Maxsus e’tibor talab qilinadigan universal organoidlardan biri - mitoxondriylardir. Hujayralarda ularning soni turlicha bo’lib 2 ta 3 tadan bir necha minggacha o’zgarib turadi, bu esa hujayraning funksional holatiga bog’liq bo’ladi. Ya’ni jigar hujayralari nisbatan tinch holatda bo’lganida bor yo’g’i 900 mitoxondriy sanash mumkin. O’t hosil qilishni va ajralishini chaqiruvchi va tezlashtiruvchi oziqalar iste’mol qilinganidan keyin jigar hujayralaridagi mitoxondriylar soni 1,5-2 martagacha oshadi.
Mitoxondriylar shakli bo’yicha doirasimon, oval, uzunchoq, tayoqchasimon yoki ipsimon bo’lishi mumkin. Mitoxondriylar shaklining o’zgarishiga hujayralarga ko’rsatilayotgan osmotik bosimni haroratni, muhit- pH-ini o’zgarishi va boshqa ta’sirotchilar ta’siri sabab bo’ladi.
Hujayraning irsiy apparati. Irsiy axborotlarni berishda DNK va RNK larning roli.
1968 yilda shvesariyalik olim Fridrix Misher jarohatlangan joydan oqib chiqayotgan yiring hujayralari yadrosidan odatdagidan farq qiluvchi fosfor saqlovchi modda ajratib oldi va uni nuklein deb atadi (lot. nucleus - yadro). Lekin, ko’p o’tmay nuklein kislotalar faqatgina hujayra yadrosining tarkibigagina kirib qolmay, balki butun hujayra bo’ylab tarqalganligi aniqlangan bo’lsada, ularning nomi hozirgacha saqlanib qolgan. Nuklein kislotalarining ikki – dezoksiribonuklein – DNK va ribonuklein – RNK tiplari mavjud. Nuklein kislotalar hujayralarda oqsillar bilan birikkan shaklda bo’ladi. Amerikalik ximik Djeyms Uotson va Angliyalik bioximik Frensis Kriklar 1953 yilda DNK tuzilmasini shifrlarini ochib berdilar va bu uchun Nobel mukofoti laureatlari bo’lgan edilar.
Hujayraning irsiy apparati.
Har qanday hujayraning shu jumladan odam organizmi hujayrasining irsiy apparati bo’lib DNK hisoblanadi. DNK hujayra yadrosida tarqalib u yerda xromosomalar deb ataluvchi tuzilmalar hosil qiladi. Xromosoma DNK da shifrlangan holdagi irsiy axborotlarni saqlaydi. Aynan DNK ota-ona hujayralaridan qiz hujayralarga irsiy axborotlarni yetkazib beradi.
Axborotlarni yozib olish uchun ayrim «simvol» lardan tashkil topgan kod bo’lishi zarur. Ana shunday «simvol» lardan DNK molekulasidagi nukleotidlar hisoblanadi. Bir necha ming ketma-ket joylashgan nukleotidlardan iborat DNK ning gigant molekulasidagi qator oqsil molekulalarida uning tuzilishi haqidagi yozuvlar yashiringan – «sirli» bo’ladi. Uzun ipsimon DNK molekulasi bir-birini orqasidan joylashgan qismlardan iborat va ularning har birida qaysidir oqsilning tuzilishi haqidagi axborot saqlanadi.