Odam hayoti ma’nosi muammosi. Nimaga u yashaydi, uning hayotining ma’nosi va maqsadi to‘g‘risidagi masalalar odamni hamma vaqt o‘ylantirib keladi. Ba’zan, bu masalalarni hal qilishga intilish ma’nosiz, hatto zararli deyiladi. Axir hayvonlar yashaydi, lekin o‘z hayotining mazmuni to‘g‘risida o‘ylamaydi. Lekin odam – hayvon emas. Uning ruhi, aqli ma’nosiz yashayolmaydi. shunday vaqt keladiki, bunday hayot odam uchun chidayolmas darajada bo‘ladi. Nimaga o‘qish, ishlash, kurashish, azob kurish, takomillashish kerak? Ruhshunoslar shuni aniqladiki – hayot ma’nosi va maqsadini yo‘qotsa odamni axloqiy, ruhiy va jismoniy turg‘unlikka, hatto inqirozga olib kelar ekan. Masalan, shu narsa ma’lumki fashistlar konslageridagi mahbuslar o‘z hayot ma’nosini izlashni yo‘qotib, kasallik va ochlikdan tez halok bo‘lganlar.
Odam hayoti ma’nosi muammosining ikki – sub’yektiv va ob’yektiv jihatlari bor. Hayotning sub’yektiv ma’nosi nima? Bu ma’no konkret odamning o‘zi, uning intilishlari va istaklari bilan bog‘liq. Bu u hayotdan nimani istaydi. Masalan, sevuvchi ona o‘z hayoti ma’nosini bola tarbiyasida ko‘radi. Ashaddiy kolleksioner – o‘z kolleksiyalarini saqlash va kupaytirishda. Dindor odam – xudoga xizmat qilishda. Egoist – o‘ziga o‘zi xizmat qilishda. Ma’lumki, hayotning sub’yektiv ma’nosi juda ko‘p. Garchi ko‘pchilik faylasuflar bitta umumiy hayot ma’nosi bor bo‘lib, boshdan mavjud odamning bilish – bilmasligidan, istash – istamasligidan xoli deb faraz qildilar. U dunyo yaratuvchisi, kosmik borliq tomonidan oldin berilgan va hayotning ob’yektiv ma’nosi hisoblanadi.
Ma’lumki, falsafani eng oldin hayotning ob’yektiv ma’nosi qiziqtiradi. Boshqa masalalardagi kabi bu yerda ham faylasuflarning fikri bir biridan farq qiladi. Garchi asosiy, keng tarqalgan javoblar kam.
Faylasuf-materialistlar hayot ma’nosini lazzat olishda (chorvak, epikurchilar) yoki jamiyatni va o‘z mohiyatini takomillashtirishda (markizm) ko‘rdilar.
Faylasuf-idealistlar hayot mazmunini dunyodagi doimiy buzulishlardan, azob-uqubatlardan xalos bo‘lish, oliy ruhiy dunyo va abadiylikka erishish (vedanta, yoga, buddizm), xudoni bilish va ilohiy dunyoda xudo bilan birga jonning abadiy hayotligiga erishish (nasroniylik, islom) deb xisoblaydilar.
Teosofiya va bilishning ezoterik an’analariga yaqin falsafiy oqimlar hayotning maqsad va ma’nosini, borliqni bilishda, ma’naviy takomillashishda, oliy ma’naviy mavjudotning o‘zgarishida, oliy ruhiy dunyodagi hayotga va abadiylikka erishishda, koinotda hayot evolyutsiyasiga xizmat qilishda ko‘rdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |