻtgan moddaning vazn yoki xajm miqdori. Sarfni oʻlchash tushunchasida ikki xil sarf farqini ajratib olish kerak: Xajmli sarf va vaznli sarf. Xajmli sarf oʻlchash usulida odatda suyuqliklar va gazlarning vaqti birligi ichida oʻtgan xajmi oʻlchanadi. Vaznli sarf oʻlchashda esa moddaning vaqt birligi ichida oʻtgan vazn miqdori oʻlchanadi. Oʻlchash usulini oʻzi xam ikki xil turga ega: birinchisida vaqt birligi ichida oʻtgan moddaning vazn midori yoki xajmi, yaʼni bu xolda sarf bevosita xajm yoki ogʻirlik birliklari bilan ifodalanadi; ikkinchi usulda joriy oqim tezligiga koʻra vaqt birligi ichida qancha miqdorda modda oʻtishi, yaʼni oniy (mgnovenniy) sarf oʻlchanadi. Sarfni
Doimiy perepadli (rotametr);
Oʻzgaruvchan perepadli (Diafragma);
tezlik xisoblagichlari;
Induksion sarf oʻlchagichlar;
Xajm oʻlchagichlar yordamida aniqlash mumkin.
Sarfi oʻlchanayotgan moddaning agregat xolatiga koʻra, ushbu modda uchun faqat oʻziga xos boʻlgan xususiyatlari yuzasidan korreksiya xisobi yuritib boriladi. Chunki texnologik jarayon taqozo etadigan bosim va xaroratga bogʻliq xolda oʻlchangan sarf bilan standart qabul qilingan sharoitda oʻlchanadigan sarf qiymat koʻrsatikich bir biridan katta farq qiladi. Yaʼni texnologik jarayonlarda odatda yuqori xarorat va bosim ositdagi reaksiyalar natijasidan keyingi xolat sarfi oʻlchanishi mumkin, ammo xar bir modda uchun uning solishtirma zichligi, molekulyar massasi kabi xossalari faqat oʻziga xos va takrorlanmas boʻladi. Shuningdek xar modda uchun meʼyoriy xarorat va bosim xam aloxida xisoblanishi mumkin. Odatda gazlar xarorat oshgan sari xajmi ortib boradi. Bu xolatda xajmiy sarf oʻlchash jarayonida chalkashliklar kelib chiqishini oldini olish uchun shu gazning kimyoviy va fizik noyob xossalaridan kelib chiqib, uning sarf xisobini meʼyorlanadi. Yaʼni texnologik jarayondagi bosim va xaroratga koʻra oʻlchangan sarf, meʼyoriy sharoitdagi sarf xisobiga oʻgiriladi. Odatda gazlar uchun meʼyoriy sharoit deb bir atmosfera bosimi va 20 S xarorat qabul qilinadi.
Tayanch iboralar: Sarf va miqdor o’lchagichlar, standart toraytuvchi qo’rilmalar, bosim farqi o’zgaruvchan sarf o’lchagichlar, bosim farqi o’zgarmas sarf o’lchagichlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |