Yillarda Italiya



Download 63,2 Kb.
Sana09.03.2022
Hajmi63,2 Kb.
#487511
Bog'liq
Yillarda Italiya


Aim.uz

1870 - 1898 yillarda Italiya


Italiya Respublikasi. Italika – qabilalari etnonimidan.
Italiya shimoldan Shveycariya va avstriya bilan, sharkdan Sloveniya va Adriotika dengizi bilan, janubi – sharqdan Ionika dengizi bilan, garbdan Fransiya, Laguriya dengizi, Tirren dengizi va O’rta Yer dengizi bilan chegaralangan.
Maydoni – 301 230 kv.km.
Administrativ bo’linish: 20 viloyat: Abrutsi, Bazilikata, Valle-d’Aosta, Veneto, Kalabriya, Kampan`ya, Latsio, Liguriya, Lombardiya, Marke, Molize, Pul`ya, P`emont, Sardiniya, Siciliya, Toskana, Trentino-Al`to-Adidje, Umbriya, Friuli –Venetsiya-Djuliya, Emiliya -Roman`ya.
Yirik shaharlari : Rim, Milan, Turin, Genuya, Neapol`, Palermo.
Daryo va kullari : Po, Adidje va Brenta daryolari, Komo, Lago-Madjore, Bol`sena va Izeo ko’llari.
Foydali qazilma boyliklari: Toshko’mir, qo’ngir ko’mir, lignit, neft`, yoqilgi gaz, oltingugurt.
Aholisi – 57.5 mln.kishi (2000). Tarkibi – ital`yanlar –98%, nemislar, sloveniyaliklar, albanlar, greklar, fransuzlar – 2%.
Valyuta: pul birligi – italyan lirasi - 100 sentesimo. Valyuta nazorati – Italiya valyuta byurosi tomonidan. emissiya instituti – Italiya Banki.
Boshqarish shakli - respublika.
Davlat boshlig’i – prezident.


Italiyaning milliy davlat bo’lib birlashishi mamlakatda kapitalistik tuzumni barqaror qilish protsessini tezlashtirish uchun ob’ektiv shart-sharoitlar yaratib berd.i. Bu protsess burjua-demokratik revolyutsiyaning tugallanmaganligi bilan bog’liq bo’lgan maxsus tarixiy vaziyatda davom qildi. Yangidan tuzilgan burjua davlatiga og’ir feodal qoldiqlari meros qolgan edi. Italiya agrar mamlakatligicha qolaverdi; Italiyaning o’rtacha yillik sanoat mahsuloti qiymati 1861—1870 yillarda bir milliard lirani tashkil qilardi, holbuki, qishloc xo’jalik mahsulotining qiymati 3 milliard lirani tashkil qilardi. Erga asosan yirik va juda yirik zamindorlarning egalik qilishi saqlanib qolgan edi, buning ustiga dehqonlarning erdan foydalanishning qoloq formalari hukm surardi. Pomeshchiklar erining katta qsmi mayda va juda mayda uchastkalarga bo’li bu yerlar juda ogir shartlar bilan dexdonlarga ijaraga berilardi (nimkorlik, kolonat).
Dehqonlar mulkdorligining salmog’i katta emas edi. Mulkdor dehqonlar juda ko’pchiligining bir gektardan oshmaydigan bir parcha chek eri bor edi.
Italiyaning birlashuvidan chiqadigan ijtimoiy-siyosiy natijalarni oldindan belgilab qo’ygan narsa burjua-demokratik revolyutsiyaning tugallanmaganligi edi.
Italiya davlati eski feodal davlat ele mentlaridan ancha-munchasini o’ziga meros qilib olgan burjua konstitucion monarxiya edi.Konstitutsiya konservativ kuchlarning anchagina hokimiyatga ega bo’lishini ta’minladi — bu konstitutsiya 1848 yil revolyutsiyasi davrida in’om qilib berilgan Sardiniya qirolligining mo’’tadil statusiga asoslangan edi. Davlat boshlig’i ijroiya hokimiyat namoyandasi qirol edi; ministrlar, oliy fuqaro va harbiy vazifador kishilarni qirol tayinlar va vazifasidan tushirardi. Tashqi siyosat ishlari va qurolli kuchlarga qo’mondonlik qilish qirol qo’lida edi, qirolga palatani muhlatidan ilgari tarqatib yuborish huquqi berilgan edi.
Qonun chiqaruvchi hokimiyat qirol tomonidan va ikki palata- senat va deputatlar palatasi tomonidan amalga oshirilardi. Senat qirol tomonidan umrbod tayinlanadigan kishilardan (qirol xonadoni avlodlaridan, aristokratlar, oliy mansabdorlardan, episkoplardan) iborat tuzilardi.
Deputatlar palatasi besh yil muddatga cenzli saylov huquqi asosida saylanardi, bu saylov huquqi bir tuda mulkdor grajdanlar tabaqasiga imtiyozlar berardi. 1882 yilga qadar 28 million aholisi bo’lgan bu davlatda faqat 600 ming kishi, ya’ni hamma grajdanlarning 2 foizidan sal oshig’rog’i saylov huquqidan foydalanardi.
Yangi hokimiyatning sinfiy tabiati, burjuaziya hukmron guruhlari va burjualashgan dvoryanlarning monarxiya va reakcion eski rejim kuchlari bilan bitishishga intilganligi, nihoyat, bu reakcion kuchlarning siquvi yangi hukumatlarning njtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faoliyatida juda katta qarama-qarshiliklar yuz berishiga sabab bo’ldi; ularning faoliyatida progressiv tendenciyalar konservativ tendenciyalar bilan va hatto ochiqdan-ochiq reakcion tendenciyalar bilan to’qnash kelib, bir-biri bilan chirmashib ketdi.
Yirik burjuaziyaning (yirik zamindorlar, savdogarlar, sudxo’rlar, bir oz sanoat burjuaziyasining) burjualashgan pomeshchiklar bilan tuzgan bloki davlatdagi hukmron ijtimoiy kuch edi. Bu blokda yirik zamindorlar hal qiluvchi rol’ o’ynardi. Bu zamindorlarning manfaatlarini «o’nglar» degan liberal-monarxistlar guruhi ifoda qilardi, bu guruh Risorjimento zamonidagi mo’’tadil (kavuristik) oqimning davomidan iborat guruh edi. 60- yillardayoq bu gruppa mamlakatni monopol tarzda tanho idora qilib keldi, lekin birlashish tugallangandan keyin ham «o’nglar» guruhi parlamentdagi hukmronligini davom ettirdi va Italiya davlatining dastlabki hukumatlariga (1869-1873 yillarda Lanc ministrligiga va 1873—1876 yillarda Mingetti ministrligiga) rahbarlik qildi.
Burjuaziyaning hukumatga oppoziciyada bo’lgan, «so’llar» degan boshqa bir siyosiy guruhi o’zining tarkibi jihatidan xilma-xil edi. Bu guruh iktisodiy jihatdan rivojlanayotgan yangi sanoat va moliya doiralarining manfaatlarini ifoda qilardi, shu bilan birga, o’rta va mayda burjuaziyaning ko’prok radikal oppoziciyachi guruhlarini ham o’ziga tortib turgan markaz edi.
Birlashgan Italiya vujudga kelgan dastlabki yillardan boshlaboq hukmron burjua va pomeshchiklar guruhlari o’zlarining iqtisodiy poziciyalarini mustahkamlash uchun davlat hokimiyatidan foydalanish taraddudiga tushib qoldilar.
Mamlakat oldida juda murakkab moliya muammolari ko’ndalang bo’lib turgan edi. Birlashgan Italiyaga ilgarigi hokimlardan juda og’ir meros qolgan edi: 1859 va 1866 yillardagi urushlarda bo’lgan katta-katta harajatlarni, eski hukumatlarning chet davlatlardan olgan qarzlarini to’lash lozim edi. Bu birlashish harajatlariga yana temir yo’llar qurish, davlat apparati va armiya saqlash uchun katta-katta yangi chiqimlar kelib qo’shildi. 1870 yilda davlatning hamma karzi 8300 million liraga yetdi. Tobora o’sib borayotgan chiqimlarni qoplash uchun «o’nglar»ning hukumatlari davlat zayomlari chiqarishga, ham mamlakatning ichidagi, ham tashqaridagi kapital egalariga yordam so’rab murojaat qilishga majbur bo’ldilar. Buning natijasida davlatning so’dxurlar va bank korchalonlariga qaramligi kuchaydi, ular uchun davlat olgan qarz osongina boyib olish manbai bo’lib qoldi. Chet el kapitali, ko’proq fransuz kapitali (Rotshil’d, Pereyr) mamlakatga juda ko’plab kirib keldi.
Italiyaning davlat qarzi shiddat bilan ko’payib boraverdi, natijada «o’nglar»ning hukumatlari daromadlarni ko’paytirish yo’li bilan byudjetni baravarlab turish maqsadida «juda qattiq tejab-tergash» siyosatini yurgizishga majbur bo’ldilar. Hatto burjuaziyaning ma’lum tabaqalari manfaatlariga daxl qilgan bu siyosatning tig’i asosan keng xalq ommasiga qaratilgan edi. F. engel’s ko’rsatib o’tgandek, «o’nglar» guruhi «burjua tartibi biron vaqt kashf qilgan»' eng vahshiyona fiskal’ sistemasini joriy qilgan edi. «O’nglar» hukmronligining so’nggi yilida (1876 yilda) davlat qarzi juda ham ko’­payib 990 million liraga yetdi. Shundan 65 foizi kambag’al aholi zimmasiga tushgan egri soliqlar edi. Tuz, tegirmon solig’i yana tiklangan edi, ko’p joylarda hatto havo bilan nurga ham soliq solingan edi, chunki deraza uchun ham soliq olinardi. To’g’ri soliqlar (jumladan, yer solig’i) asosan mayda va o’rta mulkdorlarga qarshi qaratilgan edi.
Hukmron sinflarning agrar siyosati ham shunday tamagirlik bilan yurgizilardi. Hukmron sinflar dvoryanlar er egaligiga dahl qilishga jur’at etolmay (hatto Burbonlarning tarafdorlari bo’lganlarning va avstriyaparast dvoryanlarning er mulklariga aslo dahl qilinmagan edi), cherkov, davlat va jamoalarning yer-mulklariga dahl qilmaslikni bekor qilish yo’lidan bordilar, bu yyerlar mamlakatdagi butun yer fondining kamida oltidan birini tashkil qilardi.
Birlashishdan keyiigi dastlabki un yilliklarda cherkov mulklaridan 750 ming gektar yer musodara qilindi va sotildi, Siciliyada umrbod ijaraga berilgan 190 ming gektar cherkov eri bu hisobga kirmaydi. Bundan tashqari, ko’p qismi mamlakatning janub tomonlarida va orollarda joylashgan davlat va jamoa yyerlaridan, 1,6 million gektari ishga solingan yoki zamindorlar o’rtasida «taqsim» qilingan edi.
Cherkov va davlat yyerlarini sotish juda jadallik bilan amalga oshirildi (er sotish ishlari asosan 1868—1880 yillarga to’g’ri kelgan edi). G’azna pulga juda muhtoj edi, lekin qo’lida kapitali bor burjua esa yer sotib olishga shoshilar edi. Auksionlarda poraxo’rlik avjiga chiqdi, kishi bilmas har xil fribgarliklar qilindi, yirik burjua-pomeshchiklar va dvor­yanlar qo’l ostilaridagi qurolli bandit tashkilotlari orqali, masalan, Siciliyada «maxfiy» degan tashkilot orqali ish ko’rdilar. Ular mahalliy ma’muriyat amaldorlari bilan kelishib, hatto cherkov yerlarini sotib olishda «xudoning qahridan» qo’rqib dehqonlarning diniy taassublaridan ham foydalandilar. «Dehqon, hatto mayda pomeshchik bunday kuchga qarshi qanday qilib ham kurash olib bora olar edi. Bunday dehqon yoki pomeshchik o’zi uchun - o’shanda ham baland narx bilan — biron tashlandiq er uchastkasini zo’r mashaqqat bilan qo’lga kiritib olardi»— bo’lg’usi ministr Sonnino singari konservativ arbob ham shunday deb haqiga ko’chishga majbur bo’lgan edi.
Sotilgan yerlarning juda katta qismi burjuaziya qo’liga kirdi; jamoa yerlarining juda katta qismi hai shu burjuaziya qo’liga o’tib qoldi, bunday yerlarni o’zboshimchalik bilan tortib olishni hukumat qonunlashtirib qo’ygan edi. Lekin er-mulklarning qayta taqsimlanishi er munosabatlarida radikal o’zgarish bo’lishiga olib bormadi.
To’g’ri, birlashishdan ancha ilgari dehqonchilikning kapitalistik shakllari rivojlana boshlagan shimolda (Lomoardiya, Pemont va qisman Emiliyada) yirik kapitalistik xo’jaliklar sekin-sekin hal qiluvchi o’ringa chiqa boshlagan edi. Bu xo’jaliklarda yirik kapitalistik ijara ustun turardi va qishloq xo’jalik ishlarini yollanma ishchilar bajarardi. Juda keng ko’lamda irrigaciya va botqoqliklarni quritish ishlari amalga oshirildi, yangi texnika joriy qilindi, kimyoviy o’g’itlar ishlatiladigan bo’ldi. Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini ixtisoslashtirish tobora kuchaydi. Buning natijasida Lombardiyada yetishtirilgan yalpi qishloq xo’jalik mahsuloti XIX asrning oxiriga borganda teng baravar oshib ketdi.
«Klassik nimkorlik» hukmronlik qilgan markazkiy Italiya (Toskana, Marke, Umbriya) ning agrar ekonomikasi ham XIX asrning so’nggi o’n yilliklarida kapitalistik asosda yangidan qurila boshladi. Nimkorlik shartnomalarining mazmuni ham o’zgardi: er egasi xo’jalikka beradigan kapitallari va mehnat qurollari hissasini oshirib, tobora agrar kapitalistga aylanib bordi, nimkorchi esa amalda yollanuvchi ishchi darajasiga tushirildi.
Hatto feodal qoldiqlari hammadan kuchliroq sezilib turadigan Janubiy va Orol Italiyasiga ham kapitalistik munosabatlarning kirib kelishi eski tuzumga putur etkaza boshla­di: qishloq xo’jaligining tovarliligi oshdi, yollanuvchi ishchi kuchini ko’llanishning salmog’i ko’paydi, qishloqda er burjuaziyasining, sekin-sekkn kapitalistga aylanayotgan yirik ijarachi dallolning ta’siri kuchaydi. Sudxo’rlik kapitali qishloqni chulg’ab oldi.
Lekin ekspluatatsiyaning yangi kapitalistik shakllari hali ham yashovchan yarim feodal munosabatlar sistemasnga singib borardi.
Italiyaning hamma erida mulkdor dvoryanlargina zmas, shu bilan birga, zamindor burjuaziya ham eski ekspluatatsiya shakllarini yo’qotmadilar. Qoloqlik va yarim krepostnoylik tutqunligi abadiy qilib qoldirildi. Hatto Italiyaning shimolida ham kapitalistik agrar ekonomikaning rivojlangan shormalari bilan bir qatorda nimkorlik yoki mayda dehqon xo’jaligi davom qila bordi, bu xo’jalik primitiv usullar bi­lan olib borilar edi.
Qishloq xo’jalik ishchilari, masalan, «majburlar» dsb atalganlar («chek eri bor» ishchilar) ish haqining bir qismini natura holida olardilar va hamon yirik zamindorga shaxsan qaram edilar. Markaziy Italiyada nimkorlik shartnomalarida krepostnoy dehqonning zamindorga yarim krepostnoylik qaramligining turli formalari qayd kilinardi.
Italiya qishloq xo’jaligida kapitalizm «prus» taraqqiyoti yo’liga yaqinlashib keladigan yuldan, ya’ni yarim feodal munosabatlarni sekin-sekin burjua munosabatlariga aylantirish yo’lidan, dehqonlar ommasining sekin-sekin mashaqqat bilan xonavayron bo’lishi yo’lidan rivojlanib bordi.
Yangi hukumatning agrar siyosati uchun qilingan hujjatlar
birinchi navbatda dehqonlar bo’lishi zimmasiga tushdi. Burjuaziya va dvoryanlar tomonidan aldangan dehqonlar asrlardan buen kurashib orzu qilib kelgan erga ega bulish u yoqda tursin, ilgari jamoa va davlat yerlaridan foydalanib kelgan huquqlaridan ham mahrum etildi.
Qo’shimcha kasb-korlarning sanoat konkurenciyasi ostida halok bo’lishi dehqonlarni muhim daromad manbaidan mahrum qilardi, ularning shundoq ham omonat turgan xo’jaliklari zaminiga bolta urardi. Urmonlarning kesib tashlaiishi, ayniksa mamlakat janubida, qishloq ekonomikasiga katta zarar etkazdi —1860 yildan 1890 yilgacha ikki million gektar erdagi o’rmon kesib tashlangan edi. Shu vaqtdan boshlab tepaliklarning emirilishi, er siljishi va toshqinlar tez-tez bo’ladigan hodisaga aylandi,
Mamlakat birlashtirilgandan keyin dexconlarning yana ham kuproq xonavayron bulishiga boshgqa hodisalar ham: qattiq soliq zulmi, sudxo’rlarning hujumga o’tganligi, agrar krizislarning dehqonchilikni vayron qilganligi ham sabab bo’ldi. G’azna 1873 yildan 1881 yilga qadar 61831 mayda er uchastkalarini soliq to’lamaganliklari uchun musodara qildi. Dehqonlarning mulklarini puldorlar (agrar burjuaziya va banklar) foydasiga ekspropriaciya qilish hodisalari bundan ham ko’proq avj olib ketdi.
Bir parcha eri bor dehqon xo’jaliklarining emirilishi, dehqonlarning ommaviy qashshoqlanishi yirik burjuaziya er mulklarining tobora kengayib borish protsessining teskari to-moni edi. Er tobora kuproc kapital z^ukmronligi ostiga kirib bordi. Kishlokda tovar-bozor munosabatlari tobora keng su-ratda kirib bordi, bu esa dezdonlarning taba^alanishini ku« chaytirib yubordi, dezdonlar orasidan yangi badavlat zamindorlar tabakasi ajralib chiqdi. Shu bilan birga, juda katta qishloq xo’jalik va sanoat proletariatidan iborat rezerv ar­miya vujudga keldi.
Nimkorlar, kolonlar, batraklar shafqatsizlik bilan eks­pluataciya qilinardi, ular orasida kasallik va o’lim kuchayib ketgan edi, dehqonlar butunlay deyarli savodsiz edi (1871 yilda Italiya aholisining 70 procenti, janubdagi axolining esa hatto 80 procentidan oshig’i savodsiz edi)—dehqonlarning ahvoli ayniksa mamlakat janubida ana shunday edi. Shunday qilib, qishloqdagi kapitalistik islohotlar protsessi mamlakatni industrlash uchun zamin tayyorlagani holda, bu protsessning sekin borganligi, tugal emasligi, juda ko’p xalq ommasining turmushi qashshoqligi natijasida ichki bozor torayib ketdi, demak, Italiyaning sanoat jihatidan rivojlanishiga to’sqinlik qildi.
Mamlakat birlashtirilgandan keyingi dastlabki davrda sanoat avval boshdanoq davlat yordamida va chet el kapitaliga suyanib, sekinlik bilan va notekis rivojlanib bordi. Temir yo’l qurilishi bundan mustasno edi, chunki u kapital solish va kapital jamg’arish jixatidan eng foydali soxa edi. Temir yul qurilishi keng quloch otib ketdi: 1875 yilga borib temir yullarning uzunligi 7675 kilometrga yetdi, holbuki 1859 yilda bor-yugp 1707 kilometr edi. Bu narsa mahalliy bozorlarning bog’liqligni tugatishga va dehqonchilikdagi yarim natural formalarnikg barbod bo’lishiga yordam berdi.
Savdo floti qurish keng avj olib ketdi, chunki uni hukumat rag’batlantirib turdi: uning tonnaji 1862 yildagi 10 ming tonnadan 1877 yilda 1 million tonnaga yetdi, shunday qilib, Italiya savdo floti dunyoda uchinchi uringa chiqib oldi.
1870—1880 yillarda ikki tunnel’ — Mon-Seni va Sen-Gotard tunnellari qurildi, ular Italiyani Fransiya va Shveycariya bilan bogladi, Italiyaning G’arbiy va Markaziy Yevropa mamlakatlari bilan savdosining rivojlanishiga yor­dam berdi.
Kon sanoati juda zaif rivojlanib bordi, oltingugurt qazib chiqarishgina ancha o’sdi. Sanoatdagi o’zgarish to’qimachilik sanoatida, garchi miqyosi jixatidan uncha katta bulmasa xam, anchagina uzgarishga sabab bo’ldi. Ipak gazlama sanoatida 1874 yili 12 ming dona qo’l bilan ishlatiladigan va 665 dona mexanik -tukuv stanogi (Lion ipak gazlama sanoatnda bundai stanoklarning soni 5 milliontaga etgan edi) va 2 millionga yaqin urchuq bor edi; ip gazlama sanoatida 1863 yili 400 ming urchuk bulgan bulsa, endi ulariing soni 750 mingga etgan edi; jun gazlama sanoatida urchuklar soni 300 mingga etgan edi. Ipakli buyumlar ishlab chiqarish tez rivojlandi. Bu sanoatning bir qancha tarmoqlarida 70- yillar oxiriga borib fabrikalar bunyodga kela boshladi. Tudimachilik sanoatining boshqa tarmoqlarida tarqoq manufaktura hukmronligi davom kilaberdi.
Mashinasozlik yangi kuch bilan rivojlanib ketdi; temir yullar curilishi, kemasozlik materiallari va harbiy materiallarga davlat tomonidan zakazlar berilishi sanoatning bu tarmogini rivojlantirishga yordam berdi.
Umuman olganda Italiya sanoati rivogklanish darajasi jihatndan ilgor kapitalistik mamlakatlardan xali ancha oreada kolib kelayotgan edi. «Unglar» hukumatlarining zur berib yurgizib kelayotgan erkin savdo siyosati burjua fritrgderchiliklashgan va kishloq xo’jalik mazhsulotlarini Chet ellarga chikarib turadigan pomeshchiklarning manfaatlariga shuningdek, keng savdo burjuaziyasi doirasining manfaatlariga muvofiq edi.
Italiyaning tashki savdo oboroti birlashishdan oldin 1 milliard lira bo’lgan bulsa, 1876 yilda «o’nglar» siyosati na­tijasida 3,5 milliard liraga yetdi; Italiya fakat Yevropa kit’asi bilan emas, Amerika kit’asi bilan ham juda qizg’in savdo-sotiq qilib turdi. Italiya importining kattagina qismini xom ashyo va uskunalar, shuningdek, tayyor maxsulot va yarim fabrikatlar tashkil kilardi.
«erkin savdo» davrida Italiyani to’ldirib yuborgan chet el mahsulotlari — Fransiyadan, Angliyadan keltiriladigan arzon mahsulotlar xonaki ishlab chiqarishning barbod bo’lishini tezlashtirdi, ayniqsa janubda manufaktura poziciyalariga putur etkazdi Bu bilan chet davlatlar konkurenniyasi Italiya­ning industriya jihatidan rivojlanishi uchun ob’ektiv suratda zamin hozirlab berdi: bu konkurenciya sanoat ishlab chiqarishining qoloqroq tashkiliy shakllarini barbod qilish bilan birga, kuchliroq va iqtisodiy jihatdan barqarorroq shimol fabrikantlarini o’z korxonalarini yangi texnika bilan jihozlash va shu yul bilan o’z poziciyalarini mustahkamlashga majbur qildi.
Lekin bu protsesslarning okibat natijalari birdaniga namoyon bulmadi. Dastlabki vaqtlarda mamlakatga keng miqyosda kirib kelayotgan ajnabiy tovarlardan milliy sanoat anchagina zarar ko’rdi. Lion ipak bugomlar'l konkurenciyasi ayniqsa og’ir ta’sir qildi. Ko’pgina ital’yan firmalari, ayniqsa, shoyi va ip gazlama fabrikalariiiig vakillari o’z mahsulotlarini sotishda katta-katta qiyinchiliklarga duch kelayotganliklarini aytib shikoyat qilishdai aslo tinmay qoldilar; «erkin savdo» siyosati ichki bozorni o’z qo’liga kiritib olishda ularga to’sqinlik qildi.
«O’nglar» hukmronligining o’n yili mobaynida yuz bergan iqtisodiy va ijtimoiy siljishlar natijasida mamlakatda yangi ichki siyosiy holat yuz berdi. O’ngdan, ayniksa so’ldan hukumatga oppoziciya kuchaydi.
Reakcion feodal kuchlar, katoliklar cherkovining futfusi bilan yangi tartiblarga dushmanlik ko’zi bilan qarashlaridan voz kechmadilar. Papa dunyoviy hokimiyatining ag’darilishini ham, cherkov yerlarining sekulyarizaciya qilinishini ham, 40853 diniy jamoaning bekor qilinishini ham cherkov kechib yuborishi mumkin emas edi. «O’nglar» Vatikan bilan kelishib olish payida bo’lib, cherkovni idora qilishda papaga to’la erk bergan «garantiyalar» qonunini (1871 yil) palata tasdig’idan o’kazib oldilar. Bu qonun Vatikanning daxlsizligini, papaning kurolli gvardiya sak,lash va chet davlatlar bilan diplomatik munosabatlar urnatish xukucini e’tirof qilgan edi. Ital’yan davlati har yili papaga 3225 ming lira subsidiya tulab turishi lozim edi. Katoliklar dini «davlatda birdan-bir din» deb e’lon qilingan edi. Lerin bu yon berishlar papani qanoatlantirmadi. Papa Fransiya, Avstriya, Germaniyaning klerikal doiralariga suyanib, Italiya davlatiga qarshi diplomatik fisk-fasodlarini davom qildira berdi, mamlakat ichida aholining katoliklar ommasini, ayniqsa janub dehqonlarini yangi hokimiyatga qarshi qo’zgatishga harakat qildi. 1874 yilda papa tomonidan tasdiqlangan «non exredit» («ruxsat yo’k») degan prin­cip ham uning mana shu niyatiga xizmat qildi, bu princip 1871 yilda o’rtaga qo’yilib, dindor ital’yanlarning parlament saylovlarida qatnashuvini taqiqlagan edi.
Lekin «o’nglar» hokimiyatiiing tobora zaiflashib borishining asosiy sababi — mamlakatda oppoziciyachilik harakatining kengayib borayotganligi edi. Bu harakat hukmron blokning ikdisodiy va siyosiy faoliyatidan ma’lum darajada zarar ko’r­gan turli ijtimoiy qatlamlarni qamrab olgan edi.
«O’nglar» hukmronlik qilgan yillarda mulkdor sinflarning turli frakciyalari o’rtasidagi kuchlar nisbati o’zgardi. Spekulyantlik operatsiyalarida boyib olgan moliya korchalonlari va yirik savdogarlar, zamindor kapitalistlar va yosh sanoatchi bur­juaziya tobora kattaroq rol’ o’ynay boshladi. Ana shu yangi ijtimoiy gruppalarning hammasi iqtisodiy yo’lni o’zgartirishdan o’zlarini qisib qo’ygan «qat’iy tejab-tergash» dan va «erkin savdo» dan voz kechishdan manfaatdor edilar; ular burjualashgan pomeshchiklar va zamindor burjuaziyaning siyosiya jihatdan ustunligiga ortik. chidab yuraverishii xohlamasdan, davlatni idora qilishda kengroq qatnashish uchun kurash olib bordilar. «So’llar» ana shu yangi gruppalarning manfaatlarini tobora qat’iyroq ifoda qiladigan bo’ldilar.Mamlakatni birlashtirish uchun kurash natijalarini ko’rib hafsalasi pir bo’lgan shahar va qishloqdagi mayda va o’rta burjuaziya ko’proq radikal talablarni o’rtaga qo’ya boshladi. Bu burjuaziya «so’llar»ni qo’llab-qo’ltiqlab, ularning salmog’i va kuchini oshirib yubordi. Mayda burjuaziyaning ilgor elementlari demokratlar va respublikachilarning kadrlari bo’lib, ular yangi hukumatning solik, zulmiga va byurokratik centralizmiga qarshi, antidemokratik saylov sistemasiga qarshi, yaqinginada ichki va tashqi dushman bo’lgan feodal-dvoryanlar, Vati­kan va Avstriya bilan bitim tuzish va yon berish siyosatiga qarshi qat’iy bosh ko’tarib chiqdilar.
Xalq orasidagi chuqur norozilik tobora kuchaydi. qishloqdagi, ayniksa sinfiy kurash o’tkir dramatik tusga kirgan mamlakat janubidagi darg’azablik qishloqni larzaga keltirdi. Dehqonlar yaqiginadagi qonli ta’qiblarga qaramasdan, er uchun jamoa yerlarining zurlik bilan tortib olinishi va yangi mulkdorlarning Zulmiga qarshi kurashni davom ettirdilar. Bu kurash 1871 yilda ayniqsa keskin tus oldi, dehqonlarning g’alayonlari faqat janubga va Lacio viloyatigagina tarqalmasdan, shimol qishloqlariga ham etib bordi. Polezina, Andria tumanlarida dehqonlar ilgarigi jamoat huquqlarining bekor qilinishiga qarshi qo’zg’olon ko’tardilar. Ojonoda (Komo tumanida) hatto qo’uzg’olonlarni bostirish uchun yuborilgan qo’shinlar bilan qo’zg’olonchilar o’rtasida to’qinishlar bo’ldi. Undan keyingi yillarda er uchun kurash bir qadar susaydi, lekin soliqlarga qarshi va birinchi navbatda hammaning joniga tekkan tegirmon solig’iga qarshi harakat yangi kuch bi­lan avj olib ketdi. 1876 yilda fiskalga qarshi g’alayonlar shu darajaga yetdiki, bu g’alayonlar mamlakat ichki siyosiy hayotidagi eng muhim muammolardan biri bo’lib qoldi.
Iqtisodiy jihatdan ko’proq rivojlangan tumanlarda yangi kurash shakllari paydo bo’ldi: 70- yillarda qishlok xo’jalik ishchilarining dastlabki ish tashlashlari bo’lib o’tdi, bir ozdan keyin qishloq proletariatining dastlabki uyushmalari ham paydo bo’ldi. Ishchilar harakati ijtimoiy hayotning yangi va tobora muxim omili bo’lib qoldi. Mamlakatning birlashtirilishi ishchilar sinfi kurashining rivojlanishi uchun umummillat zaminini yaratib berdi. Kapitalistik munosabatlarning o’sishi bilan ishchilar sinfining tarkibi ham o’zgara boshladi. Demak, ishchilar sinfi kurashinnng siyosiy yo’li va tashkiliy shakllari ham o’zgara boshladi. Ishchilar sinfi saflariga proletarlashayotgan dehkonlar ommasi qo’shilib turdi. Sekin-asta sanoat proletariati vujudga kela boshladi. Lekin tarqoq manufakturadagi ishchilarga nisbatan (bu ishchilarning ko’pchiligi xotin-qizlar va bolalar edi) va proletariatning ko’pdan-ko’p hunarmand kategoriyalariga qaraganda sanoat proletariatining salmog’i hali uncha katta emas edi.
Ana shu xilma-xil ishchilar ommasi juda qattiq kapitalistik ekspluataciya zulmi ostida ezilib yotgan edi. Xonavayron bo’layotgan qashshoqlik vujudga keltirayotgan juda katta rezerv armiyasi korxona egalariga ish haqini tirikchilik minimumiga tushirish, ish kunini— metallurgiya va mashinasozlik sanoatida 11 —12 soatga, tuk,imachilik sakoatida esa 13 va hatto 16 soatga etkazish imkoniyatini berdi. Shtraf solishlar, lo­kaut e’lon qilishlar, boshqa diskriminaciya va majbur kilish choralari oddiy hodisa bo’lib qoldi. Fabrikantlarnnng bu chidab bo’lmas zulmiga javoban ishchilar ish tashlash harakatini keskin kuchaytirib yubordilar. 1871 yilda 26 stachka ruyxat qilingan bo’lsa, 1872 yilda 64 stachka, 1873 yilda esa 103 stach­ka bulganligi ruyxat qilindi. Kurashda hali stixiyachplik ta’siri kuchli edi. Proletarlar safiga kelib quyulayotgan kechchgi dehqonlar kurashga isyonchilik g’azabi va norozilik ruhini ham olib keldilar. Qisman o’z sinfidan aloqasini uzgan va mayda burjua ideologiyasi namoyandasi bo’lgan ko’p sonli intelligenciya gruppalari ham ishchilar harakatiga ancha ta’sir qildi. Ishchi­lar harakatidagi madzinizmning uzil-kesil halokatga uchrashi ana shu vaziyatda yuz berdi, Parij Kommunasi ta’sirya ostida bu halokat tezlashdi. Parij kommunarlarining kurashiga Madzinining ters munosabatda bo’lganligi ital’yan ishchilarini bu harakatdan chetlashtirib qo’ydi.
70- yillarning boshida Italiyada ishchilar harakati I In­ternacional bayrogi ostida harakat qilgan Bakuninning anarxistlik targ’ibotlari ta’siri ostiga tushib koldi. Ularing Internacional sekciyalari deb e’lon qilgan tashkilstlarniig ko’pchiligi bakuninchilik ideologiyasiga asir bo’lib qoldi (bu erda gap, asosan, mamlakatning janubiy va markaziy tumanlaridagi sekciyalar ustida boradi).
Bakunikchilar ishchilar harakatining eng zarur ehtiyojlariki bilmaganliklari, ish tashlashlar tashkil etishning hamiyatini tushunmaganliklari, real sharoit bilan hisoblashmaganliklaridan Italiyada butun hatti-harakatlarini qo’zgolonchilyarniig qurolli chiqishlarini tayyorlashga qaratdilar. Ular ikki marta - 1874 yilda Boloniya tumanida va 1877 yilda Benevepto rayonida - dehqonlar qo’zg’olonini ko’tarishga urindilar, lekin ikkala safar ham tamomila muvaffaqiyatsizlikka uchradilar. Bu nojuya chiqishlar Internacional sekciyalariga qarshi hukumatning ta’qib choralarini kuchaytirib yubordi va Italiya proletariatining revolyutsion kurashiga rahbarlik qilish bakuinchilar qo’lidan kelmasligini uzil-kesil aniqlab berdi. Ita­liyada bakunizm ta’sirining pasayib ketishiga boshqa muhim sabablar ham yordamlashdi. 70-yillar oxiriga bo’rib Ita­liya ishchilar harakatining markazi shimolga ko’cha boshladi.
Asl proletar elementlar, ayniqsa sanoat ishchilari burjuaziya orasidan chiqqan anarxist hamrohlardan tobora ustun kela boshladilar. Ishchilar harakati ichidan g’oyaviy jihatdan anarxistlardan farq qiladigan gruppalar ajralib chiqa boshladi. Bular o’rtasida eng kattasi «Plebe» gruppasi edi. Bu gruppa Lombardiyada shunday nom bilan chiqadigan jurnal atrofida paydo bo’lgan edi.
Mamlakatda deyarli umumiy norozilik eng cho’qqisiga etgan bir davrda «so’llar» gruppasi boshchilik qilaetgan burjua oppoziciyasining ta’siri tez kuchayib bordi. Bunga bir qancha holatlar yordam berdi: «so’llar» qulay fursatdan foydalanib, xalq o’rta­sida mashhur bo’lgan, kderikallarga k,arshi caratilgan demokra­tii talablariui o’rtaga cuyib, hukumatga qarshi qat’iy hujum olib bordilar. Parlamentda va parlamentdan tashqarida bu gruppa soliq ishlarini radikal suratda reforma qilish, saylov cenzini pasaytirish, provinciyalarning ma’muriy huquqlarini kengaytirishni tobora qattiqroq yollab chiqdi, cherkovning davlat ishlariga aralashishi masalasida «o’nglar»ning nurosasozlmk qilayotganligini qattik tanqid qildi. Bu gruppa bir amayalab xokimiyat tepasiga chiqib olish uchun demagoglik kilib va’dalar berishdan x,am toymadi. «So’llar»ning mamlakatdagi yutuqlariiing yana bir sababi shu ediki mayda burjua demokratlar va respublikachilar ommaning harakatiga mustaqil rahbarlik qila olmaganliklaridan siyosiy tashabbusning shu so’llar qo’lida saqlanib turishiga va ularning umumxalq talablarining jarchisi va himoyachisi sifatida harakat qilishiga imkon berib qo’ydilar.
«So’llar»ning siyosiy hokimiyat uchun olib borgan kurashining so’nggi bosqichi temir yo’llarni idora qilishni davlat qo’liga topshirish tug’risidagi qonun loyihasining muhokamasi munosabati bilan palatada bo’lgan to’qinish bo’ldi. «So’llar»nsh deputatlari korxona egalarining tashabbuskorlikda erkin b lishlarinp himoya qilib, davlat qonun loyihasini qat’iy rg kildilar. So’ngra, 18 martda, oppoziciya palataga bir rezolyuciya taqdim kildi, bu rezolyuciyada tegirmon solig’i olish praktikasi qoralangan edi. Hukumat ishonch masalasini qo’ygan edi. 242 ovozga qarshi bor-yo’g’i 181 ovoz olib mag’lubiyatga uchradi. Ikki kun o’tgandan keyin hukumat iste’fo berdi, uning o’rniga Depretis boshliq «so’llar» hukumati keldi.
Shunday qilib, hukmron sinfning turli frakciyalari o’rtasida hokimiyat uchun olib borilgan kurash hukumatni konstitutsiya yo’li bilan shunchaki almashtirish asosida hal bo’la qoldi. Italiya adabiyotida «parlament revolgotsiyasi» deb nom olgan 1876 yil 18 mart voqealari iatijasida «o’nglar» siyosiy maydondan uzil-kesil chiqib ketib, hukmron sinfning boshqa siyosiy gruppasiga o’z o’rnini bo’shatib berdi.
«So’llar» hokimiyat tepasiga kelgandan keyin o’z rejalari va asl maqsadlari juda Transformizm cheklanganligini darrov kura koldi. Bu gruppaning dastlabki hukumatlari oppoziciya tomonidan vaqtida va’da qilingan choralardan bir qanchasini amalga oshirishga majbur bo’ldi. Ular klerikallarga qarshi ko’proq qat’iyat bilan ish olib bordilar (dunyoviy maktab to’g’risida qonun chiqarildi, grajdanlar nikohi rasm qilindi va hokazo). 1879 yilda majburiy boshlang’ich (uch yillik) ta’lim tug’risida dekret chiqarildi, lekin bu dekret ko’proq rasmiy deklaraciya bo’lib qoldi; xalqning nafratiga uchrab kelgan te­girmon solig’i oradan bir yil o’tgach bekor qilindi, lekin qand solig’i, vino solig’i va boshqalar oshirildi.
Nihoyat, 1882 yilda Demokratlar ligasining keng ko’lamda olib borgan kampaniyasi ta’siri ostida (bu kampaniyada Garibal’di ishtirok qilgan edi) saylov reformasi o’tkazildi, bu reforma saylovchilar sonini 600 mingdan 2 million kishiga etkazdi, lekin bu 2 million ham grajdan aholining faqat 6.7 foizni tashkil qilardi. Shunday qilib, «so’llar»ning hokimiyat tepasiga kelishi burjua rejimining ommaviy-ijtimoii bazasini ba’zi bir jihatlardan sal-pal kengaytirdi. Lekin so’llar» biron radikal islohotlar o’tkazishni xohlamadilar. G’alaba qilgan kapitalistik guruhlar hammadan ko’proq ijtimoiy larzalardan dahshatga kelib, qat’iy suratda mulkdor sinflarning boshqa frankciyalari bilan, shu jumladan, yarim feodal tipdagi pomeshchiklar va janubdagi tekinxo’r zamindor burjuaziya bilan kompromiss tuzish yo’lidan bordilar. Ular eng konservativ ijtimoiy kuchlar bilan kompromiss tuzishni uz hukmronliklarini mustahkamlash va Janubiy Italiya bilan Orollar Italiyasidagi «isyon ko’targan» dehqonlar ommasini jilovlab turish uchun eng to’g’ri yo’l deb bildilar. Shimoldagi sanoat burjuaziyasi bilan janubdagi yirik zamindorlariuing o’ziga xos sinfiy ittifoqi ana shu zaminda yuzaga kela boshladi, bu ittifoq Italiya burjua davlati hukmron doiralariniig kelajakda yurgizadigan siyosatini (qishloqda feodalizm sarqitlarini saqlab qolish, mamlakatni idora qilishda reakcion forma va metodlarga intilish siyosatini) ko’p jihatdan belgilab bergan edi.
Bu sinfiy siljishlar siyosiy hayotga o’zining alohida ta’sirini ko’rsatdi: birlashishdan ilgariyoq boshlangan «transfor­mizm» protsessi (ya’ni ma’lum oppoziciyachi siyosiy arboblar va gruppalarning mu’tadil konservativ poziciyalarga o’tishi) XIX asrning oxirida juda kuchayib ketdi. «So’llar» bilan «o’nglar» o’rtasidagi farq tobora yo’qola bordi. Italiya uchun xarakterli bo’lgan siyosiy sistema vujudga kela boshladi, bu sistema vaqtida ijtimoiy hayotda katta va kuchli partiyalar emas, balki ko’pincha, gruppa yoki mahalliy manfaatlarni aks ettirgan va bir-birining o’rnini olib turgan turli parlament bloklari muhim rol’ uynadi.
Ikkinchi tomondan, o’nglashgan «so’llar» dan demokratii elementlar ajralib chiqdilar. 1878 yilda radikal partiya paydo bo’ldi, bu partiya bundan buyon respublikachilar partiyasi bilan bir qatorda yangi deputatlar palatasida «o’taketgan so’l­lar» oppoziciyasi degan nom oldi.
Hukmronlar lagerida kuchlarning qayta gruppalanishi mamlakat iktisodiy xayotiga ham iqtisodiy siyosatidagi darhol ta’sir qildi. «qat’ii tejab-tergash» uzgarishlar o’rniga davlat yo’li bilan keng miqyosda kapital solish va foydali zakazlar berish, kata-katta subsidiyalar va engilliklar berish boshlanib ketdi, bulardan sanoat va bank korchalonlari foydalandilar. Bu gruppalarning manfaatini ko’zlab, «erkin savdo» dan sekin-sekin protekcionizmga o’tish boshlanib, 1887 yilda protekcionizm tamomila qaror topdi. Mamlakatda misli ko’rilmagan darajada binokorlik ishlari avj oldi va bank firibgarligi davri boshlanib ketdi. Juda tez sur’atlar bilan temir yo’l qurilishi avj oldi, temir yullar 1875 yildagiga nisbatan ikki marta ko’paydi. Uy-joy qurilishi juda rivojlanib, misli ko’rilmagan spekulyantlik mojarolari boshlanib ketdi. Nihoyat, yirik sanoat ishlab chiqarishi uchun negiz qurila boshladi.
Ana shunday sun’iy «ravnaq» sharoitida yirik ital’yan burjuaziyasining militaristik, bosqinchilik intilishlari ro’yobga chiqa boshladi, monarxiya bilan harbiylar ham bu intilishlarni qo’llab-qo’ltiqladilar. Urush maqsadlari uchun, harbiy dengiz floti qurilishi uchun katta-katta mablag’lar ajratilishi tashqi siyosatda ham o’z aksini topgan bu yangi tendenciyalarning namoyon bo’lishi edi.
1878 yildagi Berlin kongressi Italiyaning zaifligini, diplomatiya sohasida uning yakkalanib qolganligini ko’rsatdi. Avstriya-Vengriyaning Bosniya va Gercegovinani okkupaciya qilishiga qarshi Italiyaning bildirgan noroziliklari buyuk davlatlarga hech qanday ta’sir qilmadi, ayniqsa uning «tegishli kompensaciya» berilsin degan talablariga hech nim z’tibor ham bermadi. To’g’ri, Germaniya diplomatiyasi Italiyaning Tunis to’g’risidagi da’volarini qo’llashga va’da berdi, lekin bu Italiyani Fransiyaga qarshi gij-gijlash niyatidagina berilgan va’da edi, chunki Fransiyaga ham xuddi shunday va’da berilgan edi. Darhaqiqat, Italiya bilan Fransiya o’rtasidagi munosabatlar tobora yomonlashdi, buning ustiga Vatikanning mojarolari qo’shilib, bu munosabatlarni yana ham murakkablashtirib yubordi. Avstriya-Vengriya bilan ham munosabat og’irlashgan edi. Buning sababi Italiyada «irredentizm» harakatining kuchayganligi edi, bu harakat Janubiy Tirol’, Trento va Avstriya-Vengriya tarkibiga kirgan, lekin aholisi ital’yanlardan iborat bo’lgan yerlarni Italiya davlatiga berishni talab qilgan zdi. Tashki siyosiy qiyinchiliklarki chuqurlashtirgan narsa yana shu bo’ldi-ki, Italiya biron buyuk davlat bilan mustahkam ittifoqchilik munosabatlari o’rnatmagan edi. «O’nglar»ning Italiyani buyuk davlatlarnikg faol diplomatiya kurashiga aralashtirishni istamaganliklari natijasida paydo bo’lgan bu holat ham qisman faol tashqi siyosat, 6oshqacha aytganda, agressiv tashqi siyosat yurgizishni talab qilayotgan ital’yan burjua doiralaridagi noroznlikni tobora kuchaytirib yubordi.
Fransiyaning Tunisni bosib olishi (1881 yilda) Italiya hukmron doiralarining yangi tashqi siyosat yo’liga o’tishlarini tezlashtirdi. Lekin Italiya biron katta davlatning madadkorlik qilish to’g’risidagi va’dasini olmasdan turib, mustamlaka zabt qilish yo’liga kira olmasdi. Shu sababdan Italiya Germa­niya bilan ittifoq tuzish payida bo’lib yurdi. Avstriya bilan Italiya o’rtasida ziddiyatlar bo’lishiga qaramay, Italiyaning 1882 yilda Uchlar ittifoqiga kirganligining asosiy sababi ana shunda edi.
Italiya ittifoqchilardan, shuningdek, Afrikada fransuzlar ta’siriga qarshi kuch vujudga keltirishga intilgan Angliyadan madad olganidan keyin o’z armiyasini qayta qurollantirdi (uning tarkibini 430 mingga etkazdi) va birinchi harbiy avantyurani boshlab yubordi, Ital’yan qo’shinlari Assab shahriga, Qizil dengiz bo’yiga joylashib olib (1882 yil), Baylul buxtasini ishg’ol qildilar, undan keyin (1885 yil) Massaua buxtasini zabt qildilar; Habashistonning ichkarisiga kirib borishga harakat qilgan Italiya qo’shinlari kolonnasi Dog’ali yonida (1887 yil) tor-mor keltirildi.
Juda katta janjallar chiqay deb turgan bir vaziyatda (1887 yilda) ko’zga ko’ringan siyosiy va davlat arbobi, Depretis hukumatida ichki ishlar ministri bo’lib ishlagan Franchesko Krispi hokimiyat tepasiga keldi. Bir zamonlar respublikachi bo’lgan va Garibal’dining «Minglar» yurishida qatnashgan Krispi 1860 yildan keyin g’irt monarxiya tuzumi tarafdori bo’lib qolgan edi.
Zolimligi va «temir jasorati» bilan mashhur bo’lgan kishining bosh ministrlik vazifasiga ko’tarilishi tasodifiy hol emas edi. Uning bosh ministrlikka ko’tarilishi nima qilib bo’lsa ham, xalq kurashini bostirish va hukmron sinflarning qiyin bo’lsa ham, serfoyda iqtisodiy va tashqi siyosiy vazifalarni amalga oshirishga yo’l ochib berish maqsadida har qanday Choralarni ko’rishdan ham qaytmaydigan «qattiq qullik» hukumat tuzish niyatini aks ettirardi. Krispi burjuaziyaning bu umidlarini puchga chiqarmadi: hukmron yuqori doiralarning bur­jua diktaturasini ochiqdan-ochik, zo’ravonlik, terroristik diktaturasiga aylantirish yo’lidagi dastlabki urinishlariga madadkorlik qilgan shu Krispi bo’ldi.
U uch marta boshchilik qilgan hukumat, Rudini va Jolitti hukumatlari navbatma-navbat hokimiyat tepasida turgan qisqa davrni (1891—1893 yillarni) hisoblamaganda, 1896 yilgacha mamlakatni idora qilib turdi.
Krispi hukumati sanoatchi va moliyachi shimol doiralarining qattiq talabiga yon berib, fritrederlik principiga asoslangan Fransiya va Avstriya bilan savdo shartnomalarini bekor qildi va 1887 yilda qat’iy protekcionistik tariflarini joriy qildi. Bu bilan, jumladan, fransuz to’qimachilik sanoati mahsulotlarining Italiya bozoriga kirishi qiyinlashtirildi,bu hol Fransiyaning qattik, javob choralari ko’rishiga sabab bo’ldi. Ikkala mamlakat o’rtasida tamojnya urushi boshlanib ketdi.
Shu bilan birga protekcionistik siyosati vatan to’qmachilik (ayniqsa ip gazlama) sanoati korchalonlariga metallurgiya va mashinasozlik korxonalarining egalariga, shuningdek yirik zamindorlarga ichki bozorda monopol holatni ta’minlab berdi, yirik zamindorlarining manfaatlarini ko’zlab, g’alla boji juda oshirib yuborildi.
Mamlakatni industriya jihatidai rivojlantirish protsessi tez sur’atlar bilan bordi. XIX asr oxiriga borganda asosiy sanoat tarmog’larida fabrika sistemasi qaror topdi. Masalan, ip gazlama sanoatida 2111 ming urchuq va 60 ming mexa­nika stanogi bor edi, qishloqlarda bor-yo’g’i 14 ming qo’l stanogi saqlanib qolgan edi; ipakchilik sanoatida 2068 fabrika bo’lib, ularda 174 ming ishchi ishlardi.
Sanoat ishlab chiqarishining qishloq xo’jaligidan ajralish protsessi tobora kuchayishi natijasida yangi mustacil sanoat tarmoqlari paydo bo’ldi: oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaradigan, vinochilik, shuningdek, qishloq xo’jalik mashinalari va binokorlik materiallari ishlab chiqaradigan sanoat tarmoqlari paydo bo’ldi. Mashinasozlik, metallurgiya, elektr energiyasi ishlab chiqarish olga karab yana yangi kzdam kuydi. Shu yillar ichida Tern’ po’lat qo’yish zavodlari (1887 yilda), juda yirik kon sanoati korxonalari-«Montekatini» (1888 yil), «el’ba» (1889 yil) va boshqa ishlab chiqarish komplekslari paydo bo’ldi, bular bilan bir katorda kupgina mayda va juda mayda (ba’zan kustar’) korxonalar ham ishlab turardi.
Yangi sanoat tarmoqlari ko’proq, akciyali jamiyatlar tariqasida vujudga keldi. 1890 yildayok, 574 akciyali jamiyat bo’lib, ularning kapitali 1935 million lira edi, bu kapitalning katta qismi (62 procenti) banklar qo’lida edi. XIX asr oxirida, Kommerciya banki (1894 yil) va Italiya kredit banki (1895 yil) tuzilgandai keyin banklarning mamlakat ekonomnkasidagi roli kuchayib ketdi, bu banklarni tashkil qilishda Germaniya kapitali ishtirok qilgan edi. Undan ham burun, 1880 yilda bevosita Vatikanga qaram bo’lgan Rim banki tashkil qilingan edi. Bu uch bankning sanoatga solgan kapitali 1895 yilda 1795 ming lira edi.
Shunday qilib, bank kapitalining sanoat kapitali bilan qo’shilib ketish protsessi boshlanganligi natijasida kapitalistik ekonomikaning imperializm bosqichiga o’tishi uchun hal qiluvchi shartlardan biri vujudga keltirildi.
Lekin, bu protsesslar bir-biriga zid bo’lgan har xil faktorlar ta’siri ostida notekis rivojlanib bordi. Protekcio­nistik siyosat sanoat tarmoqlaridan bir xillarining yuksalishiga yordamlashgani holda xo’jalikning boshqa sohalariga (asosan, arzon xom ashyo bilan mashina-asboblar eksport yoki import qilishdan manfaatdor bo’lgan tarmoqlarga) ancha zarar etkazdi va sanbat mahsulotlarini juda ham qimmatlashtirib yubordi. Feodalizm sarqitlari saqlanib qolganligi bilan bog’liq bulgan ichki bozorning torligi natijasida sanoat mahsu­lotlarini ommaviy ravishda ishlab chiqarishni rivojlantirish yo’lida juda katta tusiqlar paydo bo’ldi.
Fransiya bilan bojxona urushi Italiya xalq xo’jaligini chuqur larzaga keltirdi. 1881 yilda agrar krizisga yo’liqqan, zndi bo’lsa hali xam boy fransuz bozoridan maxrum bulgai qishloq xo’jaligi ayniqsa ko’p zarar ko’rdi. Vino eksport qilish 1887 yildan 1892 yilgacha 1154 ming gektolitr, citrus eksport qilish 594 ming centner kamaydi. Chet mamlakatlarga qoramol, guruch, meva chiqarish juda kamayib ketdi. Italiya ekonomikasida 1893—1894 yillarda eng yuqori nuqtasiga etgan krizis yangi asr boshlaridagina yo’qolib ketdi.
Janubiy Italiya ekonomikasi yana xam og’ir ahvolga tushib qolgan edi. «erkin savjo» davridayoq arzon chet zl mollari konkurenciyasi janubdagi
manufaktura va xonaki ishlab chiqarishni halokatga mahkum qilgan zdi, holbuki Shimoliy Italiyaning anchagina kuchli sanoati raqobatga bardosh berib, o’zi hujumga o’ta olgan edi.
Protekcionizm bayrog’i ostida shimol sanoat burjuaziyasi janub bozorini qo’lga kiritish uchun kurash boshladi, bu kurash Janubiy Italiyani «qaram territoriyaga» aylantirdi; janubda va orollarda kuchli agrarizaciya protsessi boshlanib ketdi, yirik zamindorlar, sanoat egalari va banklar janubni va orollarni vahshiyona ekspluataciya kila boshladilar. Davlat solig’larning asosiy og’irligini janub aholisi ustiga ag’darib, byudjet masalasidagi juda oz yordamdan ham uni mahrum qilib, bu zulmni yanada kuchaytirib yubordi. 1862—1896 yil­larda melioraciya ishlariga davlat tomonidan sarf qilingan 457 million liradan janubga faqat 3 million lira berildi, xolos.
Shunday qilib, janub iqdisodiy va madaniy jihatdan qoloqligicha, xalq behad muhtojligicha qolaverdi. Agrar aholining doimiy ortiqchaligi vujudga kelib, buning natijasi­da ommaviy emigraciya hodisalari yuz berdi. Janubning proletarlashgan dehqonlari sanoatdan ish topolmay, tug’ilib o’sgan joylarini tashlab Fransiyaga, Afrikaga (Tunisga), okeanning naryog’iga bosh olib ketdilar. 1872 yilda emigrantlar soni 96 ming kishi bo’lgan bulsa, 1892—1901 yillarda x.ar yili o’rta xisob bilan 307 ming kishi emigraciya qiladigan bo’ldi. Ana shular natijasida Janubiy Italii bilan Shimoliy Italiya o’rtasida iqtisodiy rivojlanish jihatidan azaldan davom qilib kelgan tafovut yana ham keskinlashib, tobora chuqur. lashayotgan ziddiyatga aylankb ketdi va mamlakat birligiga putur etkazdi. Janub masalasi degan masala paydo bo’lib qoldi, ya’ni Italiya janubining shimol burjuaziyasi tomonidan qullikka, yarim mustamlaka holatiga tushirilganligi masalasn paydo bo’lib koldi.
XIX asr oxiridap boshlab janub masalasi Italiya milliy hayotida juda keskin sinfiy va siyosiy ziddiyatlar manbaiga aylanib ketdi.
Krispi hukumati hukmron sinflar mavqeini mustaxkamlash yulidan qat’iy borishga qaror qilib-ketgan ung klerikal doiralarga karshi juda kattik xujum olib bordi.
Krispi hukumati Vatikannikg buzgunchilik harakatlariga javoban qat’iy choralar kurdi: cherkov ushurp konun bilan bekor kilinib, cherkov ^aramogidagi 3 milliard lira kapitali bulgan jamiyati xayriyalar dazlat kuliga olin-di; 1889 yilda Rimda Jordano Brunoga xaykal urnatildi, shu munosabat bilan klerikallarga karshi katta namoyish utkazil-di. Lev XIII Rimni tashlab ketaman, deb bir necha bor duk qildi. Katoliklar cherkovi bilan ikSh o’rtadagi munosabat tangligi asr oxiriga qadar susaymasdan davom k,ilib bordi. Vatikan tashqi siyosiy maydonda Italiya davlatiga karshi fisq-fasodlarni davom qildira berdi, ichki siyosat sohasida esa klerikallar Italiya hukmron doiralari bilan xamkorlik ki-lishdan bosh tortdilar. Shu bilan birga Krispi ichki siyosat soqasining eng muxim fronti deb hisoblagan frontda kleri­kallar uz faoliyatlarini kuchaytirib yubordilar. 1891 yilda papa «Kegit pouagit» degan yangi enciklika bilan dindorlarga murojaat qildi, bu murojaatda «muqaddas xususiy mulkni» o’z ximoyasi ostiga olib, sotsialistik ideyalarga urush e’lon qildi. Papa riyokorlik kilib «proletarlarga yordam ko’rsatish» va «tirikchilik minimumi»ni ta’min qiladigan ish ham belgilab, ijtimoiy problemani adolat bilan xal qilishga da’vat etib, revolyutsion tashkilotlarning ta’siriga qarshilik kilmocchi bo’ldi, ishchilarni katolik ishchi jamiyatlariga tortish payida bo’ldi. Bu bilan sotsializmga qarshi kurashda aslida cherkov bilan ital’yan hukmron doiralarining xamkorligiga asos solingan edi. Chunki, Krispi hukumati uzining ungdagi dushmanlariga zarba berib kelayotgan bulsa ham, lekin revolyutsion sotsialistik harakat ustiga juda zur kuch bilan yopirilgan edi. Krispining shiori: «Dushman kim — dushman sotsializm» degan shpor edi.
Internacionalning Yukori Italiya federaciyasi tuzi'lgan vaktdan buen o’tgan un yil ichida ishchilar xarakati anarxizmning ta’sirini yuqotish va proletariatning siyosiy partiyasi­ni tuzish iulidan olga tomon yangi katta qadam tashlagan edi. 1882—1885 yillarda Milanda Italiya ishchilar partiyasi tuzildi, bu partiya bir qator kasaba soyuz birlashmalariga suyangan bo’lib, ishchilar sinfining kapitalga qarshi iqtisodiy kurashini o’z faoliyatining asosi deb e’lon qilgan edi. Ishchilar harakatida burjua elementlariking zo’ravonligiga qarshi stixiya tarzidagi norozilikni ifodalagan Ishchilar partiyasi («qadoqli qo’llar» partiyasi degan partiya) o’z saflariga faqat yollanuvchi ishchilarnigina kiritdi; bu bilan u o’zining sektantchilik mavjudligini, stixiyali ishchilar harakatiga sotsialistik ong kiritishda intelligenciyaning rolini tushunmasligini ko’rsatdi.
Ishchilar sinfining yangi tashkilot formalarini qidirish natijasida «Mehnat farzandlari ligalari» degan kasaba soyuz tyapidagi birlashmalar paydo bo’ldiki, bu birlashmalar 1884 yilda umummilliy federaciyaga aylandi, bir yildan keyin bu federaciya Ishchilar partiyasiga kushilib ketdi. 1891 yilda dastlabki mehnat palatalari — bir shahar, bir qishloq, shuningdek bir viloyatdagi hamma kasaba soyuz a’zolarini birlashtirgan tashkilotlar tuzildi.
1884 yilda Italiya revolyutsion sotsialistik partiyasi pay­do bo’ldi, bu partiyaga ishchilar harakatining kuzga kuringan arbobi, 1879 yilda anarxizm bilan alokasini uzgan Andrea Kosta rahbarlik qilardi. Bu partiya Ishchilar partiyasidan farqli ularoq proletariatning siyosiy kurash olib borishini yoqlab keldi.
Italiyada marksizm ideyalarining yoyilishi revolyutsion par­tiya uchun kurashda juda muhim faktor bo’ldi; 1880—1890 yillarda Marks va engel’s asarlarining dastlabki tarjimalari bosilib chikdi. Marksizmning chukur ta’sirini uzi sinab ko’r­gan, marksizmning eng yaxshi nazariyotchilaridan biri va Ita­liyada marksizmni targ’ib kilgan yirik olim Antonio Labriolaning nazariy faoliyati ham xuddi shu zamonga taalluqlidir.
1891 yildan nashr qilina boshlagan «Kritika Sochiale» de­gan jurnal atrofida tuplangan sotsialistlar gruppasi turli sotsialistik kuchlarni tashkiliy jihatdan birlashtirishda va proletariatning umummilliy partiyasini tuzishda ijvbiy rol’ uynadi. Bu gruppaning yulboshchilari Filippe Turati va rus revolyutsioneri Anna Kulisheva eli. 1892 yili ishchilar harakatidagi hamma oqimlarning namoyandalari ishtirok qilgan va anarxizmni mag’lubiyatga uchratgan Genuya s’ezdida Italiya mehnatkashlarining partiyasi tuzildi (1895 yilda bu partiya Ita­liya sotsialistik partiyasi deb nom oldi),
Sotsialistik partiya o’z faoliyatini iqtisodiy krizis oqibatlari natijasida o’tkirlashgan sinfiy kurash yanada keskin tus olgan yillarda boshladi.
Dastlabki shiddatli to’qinishlar Siciliyada boshlanib ketdi. Xalq kurashining boshida qo’zg’olonlar Siciliya fashalari turgan edi, ular g’oyaviy va tashkiliy jihatdan sotsialistik partiya bilan bog’langan revolyutsion birlashmalar edi. Ular 1891 yil­da sotsialistik partiya bilan bir vaqtda deyarli paydo bo’lib, kambag’al dehqonlar, oltingugurt konlarining ishchilari, shaharlardagi kosiblar va mayda burjuaziya o’rtasida o’z ta’sirlarini tez tarqatgan edilar.
Fashalar programmasi sotsialistik harakatning g’oyaviy jihatdan zaifligini kursatardi. Bu programmada konkret-tarixiy sharoitlar hisobga olinmasdan, sotsialistik revolyutsiya vazifalari birinchi o’ringa qo’yilgan edi; bunda ishlab chiqarish vositalarini sotsializaciya qilish shiorlari ularni amalga oshirishning reformistik kurash usullari va vositalari bilan qo’shib olib borilgan edi. Shunga qaramay, fashalar harakati ommani uyushtirishda olga tomon qo’yilgan qadam bo’ldi. Bu harakat birinchi marta sinfiy kurashni ommaning asosiy siyosiy faoliyati ekanligini ochiq e’tirof qildi va ommaning stixiya tarzidagi noroziligini sotsialistik ong bilan yoritilgan uyushgan z^arakatga aylantirib yuborishga intildi.
Fashalarning xarakati 1893—1894 yillarda Siciliya mehnatkashlar ommasi o’rtasidagi umumiy revolyutsiya yuksalishda o’z ifodasini topgan edi.
Er uchun, jamoa yerlarini taqsim qilish uchun, agrar shartnomalarni qayta ko’rib chiqish uchun soliq zulmiga qarshi va oltingugurt konlaridagi ishchilarning shafqatsizlik bilan ekspluataciya qilinishiga qarshi kurash yangi kuch bilan boshlanib ketdi. Shu bilan birga fashalarii hukmdorlarning kontr­revolyutsion hujumidan himoya qilish harakati ham kuchaydi. Kurash siyosiy tus oldi, 1893 yilning oxirgi oylarida esa qurolli kurashga aylanib ketdi. 1893 yil dekabri va 1894 yil boshlarida Siciliya dehqon qo’zg’olonlari alangasi bilan qamrab olingan edi. Ko’p joylarda qo’zg’olonga fashalar boshchilik qildi. Dehqonlar municipalitetlarning binolarini ishg’ol qildilar, soliq idoralariga o’t qo’ydilar, kazarmalarni qamal qilib, soldatlarni qurolsizlantirdilar.
Siciliyaliklarning jangovar signalini Markaziy Italiya mezsnatkashlari ham qo’llab-quvvatladilar. Massa Karrarda (Lunijanda) qo’zgolon boshlanib ketib, bunda marmar konlarida ishlovchi ishchilar faol ishtirok kildilar. Krispi hukumati (u revolyutsion voqealar ayni avjiga chiqqan vaqtda yana hukumat tepasiga kelgan edi) ommaning bu harakatiga javoban ta’qibni juda kuchaytirib yubordi. Janglarda ishtirok kilganlardan qonli o’ch olingandan keyin (yuzlab kishi otib uldirilgan edi) ommaviy qamoqqa olishlar, siciliyalik fashalarni tor-mor keltirishlar, ishchi tashkilotlarini tarqatib yuborishlar boshlanib ketdi. Siciliya qo’zg’oloni rahbarlarining ishi harbiy tribunalga topshirildi.
Siciliyada va Lunijanda qamal holati e’lon qilingap edi. Bismarkdan o’rnak olib, Krispi ham favqulodda qonunlar («anarxistlar»ga qarshi qonunlar degan qonunlar) chiardi, bu qonunlar aslida soyuzlar ozodligini bekor qilib, sotsialistik partiyani podpol’ega o’tishga majbur qilgan edi. Resiublikachi va katolik tashkilotlari ham ta’qib ostiga olindi. Mamlakatda norozilik g’alayoni ko’tarildi. «O’taketgan so’llar» (respublikachilar va radikallar) ning oppozicion kuchlari sotsialistlar bilan hamjihatlik qilardilar. Ozodlikni himoya qilish Lighi tuzildi. Reakciyaga karshi qahramonlik bilan kurashni davom ettirayotgan sotsialistik partiyaning obro’si ancha oshdi. 1095 yildagi saylovlarda sotsialistlar 13 deputatlik mandatiga ega bo’ldilar, oldingi saylovlarda 5 mandat olgan edilar; Italiya shimolidagi ishchilar Siciliya qo’zg’olonining harbiy tribunal jazoga hukm qilgan rahbarlarini palataga deputat qilib sayladilar. «Qattiq qo’llik» siyosati juda jiddiy maglubiyatga uchradi.
Hukumatning tashqi siyosiy yuli okibatlari muvaffaqiyatsiz bo’ldi. Krispi hukumat
tepasida turgan yillarda Italiya tashki siyosati Uchlar ittifoqiga bir taraflama
Krispi hukumati (bu narsa, jumladan, Fransiya bilan Italiya o’rtasidagi munosabatlarni juda ham yomonlashtirib yuborgan edi) va juda katta «mustamlaka imperiyasi» ni qo’lga kiritish maqsadida (Abissiniya bu imperiyaning markazi bo’lishi lozim edi) Afrikadagi ekspansiyani birdaniga kuchaytirib yuborishdan iborat siyosat bo’lgan edi.
Dastlabki vaqtlarda bunday agressiv plan tarafdorlarining qo’li guyo baland kelayotgandek tuyuldi. 1887—1891 yillarda Italiyaning Afrikadagi er-mulki kengayib, u dastlabki mustamlakalarni — Somoli (1889 yilda) va eritreya (1890 yilda) ni kulga kiritgan edi. Shu bilan birga Abissiniyani Italiya protektoratiga aylantirish uchun urinib kurilgan edi (1889 yilda Uchchialida tuzilgan shartnoma). 1895 yilda Abiosiniyaga qarshi yangi agressiya boshlandi, lekin bu agressiya oqibatida Italiya xalokatga uchragan edi. Italiya qo’shinlarining Adua yonida (1896 yilda) qattiq mag’lubiyatga uchraganligi mamlakatga juda zur ta’sir qilgan edi. Ko’pgina ital’yan shaharlarida stixiya tarzida: «Yo’qolsin Krispi!», «Afrikadan jo’nab qol!» degan shiorlar ostida namoyishlar boshlanib ketgan edi. Ayniqsa Milanda xalqning reakciyasi juda kuchli bulgan edi. Bu erda katta namoyish o’tkazildi, namoyish vaqtida olomon shahar vokzaliga yopkrilib borib, Afrikaga qo’shin yuborilishiga yo’l qo’ymaslik uchun temir yul izlarini buzib tashla­gan edi.
Parlament doiralarida ham norozilik juda kuchayib ketgan edi. Deputatlar palatasi va senatga kelgan rezolyuciyalarda Krispining hukumat tepasidan ketishi talab qilingan edi. Natijada 1896 yil 15 martda uning hukumati iste’fo berishga majbur bo’lgan edi.
Hokimiyat tepasiga kelgan Rudini hukumati mamlakatdagi tang axvolni bartaraf qilishga urinib ko’rdi. Bu hukumat Afrikadagi 1898 yilgi urushni to’xtatdi; xalqda ma’qul bo’lmagan siyosatdan-Italiyaning Uchlar ittifoqiga bir tomonlama ko’z tutish siyosatidan voz kechdi va Fransiya bilan yaqinlashish yo’lini axtara boshladi.
1898 yilda tuzilgan Italiya-Fransiya savdo bitimi bu ikki mamlakat o’rtasidagi tamojnya urushiga xotima berdi.Hukumat Siciliya va Lunijan qo’zgolonlarida qatnashgani uchun jazoga tortilganlarga amnistiya in’om qildi.
Podpol’edan chiqqan sotsialistik partiya o’zining birinchi umummillat organi bo’lgan «Avanti» gazetasini chiqara boshladi (1896 yil). Mehnat palatalari yangidan vujudga keltirildi. 1897 yildagi parlamentga saylovlarda sotsialistik partiya yan­gi g’alabaga erishdi: sotsialist deputatlar soni 13 kishi dan 20 kishiga yetdi.
Lekin battar yomonlashgan vaziyatni bartaraf qilishga Rudini hukumati ham qodir emasligi tez orada ma’lum bo’lib koldi. 1897 yilda mamlakat iqtisodiy ahvoli yomonlashib, xalq ommasining boshiga yangi-yangi og’ir musibatlar yog’ildi. Korxona egalari ishchilarning ish haqini kamaytirdilar va norozilik ish tashlashlarga javoban lokautlar e’lon cildilar. Shaharlarda oziq-ovqat etishmas edi. 1898 yil bahorida nonning narxi teng baravar oshib ketdi. Ommaning noroziligi tashiga otilib chiqa boshladi: Siciliyada va kontinentda- Bari, Foj, Mark va Umbriyada g’alayonlar boshlanib ketdi. Hukumat darhol liberal idora usullarini uloqtirib tashlab, siyosiy ta’qib va terror yo’liga o’tib oldi. Birinchi May arafasida vaziyat juda ham tang bo’lib qoldi. Hukmdorlarning ta’qib qilishiga qaramay, Italiyaning hamma erida ommaviy namoyishlar boshlanib ketdi, bir qancha joylarda hatto qonli to’qinishlar ham bo’ldi. Neapol’, Florenciya, Livornoda qo’shinlar xalqqa qaratib o’q uzdi.
Milanda kurash ayniqsa fojiali bo’ldi: politsiyaning ishchilar namoyishini o’qqa to’tganligiga javoban butun shaxar barrikadaga to’lib ketdi. Teng bo’lmagan kurash ikki kun davom qildi. Burjuaziya qo’zg’olon ko’targan ishchilardan shafqatsizlik bilan o’ch oldi. Yuzlab kishilar o’ldirildi, mingga yaqin kishi yarador qilindi.
Ishchilar harakati ustiga shafqatsiz ta’qib to’lqini yopirildi- sotsialistik partiya va mehnat palatalari yana tarqatib yuborildi, demokratii gazetalar taqiqlandi, ko’zga ko’ringan sotsialistik arboblar: Andrea Kosta, Ladzare, Turati va boshqalar kamoqqa olindi.Rudini hukumatining o’zi ham bu dahshatli larzalarga bardosh berolmadi. U iste’fo berib, o’zi o’rnini harbiy diktaturaga bo’shatib berdi.
Hukmron sinflar general Pellu boshliq yangi hukumat tuzib, o’z hukmronliklarini ochiqdan-ochiq zo’rlik bilan mustaxkamlash tomon yangi qadam qo’ydilar. 1699 yil yanvaridayoq Krispi hukumatidagi sobiq ministr Sidney Sonnino «Nuova Antolojiya» degan jurnalda juda ko’p shov-shuvlarga sabab bo’lgan bir maqola bostirib, unda «Statutga qaytaylik!» degan shiorni maydonga tashlagan edi. U, beshafqat konstitutsiya rejimiga (Karl Al’bert statutiga) qaytishni nazarda tutib shunday degan edi, bu rejim vaqtida taxt egasi hal qiluvchi rol’ o’ynardi va parlament huquqlari juda cheklab qo’yilgan edi. Pellu hukumati hukmron sinflarning irodasini qonuniy tusga kiritish uchun shoshib-pishib ish ko’rdi. Uning parlamentga kiritgan favqulodda qonun loyihalarida matbuot erkinligini cheklash, hukmdorlarga majlislarni tayinlash va mamlakatda mavjud rejimga «dushman» tashkilotlarni tarqatib yuborish huquqi berish taklif qilingan edi.
Hukumatning shunday juda oz burjua-demokratik ozodlikarga qarshi boshlagan yurishi parlamentda va butun mamlakatda keng norozilik to’lqini ko’tarilshiuiga sabab bo’ldi. Sotsialistlar, respublikachilar, demokratlar Pellu hukumatiga qarshi birlashdilar; deputatlar palatasida Jolitti boshlic sul liberallar frakciyasi ham «o’taketgan hollar» ga qo’shildi. Oppozitsiya juda keng rasm bo’lgan parlament obstruksiyasi usulini ishga solib kurdi. 20 kun ichida deputatlar palatasi konun loyihalaridan birining faqat birinchi moddasinigina muhokama k.ila oldi. Shundan keyin Pellu palata majlisini keyinga qoldirib, qonun loyihalari parlament tasdig’idan o’tmasdan ham kuchga kiradi, deb e’lon qildi. Bu aslida davlat to’ntarishi qilishga urinish degan gap edi. Mamlakatda ahvol juda tang bo’lib qoldi. Burjua demokratik erkinliklarni himoya cilish uchun keng oppoziciyachi kuchlar fronti tuzildi. Bu kurashda yosh ishchilar sinfi fidokorlik bilan faol ishtirok kildi.
Pellu hukumati parlamentni tarqatib yuborib, yangi saylov tayinladi. Lekin 1900 yilgi parlament saylovlarida saylovchilarning ko’pchiligi oppoziciyachi partiyalarni yoqlab ovoz berdi; ilgarigi saylovlarda deputatlar palatasiga 20 sotsialist deputat saylangan bo’lsa, endi 33 deputat saylandi.
Saylov yakunlari Pellu hukumatining mag’lubiyatga uchraganligini ko’rsatdi, bundan tashqari saylov yakunlari hukmron sinflarning ochiqdan-ochiq olib borayotgan reakcion, terroristik yo’li mag’lubiyatga uchraganligini ko’rsatdi. Pellu hukumati quladi. Oradan bir necha hafta o’tgandan keyin, liberal Sarakko hukumatining taqdiri ham shunday bo’ldi, bu hukumat yarim-yorti choralarni amalga oshirib, mamlakatni «tinchlantirmoqchi» bo’lgan edi. Bu urinish anarxist Breshining korol’ Umberto I ni o’ldirishi munosabati bilan barbod bo’ldi. Hukumat tepasida turgan sinflar mamlakatni aski usullar bilan idora qilishdan ojiz bo’lib qoldilar. Italiya burjua davlati umrining birinchi o’ttiz yili oxiriga borganda kapitalistik sistemani ichidan kemirayotgan chuqur ziddiyatlar barala namoyon bo’lgan edi. Italiya juda o’tkir sinfiy va siyosiy kurash sharoitida yangi asrga qadam qo’ydi.
Download 63,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish