Tortinchoqlik qanday paydo bo‘ladi?



Download 17,5 Kb.
Sana24.09.2021
Hajmi17,5 Kb.
#183866
Bog'liq
5 chi savolga javob


Tortinchoq bolalarni o‘z tengdoshlaridan ajratib turuvchi to‘siqdan o‘tishi ular uchun qiyinchilik tug‘diradi. Munosabatlarni ehtiyotkorlik bilan o‘rnatuvchi bolaning ota-onasi o‘zini qanday tutishi lozim?

Tortinchoqlik qanday paydo bo‘ladi?

Nega bola tortinchoq bo‘lib qoladi? Farzandlari bolalar bog‘chasi yoki maydonchasida do‘st topishga qiynaladigan ota-onalarning ko‘pchiligi o‘ziga shunday savol bilan murojaat qiladi. Psixologlar uyatchanlikni ijtimoiy vaziyatlardagi noqulaylik hissi sifatida ta’riflaydi. U bolaga ijtimoiy rivojlanishga xalaqit beradi.

Bolaning shaxs sifatida shakllanishining dastlabki bosqichlarida uning kattalar bilan muloqoti katta ahamiyatga egadir. U o‘ziga baho berishda to‘lig‘icha uni tarbiya qilayotgan kishilarning fikridan mo‘ljal oladi. Ota-onalardagi qo‘pollik, keskinlik, bechidamlik kichkina odamchada ma’lum bir ijtimoiy vaziyatlarda tortinish kabi javob reaksiyasini yuzaga keltiradi.

Boladagi tortinchoqlikni qanday yengish mumkin?

Boladagi uyatchanlikni yengish uchun ota-ona bu muammoni o‘z vaqtida ko‘ra olishi kerak. Bolaga mutaxassislar yordami va yangi ko‘nikmalarni ishlab chiqish uchun guruh ko‘rinishidagi mashg‘ulotlar kerak bo‘ladi. Bu guruh bo‘lib o‘ynaladigan turli o‘yinlar bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, bola uchun yangi va kutilmagan vaziyatlarni keltirib chiqaruvchi turli mashg‘ulotlar ham foydalidir. Tasavvur qilib o‘ynaladigan o‘yinlar ham yaxshi: masalan, bola cho‘lga kelib qoladi va boshqa bolalarga bu yer qo‘rqinchli emasligi va cho‘lda ham suv va yegulik topish mumkinligini isbotlashi kerak. Tortinchoq bola yetakchi rolini bajarishi va boshqalarni o‘ziga jalb qilishi kerak.

Bundan tashqari, bolalarning kattalar bilan o‘rnini almashtirib o‘ynaladigan o‘yinlar ham tortinchoqlikni yengishga yordam beradi.

Tortinchoq bolaning ota-onasi o‘zini qanday tutishi kerak?

Ota-ona bolasini boshqa bolalar bilan muloqot qilishga qanchalik ko‘p undasa, bola shuncha ko‘proq o‘zini torta boshlaydi. Bolani tortinchoqlikdan majburlab chiqarib bo‘lmaydi. Uning ijtimoiy shaxsiyati tabiiy yo‘l bilan rivojlanishi mumkin bo‘lgan qulay shart-sharoitni yaratish lozim.

- Hech qachon bolangizni oldida "meni bolam tortinchoq" demang. Bunday gaplarni eshitgan bolada qo‘rquv va shubhalar yanada ortadi.

- "Tortinchoq bo‘lsang, hech kim seni yaxshi ko‘rmaydi, bolalar sen bilan o‘ynamay qo‘yadi" degan so‘zlarni unuting. Bunday muomala boladan o‘ziga ishonchi yo‘q shaxsni shakllantiradi.

- Boshqa odamlar va kichkina bolalar bilan salomlashganda jilmaying va farzandingizni ham shunga o‘rgating.

- Mas’uliyatli ishlarning bir qismini bolangizga yuklang. Masalan, u uydagi qo‘ng‘iroqlarga javob qaytarishi, do‘kondagi kerakli mahsulotlarni peshtaxtadan topib, uni o‘zi olishi, bolalar maydonchasida kimgadir yangi o‘yinni o‘rgatishi mumkin.



Farzandingiz tortinchoqligi tufayli kelajakda o‘zini yolg‘iz his qilmasligi uchun undagi bu odatni o‘z vaqtida bartaraf qiling.
Download 17,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish