Insonning mohiyati muammosi. «Inson»2 so‘zi eng ko‘p tarqalgan kundalik va ilmiy tushunchalardan biri hisoblanadi. Bu so‘zning tagida qanday mazmun-mohiyat yashiringan? Ma’lumki, tirik mavjudotning ma’lum biologik turi bu «Hemo Sapiens» – aqlli odamdir. Uning asosiy belgi va turlari qanday? U bo‘yi o‘rtacha– 160-180 sm bo‘lgan, pastki ikki oyog‘i bilan tik yuradigan, oziqlanish usuli aralash (hayvon va o‘simlik bilan oziqlanish), ko‘payish usuli – jinsiy, miyasi to‘liq,yuqori qo‘llari yaxshi haorakatlanadigan, o‘rtacha umr uzunligi – 65-85 yosh (XX asrda), ichki organlari, nutqi va aqli rivojlangan mavjudotdir. Ammo bu belgilar, uning tabiiy va ijtimoiy tirikchiligi bilan bog‘liq tashqi ko‘rinishi bo‘lib, lekin uning mohiyatini tushunish imkoniyatini bermaydi.
Mohiyat nima? Keng ma’noda – bu faqat shu hodisa va predmetga xos bo‘lgan eng muhim xususiyatdir. Ular bir-birini to‘ldirib, predmetning ichki asosini tashkil qilib, uning o‘zgarishi, o‘zaro ta’siri, rivojlanishinibelgilab beradi. Mavjudlik nima? Bu hodisa va predmetning real borligi, real hayoti: u o‘zini voqelikda qanday tutishi, namoyon qilishidir.
Faylasuflar mohiyat hamma vaqt chuqur yashiringan, mavjudlik esa yuzaga joylashgan deb faraz qildilar. Ana shunda ularning qarama qarshiligina namoyon bo‘ladi. Biroq real predmet mohiyat va mavjudlikning birligidan iborat. Mohiyatni tushunish mavjudlikni o‘rganish, tushunishga yordam beradi.
Falsafa tarixida inson to‘g‘risida juda ko‘p qarashlar mavjud bo‘lib, ulardan ba’zi bir eng ma’lum va xarakterlilarini umumlashtirilgan holda keltiramiz.
Odam – koinotning qismi, kichik koinot (mikrokosm) – qadimgi hind, xitoy, yunon falsafasi.
Odam – bu abadiy, mutloq ruh (Atman) – qadimgi hind falsafasi (yoga, vedanta).
Odam – barcha narsaning o‘lchovi – Qadimgi yunon sofistlari (Protagor va boshq).
Odam – siyosiyhayvon – Aristotel.
Odam – qiyofavaxudogao‘xshash – O‘rtaasrnasroniylik teologiya.
Odam – fikrlovchimavjudot – R.Dekart.
Odam – jonlantirilgan mashina – J.Lametri.
Odam-ikkidunyogategishlimavjudot. Tabiiy zaruriyat dunyosiga va axloqiy erkinlik dunyosiga – I.Kant.
Odam – tartibsizlik, ziddiyatlardan qo‘rqish, aql va jahl urushi. – B.Paskal.
Odam – aqllihayvon – K.Linney.
Odam – qurolishlabchiqaradiganhayvon – B.Franklin.
Odam – tanlovchimavjudot – S.Krkegor.
Ma’lumki, odamgayuqoridaberilganta’riflarningko‘pqismi tor va bir tomonlamabo‘lib, odam mohiyatitomonlariningbittasiniko‘rsatadi,xolos.
Umuman insonning mohiyatiga berilgan ta’riflarni to‘rtta asosiy yondashuvga (boshqalari ham bor) ajratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |