Biologizatorlik yoki naturalistik yondashuv. Bu yondashuv tarafdorlarining fikricha, insonning mohiyati - bu uning tabiiy asosi bo‘lmish biologik jismlar va insonning tirikligini ta’minlovchi har xil organlarning xususiyatlardan iboratdir. Bunda insonning mohiyatni belgilovchi ijtimoiy va ma’naviy jihatlar qarab chiqilmasdan,faqat biologik jihatlar asos qilib olinadi. Bunday qarashlarni hind falsafasi charvak maktabining, yangi dunyo Yevropa faylasuflari J.Lamitri (mexanitsizm), T.Gobbe (mexanitsizm), L.Feerbax va boshqalarning izdoshlari yoqlab chiqdilar.
Teologik yondashuv. Bu yerda insonning mohiyati «jon» masalasiga bog‘lab tushuntiriladi. U biologik jism - tanaga qarama qarshi qo‘yiladi va inson mohiyatining ijtimoiy jihati bu yyerda odatdagiday qarab chiqilmaydi. Inson ruh (ilohiy asos), jon (ilohiy asosning aks ettirilishi, odamning «men»ligi, uning ongi), jismi (tabiiy asos) uyg‘unligi sifatida tushuniladi.
Antropogenez muammosi. Antropogenez3 – bu odamning kelib chiqishi va insonning keyingi rivojlanishi. Hozirgacha bu muammo fanda, falsafada va dinida ko‘plab munozaralarga sabab bo‘lmoqda. XIX va XX asrlarda ilmiy anropologiyasida odamning biologik evolyutsiyasi hukmronlik qilib, uning qaror topishiga ingliz naturalisti Ch.Darvin katta hissa qo‘shdi. Ammo bu nazariya o‘zining ko‘p kamchilliklariga ega. Masalan, hayot shaklining takomillashishi va murakkablashishida tasodifning roli, ongning rivojlanishida biologik omilning ko‘paytirilishi va boshqalar hisobga olinmaganligi shular jumlasiga kiradi.
Hozirgi madaniy makonda mavjud bo‘lgan odamzodning kelib chiqishi haqidagi har xil nazariyalarni uchta: teologik, biologik evolyutsiya va kosmik evolyutsiya konsepsiyalariga ajratish mumkin.
Antropogonezning teologik konsepsiyasi. Bu konsepsiya xudo tomonidan dunyo va odamning yaratilishi – kreatsionizm4to‘g‘risidagi diniy ta’limotning bir qismidir. Xudo o‘zining qudratiga binoan «o‘ziga o‘xshash» odamni yaratadi. Bu jarayon hech qanday evolyutsiyani ko‘zda tutmaydi. Injilda aytilishicha: odamning jismi, «yer,tuproq»dan yasalgan bo‘lib, xudo unga jon kiritgan. Shu tariqa, birinchi inson mavjudot erkak bo‘lgan. Keyinroq xotin uning «qovurg‘a»sidan yaratilgan. Boshda ular jannat bog‘larida yashagan. «Yaxshi va yomonni bilish» sin deb, ma’lum bir aybi uchun Xudo ularni yerdagi tabiiy hayotga tushirgan, odam urug‘i shunday boshlangan degan fikrga asoslanadi.
Teologik konsepsiyada bunday olganda odamning kelib chiqish jarayonini konkret tushuntirish yo‘q, uning yaratilishi to‘g‘risidagi «fakt»larni qayd qilish bor. Bu konsepsiyaning foydasiga xizmat qiluvchi jiddiy dalilliy asoslar ham noma’lum. Shuning uchun ham u ilmiy materializm tarafdorlari tomonidan, boshqa falsafiy ta’limot izdoshlari tomonidan ham qattiq tanqid qilinadi. Masalan, teosoflar odamning kelib chiqishini injilga tushuntirishni rad qilmaydi, lekin nasroniy cherkovlaridek uni tom ma’noda qabul qilish mumkin emasligini tasdiqlaydilar. Belgilar bilan to‘ldirilgan injil va boshqa muqaddas kitoblarni ekzoterik, germinevtik kalitlarni egallamasdan turib, ularni tushunish mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |