Insonning paranormal kuchlari. Eng qadimgi davrdan boshlab Sharq falsafiy ta’limotlarida rivojlanishi va amalga oshishi mumkin bo‘lgan odamda yashiringan ma’naviy, ruhiy va jismoniy imkoniyatlar mavjudligi to‘g‘risida fikr yuritiladi. Asta sekin bunday kuchlarni egallashning maxsus uslubiyati ishlab chiqildi. Deyarli, ularning hammasi odamni ma’naviy shakllantiradigan qadimgi amaliy tizimi Yoga bilan to‘g‘ri yoki bilvosita bog‘liq edilar. Yogik usullardan har xil diniy va ma’naviy-falsafiy ta’limotlarda (buddizm, induizm, daosizm, yangi platonchilik, nasroniylik, islom, teosofiya va boshq) foydalanildi.
Fan uzoq vaqt odam organizmida noma’lum kuchlar mavjudligi mumkinligini rad qildilar. Albatta, ortodoksal olimlar odamning shunday qobiliyatlari: xotira, iroda, aql, sezgi organlari, jismoniy kuch va boshqa zahiralari bo‘lishi mumkin dedilar. Lekin, odam masalan shunday qobiliyatlarga: levitatsiya, telepatiya, telekinez kabilarga ega bo‘lishini noilmiy deb hisobladilar. Ammo, sharq faylasuflari ta’sirining kuchayishi va ilmiy kuzatishlar natijalarining yig‘ilishi natijasida olimlarning odam to‘g‘risidagi qarashlari o‘zgara boshladi. XX asr boshlarida ko‘p davlatlarda odamning yashirin kuchlari to‘g‘risidagi jiddiy tadqiqotlar olib borildi.
Qanday kuchlar va qobiliyatar to‘g‘risida gap ketayapti?
Nojismoniy ko‘rish va eshitish qobiliyati («oldindan bilish» va «oldindan eshitish»);
Telepatiya (masofadan turib fikrlarni uzatish va qabul qilish);
Levitatsiya (odam tomonidan yer tortilishini tugatish.muallaq holatga keltirish);
Avtonom yashash ongning jismdan tashqariga chiqishi;
O‘limdan keyin odam ongining avtonom yashashi;
Tabiiy jarayonlarga (yomg‘ir, shamol, tabiiy hodisalar) inson ruhiy energiyasining ta’siri;
Ruhiy energiya va fikrlar kuchi yordamida davolash;
Fiziologik jarayonlarni irodaviy (fikriy) boshqarish;
Ongning o‘tmishga ruhiy nazarsolishi (o‘tmishga mahliyo bo‘lish qobiliyati va o‘zi yoki boshqalarning yashashini eslash);
Kelajakni qabul qilish qobiliyati;
Tez hisoblash va o‘qish qobiliyati;
Noyob xotira;
Fikrlarning biologik jarayonlarga ta’siri;
Telekinez (jismoniy predmetlarga boshqacha ta’sir qilish, yoki aloqasiz ko‘chirish qobiliyati).
XXI asr boshlarida fan odatiy qarashlar, qobiliyatlar doirasidan tashqari, odamning yuqorida ko‘rsatilgan va boshqa noodatiy namoyon bo‘lishi to‘g‘risida ko‘p miqdorda omillar yig‘adi. Ular «paranormal qobiliyat» degan nom oldilar. Ularni ilmiy-nazariy tushuntirish, hozirgi davrda odamning yangi ilmiy andozasi faol ishlab chiqilishi bilan asoslanadi. Uni odamning biomaydon tabiati konsepsiyasi yoki odamning axborot-energetika nazariyasi sifatida ifodalaydi. Bu konsepsiya (nazariya)ning bosh g‘oyasi shundaki, odam shunday biologik jism emas, energetik va hujayra – nuklein jismlardan iborat murakkab biomaydon tizimidir. Noodatiy (paranormal) kuchlarning namoyon bo‘lishi, odam ichki energiyasining o‘rganilmagan harakatlar bilan tushuntiriladi.
XIX va XX asrlarda odamning yashirin kuchlarini o‘rganishga, hozirgacha shunday falsafiy ta’limotlar: klassik yoga, buddizm, daosizm, teosofiya va Jonli Etika (Agni -Yoga) ta’sir qilib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |