Markaziy Osiyo o’lkasining hayvonot dunyosi



Download 10.68 Kb.
Sana09.09.2017
Hajmi10.68 Kb.

Aim.uz

Markaziy Osiyo o’lkasining hayvonot dunyosi.

Markaziy Osiyo hayvonot dunyosi boy va rang-barang bo’lib, ular asosan dasht, chalacho’l va cho’l sharoitiga moslashgan. O’lka hayvonot dunyosining aksariyati quruq va issiq yozga, sovuq qishga, suvsizlikka bardosh bera oladi. Bu o’lkada hayvonot dunyosining Eron, O’rta Yer dengizi, O’rta Osiyoga xos bo’lgan vakillari bor.

Dasht hayvonlari. Dashtda asosan chalacho’l va mo’'tadil iqlimga moslashgan hayvonlar tarqalgan.Har xil qushlar, kemiruvchilar, tuyoqli hayvonlar keng tarqalgan.Qushlardan: to’rІay, oq kaklik, qutb boyqushi va boshqalar; kemiruvchilardan: har xil sichqonlar, kalamush, yumronqoziq va boshqalar; tuyoqlilardan: oqquyruq, jayron, tulki, tarpan (yovvoyi ot), qulon (yovvoyi eshak) va boshqalar; sudralib yuruvchilardan: ilonlarning bir qancha turlari mavjud.

Chalacho’l hayvonlari. Bu zonada yozning issiqligi va quruqligi hamda qishning juda sovuqligi hayvonlarni turli sharoitda yashashga moslashtirgan. Ko’pchilik hayvonlar qishda uyquga ketsa (qo’shoyoq), ba'zlari yoz va kuzda yiqqan ozuqalarini qish paytida inlarida iste'mol qiladilar (sichqon, kalamushlar).

Chalacho’lning asosiy hayvonlari bo’ri, tulki, sassiqko’zan, oq sichqon, yumronqoziq, qo’shoyoq, oqquyruq va hokazolar. Chalacho’lda eng ko’p uchraydigan hayvon yumronqoziqdir. Kemiruvchilardan har xil sichqonlar, kalamush, qo’shoyoq ko’p.

Orolbo’yi, Ustyurt, To’rІay, Balxash bo’yi qumlarida tuyoqlilardan oqquo’yruq, jayron ko’p uchraydi.

Parrandalardan oq va qora to’rІay, turnalar, bulduruqlar, tuvaloq, boyqush, lochin, burgut va boshqalar.

Sudralib yuruvchilardan toshbaqa va kaltakesaklar, har xil ilonlar ko’p. Zaharli chayon, tarantul (biy), faoanga, qoraqurtlar bor.

Cho’l hayvonlari. Cho’l hayvonlari nihoyatda xilma-xil; yuqori harorat, qumli, gilli, toshloq, sho’rhok sharoitlarda yashashga moslashgan. Cho’lning asosiy hayvonlariga yumronqoziqlar, qum sichqonlari, qo’shoyoqlar, tulki, chiyabo’ri, barxan mushugi va boshqalar.

Јushlardan to’rІay, xo’jasavdogar, yilqichi, tentakqush, so’fito’rІay, saksovul chumchuІi ko’p.

Cho’lda toshbaqa va kaltakesaklar juda ko’p. Bu yerda shuningdek Turkiston agamasi yashaydi. U jazirama issiqda saksovul ustiga chiqib jon sayqlaydi.Qumli cho’lda har xil zaharli ilonlar ham ko’p. (qum buІma iloni, charxilon (efa), kobra va boshqalar).

Yirtqichlardan bo’rsiq, bo’ri, yirtqich qushlardan tasqara, burgutlar mavjud.

Tog`li o’lkalar hayvonlari. Chalacho’llardagi Tog`larda ham cho’llarga xos bo’lgan hayvonlar yashaydi. Yirik hayvonlardan tulki, bo’ri, yovvoyi qo’y (arxar), jayron, sayІoq yashaydi.

Kaltakesaklardan Turkiston agamasi, parrandalardan so’fito’rІay, bo’zdak, ko’k qarІa, kaklik ko’p uchraydi.

Tog`li o’lkalarning bargli o’rmonlarida jayra, ayiq, to’nІiz, tyanshan bo’rsiІi ko’p uchraydi.

To’qay hayvonlari. Bu hayvonlar asosan Amudaryo, Sirdaryo, Iee, Chu, Sarisuv, Atrek daryolarining qayirlarida ko’p. To’qaylar uchun xos bo’lgan va eng ko’p uchraydigan hayvonlarga to’nІiz, to’qay mushugi, bo’rsiq, bo’ri, quyon, suv kalamushlarini ko’rsatish mumkin.

Parrandalardan o’rdak,g`oz, loyxo’rak, baliqchi, qorabuzov, flamingo, birqozon, qirg`ovul va boshqalar.



Tayanch so’zlar.

Tuproq hosil qiluvchi faktorlar. Tuproq gorizontal va vertikal zonalari. Azonal tuproqlar. Tuproq tiplari. Tuproqning chirindi tarkibi. O’simlik turlari. Efemer va efemeroidlar. Dasht. Chala cho’l. Cho’l.Qumli cho’l o’simliklari. O’simliklarni geografik o’lkalarga ajratish. Tog`li o’lka o’simliklarining tabiiy komplekslari. Dasht hayvonlari. Chala cho’l va cho’l hayvonlari. Tog`li o’lkalar hayvonlari. To’qay hayvonlari.

Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa