Insonning biologik evolyutsiyasi konsepsiyasi. Bu tirik tabiat evolyutsion rivojlanishi to‘g‘risidagi – darvinizm nazariyasining oqibati hisoblanadi. Bu konsepsiya tarafdorlari hozir mavjud bo‘lmagan, ibtidoiy davrda yashagan odamsimon maymundan kelib chiqqan deb faraz qiladilar. Odam va hayvonot dunyosining rivojlanishi, takomillashish tomonga asta sekin o‘zgarish jarayoni evolyutsiya demakdir. Biologik evolyutsiya jarayonida quyidagi omillar-genetik irsiyat, genetik o‘zgaruvchanlik va tabiiy tanlash hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Bu omillar mifologik va antropoid maymun, boshqa o‘zgarish, jarayonlarni ijobiy oqim tomon yo‘naltirdilar, oxir oqibatda yangi sifatlarning paydo bo‘lishiga olib keldi. To‘g‘ri yurishga, barmoqlarning o‘zgarishiga, nutqning rivojlanishiga, bosh suyagi va miyaning kattalashishiga, aqlning paydo bo‘lishi va hokazo.
XX asr boshlarida Darvin nazariyasi genetika va boshqa fanlar ma’lumotlari bilan to‘ldirilib, evolyutsiyaning sintetik nazariyasi (STE) paydo bo‘ldi. Kreatsionizm va teosofiya tarafdorlari darvinchilarni evolyutsiyaning ma’naviy omillariga e’tibor bermaslikda va tasodifiy biologik o‘zgarishlarga olib kelishda tanqid qiladilar. Shu bilan birga teosofiya va Jonli Etika evolyutsiyani rad qilmaydi, nafaqat biologik jihat va kosmik jihatlarni qarab chiqishga chaqiradi.
Insonning ruhiy dunyosi. Insonning ruhiy dunyosi faqat ong sohasi bilan chegaralanmaydi, balki, uning doirasidan uzoqqa tarqaladi. Inson ruhiyatining bu sohasi ong sohasi doirasidan tashqarida bo‘lib, ongsizlik sohasi degan nom oldi. Sharqiy falsafiy va diniy ta’limotlarda bu sohaga katta e’tibor beraldi. G‘arb falsafasi an’analari to‘g‘risida bunday deb aytaolmaysiz.
Uzoq vaqt ongning har xil jihatlarini o‘rganishga ustun darajada murojaat qilindi. XIX-XX asrlarda haqiqiy G‘arb ongsiz dunyosi ochildi. XIX asrda postklassik falsafaning ko‘p oqimlari (hayot falsafasi, teosofiya,intuitivizm va boshqa) an’anaviy ratsionalizmdan chekinadi. Falsafiy ta’limotlarda har xil ongsizlik kuchlari – iroda, tug‘ma his tuyg‘u, intuitsiya, sezgi, yashirin ma’naviy qobiliyatlar birinchi o‘ringa chiqadi. XX asrda «psixoanaliz» deb atalgan falsafiy oqimda bu tendensiya rivojlanadi va eng avjiga chiqadi. Talantli avstriya psixologi va psixiatri Zigmund Frayd uning asoschisidir. Ongsizlik sohasini (tush, yanglishish, xato, unutuvchanlik, ixtiyorsiz harakat, gipnoz (ta’siri) tadqiq qilib, frayd shaxsning ruhiy struktura modelini ishlab chiqadi. Unda u uchta asosiy darajani ajratadi: ikkita ongsiz – quyi va yuqori – va bitta ongli.
Quyi darajadagi inson ruhiyati «U» atamasi bilan ifodalanadi. Bu ongsizlikning quyi sohasi – anglanmagan qiziqish va instiktlarning «qaynayotgan qozoni». Ularning muhimlari – hayot instinkti (Eros) va o‘lim instinkti (Tanatos) deb Freyd faraz qiladi. Hayot instinkti – avlodni saqlash va davom ettirishga urinish. U ongsiz seksual qiziqishni (libido) avjiga chiqaradi. O‘lim instinkti – bu ongsiz tajovuzkor kuch bo‘lib, avstriyalik psixiatr hayot instinkti keltirib chiqaradigan g‘azablanishlarni tenglashtirish deb qaraydi. «U» hayvonlar va ilk yoshdagi bolalar uchun xos bo‘lgan lazzatlanish tamoyiliga amal qiladi.
Ikkinchi darajadagi inson ruhiyati «Men» (yego) tushunchasi bilan ifodalandi. Ongning bu sohasi – ongsizlikning katta qorong‘i yer to‘lasidagi kichkina alanga shami «Men» tashqi reallikning «iz»i sifatida shakllanadi, lekin shu bilan birga «U»ning qiziqish va instinktlari bilan bog‘liq. Garchi Freyd reallik (istaklarni qondishdan voz kechishga qobiliyati) tamoyillariga amal qilib, ongning ba’zi bir mustaqilligidan voz kechmadi, shunday qilib u «U», «Men»ning yashirin harakatlantiruvchisi deb faraz qildi. ong buni hamma vaqtda ham anglamaydi.
Uchinchi darajadagi inson ruhiyati «Mendan yuqori- Men» (Super-Yego) atamalari bilan ifodalanadi. Bu ongsizlikning oliy sohasi bo‘lib, tarbiyaviy taqiqlar, ijtimoiy va axloqiy me’yorlar ta’sirida shakllanadi. «Yuqori-Men» - odam axloqiy tamoyillarining manbayi bo‘lib, uning ongida, masalan,vijdon, burch, sharaf sifatida namoyon bo‘ladi.
shunday qilib inson ruhi oliy va quyi ongsiz kuchlarning doimiy kurash sahnasiga aylandi. Yoki, boshqacha aytganda ma’naviy tamoyillar va hayvon instinktlari o‘rtasidagi kurashdir. Agar instinktlar yengsa, odam o‘zining insoniylik qiyofasini yo‘qotadi. Uning ongi quyi kuchlarga bo‘ysinadi va ongsiz qiziqishlarni doimo amalga oshirishga intiladi. Agar ma’naviy tamoyillar yengsa, qiziqishlar va instinktlar chegaralanadi. Ong quyi ongsizlik ustidan g‘alaba qozonadi va uning ichki turtkilarini nazorat qiladi. Odam ongsizlikning quyi sohasi ustidan ongning nazoratini kengaytirishga intilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |