Infeksion kasalliklar homilaning rivojlanishi uchun jiddiy xavf tug’diradi. Homilaga qizamiq, gripp, poliyemelit, tepki, chechak kabi kasalliklarning viruslarini ta’siri odatda homiladorlikning birinc
Infeksion kasalliklar homilaning rivojlanishi uchun jiddiy xavf tug’diradi. Homilaga qizamiq, gripp, poliyemelit, tepki, chechak kabi kasalliklarning viruslarini ta’siri odatda homiladorlikning birinchi oylarida namoyon bo’ladi.
Infeksion kasalliklar homilaning rivojlanishi uchun jiddiy xavf tug’diradi. Homilaga qizamiq, gripp, poliyemelit, tepki, chechak kabi kasalliklarning viruslarini ta’siri odatda homiladorlikning birinchi oylarida namoyon bo’ladi.
Dizenteriya, xolera, kuydirgi, sil, sifilis terlatma kabi kasalliklar odatda homiladorlikni ikkinchi yarmida, oxirgi 3 oyida ta’sir qiladi.
Rivojlanayotgan organizmga juda kuchli ta’sir ko’rsatuvchi omillardan yana biri ionlanuvchi nurlanish hisoblanadi. Radiasiyaning homila organizmiga bilvosita ta’siri (ona organizmi orqali) ona organizmining fiziologik funksiyalarning umumiy buzilishi hamda yo’ldoshning hujayra va to’qimalarida boshlangan o’zgarishlar bilan bog’liq bo’ladi. Nurlar ta’siriga juda sezuvchan a’zolar bo’lib asab tizimi va qon hosil qiluvchi a’zolar hujayralari hisoblanadi.
. Asab tizimi funksional holati va tuzilishiga qarab periferik va markaziy asab tizimlariga farqlanadi. Markaziy asab tizimi bosh va orqa miyalardan tashkil topgan. Bosh miya, miya qutisi ichida joylashgan bo’lsa, orqa miya esa umurtqa pog’onasi kanalida joylashgan. Bosh va orqa miyalar ko’ndalangiga kesilganda ancha qoramtir rang ko’k moddasi va ancha yorug’ oqimtir rang –oq moddalari ko’rinib turadi. Ko’k moddasi nerv hujayralarining tanalari bilan hosil bo’lgan bo’lsa, oq moddasi miyelin po’stlog’i bilan qoplangan nerv tolalarining yig’ilishidan hosil bo’ladi.
Asab tizimining periferik qismi bosh va orqa miyadan tashqariga chiqib gavdaning turli organlariga yunalgan nerv tolalari bogidan iborat buladi. Ularga nerv tugunlari yoki gangliyalar bosh va orqa miyadan tashqaridagi nerv hujayralarining bog’lari ham kiradi.
Asab tizimining turli qismlarida neyronlarning tanasi turli o’lchamlarda bo’ladi (uning diametri 4 dan 130 mk.gacha) va shakli ham har xil (yulduzsimon, doirasimon, ko’pburchakli) bo’lishi mumkin.
Aksonning tanasi membrana bilan qoplangan bo’lib, barcha hujayralar singari sitoplazma, yadrosi bitta yoki bir necha yadrochalari bilan, mitoxondriy, ribosoma, Goldji apparati va endoplazmatik turlarini saqlaydi.
Asab hujayralari o’zlariga tushayotgan axborotlarni qabul qiladi va ularni qayta ishlaydilar. Hujayralarning tanasi o’simtalariga nisbatan trofik funksiyani bajaradi, ya’ni ulardagi moddalar almashinuvini boshqarib turadi.
Nerv tolalari. Asab hujayralarining po’stloq bilan qoplangan o’simtalari nerv tolalari deb ataladi. Nerv tolasining markazidan nerv hujayrasi tanasidan biroz masofadan miyelin po’stlog’i bilan qoplangan turuvchi (50-100 mk) silindr o’qi o’tadi, va bunday nerv tolasi mag’izli yoki miyelinlashgan nerv tolasi deb yuritiladi. Tanani o’zini innervasiya qiluvchi juda ko’plab (muskullar, bog’lar, paylar, suyakning ustki qismi) nervlar mag’izli nervlar hisoblanadi.
Miyelin yengil sarg’ich rangga ega bo’lganligi sababli, mag’izli tolalar yorug’roq ko’rinadi.
Mag’izsiz nerv tolalari miyelin po’stlog’iga ega emas, ammo ular bir-biridan faqat yupqa aniq tuzilishga ega bo’lmagan endotelial po’stloq bilan izolyasiyalangan bo’ladi (Shvann). Mag’izsiz nerv tolalari ingichka va odatda vegetativ asab tizimining nervlarida uchraydi.
Miyelinli po’stloq mag’izli nervlarda ma’lum, aniq uzunliklarda uzilishlar hosil qiladi va silindr o’qini usti ochiq qoladi. Buni Ranvye uzilishlari deyiladi.