4-bob. Umumiy montaj ishlarida ishlatiladigan yuk ko‘tarish mashinalari



Download 5,21 Mb.
bet4/24
Sana31.03.2022
Hajmi5,21 Mb.
#520378
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
yuk kotarish

4.2.Takelaj ishlari


Montaj ishlari umumiy hajmining salmoqli qismini takelaj, ya’ni texnologik uskuna, qurilma, asbob, yuk ko‘targich, mexanizm, arqon va boshqalarni yig‘ish ishlari tashkil etadi. Montaj ishlarining industrializasiyasi oqibatida bu tadbirlarning ahamiyati yanada oshib ketdi.
Takelaj ishlari turli-tuman bo‘lib, ularni bajarishda katta tajriba, ko‘nikma, bilim va malaka hamda xavfsiz va halokasiz ish bajarilishini ta’minlovchi asosiy qoidalarga rioya qilish talab etiladi.
Takelaj ishlarining vaqt bo‘yicha eng uzoq muddatli qismi tayyorlov ishlaridir. Bunga takelaj moslama va asboblarini montaj maydonchasiga yetkazish va tanlash, ko‘tarish machtalari, mexanizmlari, arqon (dorsimon) va boshqalarni ishchi holatga keltirish kiradi.
Takelaj ishlari texnologiyasi. Montaj ishlari texnologiyasi montaj qilinayotgan qurilma yoki uskunaning konstruksiyasi, o‘lchami va xarakteristikalarga hamda boshqa jihozlar bilan bog‘lanishiga qarab loyihalaniladi.
Texnologiya o‘z ichiga qurilmani poydevorga o‘rnatish, uni to‘liq yig‘ish, gidravlik sinash va ishlatib ko‘rish, quvurlar bilan bog‘lash, metall konstruksiya (zinalar, xizmat maydonlari va boshqalar) larini yasash kabi ishlarni o‘z ichiga oladi. Yakunlovchi bosqich-bu qurilmani gidravlik sinovdan o‘tkazish va sistemani dastlabki ishlatib ko‘rishdan iborat. Takelaj ishlarining asosiy vazifasi jihoz yoki qurilmalarni loyiha holatiga o‘rnatishdir.
Takelaj ishlarida texnika xavfsizligi. Qurilma va uskunalarning montaji bilan bog‘liq takelaj ishlari montajchilar brigadasi tomonidan bajariladi. Mas’uliyatli ishlar bosh injener yoki montaj uchastka boshlig‘ining bevosita nazorati ostida qilinishi kerak.
Ko‘tarish uchastkasining ishchi zonasi yig‘iluvchan to‘siqlar bilan chegaralanadi. Xuddi shunday, traktorlar harakat yo‘llari ham to‘siladi. Qurilish va montaj territoriyalarida transport harakati yo‘l belgilari bilan tashkil etiladi. Undan tashqari yuk tushirish, aylanish joylari, transport to‘xtash va turish joylariga tezlikni chegaralovchi belgilar ham o‘rnatiladi va ular yaxshi ko‘rinishi kerak.
Er osti kommunikasiyalarida ogohlantiruvchi belgilar o‘rnatiladi. Yer osti yo‘llari, kanalizasiya, kabellar o‘tgan uchastkalardan og‘ir transport vositalari o‘tmasligi ta’minlanishi darkor.
Montaj ishlarini samarali tashkil etish uchun qurilma, uskuna va materiallarni rasional taxlash muhim ahamiyatga ega.
Odatda material va uskunalar qattiq asosli (temir-beton plitalar, asfalt va boshqalar) rejalashtirilgan maydonchalarda joylashtiriladi.
Takelaj mexanizmlarning moslamalari va asboblari o‘rnatilgan muddatlarda tekshiruvdan o‘tkazilishi kerak. Lekin mas’uliyatli ishlardan oldin ular yana bir bor tekshiriladi, moylanadi va ishlatib ko‘riladi. Yuk ko‘tarish mashinalari statik va dinamik yuklamalarga sinaladi. Statik sinovlardan nazorat yukining og‘irligi kranning ruxsat etilgan yuk ko‘tarish imkoniyatidan 25% gacha ortiq va dinamik sinovlarda esa - 10% ga ortiq bo‘lishi mumkin. Ushbu og‘irlikda bir necha bor sinab ko‘tarilib pastga tushiriladi hamda hamma mexanizm va moslamalarning tormoz sistemalari tekshiriladi. SHuning uchun yuk 0,5-0,8 m balandlikka ko‘tariladi va hamma takelaj moslamalari kuzatiladi.
Montaj ishida ishtirok etayotgan xodim va ishchilarda o‘zaro aloqa vositasi bo‘lishi shart. Ular bir-birini bevosita ko‘rishi yoki vositachi shaxslar orqali buyruqni berish imkoni bo‘lishi lozim. Mas’uliyati yuqori bo‘lgan montaj ishlarida radio aloqa yoki mobil telefonlardan foydalanish zarur. Ko‘tarish jarayonida hamda buyruqlar faqat bitta mas’ul xodimlar tomonidan berilishi shart. Qurilmani ko‘tarish yoki tushirish jarayonini boshqaruvchi kishi qurilma, machta va moslamalarni aniq ko‘rishi kerak.
Ko‘tarish yoki tushirish ishlarini shunday tashkil qilish kerakki, ular bir kunda yakunlanishi zarur. Agarda montaj sikli ko‘p vaqt talab esa, sun’iy yoritkichlardan foydalanish kerak. Albatta, bunday hollarda montaj maydonchasi bir tekisda yoritilishi va ishchi xodimlar ko‘zini olmasligi ta’minlanishi zarur. SHamol tezligi 6 ball (>11 m/s)dan ortiq bo‘lganda, ko‘tarish va tushirish ishlari man etiladi. SHuning uchun montaj ishi rejalashtirilganda o‘sha kunning ob-havo bashorati, albatta, hisobga olinishi shart. Yer yuzasi muzlab, yaxmalak bo‘lgan hollarda ham montaj ishlarini o‘tkazib bo‘lmaydi.
Ko‘tarilgan yuk va kran strelasi ostida turish qat’iyan man etiladi. Uskuna va qurilma ko‘tarishi jarayonida traktor lebedkalari tezligini o‘zgartirish va dvigatelini o‘chirib bo‘lmaydi. Takelaj ishlari o‘tkazilayotgan maydoncha yaqinidagi hamma elektr uzatish liniyalari o‘chiriladi. Montajda ishtirok etayotgan lebedka va boshqa moslamalarga elektr toki mukammal himoyalangan kabellar yordamida uzatiladi. Yuqori balandliklarda montaj ishlari olib borilganda alohida ehtiyotkor bo‘lish kerak va xavfsizlikni ta’minlash shart. Hamma ishchilar maxsus instruktajdan o‘tishi kerak. Undan tashqari tepadan tushib ketishdan himoya choralari va ushlab qolish moslamalari bilan yaxshi tanishgan bo‘lishi kerak.

Download 5,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish