4.15-rasm. Polipast arqonini o‘rash sxemalari
a-po‘lat arqonning qotirilgan uchi harakatlanuvchi blokka mahkamlangan; b-sim arqon harakatdagi polispast roligidan qochadi.
Ishlayotgan vaqtida arqon tarmoqlari, bloklar roliklaridagi ishqalanish tufayli, shuningdek, roliklar egilgandagi sim arqonlar qattiqligi tufayli birmuncha kattaroq yuklamaga duch keladi. Bundan kelib chiqadiki, sim arqonning yuguruvchi tarmog‘i ko‘proq kuchga duch keladi:
(4-4)
Bu yerda Q – polispastga berilayotgan umumiy yuklama; n – ishchi tarmoqlar soni; 𝜂-polipastning va barcha chetlanuvchi bloklarning umumiy f.i.k.
Polispast zahirasi. Polispast zahirasi uchun tros arqonining uzunligi (L) ushbu formula bilan aniqlanadi:
(4.5)
Bu yerda, n-polispast roliklar soni; R-rolik radiusi; h-yukni ko‘tarish balandligi; a=0,5-0,8 m - tarang holatdagi blok o‘qlari orasidagi minimal masofa; l-qo‘zg‘almas blokdan chig‘irgacha bo‘lgan masofa; C=10-15 m - chig‘ir barabaniga o‘ralishini hisobga olingan uzunligi.
4.7.Montaj chig‘irlari
Montaj chig‘irlari uskunalar va jihozlarni montaj qilishda, og‘ir yuklarni qurilish maydonida ko‘chirishda, shuningdek, kranlar, ko‘targichlar va boshqa ko‘tarish-tushirish mashinalarida qo‘llaniladi. Bajaradigan ishiga ko‘ra chig‘irlar: ko‘taruvchi va tortuvchi chig‘irlarga, yuritmasiga ko‘ra dastakli va mashina yuritmali, barabanlar soniga ko‘ra – bir, ikki barabanli va barabansiz turlarga bo‘linadi.
Barabanli dastakli yuritmali chig‘irlar. Bunday chig‘irlarning tortish kuchi 5...80 kN bo‘lib, po‘lat arqon sarfi esa 50...200 metrni tashkil qiladi. Montaj ishlarida qo‘llanuvchi barabanli dastali yuritmali chig‘irning sxemasi (4.15-rasmda) keltirilgan.
4.16-rasm. Dastakli yuritmali chig‘ir
1-baraban; 2-stanina; 3-uzatma; 4-diskli to‘xtatgich;
5-tishli sektor;6-dastakning aylanishi;
CHig‘ir baraban 1, ochiq tishli uzatma 3, diskli yuk tayanuvchi to‘xtatgich 4 va stanina 2 dan iborat. To‘xtatgich staninaga mahkamlangan parallel vallarga o‘rnatilgan. Dasta 6 ni aylantirish bilan yukni ko‘tarib tushiradi.
Dastaki chig‘irlarda bir, ikki va to‘rt kishi birdaniga ishlashi mumkin. Qisqa muddatli ishlashda (5 daqiqagacha) dasta uzunligi 400 mm bo‘lganda bir kishiga to‘g‘ri keladigan zo‘riqish kuchi 200 N gacha bo‘lishi kerak.
Yuritma chig‘irlar. Baraban bilan elektrodvigatelning kinematik qo‘shilishiga ko‘ra, chig‘irlar elektroreversiv va friksion bo‘ladi. Elektroreversiv chig‘irlarda elektrodvigatel bilan baraban ajralmas qilib mahkamlangan, friksion chig‘irlarda esa elektrodvigatel va baraban vallari friksion mufta orqali mahkamlangan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |