4.5.Sirtmoqlar
Yuk ortish - tushirish ishlarida universal yuk osish qismlari sifatida ilgaklardan tashqari yaxlit bog‘langan va tarkibiy qismlardan tuzilgan sirtmoklar ham ishlatiladi. Ularning shakli va o‘lchamlari standartlashtirilmagan va shuning uchun, albatta, mustahkamlikka hisoblanishi kerak. Bu holdaya xlit bog‘langan sirtmoq xuddi bikr rama (statik aniqmas tizim) kabi hisoblanadi, tarkibli sirtmoq xuddi sharnir tizimli tortqi kabi cho‘zilishga, ko‘ndalang balka kabi egilishga va egri chiziqli ikki tayanchli balka kabi ezilishga tekshiriladi. Teshikning ichki yuzasi diametri yo‘nalishida ezilishga tekshiriladi, bunda ruhsat etilgan kuchlanish 100 MPA dan oshmasligi kerak. Kam uglerodli St3, St4 markali po‘latdan tayyorlangan sirtmoq ko‘ndalang balkasining egilishga ruhsat etilgan kuchlanishi [eg]=80...100 MPa chegarasida bo‘lishi kerak. Bir xil yuk ko‘taruvchanlikka mo‘ljallangan sirtmoqlarning o‘lchamlari va og‘irliklari ilgak og‘irligidan kichik bo‘ladi, chunki sirtmoqqa ta’sir etuvchi momentlar nisbatan kichik bo‘ladi.
4.10- rasm. Yukli sirtmoqlar
a)-yaxlit bog‘langan, b)-tarkibli.
Stroplar. Yuk ko‘tarish mashinalari mexanizmlarining ko‘tarish organida donali yukni mahkamlash uchun ko‘p tarmoqli stroplar qo‘llaniladi. Stroplar po‘lat arqonlardan tayyorlanib, uchlariga ilgak yoki sirtmoq qilinadi. Ko‘p tarmoqli stroplar yukni bir necha nuqtasidan ilish uchun qo‘llaniladi. Bunday stroplar ikkitadan sakkiztagacha tarmoq bo‘lishi mumkin. Kran ilgak osmasiga osish uchun stroplar halqalar bilan, yuk bilan biriktirish uchun esa ilgaklar yoki barabanlar bilan ta’minlanadi.
4.11 – rasm Arqonli sirtmoqlar
a-ilgakli, b-sirtmoqli,v-yukni osish sxemasi
Stroplarni tanlashda ularning konstruktiv hususiyatlarini hisobga olishdan tashqari yukni ko‘tarish vaqtida tarmoqda hosil bo‘ladigan kuchni ham hisoblash kerak. Bunda har bir arqon tarmog‘idagi hisobiy kuch quyidagi formuladan aniqlanadi:
(4-2)
bunda Q-ko‘tarilayotgan yukning massasi, t; burchak qiymatiga bog‘liq bo‘lgan koeffisient; -vertikal bilan strop tarmog‘i yo‘nalishi orasidagi burchak, grad; m -stropdagi tarmoqlar soni.
“” ning qiymatini aniqlash jadvali
4.1-jadval
|
0 0
|
30 0
|
45 0
|
60 0
|
|
1,00
|
1,15
|
1,42
|
2,00
|
Stropovka. Ko‘pchilik hollarda ko‘tarilayotgan uskunalar maxsus montaj detallari (rama, ilgak, sapfa, montaj shtuserlari va boshqalar)ga ilib ko‘tariladi. Bu ishlarni bajarish stropovka deyiladi. Agarda qurilmada bunday detallar bo‘lmasa, uskunalarning mustahkamligi ishonchli va mustahkam bo‘lgan qismlariga ilinadi. Ilinish joyi ko‘tarilayotgan yukning massasiga, gabarit o‘lchamlari va konfigurasiyasiga qarab tanlanadi. Ko‘tarilayotgan jihoz yoki qurilma yetarli darajada mustahkam va qattiq bo‘lmasa, uni qovurg‘a va nakladkalar yordamida qattiqligi oshiriladi. Troslarda ko‘tarilayotgan yukning ma’lum holati ta’minlanishi kerak. Buning uchun yukning og‘irlik markazi hisoblash yo‘li bilan yoki ko‘p marotaba sinov ko‘tarishlar orqali topiladi. Har doim erkin osilib turgan yukning og‘irlik markazi ilgak o‘qi bilan bir chiziqda yotishi kerak. Yuk halqa, tugun yoki butun ko‘tarish moslamalarining chiqib yoki sirpanib ketmasligini ta’minlovchi qilib ilinishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |