Dasht, cho'l va chala cho'l zonalari
Reja:
Dasht zonalari
Chala choʻl zonalari
Cho’l zonasining tuproqlari
Dasht zonalari — tabiiy landshaftlarida koʻp joyni dashtlar egallagan tabiat zonalari. Shimoliy va Janubiy yarim sharlarning moʻʼtadil va subtropik mintaqalarida tarqalgan. 1) moʻʼtadil mintaqalarning dasht zonalari. Iqlimi quruq, kontinental iqlim, suvayirgʻichlari oʻrmonsiz. Qoratuproq, toʻq kashtan va kashtan tuproqlarda oʻtsimon, koʻproq boshoqli oʻsimliklar oʻsadi. Yevrosiyo, Shimoliy Amerika hududlarida yaqqol koʻzga tashlanadi, Janubiy Amerikaning janubida ham uchraydi. Dasht zonalari yuzasida jami quyosh radiatsiyasining koʻlami yiliga 500—580 kj/sm2 (120—140 kkal/sm2), radiatsiya balansi 145—190 kj/sm2 (35—45 kkal/ sm2). Moʻʼtadil issiq, yogʻin kam, quyoshli yoz kam qorli sovuq qishga tez oʻtadi. Shimoliy yarim sharda iyulning oʻrtacha temperaturasi 20—24°, yanvarniki 0° dan — 30° gacha (Oʻrta Sibirning jan. va Markaziy Osiyoda). Yiliga 200 mm dan 400 mm gacha yogʻin tushadi. Qurgʻoqchilik boʻlib turadi. Qishda qor boʻronlariga, yozda esa garmsel (suxovey) va toʻzonga aylanadigan kuchli shamollar boʻlib turadi. Dare kam, suv miqdori mavsumga qarab keskin oʻzgarib turadi. Gʻovak, lyossimon jinslarning keng tarqalganligi jarlar hosil boʻlishiga, tabiiy oʻsimlik qoplamining keskin kamayishiga olib keladi. Qoratuproqlar gumus va karbonatlarga boy boʻlgani uchun unumdor. Toʻq kashtan va kashtan tup-roklarda gumus kam, shoʻrtob boʻlganidan unumdorligi past. Dasht zonalari ning asosiy qismi haydalib ekinzorlarga aylantirilgan. Tabiiy oʻsimliklardan bo-shoklilar bilan chalov, betaga, chillak-oyoq, qoʻngʻirbosh Zabaykalye va Markaziy Osiyo dashtlarida, bizon oʻti, daraxtsimon oʻsimliklar Shimoliy Amerikaning preriyalarida saqlanib qolgan. Ayrim joylarda butalar, daryo kayirlarida oʻrmonlar uchraydi. Bahorda efemer va efemeroidlar usadi. Yevrosiyo Dasht zonalarining gʻarbida qarsoq tulki, boʻri, sichqon, dasht olaquzani, boʻrsiq, yumronqoziq, koʻrsichqon, qoʻshoyoq, sharqida jayran, daur kirpisi va b., Shimoliy Amerikada bizon, burama shoxli antilopa, dasht boʻrisi, yumronqoziqning bir necha turi, Qozogʻistonda dasht burguti, toʻrgʻay, sudralib yuruvchilardan dasht qora iloni, kaltakesak, sariq qorinli chipor ilon, choʻl baqasi yashaydi.
Sharqiy Yevropa tekisligida qoʻriq dashtlar faqat qoʻriqxonalarda qolgan. Qurgʻoqchilik koʻp bulganligidan, suv va shamol eroziyasi tufayli dehqonchilik melioratsiyaga muhtoj. Dashtlarning tabiiy landshafti Janubiy Sibirning botiqlarida va Markaziy Osiyo togʻlarida yaxshi saqlangan; 2) sub-tropik mintaqalarning dasht zonalari — iqlimi quruq issiq, tabiiy landshaftlarda oʻt vabuta oʻsimliklari oʻsadi. Asosan 25° va 40° sh. k. va j. k.lar orasida joylashgan. Shimoliy Amerikada Kaliforniya vodiysida, Kolorado platosida, Buyuk tekisliklarning jan. qismida, Meksika togʻligining ichki qismida uchraydi. Janubiy Amerikada Laplata pasttekisligining va And togʻ oldilaridagi pampalarla, Avstraliyada — materikning jan. va jan.-gʻarbiy qismidagi tekisliklarda, Zakavkazyeda Kura-Araks pasttekisligining togʻ oldi qismlarida uchraydi.
Dasht zonalari yuzasida jami quyosh radiatsiyasining koʻlami yiliga 580—790 kj/sm2 (140—180 kkal/sm2), radiatsiya balansi 210—290 kj/sm2 (50—70 kkal/sm2). Qishi iliq, qorsiz, eng sovuqoyning oʻrtacha havo temperaturasi 5—12°, onda-sonda sovuqurish kuzatiladi. Yozi issiq, eng issiq oyning oʻrtacha temperaturasi 20—25°, vegetatsiya davrini 3—4 oygacha qisqartiradigan tez-tez kuchli qurgʻoqchilik boʻladi. Yiliga 500—600 mm yogʻin tushadi, materiklarning sharqida maksimum yogin yozda, gʻarbida esa qishda boʻladi. Yer ustki oqimlari kam, daryolari kamsuv, qurgʻoqchil mavsumlarda koʻpincha qurib qoladi. Tuproqlarida temir va alyuminiy oksidlari koʻp. Tuproqlarning minerallashish jarayonlari mavsumiy boʻlib, qurgʻoqchil davrda toʻxtaydi yoki keskin kamayadi. Koʻp joylarda shoʻrlangan tuproklar shakllanadi. Tabiiy oʻsimliklar tarkibida chimli boshoqlilar, ayrim joylarda butalar uchraydi. Daryo vodiylari oʻrmonzor. Daryolar oraligʻida baʼzan daraxtzorlar uchraydi. Hayvonot dunyosida kemiruvchilar, tez chopar tuyoqlilar, shuningdek, sudralib yuruvchilar, hasharotlardan toʻgʻriqanotlilar uchraydi. Xoʻjaligi yaylov chorvachiligi va dehqonchilikka ixtisoslangan.
Chala choʻl zonalari - chala choʻl landshafti ustun boʻlgan qurukdiqsagi tabiat zonalari. Shim. va Janubiy yarim sharlarning moʻʼtadil, subtropik va tropik mintaqalarida choʻllar bilan dasht va savannalar orasida joylashgan. Iqlimi quruq. Chala choʻl zonalariz.ning katta qismida havo temperaturasi qishda 0—10°, yozda 25—25° boʻladi. Yogʻingarchilikka (300 mm dan oshmaydi) nisbatan mumkin boʻlgan bugʻlanish 3—6 barobar koʻp; daryo juda kam, odatda mavsumiy. Tuproklari och kashtan, qoʻngʻir, boʻztuproq, chirindisi kam (2—4%), shoʻrlangan yer koʻp. Oʻsimliklari shuvoq, shoʻralar, chim hosil qiladigan boshoklilar, namgarchilik tanqisligiga moslashgan past boʻyli chala butalardan iborat. Hayvonlardan choʻl, dasht va togʻ oldi faunasi, yaʼni kemiruvchilar (yumronqoziq, qoʻshoyoq, olaxurjun), sudralib yuruvchilar (toshbaqa, ilonlar) va boshqalarlar yashaydi. Chala choʻl zonalariz.ning katta qismidan yaylov chorvachiligida foydalaniladi, koʻp kismi oʻzlashtirilib, gʻalla ekiladigan yerlarga aylantirilgan. Subtropik mintaqalarning Chala choʻl zonalariz. Eron togʻligi, Gʻarbiy Osiyo, Shim. Afrika, Qoyali togʻlarning yon bagʻirlari, tropik mintaqalarda Sahroi Kabirning jan.da, Tar tekisligida, Atakama choʻlining shim. qismi, shuningdek, tropik mintaqa togʻlarining quyi qismlarida, moʻʼtadil mintaqada Yevrosiyo materigining ichki qismida — gʻarbda Kaspiy boʻyi pastgekisligidan sharkda Ordos platosining sharqiy chekkasigacha boʻlgan hududlarda joylashgan. Oʻzbekistonda togʻ oddi qirlari va adirlar balandlik Chala choʻl zonalariz. mintaqasiga kiradi.
Cho’l zonasi chala cho’llar zonasining Janubida joylashgan bo’lib Rossiya, O’rta Osiyo va Janubiy Qozog’iston Turon pasttekisligi deb ataluvchi, nihoyatda katta tekislik maydonlarini egallaydi. Qo’ra Araks pasttekisligining dengizga chegaradosh qismi ham shu zonaga kiradi. Zonaning shimoliy chegarasi, g’arbda Ustyurt platosini o’z ichiga olib, Orol dengizi orqali Balxash ko’ligacha borpdi. O’zbekiston respublikasi yer maydonining deyarli 70%i cho’l zonasida joylashgan bo’lib, Qizilqum, Ustyurt, Malikcho’l, Shyerobod, Qarshi cho’llari va boshqa tyerritoriyalarni o’z ichiga oladi. Cho’l zonasining maydoni 130 mln. ga Cho’l zonasining zonal tuproqlarlari: sur-qo’ng’ir, tusli tuproqlar, taqir va taqirli tuproqlardan iborat bo’lib,qumli cho’l tuproqlari, shamol keltirib yotqizgan qumlar (40%i) va sho’rhoklar (13% ga yaqin) ham keng tarqalgan. Shuningdek, cho’l zonasida sho’rtoblar, daryo sohillari va deltalarida o’tloq,o’tloq-botqoq va sho’rlangan gidromorf tuproqlar ham ancha maydonni tashkil etadi.
Sur-qo’ng’ir tusli cho’l tuproqlar.Кelib chiqishi. Sur qo’ng’ir tusli tuproqlar uzoq yillar davomida alohida tipga ajratilmasdan, bo’z tuproqlar bilan birga qarab kelindi. Sur qo’ng’ir tusli tuproqlarning tuzilishi va xossalari o’ta quruq cho’llarning ksyerofit-efemyerni o’simliklarni ta’sirida kechadigan tuproq paydo bo’lish jarayonlarining o’ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi. Кlassifikasiyasi. Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlar ikki tipchaga: karbonatli tipik sur-qo’ng’ir tusli va oz karbonatli sur qo’ng’ir tusli tuproqlarga bo’linadi. Mexanik va minyerologik tarkibi. Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlar turli tarkibli ona jinslarga shakllanganligi sababli,ularning mexanik tarkibi ham har xil bo’lib,tuproq qumloq va engil qumoq xillari tarqalgan. Sur-qo’ng’ir tuli tuproqlar O’rta Osiyoda keng tarqalgan bo’lib, 40,5mln gektarga yaqin. Ammo sug’orib dehqonchilik qilinadigan maydonlar juda kam-112.3 ming gektar (tuproqlar maydoniga nisbatan 0,28% ni tashkil etadi). Taqirlarning asosiy belgilari.Taqirlar profili o’ziga xos tuzilishiga ega bo’lib, yuzasining qalinligi 1-5 sm bo’lgan qattiq zich yorikli qatqoloqdan iborat.quruq holda u yirik-kovakli, juda mustahkam qovushmali va namlanganda qumli ko’pchib,deyarli suvni o’tkazmaydigan bo’lib qoladi. Taqirlarning kelib chiqishi haqida turlicha fikrlar mavjud. Geologlar taqirlar qadimgi va hozirgi zamon suv oqimlardan nozik zarrachalarning yotqizilishi natijasida hosil bo’ladi deb tushuntiradi .Ayrim geolog va geomorfologlar fikricha taqirlar qadimgi va hozirgi zamon qurigan yo’llarining ostki qismidir .Taqirlar asosan og’ir mexanik tarkibli gilli soz tuproqlar jumlasiga kiradi. Taqirlarning fizik, fizik-mexanik va agrokimyoviy xossalarining nihoyatda yomon bo’lishiga qaramasdan ularni o’zlashtirib dehqonchilik maqsadlarida foydalanish mumkin. Taqirlar unumdorligini oshirilishining samarali usullardan yerga go’ng turli kompostlar solib o’g’itlash shuningdek turli o’tlar ekish muhim ahamiyatga ega. Organik o’g’itlar yerni ozuqa elementlariga boyitish bilan birga tuproqning biologik aktivligini oshiradi, strukturasini va fizik xossalarini yaxshilaydi. Taqirli tuproqlardan qishloq xo’jaligida foydalanish. Taqir va taqirli tuproqlarning umumiy maydoni 16,58 mln gektar bo’lib, qishloq xo’jaligida shundan 12,77%i foydalaniladi. Jumladan xaydaladigan yerlar 778,5 ming gektar. O’zbekiston taqir va taqirli tuproqlar maydoni 1,8 mln ga (jumladan taqirli tuproqlar maydoni 1,67 mln ga) ni tashkil etadi. qumli,cho’l tuproqlari O’rta Osiyoda jumladan Qora-qum, Qizilqumda,Qarshi cho’llarida, Mirzacho’l, Shyerobod vodiysi, Buxoro voxasi, Farg’ona vodiysi, G’arbiy Кopetdog’ tog’oldi tekisliklarida va boshqa maydonlarda keng tarqalgan. Кlassifikatsiyasi. qumli cho’l tuproqlari tarkibidagi qumlarning minyeralogik va kimyoviy tarkibiga ko’ra avlodlarga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |