Ma`ruza-5. Joizliklar va o‘tqazishlar tuzilishining yagona prinsiplari. REJA:1.Mashina detallari va boshqa buyumlarning namunali birikmalari uchun joizliklar va o‘tqazishlar tizimini yagona prinsiplari. 2.Teshik tizimi, val tizimi, o‘tqazishlar. Joizlik birligi. Kvalitet.
Dopusklar va o’tkazishlar tizimlari deb tajriba,nazariy va eksperimental izlanishlar asosida konuniyatli tuzilgan va standartlar shaklida rasmiylashtirilgan dopusklar va o’tkazishlar qatorlarining majmuasiga aytiladi.Tizim mashina detallarining tipaviy birikmalari uchun dopusklar va o’tkazishlarni minimal, lekin amal uchun yetarli variantlarini tanlash uchun mo’ljallangan.Bunday tizim kesish asbobolari va kalibrlarni standartlash, maxsulot va uni kismlarini loyihalashni,ishlab chiqarishni osonlashtirishga imkoniyat beradi, o’zaroalmashinishga erishish uchun yo’l ochib maxsulot sifatini ham oshiradi.
O’zbekistonda va ilgari Iqtisodiy hamkorlik kengashiga kirgan barcha davlatlarda dopusklar va o’tkazishlar yagona tizimidan (YeSDP SEV) va asosiy o’zaroalmashinish normalaridan foydalanilmokda. YeSDP SEV detallarning birikuvchi va birikmaga kirmaydigan tsilindrik, yassi va boshqa elementlariga tegishli.YeSDP SEV da teshik sistemasi va val sistemasi bo’yicha o’tkazishlar nazarda tutilgan.
Teshik sistemasidagi o’tkazishlarda tirqish va tarangliklarni turli qiymatlariga asosiy teshikni (N) turli dopuskli vallar bilan biriktirish hisobiga erishadilar.
Val sistemasidagi o’tkazishlarda tirqish va tarangliklarni turli qiymatlariga asosiy valni (h) turli dopuskli teshiklar bilan biriktirish hisobiga erishadilar.
Asosiy teshik bilan asosiy val dopusk maydonlari detal tanasi tomonga joylashadi.(3 rasm)
O’tkazish sistemasi konstruktorlik,texnologik va iqtisodiy afzalliklarga ko’ra tanlanadi.
Aniq teshiklar kimmatbaxo o’lchamli kesish asboblari yordamida ishlanadi.(zenker,razvertka,sidirgich va x.). Bu asboblarni xar biri muayyan dopuskli bir o’lchamga ishlov berishi mumkin.Vallar esa,o’lchamidan qattiy nazar,bitta keskich yoki jilvirlash doirasi bilan ishlanishi mumkin.Teshik sistemasida turli chekli o’lchamlarga ega teshiklar soni val sistemasiga nisbatan kam bo’ladi,demak bu teshiklarni ishlash uchun zarur kesish asboblari soni ham kam bo’ladi.SHu sababli teshik sistemasi kengrok tarqalgan va afzal deb hisoblanadi.
Ammo ba’zi hollarda konstruktsion sabablarga ko’ra val sistemasini qo’llash zaruriyati paydo bo’ladi,masalan bir valga bir nominal diametrli turli o’tkazishlar bilan biriktiriladigan ketma ket joylashgan teshiklar kiygizilganda (4 rasm). Tortki, o’qlar, vallar kabi detallar yuqori aniqlikdagi sovuk kiryalangan chiviklardan mexanikaviy ishlovsiz tayyorlanganda ham val sistemasidan foydalangan afzal.
Do'stlaringiz bilan baham: |