Proletli kranlarga: ko‘prikli, chorpoyali va kabelli kranlar kiradi. Stasionar strelali kranlar yukni faqat o‘z strelasi aylanadigan doira yoki sektor atrofida ko‘chiradi.
Minorali kranlar relsli yo‘lda harakatlanib, yukni ko‘chiradi hamda uzunligi rels uzunligiga teng va eni kran qulochining ikki barobariga teng to‘rtburchak maydonda xizmat qiladi.
Strelali o‘ziyurar kranlar (avtomobil, pnevmo g‘ildirakli, gusenisali maxsus shassiga o‘rnatilgan) yuklarni yer bo‘ylab ko‘chiradi va har kanday ko‘rinishdagi maydonda xizmatqiladi.
CHorpoyali va ko‘prikli kranlar maxsus temir yo‘llarda harakat qilib, to‘g‘ri burchakli hududda xizmat ko‘rsatadi.
Kabel kranlar ikki ustun oralig‘ida tortilgan arqon buyicha yukni harakatlantiradi.
Kran mexanizmlari yukni ilib oluvchi qism, kran harakatini ta’minlovchi mexanizm, buriladigan qismini aylantiruvchi mexanizmlardan iborat.
Maxsus quvur yotqizuvchi kranlarning strelasi yon tomonda joylashgan bo‘lib, ular traktorlarga o‘rnatiladi. Ularning afzalliklari shundan iboratki, bir-biriga ulangan uzun quvurlarni mashinalardan tushirishda, shuningdek, gaz quvurlarini chuqurga (transheyaga) yotqizishda, chuqur bo‘ylab qilinadigan boshqa ishlarni bajarishda qo‘l keladi.
Yordamchi yuk ko‘taruvchi mashinalarga domkratlar, chig‘irlar va osma chig‘irlar (tallar va elektrotallar) kiradi. Ularning afzalligi shundaki, ular bir xil mexanizmdan iborat bo‘lib, yuklarni gorizontal va vertikal yo‘nalishda transportirovka qiladi. Yukni vertikal transportirovka qilish mexanizmlariga domkratlar, chig‘irlar va tallar kiradi, gorizontal yo‘nalishda esa relsli yo‘llar bo‘yicha tortuvchi chig‘irlar misol bo‘ladi.
4.1.Domkratlar
Domkratlar montaj ishlarida yuklarni uncha katta bo‘lmagan balandliklarga ko‘tarish uchun xizmat qiladi. Domkratlarning reykali, vintli va gidravlik turlari keng tarqalgan.
Reykali domkrat yo‘naltiruvchi bo‘yicha siljuvchi reyka 2, buriladigan yuk ko‘taruvchi kallak 3, taglik 4 va korpus 1 dan iborat (4.1-rasm).
Yukli reyka dasta 5 ni aylantirish bilan tishli uzatma 6 yordamida ko‘tariladi. Domkratning xavfsiz ishlashi uchun to‘xtatuvchi qurilma ko‘zda tutilgan bo‘lib, u val 7 va tishlig‘ildirak 8, vinsimon rezba 10 ga ega. Vtulka va dastaning yuza tekisliklarida joylashgan xrapovikli g‘ildirak 9 dan iborat.
Ko‘tarilish tugashi bilan dasta xrapovikli g‘ildirak ilmog‘i bilan to‘xtatiladi va val orqaga aylanib ketmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |